151
keltiriladi.
18 - j a d v a l
Koagulyantlarnmng ruxsat etilgan miqdori
1 l suvdagi osilma moddalar
miqdori (mg da)
1 l suvga qo’shiladigan alyumin
sul’fat yoki temir xlorid miqdori
100 gacha
101—200
201—400
401—600
601—800
801—1000
1001—1400
1401—1800
1801—2200
2201—2500
25—35
30—45
40—60
45-70
55-80
60—90
65—105
75—115
80—125
90—130
Rangli suvlar ishlanayotgan vaqtda koagulyantlar miqdori quyidagi
formula bilan aniqlanadi.
D
k
= 4 c
c — ishlanadigan suvning rangi, gradusda — platina-kobal’tli shkala
bo’yicha.
Ishlangan suvdagi qoldiq koagulyant miqdori — ya’ni alyuminiy 0,5 mg,
temir 0,3 mg, sintetik flokkulyant poliakrilamid esa 2,0 mg dan oshmasligi
kerak (28-74-82 raqamli Davlat standarti, «Ichimlik suv»).
Keyingi yillarda suvdagi kolloid moddalarni neytrallash va flokkulyaciya
qilish maqsadida sintetik moddalardan poliakril amid ishlatilmoqda.
Suvga alyumin sul’fat qo’shilganda reakciya quyidagicha boradi:
A1
2
(SO
4
)z
+
ZSa(NSOz)
2
=ZSaSO
4
+2A1(ON)z+6So
2
A1
2
(SO
4
)z+ZMg(NSOz)
2
=ZA1(ON)
3
+ZMgSO
4
+6SO
2
Alyumin gidroksidning koagulyaciya vaqtida paydo bo’lishi juda
muhim, chunki sul’fat kislotaning kal’ciyli va magniyli tuzi va karbonat
152
angidrid gazi koagulyaciya jarayonida mutlaqo qatnashmaydi,
A1(ON)z suvda kolloid eritma hosil qilib, o’zi koagulyaciya jarayonida
faol qatnashadi. Oqibatda, yuqorida nomi zikr qilingak jarayonlar yordamida
suv tezroq tindiriladi, koagulyaciya jarayoni davom etavyeradi.
Ba’zan suvning rangi sarg’ishroq bo’ladi, bu suv tarkibida gumin
moddasi borligidan dalolat byeradi. Koagulyant pag’alar gumin moddalarini
shimib, suv rangani o’zgartiradi va standart talabiga yaqinlashtiradi.
Koagulyant sifatida alyumin oksixlorid ishlatish ham mumkin.
[A1
2
(ON)
3
Sl 6N
2
O]. Alyuminat natriy — NaAlO
3
koagulyaciya jarayonida
suvning o’zgarishiga sabab bo’lmaydi.
Faolligi jihatidan alyuminiy sul’fatdan qolishmaydigan temir xlorid tuzi
yoki temir kuporosi ham koagulyant sifatida ishlatiladi, G’eSO
4
• 7N
2
O yoki
G’eS1
3
. Ammo, bu koagulyantlarning suvni oz bo’lsada ishqoriy reakciyasini
oshirish va rang o’zgartirish xususiyati borligi tufayli ko’p ishlatishga ruxsat
byerilmaydi.
Alyuminiy sul’fat ta’sirida ro’y byeradigan gidroliz reakciyasida suv
rNining ta’siri ancha katta. Masalan, rN ning pasayishi gidrolizni susaytiradi,
rN yuqori bo’lsa manfiy zaryadga ega bo’lgan — ALO
_
hosil bo’ladi. U
suvda koagulyaciya jarayonini vujudga keltirmaydi. SHuning uchun ham
A1
2
-(SO
4
)
2
ning normal rN i 4,3—7,6 dan 5,5—6,5 gacha.
Vodoprovod inshootlarida suvni tindirish va rangsizlantirish
jarayonlarini tezlashtirish, koagulyaciya sifatini oshirish maqsadida yuqori
molekulali sintetik birikmalar ham ishlatiladi. Bular anionli va kationli
flokkulyantlar bo’lib, anionli flokkulyantlarga — poliakril amid K-4, K-6,
aktivlashtirilgan kremniy kislota, kationli flokkulyantlarga esa VA-2 lar misol
bo’ladi. Anionli flokkulyantlyr ahamiyatini oshirish uchun suvni oz bo’lsada
koagulyaciyalash zarur, kationli flokkulyantlar uchun esa buning hojati yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |