395
Dushli hammomlar
. Bular hammomlarda qator qilib quriladi. Dushli
hammomlarning echinish xonalari, hammomlarning
echinish xonalari bilan
birga bo’lishi ham mumkin, lekin bunda o’rtadan engil to’siq bilan
ajratiladi. Har bir kishi uchun alohida echinish xonasi bo’lishi shart.
Hammomlarning sanitariya va texnika asbob-anjomlari.
Hammom aholining yuvinishi va sog’ligini tiklash uchun xizmat
qiladigan binodir. Bu binoda odamlar uchun zarur sanitariya-texnika asbob-
uskunalari bo’lmog’i kerak. Hammom xonalari yorug’ bo’lib, yorug’lik
koefficienti kamida 1 : 10 ga teng bo’lishi kerak. Xonalarda elektr
yorug’ligadan foydalanilganda: kutish, echinish,
yuvinish va dushli
xonalarda yorug’lik kuchi 50 lk dan kam bo’lmasliga, sartaroshxonaniki
esa - 100 lk bo’lishi kerak.
Hammom markazlashtirilgan isitish qozonlaridan isitilsa, uning
barcha xonalarida issiqlik bir me’yorda bo’ladi, ya’ni issiqlik darajasi
echinish xonasida - 25°S, yuvinish xonalarida - 30°S
9
bug’lash xonasida -
40°S bo’ladi.
Hammom xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatib
turilishi kerak, bunda
ifloslangai nam havo toza havo bilan almashinadi. Ko’pincha bug’xona va
yuvinish xonalarida nisbiy namlik 95-100% ko’tarilib ketadi. SHuning
uchun hammomda ish tugagach xonalarning hammasini yaxshilab
shamollatish va xonalarni issiq suv bilan yuvish zarur.
Hammom xonalarining balandligi 3-3,5 metrdan kam bo’lmasligi
kerak. Har bir kishiga yuvinish uchun byeriladigan suvning miqdori 150
litrdan kam bo’lmasligi, undan 90 litri
sovuq suv, 60 litri 80°S qaynoq suv
bo’lishi lozim. Qishloq sharoitidagi markaziy vodoprovodi bo’lmagan
hammomlarda kishi boshiga sarflanadigan suv miqdori 100 litrni tashkil
qiladi.
Dushli, vannali hammomlarda suv miqdorining sarflanishi bir soatda
bir kishi uchun - 600 litr, faqat dushxonada soatiga - 400 litr,
vanna xonada
bir vanna uchun - 550 litr sarflanadi. Suv toza bo’lishi va Davlat standarti
(-28-74-82 y) talabiga javob berishi kerak.
396
Ifloslangan chiqindi suvlarni hammomdan chiqarib tashlash katta
gigienik ahamiyatga ega. CHunki chiqindi suvlar tarkibida organik
moddalar va baktyeriyalar bo’lishi mumkin. Bunday suvlar tezda sasib,
atrofga qo’lansa hid tarqatishi va havoni ifloslantirishi mumkin. Bunday
chiqindi suvlarni to’g’ri kanalizaciyalarga oqizgan ma’qul. Ochiq suv
havzalariga oqizilsa ularni ifloslantiradi. SHuning uchun kanalizaciyasi
bo’lmagan joylarda maxsus tozalash inshootlari yordamida tozalanib,
so’ngra suv havzalariga oqiziladi.
Tozalashning yana bir yo’li shuki, chiqindi suvlar tindirgachlarda
o’chirilgan ohak yoki boshqa koagulyantlar
bilan tindiriladi, tindirgichlarda
suv - 6-12 soat qoldiriladi, unda sovun, muallaq moddalar cho’ktiriladi,
tindiriladigan suvning har bir litriga 5-10 mg aktiv xlor qo’shilib
dezinfekciya qilinadi. 1 litr chiqindi hammom suviga 500 mg, kirxona
suviga - 700 mg kuydirilgan ohak qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: