39. Qishloq xo'jaligida infratuzilmaning moxiyati va axamiyati.
Infratuzilma - lotincha so'z bo'lib, infra-quyi, asos, structure (tuzilma)-tuzilish, o'zaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi. Infratuzilma mohiyati milliy xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi.U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan realizatsiya orqali qishloq xo'jaligining samarali ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarning bo'linmas qismi hisoblanadi. . U korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo'jaligining pirovard mahsuloti miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga yo'naltiradi. Infratuzilma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini o'sishining muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolarni hal et ishda keng imkoniyatlar yaratadi.Agrar sohada xo'jalik yuritishda xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalarning o'rni va ahamiyati juda beqiyosdir. Chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yerni ekin ekishga tayyorlashdan, toki urug`ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig`ib olish va boshqa bo'ladigan barcha jarayonlarda turli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi.
40. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi va uni boshqarish.
qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi
zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etish mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlash, ko'p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o'sishi ta’minlanishiga erishish mumkin. Qishloq xo'jaligida mahsulot hajmini oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlanishi xizmat turlarining ko'payishi bilan bog`liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, xususan texnika, agrokimyo, melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urug`chilik, yoqilg`i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o'tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |