OCHIQ SUV MANBALARI
O’rta Osiyo respublikalarida sug’oriladigan yerlar juda ko’payib
ketganligi sababli ham ko’pgina qishloq aholisi o’zining ehtiyojlarini
qondirish uchun ko’pincha daryo, kanal, ariq suvlaridan foydalanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bizning mamlakatimiz chuchuk suv manbalariga
eng boy mamlakat hisoblanar ekan. Bizda har bir million aholiga 5,7 km
3
daryo suvi to’g’ri kelsa, yer kurrasining boshqa mamlakatlarida bir million
aholiga 4,7 km
3
chuchuk suv to’g’ri keladi.
Suv havzalarining 80% i iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan shimoliy
rayonlarga to’g’ri keladi. Bu rayonlarda atigi 15—20% aholi yashaydi. Suv
havzalarining qolgan 20% i iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan rayonlarga
to’g’ri keladi. Ammo yuza suv havzalari suvi tarkibi jihatdan tez
o’zgaruvchanligi, unda minyeral tuzlarning kamligi, ifloslanish darajasining
yuqoriligi bilan yer osti suvlaridan farq qiladi. Suv miqdori faslga qarab va
meteorologik sharoitlar ta’sirida yo ko’payib yoki kamayib turadi. Muz
106
qatlamlarining ko’chishi, yog’ingarchilik, sel kelishi va boshqa tabiat
hodisalari suv ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. YUza suv
manbalarining rN ko’rsatkichi doimo 6,5—8,5 orasida aniq-lanadi. Ammo
ochiq suv havzalari insonning yashash faoliyati davo-mida chiqindi suvlar,
sanoat chiqindilari, sugoriladigan yer maydon-laridan chiqadigan oqova
suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Keyingi yillarda oqova suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi
natijasida bir hujayrali suv o’tlari nihoyatda ko’payib, suv qavatlari o’t
bosayotgani guvohimiz. Suv omborlarida saqlanayotgan suvning gullashi
ularning organoleptik xususiyatlarini o’zgartirib yubormoqda.
YUqorida zikr qilingan omillardan ma’lumki, bunday suvlarni
to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilish aslo mumkin emas. Ularni faqat zararsiz
holatga keltirilgandan so’ng iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Daryolar eng asosiy ochiq suv havzalari bo’lib, ular ma’lum darajada
ishlangandan so’ng aholi ehtiyoji uchun ishlatiladi. Lekin, daryo suvlari tez
o’zgaruvchanligi sababli ular tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar,
gel’mint tuxumlari va boshqa moddalar bo’lishi mumkin.
Masalan, shimoliy rayonlardaga daryolar qish boshlanishi bilan
muzlaydi, natijada ular vaqtinchalik ifloslanishdan saqlanadi. Am-mo, bahor
kelishi bilan muzlar erib, suvlarning minyeral tarkibi o’zgaradi, oksidlanish
kamayib, mikroblar ko’payadi. Iyun’ oylarida suv hajmining kamayishi
suvdagi tuz koncentraciyasini ko’pay-tiradi.
Daryo bo’ylarida kir yuvish, cho’milish, mol boqish va oqova suv-
larning ochiq suv havzalariga tushishi daryo suvining ifloslanishiga sabab
bo’ladi. Bular suvning tabiiy holatini buzib, ularning organoleptik
xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi, natijada suvning rangi sariq, kulrang,
ko’kimtir va boshqa tusga kirib holadi.
Kama, Dnepr daryolari suvining oksidlanish darajasi 15—16 mg O
2
/l,
rangi 65°, sarg’ish. Bu daryolar suvining ransh boshqa respublika daryolari
107
suvidan boshqacha bo’lishi ularning botqoqliklar yoki o’rmonzorlardan
boshlanishi oqibatidir. Suv rangining o’zgarishi ular tarkibidagi gumin
moddalari miqdoriga bog’liq. O’rta Osiyo respublikalarida suv tog’lardagi qor
va muzliklarning erishidan paydo bo’ladi, daryolarning boshlanish qismida
suv nihoyatda tiniq, mazasi chuchuk, harorati 12—14° dan oshmagan bo’ladi.
Ammo suv yo’li 500—600 km ga etganda suv loyqalanib, o’z tarkibida juda
ko’p miqdorda osilma zarrachalar, qum, loy, xas-cho’plarni ushlaydi. Ular
tarkibidagi minyeral, organik moddalar miqdori, mikroblar soni juda o’zgarib
ketadi.
Bir litr suv tarkibida 6500—13 000 mg gacha osilma zarrachalar bo’lishi
mumkin. Agar daryo suvi sho’x oqadigan bo’lsa, u holda suv juda loyqa
bo’lib, daryo sohillarini buzib, o’z yo’nalishini tez-tez o’zgartirib turadi.
Daryolar suvining hajmi bir xil emas. Masalan, Neva daryosining o’rtacha
oqimi sekundiga 2500 m
3
ga teng, Volga daryosiniki 2000 m
3
ga, Dneprniki
400 m
3
ga, Amudaryoniki 1500 m
3
ga, Sirdaryoniki esa 540 m
3
ga teng.
Ammo suv miqdori daryoning boshlanishida uncha ko’p bo’lmay, o’rtasida
ancha ko’payishi mumkin. Bahor boshlanishi bilan yillik suv miqdorining
70% i daryodan oqib o’tishi mumkin. SHu sababdan aholini markazlashgan
vodoprovod suvi bilan ta’minlashda daryo suvi hajmi hisobga olinadi. Agar
sur hajmi aniqlanmasa, aholining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish mumkin
bo’lmaydi. Bunda ayniqsa aholining soyi, uning demografik o’sishini nazarda
tutmoq zarur.
Ko’llar ochiq suv havzalari hisoblanib, ular maydonining kengligi, katta-
kichikligi, suvining hajmi, chuqurligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ko’llarning
suvi asosan chuchuk bo’lib, ular daryolarning quyilishidan paydo bo’ladi.
SHuning uchun ularning tarkibi daryo suvlarinikiga o’xshab ketadi. Ko’llarda
suv harakati kam bo’lganligi uchun ular osilma moddalardan holi bo’ladi.
Suvining rangi tiniq, tashqi ko’rinishi ham ancha yaxshi bo’ladi. Ko’llarning
tagiga cho’kkan quyqum cho’kmalar organik va noorganik moddalardan
108
iborat bo’lib, bioximik jarayonlar kyechishiga sababchi bo’ladi. Kichik
ko’llarda suv to’lqinlanganda suv ostidagi loyqalar suvni ifloslantirishi
mumkin, Bu suvning rangi, sifatini o’zgartiradi.
Ko’l suvini ichishga tavsiya qilish mumkin, ammo buning uchun
ko’lning chuqurligi kamida 10 metr, suv debiti etarli bo’lmog’i shart. CHuqur
ko’llarda, masalan 10 metr chuqurlikdaga ko’llarda mikroblar soni kam
bo’ladi, harorati 10—12°S atrofida bo’lib, kimyoviy tarkibi kam o’zgaradi.
SHuning uchun katta va chuqur ko’l suvlarini markazlashgan suv
inshootlariga ulab aholini ta’minlash mumkin. Suv olish uchun mo’ljallangan
joyda sanitariya-himoya zonasini tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Sun’iy suv omborlari. Keyingi 30—40 yil ichida katta daryo suvlaridan
ichimlik suv sifatida va elektr enyergiya olish maqsadida foydalanish uchun
ko’pdan-ko’p suv omborlari qurildi. Jumladan, O’zbekiston daryolari
bo’yida bir necha suv omborlari qurildiki, ularning hajmi 10 mlrd m
3
ni
tashkil qiladi. SHu maqsadda Amudaryoning sho’x suvi ham jilovlandi.
Tuyamo’yin, Qayroqqum, CHordara va boshqa suv omborlari
respublikamiz xalq xo’jaligi taraqqiyotida katta rol’ o’ynamoqda. Sanoat
korxonalarining taraqqiy etishi, yangi-yangi turar joylar, posyolkalarning
paydo bo’lishi o’z-o’zidan suvga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda. SHuning
uchun ham ko’p daryolar jilovlanib, ularni yig’ish maqsadida to’g’onlar
qurilmoqda. Qor-yomg’ir suv-lari to’planishi ekin maydonlarini sug’orish
muammosini hal qilmoqda.
Suv omborlaridagi suv tarkibi daryo, yomg’ir va oqova suvlar tarkibiga
o’xshaydi, chunki oqib keladigan suv suv omborlarida to’planadi.
Suv omborlaridagi suvning o’ziga xos tomoni shundaki, ular borgan sari
minyerallashib, tuzlarining miqdori ortib boradi. Suvning buglanishi, uning
yerga shimilishi suv tarkibidagi minyeral tuzlar miqdorini tobora oshirib
109
boravyeradi.
Suv ombori sathining suv miqdoriga nisbatan katta bo’lishi, uning tezroq
minyerallanishiga olib boradi. Masalan, Donbass shahridagi suv
omborlarida dastlab har litr suvga 300 mg qattiq cho’kma to’g’ri kelgan
bo’lsa, olti yil o’tgach u 1600 mg ga etdi.
Bundan tashqari, suv qavatlaridagi erigan tuz miqdori ham bir xil
bo’lmasligi kuzatilgan. CHunki suv omboriga tushayotgan suvning
minyeralligi va solishtirma og’irligi kam bo’lganligi sababli, undagi tuzlar
yuqori qavatda qoladi, to’la-to’kis aralashib ketmaydi. Masalan, suv
omborining yuza qavatidan olingan suv namunalarida suvning qattiqligi 9 mg
ekv/l, chuqur qavatidan olinganida esa 9,5—15 mg ekv/litrga etgan. Ammo,
shamol ta’sirida suvning to’lqinlanib aralashishi oqibatida suv qattiqligi ancha
o’zgaradi.
Suv omboridagi suvning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular yozda
ko’karib ketadi. Bunga suv o’simliklarining o’sishi sabab bo’ladi. Suv
o’simliklarining o’sishi suv tarkibini organik moddalar bilan boyitadi. Suvda
syerovodorod paydo bo’lib, erigan oksigen kamayib ketadi, bu suvdagi
baliqlar, jonivorlarning qirilishiga sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, suv
o’simliklarining ko’p qismi suv inshootlariga tushadi, fil’trlovchi uskunalarga
tiqilib qolib, ularni ishdan chiqaradi, vodoprovod inshootlarining normal
holatda ishlashiga zarar byeradi.
Suv ko’karishining oldini olish maqsadida samolyotlar yordamida 1 m
3
suvga 0,5 gramm SuSO
4
(mis sul’fat) sepiladi. Bu suvning
o’z-o’zini tozalash imkonini byeradi. Natijada suv mikroorganizmlar bilan
uncha ifloslanmaydi. Suv omborlari qurilayotgan vaqtda uning tagini tozalash
mumkin bo’lishi kelajakda suvning ifloslanishiga yo’l qo’ymaydi. Bu
110
maqsadda suv ombori quriladigan joy daraxtlar, changalzorlar, ko’p yillik
o’tlar va boshqalardan tozalanadi. SHunda suvning organoleptik,
baktyeriologik va kimyoviy tarkibi talabga javob byeradigan bo’ladi.
Suv omborlari qurish birinchidan aholini toza ichimlik suv bilan
ta’minlash imkonini byeradi, ikkinchidan joyning kichik iqlimini yaxshilab,
obodonchilik ishlarining rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
Suv omborlari suvi doimo almashtirib turilgani uchun sanitariya
jihatidan uncha xavf tug’dirmaydi, daryo suvlari esa doimo harakatda, o’z-
o’zini tozalash jarayonlari juda intensiv o’tadi, mikroblardan ozod bo’lib,
organik moddalar zararsiz tuzlarga aylanadi.
Yirik gidroenyergetika inshootlari qurilayotgan rayonlardagi sanitariya
muassasalari xodimlarining vazifasi quyidagilardan iborat.
1.
Suv omborlari qurilishidan oldin va suv omborlari qurilib bo’lgandan
so’ng suv sifatini o’rganish.
2.
Kelajakda suv ombori o’zanining suv sifatiga ta’sirini kamaytirish
yoki yo’qotish maqsadida sanitariya choralari ko’rishni uyushtirish.
3.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida suv omborining
biror joyini vodoprovod inshootlariga suv olishga mo’ljallash.
4.
Tozalangan oqova suvlar va sanoat chiqindi suvlarini oqizish uchun
joy tanlash.
Ma’lumki, suv omborlarini qurish juda ko’p muammolarni keltirib
chiqaradi. Jumladan, suv to’g’on yuqorisiga ko’tarilib, atrofidagi maydonlarni
suv bosishi, suv omborlari atrofidagi yer osti suvlarining ombor suvlariga
qo’shilib, yer yuzasiga ko’tarilishi, u yerga biror ob’yekt qurib bo’lmasligi va
hokazo. Aholini esa boshqa joyga ko’chirish zarur bo’ladi. Suv omborlaridan
pastroqda joylashgan turar joylarning cho’kishi kuzatiladi. Buning oldini olish
maqsadida artezian quduqlar kovlanib yer osti suvlari motorlar, uskunalar
yordamida chiqarilib olinadi.
Suv omborlari loyihasi ishlab chiqilayotganda sanitariya vrachlari zarur
chora-tadbirlarni ko’rishlari kerak. Suv omborlaridagi suvning tozaligini
saqlab qolish maqsadida suvning sifat ko’rsatkichlari o’z vaqtida sanitariya
Do'stlaringiz bilan baham: |