YORITISHNING FIZIOLOGIK VA GIGIENIK AHAMIYATI
Ko’zning ko’rish apparati anchagina murakkab tuzilgan bo’lib, unda
juda chuqur fiziologik jarayonlar kechadi. Ko’zni qitiqlovchi tashqi omillar
uning ko’rish qobiliyatini anchagina pasaytirishi mumkin. Ko’zning ko’rish
qobiliyatini pasayishi oqibatida ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda
xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin. Bunday noxush holat ro’y byermasligi
uchun ko’zning ish funkciyasini tekshirib turish kerak, shundagina ko’z
ko’rish analizatorining holatini bilish mumkin.
Ko’zning fiziologik funkciyalari quyidagilardan iborat: ranglarni
ajrata bilish, ko’rishga moslashish, ko’rish o’tkirligi, ko’rish yordamida
narsalarni ajrata bilish.
383
Ko’rish analizatorining bir-biridan aytarli farq qilmaydigan yorug’lik
ranglarni ko’rishi uning bo’sag’a sezgirligidir, Lekin, narsalar va umuman
yorug’lik foni o’rtasidaga farq qanchalik katta bo’lsa, buni ajrata bilish
ko’z uchun shunchalik engil bo’ladi. Ko’rish maydonidagi yorug’lik
qanchalik ko’p bo’lsa, ob’yektlarni ko’rish oson bo’ladi. Ammo, yorug’lik
shu’lasi 350 dan 5000-6000 NT bo’lsa ko’z analizatorining ob’yektlarni
ko’rish qobiliyati pasayadi.
Ko’rishga moslanish - ko’zning ko’rish analizatorining ko’rish
maydonining yorug’ligiga ko’nikishidir. Ko’z qorong’ilikni ham,
yorug’likni ham ko’rishga moslanishi mumkin. YOrug’likdan
qorong’ilikka o’tganda ko’zni moslanishi sekinlik bilan boradi. Bunda
ko’zning yorug’likka yoki qorong’ilikka nisbatan sezgirlik darajasi sekin-
asta ortib boradi yoki pasayib boradi.
Uy-joy va jamoa binolarining kungayligi
. Qadimdan quyosh nuri
inson uchun kerakli bo’lgan omillardan hisoblangan. Quyosh nuri inson
organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Mikroblarning qirilishiga, atrof muhitdagi
baktyeriyalarning yo’qolishiga yordam byeradi. Quyosh nuri faqatgina bino
tashqarisiga ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki uy ichiga ham biologik
jihatdan faol ta’sir qiladi. YAna shuni aytish kerakki, quyosh nuri etarli
miqdorda tushgandagina yaxshi natija byeradi.
Uy-joy va jamoa binolarining kungay qilib qurishning gigienik nuqtai
nazardan sanitariya normalari belgilanadi. Quyosh nurining baktyericid
xususiyatini oshirish uchun uylarga quyosh nurini uzoqroq tushishi tavsiya
qilinadi.
Quyosh nurining odam organizmiga ijobiy ta’sir qilishini hisobga olib,
uy-joylar qurilishini loyihalashda ularning kungay bo’lishini hisobga olish
kerak.
Uy-joy binolari uchun joy tanlash. Uy-joy qurilishida joy tanlashning
gigienik ahamiyati juda katta. Buning uchun kungay, quruq, suv
384
havzalariga yaqin joylarni tanlash ayni muddao. Joy tanlashda sanitariya
vrachlarining qatnashishi talab qilinadi. Uy-joy binolarining loyihasini
ko’rganda sanitariya vrachlari quyidagilarga ahamiyat berishlari kerak.
1. Uy-joy binolarini quyosh tushib turadigan va shamol harakati
yaxshi joylarga qurish maqsadga muvofiqdir.
2. Uy-joy qurilishi uchun tanlangan joy ma’lum darajada qiyaroq,
yer osti suvlari kamida 1,5 m chuqurroqda, tuprog’i toza va yog’ingarchilik
bo’lganda halqob suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi kerak.
Uy-joylarning atrofini obodonlashtirish ham ko’zda tutiladi.
Uy-joylarning xillari. Uy-joy qurilishi loyihasida uy-joylarning turli
xillari bo’lishi mumkin. Jumladan
1) bir qavatli, bir yoki ikki xonadonli uylar:
2)
ikki qavatli, bir yoki ikki xonadon uchun uylar;
3)
bir-ikki qavatli ko’pxonadonli uylar;
4)
ko’p qavatli (3-5) va ko’p xonadonli uylar;
5)
yuqori qavatli (10 va undan ortiq) ko’p xonadonli uylar;
6) ishchilar va o’quvchilar uchun umumiy va ayrim xonali
yotoqxonalar.
Odatda bir yoki ikki xonadonli bir qavatli uylar ishchilar shaharchasi,
kolxoz va sovxozlarda quriladi. Keyingi vaqtlarda ko’plab shaxsiy uy-
joylar qurilmoqda. Bunday uy-joylarning tomorqasi bo’lib, unda turli
ekinlar ekiladi.
SHahar sharoitida aholi talablarini hisobga olib uy-joylar qurish uchun
300-600 m
2
yer maydoni ajratiladi. Bunda yer maydoniga ega bo’lgan aholi
qattiq chiqindilarni, suyuq chiqindi suvlarni va najasni, mollarning go’ngini
tezroq zararsiz holatga keltirishi mumkin. Axlatlarni kompost qilib
keyinchalik o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Bir va ikki xonadonga mo’ljallangan ikki qavatli imoratlar bilan
385
bog’lanadi.
Bunday uylarning birinchi qavatida mehmonxona, oshxona,
xojatxona, vanna joylashadi. Ikkinchi qavatida esa yotoqxona
joylashtiriladi. Gigienik tomondan bunday kottedjlarda hovlining bo’lishi
katta ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham kottedj tipidagi loyihalarni shahardan tashqarida,
ishchi shaharchalarida, kolxoz va sovxoz xududlarida qurish tavsiya etiladi.
Ko’p xonadonli kam qavatli uy-joylar - 2-8 xonadonga mo’ljallangan
imoratlar bo’lib ko’pincha qishloq va kichik shaharlar sharoitida quriladi.
Xonadonlarga ajratilgan yer maydonlari ularning o’zlarining ixtiyorida
bo’lib, goho ko’pchilik xonadonlar bu yerlardrn umumiy foydalanadilar.
Bunday xonadonlarni vodoprovod tarmoqlari bilan ta’minlash ancha
qulaydir, hattoki mahalliy kichik kanalizaciya tarmoqlarini, tozalash
inshootlarini ham qurish mumkin (masalan, septik).
Ko’p xonadonli va ko’p qavatli uy-joylar. Bunday uy-joylar
shahrimizning barcha nohiyalarida qurilgan. Misol uchun CHilonzor
nohiyasida, Qora qamish mavzesida, YUnusobod nohiyasida va boshqa
nohiyalarda. Bunday kvartal va nohiyalarda odamlarning xordiq chiqarishi
va dam olishi uchun katta yer maydonlari obodonlashtirilgan.
Bunday uy-joylarni gigienik nuqtai nazardan ozoda saqlash uchun
quyidagi sanitariya talablari qo’yiladi:
1. Uch qavatli uylar markaziy vodoprovod, kanalizaciya va isitish
sistemalari bilan ta’minlanishi kerak.
2.
To’rt qavatli uylar ayniqsa issiq iqlimli geografik mintaqalarda
yuqoridagidan tashqari lift, axlat tashlash tarnov trubalari bilan
ta’minlanishi kerak.
3.
Besh va undan ortiq qavatli uylarning hammasi lift bilai
386
ta’minlanishi kerak. SHuningdek ko’p qavatli uylarning barchasida
gigienik jihatdan balkonlar bo’lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |