Mavzu:Informatiakni zamonaviy vositalar asosida o'qitishni loyhalashtirish
Reja:
Ta’lim jarayonida kompyuter va texnik vositalardan foydalanish
Informatiakni zamonaviy vositalar asosida o'qitishni loyhalashtirish
TA’LIM JARAYONIDA KOMPYUTER VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH.
I.1 O‘qitishning multimedia vositalari
Multimediya proyektori kompyuterdan, videokameradan, DVD disklarni tasvirlovchi qurilmalardan olgan axborotni katta ekranda yoritib berishga hizmat qiladi. Hozirgi proyektorlarda turli texnologiyalar ishlatiladi, jumladan suyuq kristalli (LCD) panellarida tasvir yaratish keng tarqalgan, yangi mikroynali (DLP) texnologiya kirib kelmoqda, ayniqsa yuqori unumli va maxsus proyeksion tizimlarda elektron-nurli trubka (SKT) lar ishlatiladi. Hozirda boshqa turlari ham yaratilmoqda. (D-ILA, L COS) LCD-qurilmalar proyektorlarni asosiy ishlash prinsipini bir muncha kino yoki slayd proyektorlarini eslatadi, faqat plenka o‘rnida kristall panel ishlatiladi. Bu holda raqamli elektron sxema yordamida tasvir yaratiladi, lampadagi yorug‘lik nuri obyektiv paneli orqali o‘tadi va ekranda tasvirni bir muncha kattalashtirib yoritib beradi. (DLP)-proyektorida yorug‘lik mikrosxemalar bilan boshqariladigan ko‘pgina mikroynalarda aks etadi hamda obyektiv orqali ekranda namoyon bo‘ladi. (DLP)-proyektoridagi mirosxemalarda rangli tasvirni hosil etishda qizil yashil va ko‘k ranglardan iborat, har biri uchun alohida bo‘lgan uchta paneldan foydalaniladi. Arzonroq (DLP)-proyektorida rang hosil qilish uchun ketma-ket katta chastotali (Bir xotirali sxemalar) orqali ekranga proyeksiyalanadi. Uchta mikroynali chiplardan yurug‘lik taratish imkoni yuqori darajali qimmatbaho proyektorlardagi rang xosil qilishda foydalaniladi. (LCD) panelining tuzilishi va sifatidan, lampalarining kuchlanish toifasidan qattiy nazar multimedia proyektori xar xil yorug‘likdan iborat. Aniqrog‘i yorug‘lik oqimi- bu qurilmalarda bosh o‘lchamlardan biri hisoblanadi, yorug‘lik oqimi qancha yuqori bo‘lsa tasvirni ham xonani yorug‘ligiga qarab shuncha kattalikda bo‘lgan hajmda ko‘rish imkoni bo‘ladi. Kompyuterdagi tasvirni yoritib berishda ekranga quyosh nuri va lampalar tushib turmasa hamda xona yaxshi yoritilgan holda bo‘lsa, turli proyektorlardagi yorug‘lik oqimi bilan ta’minlangnaligi yetarli bo‘ladi.
Videotasvirni ko‘rish uchun esa yorug‘lik oqimiga bo‘lgan talab katta, chunki videokadr bo‘lganligi sababli tasvirdagi ko‘pgina axborotlar qoraytirilgan qismda uchraydi, shuning bilan birgalikda tasvirning yoritilish darajasi ko‘z uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lishi kerak. proyektorning asosiy xususiyatlaridan yana biri uning Kontrast yorqinlik darajasidir biroq bu ko‘rsatkichlar beruvchi uslubiyatida fikrlarning turlichaligi sababli firmalar bu haqda xech qanday ma’lumot berishmaydi.
Foydanavchi bilishi uchun eng asosiysi hozirgi kunda proyektorning har qanday modeli o‘zida kontrast yorqinlikni yaxshi darajada namoyon etadi, faqatgina tashqaridan tushib turuvchi begona vositalardan saqlanishi lozim.
Proyektorlarnig navbatdagi imtiyozi biri LCD-panelining DMD-xotira chiplariga bo‘lgan mutanosib o‘lchamlaridir. 640x480 (VGA), 800x600 (SVGA), 1024x768 (XGA) 1280x1024 (SXGA) rusumli kompyuterlar uchun tasvirni aniq yoritib berishda panelda standart o‘lchamlar ishlab chiqilgan.
So‘nggi vaqtda eski 4:3 hajmli ekran o‘rniga yangi 16:9 hajmdagi ekranga o‘tganligi belgilab qo‘yildi. Bu esa asosan videotasvirlani yoritib berishda xizmat qiluvchi («KENG XGA»-«WIDE XGA» deb ataluvchi) 1366x768 elementli LCD panelli proyektorlar modelini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Uning videomanbalari-kameralar, magnitafonlardir.
DVD –disklarini tasvirlovchilarda ( PAL, SESAM, NTSS) kabi ranglarni ajratuvchi (farqlovchi) tizimli signallar yordamidan xamda chastotalar (davriy takrorlanish) yo‘naltiruvchi toifalaridan foydalaniladi.
Proyektorlarning ko‘pchiligi tasvir o‘lchovini oddiy regulirovka qilish xalqa rostlovchilarini aylantirish orqali uni joyidan siljitmasdan oraliqni ma’lum bir o‘lchamga keltiruvchi fokusli o‘zgaruvchan obyektivlar (zum-obyektivlar) bilan ta’minlangan.
Agar zum-obyektivlar elektryuritgich bilan jihozlangan bo‘lsa fokusli oraliq masofa va tasvirni keskin ko‘rinishini ta’minlashda masofaviy boshqaruv pulti elektron qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
Odatda multimedia proyektorlari videofilmdagi videotasvirlar ovozini eshitish uchun ovozkuchaytirgich qurilmalari bilan jihozlangan
Taqdimot marosimlarida ovozni rostlashda pultlardan foydalanish katta samara beradi, biroq katta auditoriyalarda ovozni balandligini yuqorisifatli ravishda ta’minlash imkoni yetarli bo‘lmaganligi uchun maxsus ovozkuchaytirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik zamonaviy proyektorlarda yorug‘lik nuri manbai sifatida oddiy lampalarga nisbatan yuqori darajali yoritish imkoniyatiga ega tiniq spektrli (oq rangli) va 2000 soat ishlaydigan yoysimon lampalardan foydalaniladi. Ba’zi modellardagi lampalarning tejamli ishlash tartibi 1 muddatga ishlatilishga mo‘ljallagan moduli lampalarning ishlatilish muddatini 2 baravarga oshiradi.
Multimedia-proyektorlari ultra infra qizil nurli masofaviy boshqaruv pulti bilan jihozlangan.
Proyektorlarni boshqarishda tag‘in tasvir ko‘rsatilayotgan shu kompyuterning «sichqonchasi» va klaviaturalaridan foydalanish mumkin.
Overxed-proyektorlari
Overxed-proyektoralridan A 4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi.
Og‘irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko‘zg‘almas modellarga bo‘linadi. Portativli overxed-proyektorlari 7 kg oshmaydigan yig‘ma tuzilishga ega, Oddatda bunday modeldagilar oson yig‘ilishi bilan juda qulay bo‘lib, transportirovka qilish uchun maxsus jamlanish sumkachalar to‘plamiga ega. Odatda qo‘zg‘almas overxed-proyektorlari 8 kgdan 17 kggacha og‘irlikda bo‘lib, auditoriyada doimiy ravishda o‘rnatilib qo‘yishga mo‘ljallangan. Modellerdagi proyeksiyalashni umumiy xususiyatlarga ko‘ra Overxed-proyektorlri nur o‘tkazuvchi va nurni o‘zida aks ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Nur o‘tkazuvchi overxed-proyektorlarida lampasi va optik tizimi shisha ostidagi korpusda bo‘lib shu yerda tasvirni namoyon etuvchi shaffof plenka joylashgan.. Nurni o‘zida aks ettiruvchi overxed-proyektorlarida lampa va optik tizimi (obyektiv, kondensor va oyna) namoyish etiladigan shaffof plenka tepasidagi tutgichga o‘rnatilgan bo‘lib, ishchi maydon oynali maxsus yuzadan iborat. Qo‘zg‘almas va yarimportativ modelli proyektorlar nur o‘tkazuvchi tartibda ishlangan bo‘lsa, portativ modellar esa nurni o‘zida aks ettiruvchi taribda ishlangan. Modellar foydalanilayotgan lampalarning katta kuchlanishga egalik toifasi qarab farqlanadi. Bular 250 va 400 Vt kuchlanishga ega galogenli lamplar va 200, 400 va 575 Vt metallogalogenli lamplar. Qizdiruvchi oddiy galogenli lampalar ancha arzon, lekin kam vaqt (o‘n soat) ga xizmat qiladi. Proyeksiya vaqtida tiniq oq rangda ko‘rsatmaydi. Bunday yorug‘lik oqimida ishlaydigan Overxed-proyektorlarida birayo‘la 2 ta lampa hamda 1 tasi kuyib qolsa zaxiradagi ikkinchi lampaga o‘tuvchi maxsus richag o‘rnatiladi. Yoysimon metallogalogenli lampalar ancha qimmat bo‘lib, va tasvirlash jarayonida yuqori sifatli tiniq oq rang bilan ta’minlaydi. Ular yuqori oqimda nur o‘tkazuvchi qo‘zg‘almas modellarda ishlatiladi, xizmat qilish vaqti galaogen lampalarga nisbatan ancha ko‘p. (yuz va ming soat). Overxed-proyektorlarning obyektivi 1 tadan 3 tagacha linzasi bo‘ladi. Uch linzali variofokal obyektivlar, bir linzalik obyektivlardagi tasvirdagi qing‘ir-qiyshiqlik ya’ni notekislikni bartaraf etadi. Overxed-proyektorlaridan auditoriyani maxsus qorong‘ilatishsiz kunduzgi yorug‘likda foydalaniladi.
Slayd-proyektorlari
Slayd-proyektorlaridan fotoplenkadagi tasvirni proyeksiyalashda foydalaniladi. Bu Rossiyada juda keng tarqalgan va mashhur proyektor. Slayd-proyektorlari uncha murakkab bo‘lmagan tuzilishdan iborat bo‘lib Rossiya ishlab chiqarish korxonalarida sotuvga chiqarilgan va xar bir istagan kishi sotib olishi imkoniyati bo‘lgan. Uzoq muddat maishiy xizmat ko‘rsatish joylaridagi rangli fotosuratlar bosib chiqaruvchi oddiy texnologiyalarni bo‘lmaganligi sababli, rangli pozitivli slaydlar yordamida fotoishqibozlarni dune bo‘ylab kezgan sayoxatlarini xotirasida saklab kolish va uni yordamida namoyish etish imkonini beradi. Bugungi kunda bu apparatlar avvalgidek mashhur bo‘lib, chet el kompaniyalarining professional slayd-proyektorlarining Rossiya bozorlariga kirib kelishi, fan, ta’lim, meditsina, reklama va shou-biznes tizimida keng qo‘llanilmoqda. Ko‘pchilik slayd-proyektorlarida kenligi 35 mm plenkalar ishlatiladi. Biroq 60-millimetrli plenkaga mo‘ljallangan modeli mavjud. Tuzilishi toifasiga ko‘ra ular 2 ta asosiy guruxga bo‘linadi
- lineyli (to‘g‘ri chiziqli) slayd-magazin
- karuseli ( aylanali) slayd-magazin
Uncha qimmat bo‘lmagan proyektorlar avtofokusirovka tizimi bilan jihozlangan. Siz infraqizil nurli yoki kabeli masofaviy boshqaruv pultini tanlab olishingiz mumkin. Kinderman - slayd-proyektorlar qo‘shimcha almashinish va uzunfokusirovkali keng burchakli obyektivlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Almashinuvchi optika ekran va xona o‘lchovlarini biri-biriga moslashtirish qulayliklari ya’ni kichik xonada kattta ekran yoki aksincha bo‘lishi imkonini yaratadi. Tasvir namoyishi vaqtida tamoshabinlar noqulay bo‘lmasligi hamda tiniq va aniq o‘lchamda ko‘rish uchun proyektor auditoriyaning uzoqroqdagi devori tepasiga o‘rnatilishi lozim ,
Markerli doskalar
Bular oq magnitli doskalar bo‘lib, maxsus markerlar yordamida yoziladigan va yengilgina maxsus quruq gubka yordamida o‘chirib tashlash imkoniyatiga ega moslama. Markerli doskalar yuzasining toifasiga qarab, Standart va Delux toifaga bo‘linadi. Standart – juda arzon varianti bo‘lib, doskaning yuzasi maxsus ok bo‘yoq bilan qoplangan po‘lat listdan iborat. De1ix- varianti oq emal qoplangan issiqbardosh termik ishlov berishga mo‘ljallangan, po‘lat listdan iborat bo‘lib, shundan keyin doska oynadek silliq, g‘ovaksiz, tuzilishga ega bo‘lib, ancha ko‘p xizmat qiladi. Standart ga nisbatan ancha sifatli va chidamliroqdir. Markerli doskani yuzasi magnitli xususiyatga ega bo‘lganligi sababli unga qog‘ozli hujjatlarni magnit fishkasi yordamida yopishtiriladi. Markernoy doskalar to‘plami to‘rtta har xil rangdagi maxsus markerlar, magnitli quruq almashtiruvchi salfetkalar, 10 magnitli fishkalar va doska tozalovchi spreyadan iborat.
Nusxa ko‘chiruvchi doskalar
Nusxa ko‘chiruvchi doskalar ma’ruza, seminara, kengash vaqtida doskadagi barcha yozuvlar va suratlarni xotirasida saqlab qolish imkoniyatiga ega. Ma’lumot materiallari faks qog‘ozlariga termoprinter yordamida bosmaga chiqariladi. Doska yuzasidagi 1 dyuymga 200 nuqta hajmda mos keluvchi taxminan 1 dyuymga 40 nuqta belgilangan imkon darajasiga ega. «Panaboard» ™ doskalari uch xil o‘lchamda ishlab chiqailadi.: ya’ni eniga 170 bo‘yiga 90 sm, 80 sm,140 sm o‘lchamliklarda ishlab chiqarilad bundan tashqari ma’lumotlarni ketma-ketlik portidan kompyuterga uzatib, lazerli printerdan bosmaga chiqarib beriuchi interfeysli plataga imkoniyati o‘rnatilgan.Faylga yozib olish yo‘li juda oson bunda siz:, dasturiy ta’minotni ishga tushirib kompyuterni biroz yoddan chiqarib turasiz va butun diqkatni doskadagi bor ma’lumotga jalb etgan holda mos vaziyatga qarab, «kopirovaniya» tugmchasini bosasiz va 15-20 daqiqadan so‘ng fayl tayyor bo‘ladi.faqat uni xotirada saqlab quyishni unutmang.
Hujjat-kameralari
Hujjat-kameralari – uncha katta bo‘lmagan predmet, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat,slaydlar, hujjatlarni asl nusxasini elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy qurilma. Tuzilishi jihatidan oddiy bo‘lgan kameralar stol tagligiga mahkamlangan maxsus sharnirda yoki «egiluvchan bo‘yin» aylantirish imkoni bo‘lgan miniatyurali kamerali boshchadan iborat. Videokonferensiyalar vaqtida kamerali boshchasiga bevosita mikrofon o‘rnatiladi bunday o‘lchamlarda rang muvozanatlantiruvchi avtomatik ravishda amalga oshiriladi, tasvirni keskinligini oshirish qo‘lda bajariladi. Boshlang‘ich darajali kameralarda 5 ta-videosignal va kompozit chiqish mavjud. Bazi modellar foydalanish ko‘lamini kengaytiriuvchi utkazuvchi, mikroskoplar, 35-mm slaydlar uchun adapterlar to‘plamlaridan iborat. Murakab tuzilgan hujjat - kameralarida maxsus funksiya ko‘zda tutilgan bo‘lib, rang muvozanatlantiruvchi ham avtomatik ravishda xam qo‘lda amalga oshiriladi, tasvir masshtabini o‘zgartiruvchi almashinuvchi fokus oraliqli obyektivlar, negativ rejim, masalan negativnoy fotoplenkani pozitivnom tasvirda ko‘rishda avtomatik yoki qulda ishlatish mumkin. Bevosita Murakab tuzilgan hujjat – kameralar asosida shaffof yoki oddiy plenkalarni asl nusxasi tasvirni ko‘rishda qo‘shimcha yoritish anjomi o‘rnatiladi.
Video manbalarga operativ ulovchi kirish hamda komponent signaldan chiqish pereklyuchateli mavjud.
Bazi modellar xotira bloki bo‘lib, bir va bir qancha tasvirni saqlab qolib, siz tanlagan televizor yoki proyektorga uzatib berish imkoni yaratib beruvchi jixozlar bilan ta’minlangan. .
Guruhlashgan tizim (Goom sistem) – ko‘pincha kabinetga mo‘ljallangan. Ular xar tomondan bir qancha kishi qatnashadigan uchrashuvlar uchun yaratilgan. To‘plamga televizion monitor tovush yorituvchi tizim, asosiy va qo‘shimcha videokameralar, mikrofonlar, videokodek modul, hamda 1 ta invers multipleksor va lokal tarmoqga ulanuvchi interfeys modul mavjud. Bazan videokodek va tarmoqlarga ulanuvchi jixozlar bitta qurilmaga ulanadi. Televizion monitor o‘rnida sifatli televizor bo‘lishi mumkin. To‘plam bir qancha zarur qo‘shimcha jixozlar kiradi. Kengash o‘tkazilayotgan vaqtda biror-bir videolahza yoki shu kengashni yozib olish uchun ko‘pincha videomagnitofon ishlatiladi.
Hujjat kameralari rasmlar, chizmalar, hujjatlar tasvirini yoritishda ishlatiladi. Bu majmuaga ma’lumotlarni almashish va matnli, grafikli hujjatlarni birgalikda ishlab chiqish uchun kompyuter vositasini ulab berish mumkin. Barcha ishlab chiqaruvchilar kamerani notiqlarga qaratib (yuzlatib) qo‘yishni ma’qqul ko‘radilar. Bunday xolat ko‘pchilik ishtirok etadigan kengashlarda juda foydalidir.
Stol tizimi (Desktop) – abonentlarning shaxsan o‘zi ishlatishi uchun mo‘ljallangan. U asosan maxsus platali shaxsiy kompyuterni tasavvur etadi. Xususan bu to‘plam tarkibida videokamera,va audiomodul (ikkinchisini o‘rnida mikrofon va kolonkadan iborat to‘plamni ishlatish mumkin) bundan tashqari stol tizimiga qo‘shimcha masalan: videomagnitofon ikiknchi videokamera qurilmalarini ulash mumkin.
Hujjatli videokamerlar
Stol tizimidagi videokonferens-aloqaning dasturiy ta’minotga asoslangan birgalikda ishlash vositasi.
Sanoqli daqiqalar ichida turli xonalardagi abonent nuqtalarini videokonferensiya utkazish uchun mos qurilmalar bilan jihozlab beruvchi ixcham tizimlar. Asosan bunday qurilmalar televizion monitor tepasiga o‘rnatiladi. Shuning uchun uni televizion pristavka deb yuritiladi. (Set-top-box).
Co‘nggi vaqtda bunday tizimlar, xar ikki tomondan bir necha kishi ishtirok etayotgan aloqa seansida alternativ xulosa chiqarish sifatida ko‘p qo‘llanilmoqda. Buning eng muhim tarafi guruxlashgan tizimlardan juda arzon va funksionallik sifatlarini mos keladi.
Bir qancha eng ixcham modellar keyslarda joylashgan. Ularda kamera, monitor, audio tizim va xar xil tarmoqga ulanish interfeysi mavjud.
Shaxsiy tizim o‘zida ixtisoslashgan telefon apparatlarini tassavur etadi. Ular miniatyurali kamerachalardan suyuq kristalli ekran bilan jixozlangan va birinchi galda abonentlarning vizual muloqotiga mo‘ljallanagan.
XULOSA.
Texnika bilan samarali munosabatda bo’lish va ulardan oqilona foydalanish uchun oo’qituvchi bilimlarning ma’lum sistemasini o’rganib chiqishi, tegishli tajriba orttirishi kerak. O’quv muddatini o’zgartirmay o’quv tarbiya jarayonini qulaylashtirish, o’quvchi va talabalarga puxta va chuqur bilim berish, ularda bilim olish ko’nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarni amalga oshirishda o’qitishning zamonaviy texnik vositasi alohida o’rin tutadi. O’qutuvchi texnik vositasining imkoniyatlarini to’la tushunishi va undan foydalashni bilish muhim hisoblanadi
Multimediaproektorlar ma`lumotlarni tasvirlash sohasida insoniyatning eng katta ixtirosidir. Monitorlardan farqli ravishda proektorlarni uzoq vaqt tomosha qilish sog’likka zarar etkazmaydi, chunki zararli nurlanishga ega emas. proektor o’quv jarayonida juda qulay, chunki deyarli hamma uchun boshqarishda juda oddiy, tasvirning haqiqiylikka yaqinligi esa ma`lumotlarni “o’zlashtirish” da ikki barobar oshadi.
Dars jarayonida elektron doskaning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi.
Ishining natijasi shundan iboratki, barcha foydalanuvchilar o’z faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. Bundan tashqari , nafaqat informatika fani o’qituvchilari boshqa fan o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
I.Karimov. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
T.: “O‘zbekiston”. – 1998.
2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Manaviyat”, 2008, 61 – bet
3. L.P. Pressman Metodika primeneniya texnicheskix srestv obucheniya. – M.: Prosveщenie, 1988. 192 c.
4. SHaxmaev N. M. Texnicheskie sredstva obucheniya.-M.: Znanie, 1975. 191c
5.Belkin E.L., Karpov V.V., Xarnash P . I. Texnicheskie sredstva obucheniya. – YAroslavl, 1977.
6.Driga I. I., Rax G.I. Texnichesie sredstva obucheniya v obщeobrazovatelnoy shkole.- M.: Prosveshenie, 1985.
7.Zavade A. S. Uchebnoe kino na urokax istorii v V-VII klassax.-M.: MGIUU, 1981.
8.Pressman L. P. Osnovы metodiki primeneniya ekranno-zvukovыx sredstv v shkole.-M.: Prosveщenie, 1976.
9.CHashko L. V. Grafoproektor na urokax.-Kiev: Radyanska shkola, 1981 (na ukr. YAz.).
Do'stlaringiz bilan baham: |