381
Bu lampalar elektr tokini iqtisod qiladi va yorug’lik tarqatish jihatidan
tabiiy yorug’likka yaqin turadi. Lyuminescent lampalarning cho’g’lanish
lampalaridan
afzal tomoni, ularning spektral nurlari ko’zni charchatmaydi.
Lyuminescent lampalarning yoritish darajasi cho’g’lanish lampalarinikidan
pastroq bo’lib, 3000 dan 9000 NT ga teng. Lyuminescent lampalardan
yorug’lik yoyilib tarqaladi, ko’zni qamashtirmaydi. Lampa ichidan gaz
orqali o’tadigan elektr toki uzilib-uzilib oqib o’tadi, bunday pul’saciyani
ko’z goh ilg’aydi, goho ilg’amaydi. Pul’saciya alomatlari sezilarli
bo’lganda ko’z charchashi kuzatiladi.
SHuning uchun sun’iy yoritish usullariga quyidagi talablar qo’yiladi:
a) yoritish uchun o’rnatilgan lampalarning yoritish shu’lasi ko’zni
charchatmasligi kerak;
b) YOritish oqish doim bab-baravar bo’lishini ta’minlash kerak;
v) Kuchli shu’la ko’zni zo’riqtirishi
mumkinligini hisobga olish
kerak;
Sun’iy yoritishning sifati ko’p jihatdan yoritish armaturalariga va
ularni ishlata bilishga bog’liq. Masalan, lampalar shu’lasi ko’zga ziyon
qilmasligi uchun yoritgachlar ustiga o’rnatiladigan yorug’lik qaytargich
burchagini to’g’ri o’rnatish kerak. YOritgichning himoya burchagi,
lampaning cho’g’langan tanasidan o’tadigan to’g’ri gorizontal chiziq
cho’g’langan tana nuqtasi bilan kesilganda hosil bo’ladigan burchakdir.
YOritish asboblari - asosan yoritish manbalaridan va armaturadan
iborat. YOritish armaturalarining vazifasi yorug’lik oqimini to’g’ri
yo’naltirishdir. YOritish asboblari hamma joyni yoki xonalarni yoritishga
mo’ljallangan bo’lishi mumkin. YOritish
uskunalari shipga, devorga, pol
ustiga, tik asosga o’rnatilishi (torshyer) mumkin.
Turli binolarni loyihalashda sun’iy yoritishning gigienik normalari va
sanitariya qoidalari nazarda tutiladi.
382
Sanitariya normalari va qoidalari «Sun’iy yoritish»
jamoa korxonalari
binolari, ishxonalar uchun maxsus yoritish uskunalari uch guruh ishlarni
bajarish uchun mo’ljallanadi. Bular to’g’risida yuqorida zikr qilinganidek
yoritish nrrmalari, jumladan xonalar, yotoqxonalar, mehmonxonalarning
nomyerli
xonalari, uxlash xonalari uchun o’rtacha yoritilish 75 lyuksdan
kam bo’lmaydi, ovqat tayyorlanadigan oshxonalarda 100 LK, yo’lakxona -
50 LK va hojatxonalarda 30 LK yorug’lik bo’ladi.
Opyeraciya oldi xonasi, jarohatlar bog’lanadigan xona, reanimaciya
xonalari cho’g’langan lampalar yorug’ligi bilan 150 LK da yoritiladi,
vrachlar xonasida - 100 LK, opyeraciya maydoni 3000 LK yorug’lik bilan
yoritiladi.
Kechalari odamlarning yurishi uchun engillik tug’dirish maqsadida
ko’chalar, maydonlar, bog’lar, dam olish joylari ham sun’iy yoritlishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: