Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi



Download 53,82 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2022
Hajmi53,82 Kb.
#519998
  1   2   3   4
Bog'liq
Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorlig


SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Kirish



  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ahamiyati




  1. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari



  1. Fan va texnika taraqqiyootining iqtisodiy samardorligini aniqlash



  1. O’zbekistonda fan va texnika taraqqiyti yutuqlaridan foydalanishni baxolash.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tub siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, va ma’rifiy isloxotlarni jadal sur’atda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakatimizda erishilayotgan ulkan taraqqiyot bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xususan, bu jarayonlarning negizida fan va texnika taraqqiyotining ahamiyati sezilarlidir.


Bizning davrimizda ilmiy va texnik taraqqiyot global ahamiyatga ega bo’lgan omilga aylandi. Ilmiy texnik taraqqiyot ko’p jixatdan mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyoti o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy ravishda o’zgartiradigan ishlab chiqarish aparatlarida, ishlab chiqarishda, aholininig ite’molida keng miqiyosda axamyatlidir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, har qanday mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ilmiy-texnik tadqiqotlar yangi bosqichi sharoitida, mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan moslashtirish sharoitida ilmiy va texnalogik potensial, to’plangan sanoat va ilmiy salohiyatga asoslangan rivojlanish, o’zini o’zi rivojlantirish tendensiyasi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sanoatda fan-texnik taraqqiyotning bevosita natijasi yangiliklardir. Bu ilmiy bilimlar, amalga oshiriladigan muhandistlik va texnalogiyadagi o’zgarishlar, murakkab jarayonlarni puxtaligini ta’minlash va yuqori texnalogiyali mahsulotni yaratish, sotish bozorini yaratish, marketing, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muammolarni hal qilishga qodir. Bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat ilmiy va texnalogik taraqqiyotning yutuqlarini iqtisodiy jixatdan samarali amalga oshirmasdan turib, aholi daromadlari va iste’mol muammolarini hal eta olmaydi. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyati tabiiy va mehnat resurslari bilan bir qatorda har qanday zamonaviy mamlkat milliy iqtisodiyoti samaradorligining asosini tashkil etadi.
Yurtimiz bugungi kunda rivojlanishning tez su’ratli yo’lida bormoqda, bunda O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi “Harakatlar strotegiyasi” Respublikaning oldiga qo’ygan maqsadini ifodalovchi yo’l xaritasi xisoblanadi va unda belgilab berilgan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish kabi yo’nalishlar belgilangan (1).
Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish masalasiga aloxida yondoshilgan. Shu kabi masalalarni ijobiy xal qilish xamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innavatsion siyosatni izchillik bilan davom ettirishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlarda 2020-yil “Ilm ma’rifat varaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Albatta innovatsiyani joriy qilish fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langan. Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.

Bugungi kunda fan va texnika taraqiyoti natijasida 2019-yil Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o`sish sur`ati, o`tgan yilga nisbatan 108%ni,


qazib oluvchi sanoat 115,8%, qayta ishlovchi sanoat 108,3%ni shu jumladan sanoat maxsuloti xajmi 148816,0 mlrd. so’mni tashkil etmoqda(2).



Download 53,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish