UY-JOY QAVATLARINING GIGIENIK AHAMIYATI
Darhaqiqat, uy-joylarning ko’p qavatli bo’lishining odamlar uchun
gigienik tomondan ahamiyati juda katta. Negaki uy zinalaridan, ayniqsa
yuk bilan ko’tarilish organizmda turli fiziologik o’zgarishdarga sabab
bo’ladi. Ayniqsa yurak-qon tomir sistemasining ishi, o’pkaning nafas olish
xususiyati anchagina o’zgaradi. O’zbekiston sharoitida olib borilgan
kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, uchinchi qavatdan boshlab yurak urishi,
nafas olish tezlasha boshlaydi, to’rtinchi beshinchi qavatlarga ko’tarilishda
yurak 19-33 marta ko’proq uradi, nafas olish 53-55 taga oshadi, artyeriya
qon bosimi 5,5-27 taga ko’tariladi.
Ammo, yurak-qon tomir sistemasidagi o’zgarishlar, nafas olishning
ko’payishi, kishining yoshiga, sog’lig’iga, ko’tarayotgan yukining
og’irligiga bog’liqdir. Jumladan, 50 yoshli sog’lom kishilar uchinchi
qavatgacha bemalol ko’tariladilar, ammo 4-5 qavatga ko’tarilish ancha
qiyinlashadi, oqibatda yurak urishi, nafas olishning normal fiziologak
holatga qaytishi 10-30 minutda kuzatiladi. Semiz va yoshi ulug’ odamlar
uchinchi qavatga ko’tarilish bilanoq o’zlarini yomon seza boshlaydilar.
Demak, gigienik va fiziologik nuqtai nazardan 4-5 qavatli uylarga iloji
boricha lift o’rnatish katta ahamiyatta ega.
XI B O B.
HAMMOMLAR, KIRXONALAR VA CHO’MILISH
HOVUZLARINING GIGIENASI
Bu ob’yektlar gigienik va epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga
ega bo’lgan maishiy xizmat muassasalaridir.
Bular qatoriga keyingi yillarda yana bir qator boshqa muassa-salar
387
ham qo’shildi. Jumladan, katta-katta sartaroshxonalar, kiyim-kechak va uy-
ro’zg’or buyumlarini kimyoviy vositalar bilan tozalash korxonalari va
boshqalar. Bu ob’yektlar bir tomondan, aholining salomatligani
ta’minlashga yordam byersa, ikkinchi tomondan, bundan hosil bo’lgan
chiqindilar tashqi muhit ob’yektlarining sanitariya holatini
buzadi. Demak, bunday ob’yektlarni
loyihalashda, aholi turar joylariga yaqin joylarga qurishda sanitariya
normalari va qoidalariga rioya qilish kerak.
Hammomlarning gigienik va epidemiologik ahamiyati. Hammomlar
qurilishining aholi orasida tozalik va sog’liqni saqlashda ahamiyati juda
katta. Ma’lumki, kishi tanasi, ya’ni tyerisi turli omillardan ifloslanadi.
Natijada ifloslangan tyeri o’zining fiziologik funkciyasini yaxshi bajara
olmaydi.
Odam tyerisi uni tashqi ta’sirdan, ya’ni issiq va sovuqdan, ja-
rohatlanishidan, organizmga infekciyalar tushishidan asraydi, Tyerining
epidyermis qavatidagi hujayralar o’lishi oqibatida hamda tyerlash va tyeri
ustiga chang o’tirishi, mikroblar yopishishi oqibatida tana kirlanadi, tyeri
osti yog’ bezlarining yog’ ajratishi, uning kirlanishi tyerining turli yiringli
kasalliklariga sabab bo’ladi. SHuning uchun tyerini tez-tez sovunlab, bulut
(mochalka) bilan yuvib turish kerak. Bu o’z navbatida tyerining fiziologik
funkciyasini normal bajarishiga imkon byeradi.
Qadimdan hammomda tez-tez yuvinish ko’pgina tyerapevtik
kasalliklarni, ya’ni revmatizm, radikulit, miozit, nevroz va boshqa
kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Hammomga tushib turish, badanni toza tutishlik aholining madaniy
saviyasidan dalolat byeradi. Ko’rib turibmizki, hammom gigienik,
388
epidemiologik, davolash va umumiy madaniyatni ko’tarish ahamiyatiga
ega.
Hammomning insonga yaxshi ta’sir qilishi uchun hammom ichidagi
namlik, harorat normada bo’lishi kerak.
Hammom yuvinish uchun qurilgan maxsus bino. Hammomlar
Yevropa, SHarq mamlakatlarining me’morchilik uslubida quriladi.
Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, X--XII asrlarda O’rta
Osiyo (Buxoro, Jambul, Niso va boshqa shaharlar) da, issiqlikni saqlash
maqsadida hammomlar yerni chuqur qazilib yarim yerto’la tarzida
qurilgani aniqlandi. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatdiki, Buxoroda
XVI asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon hammomlari shu davrgacha
saqlanib qolgan. Bu hammomlar me’morchilik jihatdan bir-biriga o’xshash
bo’lib, hammomlarning echinadigan, dam oladigan katta yog’och ustunli
ulkan zali bo’lib, zinapoyalar yordamida pastga tushilib, hammomning
asosiy xonalariga kirilgan. O’rtada usti gumbaz qilib yopilgan katta zal
(massaj - uqalash uchun), atrofida esa yuviniladigan xonalar joylashgan,
ularning tomi ham gumbaz shaklida qurilgan. G’isht yoki tosh tyerib
ishlangan hovuzchalarda (bavslar) issiq suv bo’lgan, xonalar tagi issiq havo
bilan isitilgan. Ammo, har bir xonaning harorati har xil bo’lib, har bir kishi
o’zining sog’lig’iga to’g’ri keladigan xonalarga kirgan.
Turkiyada XV-XVI asrlarda qurilgan hammomlar shu davrgacha
saqlanib qolgan, Jumladan, Boyazid hammomi (1501 y.) me’mor Xoja
Sinon loyihasi bilan qurilgan bo’lib, bu hammom o’zining syerhashamligi
bilan kishi diqqatini tortgan.
Ma’lum bo’lishicha, qadimgi Rimda shaxsiy gigienaga qattiq rioya
qilishgan. SHaxsiy gigienaning eng asosiy elementlaridan biri tanani toza
tutish. Bunga rioya qiliga uchun Rimliklar qayerda yashamasin, hammom
yoki tyermalar qurishgan (issiq xonalar). Vaqtlar o’tib hammomlar ham
389
takomillashib bordi.
Keyinchalik hammomlar Greciyada, Rimda, Turkiyada, O’rta Osiyo,
va SHarq mamlakatlarida, Rossiyada ko’plab qurila boshladi.
Hammom (banya) so’zi lotincha so’z bo’lib (bal’neum), ya’ni
kasallikni quvish degan mazmunni bildiradi. Hammomning foydasi
to’g’risida Gyerodot, Arastu, Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino va
boshqa tibbiyot namoyandalari o’z fikrlarini bildirganlar.
Hammomlar bir necha turlarga bo’linadi. Keyingi yillarda quruq
havoli saunalar Boltiq bo’yi respublikalarida, Rossiyada, keyinchalik O’rta
Osiyo respublikalarida ham qurila boshlandi. Hammomlar asosan uch turli
bo’lib turk, Rim, rus hammomlaridir. Rim hammomlarida issiqxonalarda
quruq issiq havo, rus hammomlarida issiq havo bug’li bo’lsa, turk
hammomida namli issiq havo bo’ladi.
SHahar va nohiyalarda hammomlar keyingi yillarda zamonaviy loyiha
asosida 50-300 kishiga mo’ljallab qurilmoqda.
Zamonaviy hammomlarda bir necha xonalar bo’ladi. Bular hovuz,
dezinfekciya kamyeralari, fiziotyerpiya tadbirlari o’tkazish xonasi, vanna,
dush va boshqalardan iborat.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, yuvinish jarayonida kishi
organizmida talay o’zgarishlar yuzaga keladi. YA’ni tana harorati
ko’tariladi, nafas olish va yurak urishi tezlashib ma’lum bir vaqt o’tgach
o’z holiga qaytadi. Kishining nafas olishi - 15-20 minutdan so’ng, tana
harorati va yurak urishi 30 minutdan keyin normallashadi. CHo’miladigan
xonalarning harorati 27-33°S, namligi- 74-79% bo’lganda, echinish va
kiyinish xonalarining harorati esa 23-25°S va nisbiy namligi - 40-60%
bo’lganda kishi o’zini yaxshi sezadi. Echinish xonasidagi harorat bilan
hammomlarga kirish yo’lagidagi harorat o’rtasidagi farq 7
0
S dan
oshmasligi kerak.
Respublikamizning Toshkent, Andijon, Buxoro, Farg’ona va boshqa
viloyatlarida qurilayotgan hammomlar XV-XVI asrlarda qurilgan
390
hammomlar asosida qurilmoqda. Ular uch-to’rt xonadan iborat bo’lib,
echinish va kiyinish xonasi, umumiy katta xona, bir necha yuvinadigan
mayda xonalar va kutib turish xonasidir. Tomlari gumbaz qilib yopilib,
hammom poli ostidan issiq havo bilan isitiladi.
Bug’ xonali hammomlarda odamlar ataylab tyerlab ko’pgina
kasalliklardan forig’ bo’ladilar. Umuman olganda hammomning odam
organizmiga ta’siri ijobiy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini
yaxshilaydi. Bunda issiqdan kengaygan mayda qil tomirlar ichki
organlardan qonni o’ziga oladi va bu bilan dimlanish holatlari bartaraf
bo’ladi. Kishi cho’milish jarayonida, bir tomon-
dan, badan kirini ketkazsa, ikkinchi tomondan, turli yo’llar bilan qon
tomirlarni bir kengaytirib (issiq suv bilan yuvinganda), bir toraytirib (sovuq
suv bilan) qon tomirlarni massaj qilib sklyeroz kasalining oldini oladi.
Ibn Sinoning fikricha, hammomga qorinni to’ydirib tushiga zarardir,
To’q qorindagi ovqatlar issiqdan achib qorinda, ichaklarda gaz yig’ilib
qolishi va bu yig’ilgan gazlar qorinni shishirib, ichaklarning buralib
qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Demak, qorinni haddan tashqari to’ydirib
hammomga tushish zararlidir.
SHuni ham aytish zarurki, hammomning bug’xonasida uzoq vaqt
qolib ketish ham organizm uchun zararlidir. Bug’xonada uzog’i bilan 5-7
minut o’tirish tavsiya qilinadi. Bundan ko’proq vaqt o’tirish organizmga
salbiy ta’sir qilib bosh aylanishi, organizmning bo’shashishi, hansirash
alomatlari kuzatiladi. Bug’xonadan qeyin sovuqroq xonaga o’tish tavsiya
qilinadi, bunda 15 minutdan so’ng odam o’zini yaxshi his qilishi mumkin,
dush tagida 3-4 minut turish etarli bo’ladi. Rossiya, Boltiqbo’yi
respublikalarida qish kunlari odamlar bug’xonadan to’g’ri hovliga chiqib
badanlarini qor bilan ishqaydilar. Bu albatta sog’lom organizm uchun
tavsiya qilinadi. Aks holda kishi shamollab kasallanishi mumkin. Odam
391
hammomga tushganda albatta sog’ligini va yoshini hisobga olib shp tutishi
kerak. Isitmalab turgan, sil, yurak kasalliklari bilan og’rigan va og’ir oyoq
ayollar bug’xonali hammomlarga tushishi qat’iyan man qilinadi.
Hammomning shifobaxsh xususiyatlarini Ismoil Jurjoniy shunday
ifodalaydi: «Hammom hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, tyeri
teshiklarini kirdan ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi». Odatda har
qanday suvda cho’milish mumkin, jumladan oddiy suvda, dengaz suvida va
minyeral suvlarda dori-darmonlar qo’shib ham yuvinish mumkin.
Hammomga tez-tez tushib turish kishini ozdiradi. Ammo, hammomni issiq
xonasida uzoq vaqt qolib ketish bosh aylanishiga va hushdan ketishga olib
boradi. Hammomdan so’ng birdaniga, ayniqsa havo harorati past bo’lganda
sovuq suv ichish yaramaydi. Hammomga tyerining yiringli kasalligi va
tanosil kasalliklari bilan og’rigan kishilarni qo’yilmaydi.
Ruslarning 1770 yili chop etilgan kitobida «hammom ikkinchi ona»
deb tasvirlaydilar. Bu
,
bejiz aytilmagan. CHunki, hammomdan cho’milib
chiqqan inson xuddi onadan yangi tug’ilgandek bo’lib qoladi. Uning kishi
sog’lig’ini saqlashdagi ahamiyati cheksiz.
Hammomlar ochiq maydonlarga qurilishi va maydoni 0,2 gektardan
kam bo’lmasligi kerak. Hammomlar aholi turar joylariga yaqinroq yerlarga
quriladi. Ammo, hammomni tashqi muhitga oz bo’lsada ta’sirini hisobga
olib, aholi yashaydigan joylardan 25-40 metr uzoqlikka joylash kerak.
_________
*Qon tomir devorlarining qalinlashishi.
Keyingi vaqtlarda shaharlarda, posyolka va qishloqlarda qurilayotgan
hammomlar har bir kishi yil davomida 52 marotaba hammomga tushishini
hisobga olingan holda qurilmoqda. Hammomda har bir kishi uzog’i bilan
o’rtacha 1 soat yuvinishi kerak. Hammomning ish kuni yiliga 300 kunga,
uning bir sutkada ishlash soati esa 14-16 soatga to’g’ri keladi. Odatda
392
hammomda kishilarga ajratiladigan joy o’sha xududda istiqomat qiluvchi
aholi sonining 1 yoki unga yaqin foizini tashkil qiladi. Hammomlar
qurilishi loyihalanganda bu qurilish yaqinidagi uy-joylarda vanna va
dushlarning bo’lishi ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |