Grunt suvlar
. Yer ostining eng yuqori, suv o’tkazmas qavatida
joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Bu asosan fil’trlanish oqibatida paydo
bo’ladi, bunday suv havzalarining bosimi bo’lmaydi. Yer relyefi pastqam
bo’lgan joylarda yer osti suvlari yer yuziga buloq bo’lib otilib chiqishi
mumkin. Buloq va chashmalar tepaliklar, tog’larning yon bag’rida, pastqam
yerlarda ko’p uchraydi. Bunday chashmalar yuqoriga ko’tariluvchi
chashmalar deyiladi. Ko’tariluvchi chashmalar sanitariya nuqtai nazaridan
anchagina xavfli hisoblanadi.
100
3 – r a s m. Yerosti suvlarining joylashishi.
1 — suv o’tkazuvchi qavat; 2 — suv o’tkazmaydigan qavat; a — yuza yer osti suvi; b — yer
osti grunt suvlari.
Grunt suvlar quduqlar yordamida ham olinadi, grunt suvlar miqdori
yog’ingarchilik miqdoriga qarab o’zgarib turishi mumkin. Grunt suvlar
odatda 1,5—2 metr, goho 3—10 metr chuqurlikda joylashadi. Ularning
tarkibida tuz bo’lishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko’p jihatdan o’sha
joyning sanitariya holatiga bog’liq.
YUqorida joylashgan yer osti suvlari
. Ba’zan ular grunt suvlar
yuqorisida joylashadi. YUqori yer osti suvlari suvga bardosh byeradigan yoki
suvni kam o’tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to’planishi
doimiy bo’lmay, ular asosan yog’ingarchilikka bog’liq. YUqori yer osti
suvlari yer yuzasiga yahin bo’lgani uchun ular tez-tez mikroorganizmlar,
tuzlar, zaharli ximikatlar, minyeral o’g’itlar bilan ifloslanib turadi. Bunday
suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Faqat zararsiz holatga keltirib, so’ngra
ichish mumkin.
Artezian suvlar.
XII asrda Franciyaning Artezia viloyatida yer osti
suvlaridan foydalanishgan. SHuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat
nomi bilan ataladi. Artezian suvlar chuqur yer osti qatlamlarida to’planadigan
yuqori bosimli suvdir. Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki
ko’p qavatli jinslarning tagiga joylashgan bo’lib, qatlamlar orasida yotadi.
101
Suv tashuvchi qavatlar ifloslanishdan znchagina himoyalangan bo’ladi.
Artezian suv havzalari juda chuqurlikda joylashadi. Ular fil’trlanib, so’ngra
yer yuzasiga chiqadi yoki chiqariladi.
Bosimli suvlar gravitacion kuchlar va atmosfera bosimi ta’sirida suvning
elastiklik xususiyati sdbabli harakatga keladi. Suv o’tkazmaydigan jismlar
oralig’ida qisilib yotgan suv doimo bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi
bilan bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi, ba’zi holatlarda yer tagidan o’zi
otilib chiqishi ham mumkin. Ba’zan ular bosim ta’sirida bosimsiz suv
qatlamlariga ko’tarilishi ham mumkin. Har bir suv qavatining o’z
oziqlanish
zonasi, bosim chegarasi va bo’shashish zonalari bor. Ayniqsa bo’shashish
zonalaridagi suvlar yer yuzasiga daryolar yoki ko’llar tagidan yo’l topib
chiqadi.
Qatlamlararo joylashgan bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash
yo’li bilan olinadi. Artezian suvlarning sifati uning qay darajada va qaysi
masofada oziqlanishiga bog’liq. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi ko’p
jihatdan kimyoviy reakciyalarga, suv sizib o’tadigan jinslarning fizik
xususiyatlariga bog’liq.
Hozir yer osti suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy element topilgan.
Ftor, mis, rux, temir, fosfor, kal’ciy, magniy, xrom, qo’rg’oshin va boshqalar
shular jumlasidan. Ularning suvdagi miqdorlari bir-biriga sira o’xshamaydi,
albatta. Ba’zilar mikrogrammlar miqdorida topilsa, ba’zilari bir necha o’n mg
lab topiladi.
Aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda suvdagi ftor, temir, kal’ciy,
magniy miqdorining etarli bo’lishi katta ahamiyatta egadir.
Qatlamlararo yer osti suvlarining o’ziga xos tomoni shundaki, ularda
erigan oksigen bo’lmaydi, ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini
shakllantirishda katta ahamiyatta ega.
102
Qatlamlararo yer osti suvlarining oziqlanish maydoni qancha keng va
uzoq bo’lsa, u shuncha toza va tarkibi doimii bo’ladi. Suv tarkibining doimiy
bo’lishi sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega.
Yer osti suvlariga tabiiy omillardan tashhari, ba’zan sun’iy omillar ham
ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, suv qatlamlaridan noracional foydalanish, suvdan
namuna olish, yer osti suv havzasiga boshqa suv manbalaridan suvning sizib
o’tishi, yer qavati butunligining buzilishi va boshqalar suv tarkibini
o’zgartirib yuborishn mumkin.
Yer osti suvlarining ifloslanishiga sanoat korxonalaridan chiqadigan iflos
suvlar ham ta’sir ko’rsatadi. Bulardan tashqari, foydalanilmay yotgan
quduqlar, daryo suvlarining sizilishidan ham yer osti suvlari ifloslanishi
mumkin.
Suvning ifloslanishi suv tashuvchi qavatdagi jinslarning strukturasiga
ham bog’liq. Masalan, suvning harakati juda mayda zarrachali (qum) jinslarda
yuz byersa, zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uning tezligi turlicha
bo’ladi.
Olimlarning fikriga qaraganda, suvning harakat tezligi sut-kasiga bir
necha 10 sm dan 1—3 metrgacha bo’lishi mumkin ekan. Agar tog’ jinslari
orasida yoriq bo’lsa, suv harakati bir necha 10 metrga etishi mumkin.
Umuman olganda suvning fil’trlanishi suv tarkibidagi zarrachalar,
mikroblarning ushlanib qolishiga yordam byeradi.
Darz ketgan jinslarda esa fil’trlanish bo’lmaydi, suv jins yoriqlari,
bo’shliqlari orqali oqib o’tadi. SHuning uchun ham darz ketgan jinslardan
o’tadigan yer osti suvlarini tozalash zarur. Ko’pincha, qatlamlararo yer osti
suvlari ichnmlik suv hisoblanib,
103
4- r a s m. Artezian quduq.
1 — suv o’tkazmaydigan qatlam; 2 — suv tashuvchi
qatlam; 3,4,5 — bir-biriga kiydiriladigan naysimon
ustunchalar; 6 — naylar orasidagi bo’shliqni
byerkitadigan cement qavat; 7 — qattiqlovchi
qoplama; 8 — fil’tr usti nayi;9 — fil’trningishchi
qismi; 10 — tindirgich; 11 — qopqoq.
5- rasm. Artezian suv havzalari
A—B — atmosfera suvlarining fil’trlanish doirasi;
B—V — suv tashib yuruvchi bosimli qavatning
tarqalish doirasi; V—G — bo’shashish doirasi; S -—
o’zi oqib chiqadigan buloqlar. N — o’zi oqib
chiqmaydigan suv havzasi. 1 — yuqori va pastki suv
o’tkazmaydigan qavat (loy qavat). 2 — suv tashuvchi
avat; 3 — chashma; 4 — suv sathi; 5 — suv
manbalari.
104
ishlanmasdan iste’mol qilinavyeradi. CHunki uning sifati, kimyoviy va
baktyeriologik tarkibi doimiy va davlat standarti talabiga javob byeradi. Yer
osti suvlarining bir-biridan kamchiligi ularni markazlashgan vodoprovod
tarmoqlariga ulab bo’lmasligidadir.
Artezian quduqlardan foydalanish davrida suvni yer yuzasiga ko’tarish
uchun o’rnatilgan uskunalar suvni so’rishi natijasida quduq atrofida bosimi
kam zona paydo bo’ladi. Bosimning kamayish darajasi suv ko’targich
uskunalarning quvvatiga, suvning hajmiga, suv tashuvchi qavatlarning bosim
darajasiga va boshqalarga bog’liq. Suv tortuvchi asboblar ishlatilishi
natijasida depressiya chuqurligi deb nomlanadigan chuqurlik hosil bo’ladi. Bu
chuqurlik maydoni o’sha joydagn gidrogeologik sharoitni o’zgartirib
yuboradi. Natijada o’sha joyning sanitariya holati buziladi. CHunki hosil
bo’lgan chuqurlikka yuqorida va pastda joylashgan qo’shni yer osti
havzalaridan suv oqib kela boshlaydi, goho darz ketgan jinslardan oqadigan
suvlarni yuqoriga tortishi mumkin. Oqibatda ishlatilayotgan artezian quduq
suvlari baktyeriologik va kimyoviy tarkibi jihatdan o’zgarib, kishilar
sog’ligiga putur etkazishi mumkin.
Umuman olganda qatlamlararo yer osti suvlaridan foydalanish daryolar
oqadigan vodiylarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Sababi shundaki,
daryo sohillariga suv chiqarish quduqlari o’rnatish birmuncha qulay. U yerda
suv zapasi ancha doimiy bo’ladi. CHunki daryo suvlari doimo yerga sizilib,
suv manbalarini to’ldirib turadi.
Yer osti suvlaridan tobora ko’proq foydalanilayotganligi yer osti suv
zapaslarini ko’paytirishni talab qiladi. Buning uchun murakkab bo’lmagan
uskunalar yordamida sun’iy suv inshootlari qurilib, yer osti havzalarida suv
105
to’plashga imkon yaratildi.
Yer osti suv manbalarini sun’iy ravishda to’lg’izish ko’zda tutilsa, u
holda yuza suv havzalariga sanitariya-himoya zonasi tashkil qilinadi. So’ngra
suv tindiriladi va fil’trlanadi. Aholiga tarqatishdan oldin uni albatta zararsiz
holatga keltirish zarur. Infil’traciya (sizish) hovuzlariga tushadigan suv
jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Sizish hovuzlaridan loy-
qumli suv tashuvchi qatlamlargacha bo’lgan masofa 50 metr, yirik qumli yoki
shag’al toshli qatlamlar uchun 100—200 metr bo’lishi kerak.
Ma’lumki, kichik territoriyalarda katta sanoat korxonalarining paydo
bo’lishi, odamlar sonining ortib borishi, transport vositalarining ko’payishi,
ko’p qavatli binolarning qad ko’tarishi suvga bo’lgan talabni talaygina
oshirdi. Ammo yer osti suvlarining miqdori aholining suvga bo’lgan
ehtiyojini to’la-to’kis qondirmaydi. Demak, bu ehtiyojni qondirish uchun
ochiq suv manbalaridan foydalanishga zarurat tug’ilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |