317
nur chiqaruvchi qurilmalar hisob-kitob bilan o’rnatilishi kerak.
Simob-
kvarcli lampalardan foydalanish muddati 5000 soatga, boshqalariniki esa
3000 soatga teng. Vodoprovod suvlarini zararsizlantirish uchun
ul’tratovush, gamma nurlaridan ham foydalanish mumkin, bular ham
baktyericid ta’sir ko’rsatadi.
VODOPROVOD TARMOQLARI
Aholini vodoprovod suvi bilan ta’minlashda eng ahamiyatli joylardan
biri vodoprovod tarmoqlaridir. Bu tarmoqlar turli diametrdagi trubalardan,
suv bosimli minoralardan, suv rezyervuarlaridan, nasos stanciyalaridan,
ko’chalarga o’rnatilgan kolonkalardan, suv quvurlaridan iboratdir. Bu
tarmoqlarning yaxshi
ishlashi, suvning ifloslanmasligi, xonadonlarni doimo
suv bilan ta’minlanib turishi, suv sifatining standart talabiga javob berishi
aholini sihat-salomatligini saqlashda eng muhim ahamiyatga ega.
Vodoprovod tarmoqlari o’zining joylashishiga ko’ra aylanma,
tarmoqli yoki boshi byerk bo’lishi mumkin. Gigienik nuqtai nazardan
aylanma vodoprovod tarmoqlari ahamiyatlidir. CHunki aylanma
vodoprovod tarmoqlari suv bilan hamma ob’yektlarni to’xtovsiz
318
15- rasm. Vodoprovod tarmoqlarining tasviri.
A —
byerk tasvir; B — aylanma tasvir. a) nasos stanciyasi; b) suv tashuvchi quvur; v)
suv bosimli minora; g) turar joy kvartallari; d) suv tarqatuvchi tarmoq.
ta’minlab turadi. Gigiena tomonidan eng noqulayi boshi byerk
vodoprovod
tarmoqlaridir, unda suv turib qoladi, cho’kmalar paydo bo’ladi. Bu
mikroblarning o’sishiga yaxshi sharoit yaratadi. Natijada suvning
organoleptik xossalari buziladi. Umuman, vodoprovod tarmoqlari uchun
ishlatilayotgan trubalar mustahkam bo’lmog’i, suv o’tkazmaydigan, ichki
tomoni silliq, zanglamaydigan bo’lishi zarur.
Vodoprovod trubalari temir, po’lat, asbocement, temir-betondan
ishlangan bo’ladi. Keyingi yillarda vodoprovodlar uchun polimyer-
plastmassa matyeriallardan ishlangan trubalar keng ko’lamda
ishlatilmoqda. Albatta, har bir yangi matyerial oldin
gigienik tekshiruvdan
319
o’tkazilib, so’ngra foydalanishga tavsiya qilinmog’i zarur. Har bir truba
suvning organoleptik sifatiga, uning tarkibiy qismiga hech qanday ta’sir
ko’rsatmaydigan bo’lishi talab qilinadi.
Vodoprovod trubalari iqlim sharoitiga qarab har xil chuqurlikka
ko’miladi — ya’ni 1,5 metrdan 3,5 metrgacha, O’rta Osiyo regionida esa
vodoprovod trubalari 70—100 sm chuqurlik atrofida yotqiziladi.
Vodoprovod trubalari yotqizilgan yer grunt suvlari,
har qanday
iflosliklardan holi bo’lishi kerak. Vodoprovod va ka-
nalizaciya trubalari parallel’ holatda yotqiziladigan bo’lsa, ular orasidagi
masofa 1,5—3 metr bo’lishi mumkin. Ammo, kanalizaciya trubalari
vodoprovod trubalariga nisbatan ancha chuqurroqda yotqizilishi kerak.
Vodoprovod trubalari yotqizilib, gidravlik bosimi tekshirilib
bo’lingandan so’ng, truboprovodlar tozalanib yuviladi
va sinchkovlik bilan
dezinfekciya qilinadi. Dezinfekciya xlor ushlovchi preparatlar bilan
o’tkaziladi.
Vodoprovod inshooti ishga tushirilishidan oldin yaxshilab tekshiriladi,
bir necha marotaba yuviladi, yuvindi suvlar umumiy kanalizaciyaga
tushiriladi.
Vodoprovod trubalarini yuvish va dezinfekciya qilish sanitariya
epidemiologiya stanciyasi xodimlari nazorati ostida olib boriladi.
Baktyeriyalar yo’qolganda dezinfekciya ishlari tugagan hisoblanadi.
Ko’pincha xlorli ohak yoki suyuq xlor ishlatiladi.
Faol xlorning 1 litr suvdagi miqdori kamida 75—100 mg bo’lsa, suv
bilan aralashish vaqti 5—6 soatga teng.
Umuman, vodoprovod inshootlari uchun ishlatiladigan trubalar
tozaligani saqlash, ularni omborlarda ehtiyot qilish maqsadga muvofiq.
Katta diametrli trubalar vodoprovod o’ralari tepasiga keltirilgach ikki
tomonidan byerkitilishi kerak, bu trubalarni ifloslanishdan saqlaydi.
Rezyervuarlarni suvga to’latishdan oldin juda yaxshilab tekshirish kerak.
Ayniqsa fil’trlash uchun keltirilgan qumlar to’g’ri saqlanishi, to’g’ri
320
tanlanishi, fil’trxonalarga joylashtirmasdan oldin sortlarga ajratilishi lozim.
Vodoprovod tarmoqlarining hammasi xlorlab bo’linganidan so’ng
vodoprovod sistemasi yoki uning ayrim uchastkalari suv bilan yuviladi.
Suvdagi qoldiq xlor miqdori 0,3—0,5 mg litrga etguncha yuvish davom
etiriladi, so’ngra sanepidstanciya xodimlari ruxsati bilan vodoprovod
sistemasi ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: