SUVNING YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDAGI ROLI
Suv ichburug’, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kasalliklarining
sababchisi bo’lishi mumkin. Tarixga nazar tashlasak, ko’pchilik
mamlakatlarda turli yuqumli kasallik epidemiyalari bo’lganligi guvohi
bo’lamiz. Bularga ko’pincha suvning yuqumli infekciyalar bilan ifloslanishi
sabab bo’lgan.
Keyingi yillarda ichak kasalliklari ko’p tarqalmoqda. Bunda viruslarning
roli katta. Sariq kasalligi, poliomielit va boshqa
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar suvda uzoh vaqt yashaydi.
Quyidagi jadvalda bunga misol keltiramiz.
12-j a d v a l
Baktyeriyalariing suv manbalarida yashash muddatlari
Baktyeriyalar
Vodoprovod suvida
Daryo suvida
Ko’lmak
suvda
Ichak tayoqchasi
Ich tyerlama baktyeriyasi
Dizentyeriya mikrobi
Vabo vibriopi
Leptosfyera
Tulyaremiya mikrobi
Brucellyoz tayoqchasi
2—262 kun
2—93 —«—
15—26—«—
4—28 —«—
—«—
92 kungacha
2—85kun
21—183 kun
4—183—«—
19—92—«—
0,5—92—«—
150kungacha
7—31 kun
—
—
15—107kun
—
1-92—«—
7—75—«—
12—60—«—
4—122
Agar sil kasalliklari kasalxonasidan chiqqan oqova suvlar zararsiz
holatga keltirilmay suv havzalariga tashlansa, bunday suvdan foydalangan
113
kishilar sil kasalligi bilan og’rishlari mumkin. Biofabrika, jun tozalash va
qayta ishlash korxonalarining chiqindi suvlari zararsizlantirilmay suv
havzalariga oqizilsa, kuydirgi kasalligi tarqalishi hech gap emas.
Suv havzalarida turli infekciyalarning paydo bo’lishiga ko’pincha
odamlarning o’zi sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, to’la-to’kis
davolanmagan, mikrob tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doim
zararlab yuradilar. Ular suvni, tuproqni, ular orqali esa ekin mahsulotlarini
ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi muhitda uzoq vaqtgacha
yashash qobiliyatini yo’qotmaydi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan mikroorganizmlarning suvda ancha
ko’p yashay olishi ko’rinib turibdi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki,
ilgarilari suv orqali tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko’p odamlar qirilib
ketgan. YAqin 20—30 yil ichida ham turli epidemiyalar tarqalgani
guvohimiz. Masalan, 1972 yilda Meksikada ich tyerlama bilan 10 000 ga
yaqin kishi og’ridi, shu davrning o’zida ichburug’ kasalidan 15 000 kishi
halok bo’ldi. Qizig’i shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi
mikroblar tashqi muhit omillari ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartirmoqda.
O.V. Baroyanning fikricha, patogen mikroblar o’rnini shartli patogen
mikroblar, hatto saprofit baktyeriyalar egallab, kasallik keltirib chiqaruvchi
mikroblarga aylanmoqda.
Darhaqiqat, suvning ifloslanishidai tarqaladigan kasalliklar juda xavfli.
Ayniqsa, ilgari vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi
e’tibor byerilmaslik oqibatida bunday holatlar tez-tez kuzatilib turilar edi.
Jumladan, 1908—1909 yillarda Neva daryosiga shahar kanalizaciya suvi
zararsizlantirilmay oqizilishi tufayli vabo kasalidan bir necha ming kishi
halok bo’lgan.
1963 yili O’zbekiston va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida vaboga
o’xshab ketadigan kasallik tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishiga El’tor
114
vibrioni sabab bo’lgan. Bu vibrion ochiq havzalaridam topildi. U tashqi muhit
ta’siriga o’ta chidamli epidemiya xavfini tug’diruvchi mikrob hisoblanadi.
Ichburug’, qorin tifi, paratif kabi kasalliklar ham juda ko’p martalab
tarqalgan. Suv orqali yana bir qancha kasalliklar tarqalishi mumkin. Masalan,
Vasil’ev-Veyl kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqa kasalliklar
suvda kalamush, sichqon va suv hayvonlari ko’payishidan paydo bo’ladi.
Bunday suvlarni iste’mol qilishni to’xtatish epidemiyaning oldini oladi.
O’zbekiston respublikasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar analiz
qilinganda shunday xulosa kelib chiqadiki, ichak infekciyasi tarqalishiga 70%
hollarda hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish sabab bo’lar ekan. 8—13%
kasallik hodisasi kanal va ariq suvlarida cho’milish oqibatida, kasallikning
5,8—8% i ifloslangan quduq suvini ichish natijasida paydo bo’lar ekan.
Bunday holatlar goho vodoprovod suvini ichish natijasida ham paydo bo’lishi
mumkin. Bunga vodoprovod trubalarining chirishi, yorilishi, unga chiqindi
suvlarning tushishi va boshqalar sabab bo’ladi.
Keyingi vaqtlarda me’da-ichak kasalliklari bilan kasallanganlar soni
ortib bormoqda. Jumladan, «Izvestiya» gazetasining 1989 yilda chiqqan
sonida xabar qilinishicha, Sochi shahar sanepidstanciyasi tomonidan bir hafta
ichida 300 ga yahin me’da-ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar
ro’yxatga olingan. Bunga sabab qora dengiz suvi tarkibidagi
mikroorganizmlar soni normaga nisbatan 15—20 marotaba oshib
ketganligidir. Natijada dengizda cho’milishga chek qo’yilgan.
Zarafshon daryosi suvi mikroblar makoniga aylanyapti. Bunga sabab
kanalizaciya va oqova suvlar va axlatlarni zararsiz holatga keltirmasdan daryo
suviga oqizilishidir. SHunga o’xshash holatlarni Volga, Dnepr va boshqa
daryolarda ham kuzatish mumkin.
Horijiy mamlakatlarda, ayniqsa Afrika davlatlari, Hindiston yarim
orolidagi aholining ahvoli ancha achinarli. 55 mln aholiga ega bo’lgan
Filippin davlatining 47% aholisi 1980 yilgacha toza ichimlik suv bilan
115
ta’minlanmagan, 1984 yilga kelib shahar aholisining 80% i, qishloq
aholisining 55,5% i toza suv bilan ta’minlandi. Gaiti davlatida 1984 yilda
hammasi bo’lib shahar aholisining 54% i, qishloq aholisining 25% i
vodoprovod suvi bilan ta’minlangan. YAman Arab respublikasida qishloq
aholisining 22% igana toza suv bilan ta’minlangan. SHu sababli
aholining
suvga muhtojligi tobora ortib bormoqda. Suvning ifloslanishi bolalar o’rtasida
diareya kasalliganing keng tarqalishiga sabab bo’lgan. 5 yoshgacha bo’lgan
bolalarning 30—40 foizi shu kasallikdan nobud bo’ldi. Maktab
o’quvchilari orasida shistosomoz kasalligi keng tarqalgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butundunyo tibbiyot
uyushmasi aholini toza suv bilan ta’minlash programmasiga asosan muhtoj
davlatlarga juda katta mablag’ ajratib, yordam byermoqda. Brrlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qoshida aholini toza suv bilan
ta’minlash 10 yillik (1981—1990) programmasi tuzildi. SHu programmaga
asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga bu borada moddiy yordam ko’rsatish
ko’zda tutilgan.
Suv orqali tulyaremiya kasalligi ham tarqalishi mumkin. Tulyaremiya
kasalligani qo’zg’atuvchi mikrob (V.tulyeransis) suv namunalarida ko’p
vaqtgacha ajralib turadi. Bu mikrobni ham suvdagi qoramtir kalamush,
sichqonlar tarqatadi. Bunday suvda tasodifan cho’milish kasallikka sabab
bo’ladi.
Suv orqali polaomielit entyeroviruslari, sariq kasalligi, kok-saki, ESNO
va boshqa kasalliklar tarqalishi kuzatilgan. Ba’zi infekciyalar suv havzalarida
hatto 200 kungacha yashash qobiliyatini saqlab qoladi. SHuning uchun ham
suvni dezinfekciya qilganda viruslar faollish 99% ga tushganda kasallik kelib
chiqishining oldini olish mumkin.
116
Xullas, suv orqali juda ko’p yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Toza
ichimlik suvlarini zararli oqova suvlardan, chiqindilardan himoya qilish suv
orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |