1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Suvni ozonlash
. 1901 yilda Rossiyada vodoprovodchilar s’ezdi bo’lib 
o’tdi. Bunda ozondan suvni zararsizlantirish maqsadida foydalanish 
masalasi ko’rib chiqildi. 1905-—1906 yillarda G. V. Xlopin va K.E. 
Dobrovol’skiylar tomonidan Neva suvlarini ozonlash bo’yicha tajriba 
o’tkazildi. 1911 yilda Petyerburg shahrida tarqalgan vabo epidemiyasidan 
so’ng ozon fil’trli vodoprovod stanciyasi qurildi. Stanciya sutkasiga 24 000 
m
3
suvni fil’trlab chiqaradi. Bir yil o’tgach N.F. Gamaleya ozonli 
vodoprovod to’g’risida katta maqola yozdi. Ammo, arzon va keng 


314
ko’lamda ishlatish mumkinligi tufayli ozon o’rniga yana xlordan foydalana 
boshlandi. 
Ozon (Oz) yoqimsiz hidli, suvda juda yaxshi eriydigan havorang gaz. 
0°S li 760 mm simob ustuniga teng 1 litr suvda 980 mg ozon eriydi. 
Ozon o’tkir oksidlovchi modda bo’lib, baktyericid xususiyati juda 
yuqori. Ozon mikroblarning protoplazmasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, har 
qanday organik moddalar bilan reakciyaga kirishib ularni parchalaydi. 
Keyingi yillarda ozonga bo’lgan qiziqish rivojlangan mamlakatlarda 
kuchayib bormoqda. Hozir Amyerika Qo’shma SHtatlari va Franciyaning 
eng katta vodoprovod inshootlarida ozondan suvni zararsizlantirish 
maqsadlarida foydalanilmoqda. Moskva, Kiev, YAroslavl’, CHelyabinsk 
va boshqa shaharlarda ham ozonli vodoprovodlar mavjud. 
Ozon molekulasi suv tarkibida oraliq moddalarga parchalanadi – ya’ni 
erkin radikallar NO
2
, ON hosil qiladi. Oksigen molekulasi va erkin 
radikallar kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun mikroorganizmlarga 
baktyericid ta’sir ko’rsatadi. 
Ozon faqat baktyericid xususiyatga ega bo’lib qolmay, balki suvning 
organoleptik xususiyatini yaxshilashga ham yordam byeradi. 
1.
Ozon oz vaqt ichida suvni ishonchli darajada zararsiz holatga 
keltiradi. 
2.
O’zicha suvdagi moddalar bilan aralashmaydi va hech qanday 
maza yoki hid byermaydi. 
3.
Suvni zararsizlantirishdan tashqari, uni rangsizlantiradi 
ham.
4.
Suvni ozonlashtirishga uning rN i, tempyeraturasi va boshqa 
xususiyatlari xalaqit byermaydi. 


315
14- rasm. Ul’trabinafsha nur bilan suvni zararsizlantiruvchi moslama. 
A - kesilgan holatda ko’rinishi. 1 - ko’rish darchasi; 2 - moslamaning tashqi 
ko’rinishi; 3 - to’siqlar; 4 - bosimli nay truba; 5 - simob-kvarc lampa; 6 - kvarc g’ilof. B — 
suvning yo’nalishi. 
5. Ozonni vodoprovod inshootlarining o’zida ishlab chiqish mumkin. 
Sanoat korxonalarida ozonni maxsus asboblar — ozonatorlar 
yordamida olish mumkin. Ozonatorlar bir-biridan 2—3 mmli havo qavati 
bilan ajralib turuvchi ikki elektrodli asbob. 
Elektrodlardan biri 10000 va undan yuqori vol’tli o’zgaruvchan elektr 
tokiga ulanadi, ikkinchisi esa yerga ulanadi. Elektrodlardan uchqun 
chiqmasligi uchun dielektrik maxsus oynadan tayyorlangan plastinka 
elektrsizlashtirish bo’shlig’iga qo’yiladi. Ozon olish uchun havo nihoyatda 
quruq bo’lishi kerak, absolyut namligi 0,05 mg/litr bo’ladi. SHunda ozon 
havo-ozon aralashmasi tarkibidagi og’irlikning 1%ini tashkil qiladi. Havo 
namligining ortishi ozonning etarli miqdorda olinishiga halaqit qiladi. 


316
Ozonlash samarasini bilish uchun vodoprovod suvidagi qoldiq ozon 
hisoblanadi. Suv bilan ozonni aralashtiruvchi kamyeradan chiqayotgan 
suvda qoldiq ozon miqdori bir litr suvda 0,1 0,3 mg ga teng. 
Ozonning afzalligi shundaki, u suvda hech qanday birikma hosil 
qilmaydi, suvning organoleptik xususiyatlarini yaxshilaydi. Lyamb- 
liya dizentyeriya amyobasini nobud qiladi. Ozonlash usulining kamchiligi 
shuki, bunda elektr quvvati sarflanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish