153
ICHIMLIK SUV UCHUN ISHLATILADIGAN TINDIRGICHLAR
Suvni tindirish uchun maxsus tindirgachlardan foydalaniladi.
Tindirgichning tuzilishi tik tindirgachga o’xshab, tagi konuscimon
bo’ladi. Undagi suv koagulyant bilan aralashgandan so’ng, tindirgichning
pastki qismiga o’tadi, maydon bo’ylab tarqaladi, so’ng koagulyantning
osig’liq pag’alari orasidan o’tib tezlik bilan yuqoriga ko’tariladi. SHunda suv
tarkibidagi osshshalar pag’alar yordamida ushlanib qoladi.
Suv osilma quyqum zonasi orqali tindirilgan suv zonasiga kiradi, so’ngra
tindirgachning yuqori qismidagi to’siqdan toshib aylanma novga tushadi,
undan esa fil’trga o’tadi. Pag’a quyqumlari va aralashmalar bir joyga
to’planib zichlashadi, ularni kanalizaciya shohobchalariga oqiziladi.
Bunday tindirgichlar tik tindirgichlardan birmuncha afzal. Ammo,
sutkasiga 50 000 m
3
dan ortiq suvni tindira olmaydi. SHuning uchun
bunday tindirgichlardan katta vodoprovod inshootlariga suv chiqarishda
foydalanilmaydi.
SUVNI FIL’TRLASH
Suv tindirilib, koagulyaciyalangandan so’ng fil’trlash qavatiga
o’tkaziladi. Bu bosqichda suv mayda zarrachalardan ozod bo’ladi,
tindirilgandan qolgan osilma moddalar ham fil’trlovchi matyerial yuzasida
qoladi.
Fil’trlovchi qurilmalar birinchi marta 1829 yilda kashf etilgan bo’lib,
qum bilan to’ldirilgan. Suv shu qum kavatdan o’tkazilgan, ammo bunda suvni
fil’trlash ancha uzoqqa cho’zilgan, 1884 yilda boshqacharoq fil’trdan
foydalanilgan. Bunda suv yuqoridan pastga qarab yo’naltirilgan. Bunda ham
qum fil’trlovchi matyerial bo’lib xizmat qilgan.
Hozirgi kunda yangi-yangi fil’trlash qurilmalari mavjud. Ular sekin va
tez fil’trlaydigan qurilmalarga bo’linadi.
154
Fil’tlarning hammasi temir-betonli hovuz bo’lib, ular ikki qavatdan
iborat. Pastdagi qavati bir butun, yuqoridaga qavatning tagi esa teshik, ular
orasida bo’sh zovurlar bo’ladi. Bu zovurlarga fil’trlamgan suv tushib, xlorlash
uskunasi orqali kontaktli hovuzga o’tgadi. Agar fil’trni yuvish zarur bo’lsa,
suv bosim bilan zovurdan orqaga qaytariladi, shunday yo’l bilan qum, shag’al
va boshqalar yuzasidagi pardalar tashqariga chiqariladi.
YUqoridagi qavat tagiga shag’al va maydalangan tosh yotqaziladi,
ularning ustiga fil’trlovchi qavat — qum yotqiziladi. Sekin, oddiy va tez
ishlaydigan fil’trlar yuvilganda, suv qum yuzasiga quyiladi, ikki tomonli
fil’trlarga suv pastdan yuboriladi.
SHag’al va toshlarning diametri 2—40 mm dan oshmasligi lozim.
Hozirgi vaqtda faqat tez fil’trlaydigan qurilmalar ishlatiladi, ular soatiga
5—10 metr suv qavatini fil’trlab byeradi. Sust fil’trlar esa soatiga 0,1—3,0
metr balandlikdagi suvni fil’trlaydi.
Fil’tranuvchi suvning yo’nalishi bir va ikki tomonlama bo’ladi,
fil’trlovchi qavatlar ham bir va ikki qavatli bo’ladi.
Fil’trovchi matyeriallar qattiq bo’lib, asosan kvarc qumi, kyeramzit
mayadalangan marmar, antracit maydalaridan iborat. YAigi fil’trlovchi
matyeriallar avval tekshirilib, so’ngra ishlatishga ruxsat etiladi. YAngi
matyeriallar tekshirilayotganda ularning tarkibi, yuvilishi, ayniqsa og’ir
metallarning erib suvga o’tishi aniqlanadi. Sekin fil’trlaydigan qurilmalar
soatiga 10 sm suv balandligini o’tkazadi. Qum yuzasida biologik pardalar
hosil bo’ladi, ular suv tarkibidagi osilma moddalar, suv planktonlari,
baktyeriyalar va boshqalarni ushlab qoladi.
Sust fil’trlar 1,5—2 oyda tozalab turiladi. Fil’tr yuzasidagi 2—3 sm li
ifloslar qo’l bilan olib tashlanadi, buning uchun 2—3 kun vaqt kerak
bo’ladi. Suv sust fil’trlar yordamida tozalanganda
155
9-rasm. Tez ishlaydigan fil’trlar.
a — ikki qavatli fil’tr; b — AKH-fil’tr; v — kontaktli fil’tr.
156
10-rasm. Bir qavatli tez fil’tr.
a) Fil’trlash. 1 — fil’trlashga oqiziladigan suv; 2 — toza suv hovuzi. b) YUvish 1 — qum;
2 — shag’al; 3 — fil’trni yuvish uchun suv.
99% baktyeriyalar va osilma moddalarni ushlab qoladi. Bunday
fil’trlarni qurish va ishlatish ancha oson. Sust fil’trlardagi kvarc qumi ning
qalinligi 80—85, shag’al va mayda toshlarning qalinligi 40—45 sm ga teng.
Bunday fil’trlar asosan qishloq sharoitida ishlatiladi.
Tez ishlaydigan fil’trlar ko’p hajmdagi suvni tozalagani uchun uning
yuzasi tez ifloslanadi. Bunday fil’trlar sutkasiga ikki marta tozalanadi. Fil’trni
yuvish mexanizaciyalashtirilgan bo’lib, bunga 15 minut vaqt sarflanadi.
Fil’trlar qanday bo’lishidan qat’i nazar baktyeriyalarni 100 foiz ushlab
qololmaydi, demak osilma moddalar ham 95 foiz atrofida ushlanib qoladi.
SHuning uchun suvni doimo qaynatib ichish zarur.
AKH ikki qatorli fil’trida suv ham yuqori fil’tr qavatidan, ham pastki
fil’tr qavatidan sizilib o’tib fil’trlangan suvlar bilan birlashib hovuz
rezyervuarga tushadi. Bunda 70% fil’trlangan suv pastdan yuqoriga, 30% suv
esa fil’trning yuqori qavatidan pastga sizilib o’tadi. Demak, iflosliklar asosan
katta donali pastki fil’trda ushlanib qoladi. Fil’trlar yuvilganda yuvadigan suv
zovur bo’shlig’iga sekundiga 1 m
2
yuzaga 6—8 l hisobida yuboriladi. YUqori
qavatdagi qum harakatga keladi, keyin yuvadigan suv oraliqda joylashgan
157
ko’p teshikli trubalarga bosim bilan 1 m
2
yuzaga sekundiga 13—15 litr
hisobida suv yuboriladi — bu jarayon 5—6 minut vaqtni oladi. Iflos suvlar
nov orqali kanalizaciyaga yuboriladi.
Novga tushayotgan suv tozalanishi bilan pastki fil’trni yuvish
to’xtatiladi, zovurdagi bo’shliqlarni yuvish uchun 2—3 minut davomida
sekundiga 1 m
2
ga 10—12 litr suv yuboriladi.
AKH fil’trida fil’tr donachalarining katta-kichikligi 0,5—1,8 mm,
fil’trlovchi qavatning qalinligi 1,45—1,65 metrga teng. SHu qavatning 0,6—
0,7 chuqurligiga trubali zovur o’rnatiladi. SHu zovurdan fil’trlangan suv
oqadi. AKH fil’tri tez fil’trlovchn qurilma bo’lib soatiga 12 metr suv qavatini
fil’trlab byeradi.
301
11-rasm. «Struya-100» suv tozalash qurilmasi.
1 — tozalanadigan suvni o’tkazuvchi nasos. 2 — pag’a hosil qkluvchi kamyera va
tindirgichli moslama; 3 — fil’tr; 4—5 — koagulyaciyalovchi qurilma; 6 — dozator nasos; 7 —
suv bosimini hosil qiluvchi minora; 8 — vakuum iasos; 9 — lo’kidon.
1 litrida 100 mg gacha loyqasi bo’lgan va rangi 150 gradusli suvlar
kontaktli tindirgichlarda tindiriladi. Hozir vodoprovod sistemasiga
ulanadigan suvlarning 10 foizi shu usul bilan fil’trlanadi. Kelajakda suvni
shu usul bilan tozalash ko’zda tutilmoqda.
Kontaktli tindirgichlar ishlatilganda maxsus pag’a hosil qiluvchi
kamyeralar yoki hovuzlar qurishga xojat qolmaydi. Bunday
tindirgichlarning hajmi odatdagidan 4—5 marotaba kichik bo’lib, mablag’
ham kam sarflanadi,
KF-5 kontaktli fil’tri uch qavatdan iborat bo’lib, suvni tez fil’trlaydi.
Eng yuqori qavati (kyeramzit, agloporit, polimyer donachalari) dan iborat.
Ularning katta-kichikligi 2,3—3,3 mm, o’rta qavati antracit, kyeramzit
(1,25—2,3 mm) va eng past qavati 0,8—1,25 mm li kvarc qumdan iborat.
Fil’trlovchi matyeriallar ustiga teshikli truba o’rnatiladi, undan
koagulyantning suvli eritmasi yuborib turiladi. KF-5 fil’tri orqali soatiga 20
metrli suv qavati o’tadi.
Bulardan tashqari, KO-3 kontaktli tindirgichi mavjud. Bu tindirgach
ham to’rt burchakli temir-beton rezyervuar bo’lib, uning ichiga 2—2,3 metr
6 4
302
qalinlikdagi fil’trlovchi matyerial solinadi. Ular pastdan yuqoriga qarab
maydalashib boradi. Suvning fil’trlanishi pastdan yuqoriga yo’naladi, shu
sababli ifloslar fil’trning pastki qismida qoladi.
Kontaktli fil’tr va tindirgichlar uzoq vaqt yaxshi ishlashi uchun
suvning rangi 150° dan, loyqaligi esa litriga 150 mg dan oshib ketmasligi
kerak.
Fil’trlovchi moslamalar suv havzalaridagi suvning sifatiga qarab
tanlanadi. Bunda asosan suvning loyqaligi va rangi inobatga olinadi.
Dam olish uylari, pansionatlar, pionyer lagyerlarida ochiq suv
havzalaridan foydalanishga to’g’ri kelsa, u yerga kichik hajmdagi tozalash
inshootlari quriladi. Bu maqsadda «Struya» qurilmasidan foydalanish
mumkin. Bunday qurilma sutkasiga 25 dan 800 m
3
gacha suvni tozalab
byeradi.
«Struya» moslamasi sutkasiga 1—2 marta yuviladi, bu 5—10 minut
ichida bajariladi. Suvni fil’trlash uchun 40—60 minut vaqt sarflanadi.
Suvdagi osilma moddalar 98—99,3% gacha ushlanib qoladi, rangi 83%
yaxshilanadi, ichak tayoqchalari fil’trlash oqibatida 99,8—99,9%
yo’qoladi.
Demak, suv havzalari suvini fil’trlash orqali Davlat standarti talabi
darajasiga etkazish mumkin ekan.
Suvlarga maxsus usullar bilan ishlov berish ham mumkin. Bu yo’l
bilan suv tarkibidagi tuzlar normaga keltiriladi, ortiqcha temir, ftor
elementlari chiqarib tashlanadi. SHo’r suvlar chuchuk suvga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |