303
yoki oldin aeraciyalanib so’ngra bir yoki ikki pog’onali fil’trlash yo’li bilan
tozalanadi. Reagent usuli aeraciya usuli bilan birga olib boriladi. Masalan,
avval oksidlantiruvchi moddalar yoki ohak ishlatilib so’ngra yupqa
qavatli
fil’trdan o’tkazilganda suv temirsizlanishi mumkin.
Temirsizlantirish usulini taylash suv tarkibidagi temir miqdoriga
bog’liq. Bu tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Reagent ishlatmasdan temirsizlantirganda suv avval shamollatiladi,
shunda suvdagi karbonat angidrid, vodorod sul’fid
uchib ketadi, uning rN i
ortadi. Suv oksigen bilan to’yinadi, natijada temir gidrooksid hosil bo’ladi,
u suvni tindirish yoki fil’trlash orqali ushlab qolinadi.
Ochiq suv havzalari suvi tarkibida ortiqcha temir reagent usuli bilan
temirsizlantiriladi, ya’ni suvga alyumin sul’fat, ohak va xlor qo’shiladi.
Davlat standarti bo’yicha temirning suvdagi miqdori 0,3 mg ga teng
bo’lishi kerak.
SUVNI FTORLASH
Bolalar o’rtasida tez-tez uchrab turadigan karies kasalligiga ftor
etishmasligi sabab bo’ladi. 1969 yilda o’tkazilgan XXII Butundunyo
sog’liqni saqlash Assambleyasida suvni ftorlash
kariesni oldini olishdagi
birdan-bir vosita ekanligi uqdirib o’tildi.
Keyingi yillarda turli regaonlarda karies kasalligining paydo bo’lishi
bilan suv tarkibidagi ftor-ion koncentraciyasi o’rtasida qandaydir
bog’lanish borligi aniqlandi. Karies rivojlanishiga ba’zan iqlim, ovqatlanish
ham katta ta’sir etadi. SHuning uchun ham ftor normasini hamma
regionlarga bir xilda belgilab bo’lmaydi.
28-74-82 «Ichimlik suv» Davlat standarti talabi bo’yicha ftorning
suvdagi miqdori har bir region uchun 0,7—1,5 mg deb belgilanadi.
Suvni ftorlash uchun ftor reagentiga ma’lum talab qo’yiladi: ftor
304
kariesni
keltirib chiqarmasligi, uning tarkibida margamush, og’ir metall
tuzlari bo’lmasligi, u suvda yaxshi erishi zarur.
Suvni ftorlash uchun natriy ftor, kremniy ftor kislota va uning natriyli
tuzi, ftor va biftor ammoniy birikmalari ishlatiladi.
Odatda, ftor suv fil’trlangandan so’ng qo’shiladi, chunki ftor
koagulyantlar bilan
kimyoviy birikma hosil qilib, uning cho’kishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Sanitariya muassasalari tomonidan kundalik sanitariya nazorati olib
borilganda ftorning suvdagi miqdori tekshirib turiladi.
Ftor bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim.
Ftorlashning ahamiyatini bilish uchun 10 yil davomida ikki-uchta
maktabda har yili tibbiy tekshiruv o’tkazib turiladi va karies bilan og’rigan
bolalar hisobga olinadi. Agar bolalar o’rtasida
flyuoroz kasalligi
tarqalmasa, suvni ftorlash davom ettiriladi. Agar bolalar o’rtasida karies
kamayib, flyuoroz kasalligining birinchi darajasi 10% ga etsa yoki
flyuorozning ikkinchi darajasi boshlangan bo’lsa, ftor miqdorini
kamaytirish zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: