D) urug’ jamoasining о’troq manzilgohlari shakllandi
101. Yunon tarixchisi va geografi Strabon qachon yashagan?
A) mil.av. I asr boshlari B) mil.av. II asr
C) milodiy I asr D ) mil. av. I asr oxirlari
II bo’lim
1. Nil daryosi qaysi dengizga quyiladi?
A) Qizil dengizga B) O’rtayer dengiziga
C) Shimoliy dengizga D) Boltiq dengiziga
2. Nil vodiysi … uzunlikdagi sug’oriladigan yerlar.
A) har ikkala qirg’oqi bo’ylab 6 km dan 22 kilomertrgacha kenglikdagi va 3 ming kilometr
B) har ikkala qirg’oqi bo’ylab 3 km dan 6 kilomertrgacha kenglikdagi va 22 ming kilometr
C) har ikkala qirg’oqi bo’ylab 3 km dan 6 kilomertrgacha kenglikdagi va 22 ming kilometr
D) har ikkala qirg’oqi bo’ylab 3 km dan 22 kilomertrgacha kenglikdagi va 6 ming kilometr
3. Qaysi yurt xalqalari Misrni “Qora tuproq” deb atashgan?
A) yunonlar B) misrliklar C) rimliklar D) hindlar
4. Mil.av. 4-mingyillik … odamlar Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtirishga bel bog’laganlar.
A) boshlarida B) o’rtalarida
C) oxirlarida D) ikkinchi yarmida
5. Misliklar qaysi ekindan gazlama to’qishgan edi?
A) arpadan B) kanopdan
C) zig’irdan D) javdardan
6. Misr aholi qaysi vaqt oralig’ida dehqonchilik ishlaridan ozod bo’lishar edi?
A) iyul-noyabr B) iyun-sentabr
C) iyul-sentabr D) iyun-noyabr
7. Misrliklar qaysi faslda kanallar va ariqlarni tozalashardi?
A) bahorda B) qishda C) yozda D) kuzda
8. Misliklar uchun qaysi fasl hosil yig’im-terim vaqti edi?
A) qish B) kuz C) yoz D) bahor
9. Misr aholisi nima uchun hosilni sopol xumlarda saqlashardi?
A) sopol idishlar ombor vazifasini o’taganligi
B) idishlarda xosil yaxshi saqlanganligi
C) kemiruvchilardan omon saqlash
D) xosilni ko’mib qo’yish
10. Qadimgi Misr hunarmandlarining nechta kasbni bilishgan?
A) 20 ga yaqin B) 50 dan ziyod
C) 30 dan ziyod D) 40 ga yaqin
11. Ma’lumki, qadimgi Misrda hukmdor fir’avnlar saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Oddiy misrliklar va zodagonlarning uylari nimalardan qurilgan?
A) oddiy misrliklarning uylari taxtalardan, zodagonlar uylari esa somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan
B) oddiy misrliklarning uylari loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa pishiq g’ishtdan qurilgan
C) oddiy misrliklarning uylari somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, zodagonlar uylari esa loy suvalgan papirus poyalaridan qurilgan
D) oddiy misrliklarning uylari loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa somon qo’shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g’ishtdan qurilgan
12. Xammurapi qonunlarini odamlar nima sababdan so‘zsiz, og‘ishmasdan bajarishlari talab etilar edi?
A) chunki u nomigagina podsho qarori bo‘lmasdan, xudoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan
B) chunki u faqat hukmdorning shaxsiy ko‘rsatmasi emas, balki xalqning talablari asosida tuzib chiqilgan edi
C) qonunlar mukammal tuzilgan bo‘lib, hech qanday fikr mulohazaga o‘rin qoldirmagan
D) bu qonun o‘zidan ilgari yaratilgan barcha qonunlar-ning faqat ijobiy tomonlarini o‘zida aks ettirgan edi
13. Quyidagilardan Urartu davlati hukmdorlarini aniqlang.
A) Sargon, Miltiad, Oshshurbanipal B) Sarduri I, Menua
C) Salamansar, Solomon D) Menua, Nexo, Salamansar
14. Mil.avv. 1792-1750 yillarda hukmronlik qilgan davlat boshlig‘ini aniqlang.
A) Salmanasar B) Sarduri I C) Sargon I
D) Xammurapi
15. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy qilgan?
A) soliqlar yig‘ilishini tartibka solish
B) savdo-sotiqni rivojlantirish
C) mamlakatni viloyat va tumanlarga teng taqsimlash
D) tnga zarb qilishda suiistemolchilikning oldini olish
16. Qadimgi Sharqning quyidagi davlatlari va ularning poytaxti bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Ossuriya; 2) Elam; 3) Xett; 4) Urartu; 5) Mauriya
a) Suza; b) Nineviya; c) Tushpa; d) Xattusa; e) Pataliputra
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, 5-d B) 1-e, 2-a, 3-d, 4-b, 5-c
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c, 5-e D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e, 5-c
17. Janubiy Falastin va Nubiya shimoli qaysi podshohlik davrida bosib olingan?
A) Qadimgi B) O’rta C) Yangi D) Ilk
18. Xammurapi qonunlarida jinoyatchiga nisbatan qo‘llanilgan jazo turi to‘g'ri ko‘rsatilgan variantni aniqlang.
1) shifokorning o‘ng qo‘li kesib tashlangan;
2) arxitektor qatl etilgan;
3) qarzdor 5 yil muddatda qullik majburiyatini o‘tagan;
4) ayblanuvchi jabrlanuvchiga jarima to‘lagan;
5) qulfbuzarga o‘lim jazosi qo‘llanilgan.
A) 1,2,3 B) 2,5 C) 3,4 D) 1,4,5
19. Qachon Bobil davlati Ossuriyadan ajralib chiqdi?
A) mil. avv. 627- yil B) mil. avv. 612- yil
C) mil. avv. 617- yil D) mil. avv. 607- yil
20. Quyidagi qaysi qadimgi xalqlar janglarda jangovar arava va qoq o‘rtasida temir uchlik o‘rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan?
A) rimliklar B) ossuriyaliklar C) xettlar
D) xunnlar
21. Qaysi fir’avnning davrida Falastin bo’ysundirildi?
A) Yaxmos B) Tutmos III C) Tutmos II D) Ramzes
22. Ma’lumki, qadimda Misr 4 davlat bilan chegaradoh bo’lgan. Ular qaysi davlatlar edi?
1) Nubiya; 2) Eron; 3) Mesopotamiya; 4) Suriya; 5) Yunoniston; 6) Liviya; 7) Xitoy; 8) Falastin; 9) Hindiston
A) 1,5,7,8 B) 1,4,6,9 C) 1,2,3,4 D) 1,4,6,8
23. Misrliklar yozuvlarini “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashlariga sabab nimadan edi?
A) yozuvdan o’limidan keyingi hayotni yozib borishda foydalanganliklari uchun
B) yozuvdan fir’avnlar hayotni yozib borishda foydalanganliklari uchun
C) yozuvdan qarg’ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanliklari uchun
D) yozuvdan an’analarni yozib borishda foydalanganliklari uchun
24. Ma’lumki, misrlik ziroatchilarning qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni ular qanday aniqlaganlar?
A) misrliklar bu muddatlarni taqvimga qarab aniqlashgan
B) misrliklar bu muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlashgan
C) misrliklar bu muddalartni qaldirg’ochning parvoziga qarab aniqlashgan
D) misrliklar bu muddatlarni oyga qarab aniqlashgan
25. Qadimgi Misrda qay tariqa astronomiya fani vujudga keldi?
A) olimlar kun botishini o’rganish muddatlarini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so’ng
B) olimlar kun chiqishini o’rganish muddatlarini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so’ng
C) ziroatchilar urug’likni yerga qadash, hosilni yig’ishtirib olish muddatlarini taqvimlarga qarab aniqlashgandan so’ng
D) ziroatchilar urug’likni yerga qadash, hosilni yig’ishtirib olish muddatlarini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so’ng
26. Ossuriya davlati kimning hukmronligi davrida ravnaqining yuqori cho’qqisiga erishdi?
A) Salmanasar B) Oshshurbanapal
C) Menua D) Sardur I
27. qadimgi Mesopotamiya hukmdorlari shahar-davlatni kimlarga tayangan holda idora qilgan?
A) saroy a’yonlarga tayangan holda idora qilgan
B) harbiy qo’shinga tayangan holda idora qilgan
C) kohinlarga tayangan holda idora qilgan
D) aslzodalar, kohinlar va harbiy qo’shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilgan
28. Mil.av. 3-mingyillikning o’rtalarida bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni aniqlang.
A) Lagash davlati yuksala boshladi; Shumer va Akkadning ko’pgina shaharlari Lagashga qo’shib olindi; Sargon I Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi
B) Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga kela boshladi; Sargon I hamma shaharlar uchun yagona bo’lgan o’lchov birligini joriy qildi
C) Bobil davlati parchalanib ketdi; Lagash davlati yuksala boshladi
D) Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi; Bobil podsholigi qudratli davlatga aylandi
29. Yangi Bobil podsholigida qaysi hukmdor o’z davlatini “bo’ysunmas qal’a”ga aylantirdi?
A) Navuxodonosor II B) Xamurappi
C) Oshshurbanapal D) Menua I
30. Kimning davrida Qadimgi Misr yuksak kuch-qudrat cho’qqisiga erishdi?
A) Imxotep B) Tutanxamon
C) Yaxmos D) Tutmos
31. Quyidagi xudolardan faqat Mesopotamiyaga tegishli bo’lganini aniqlang.
1) Shamash; 2) Osiris; 3) Sina; 4) Nika; 5) Ea; 6) Amon-Ra; 7) Aid; 8) Ishtar; 9) Ptax
A) 1,2,5,8 B) 1,3,5,8 C) 1,4,6,7 D) 2,3,8,9
32. Akkadlar dastlab Mesopotamiyaning qaysi tarafida yashaganlar?
A) janubda B) shimolda C) shimoli-g’arbda
D) janubi-sharqda
33. Mesopotamiyadagi o’girlik o’lchovi “mino” necha grammga teng bo’lgan?
A) 350 B) 750 C) 550 D) 530
34. Mesopotamiyga sidra yog’ochi qayerdan keltirilgan?
A) Falastin B) Suriya C) Kavkazorti D) Eron
35. Qayuyidagi voqelardan 2-mingyillikda sodir bo’lganlarini aniqlang.
1) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi; 2) Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketdi; 3) Old Osiyo hududida o’lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi; 4) Finikiyaliklar Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos solishdi; 5) Falastinga qadimgi yahudiy qabilari ko’chib joylashdilar
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,5 D) barchasi
36. Qaysi xalq vakili Rozet shahri yaqinidagi toshga chekilgan qadimgi bitikni o’qishga muyassar bo’lgan?
A) fransuz B) ingliz C) nemis D) ispan
37. Qaysi yilda papiruslarga bitilgan ko’plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar devorlaridagi bitiklar ko’p asrlik jimjitlikdan so’ng “tilga kirdi”?
A) 1938 B) 1832 D) 1922 D) 1822
38. Qadimgi Misrda mumiyolash necha kun davom etgan?
A) 72 kun B) 60 kun C) 70 kun D) 50 kun
39. Qadimgi Misrda murdalarni mumiyolash kimlarga nasib etgan?
A) kohinlarga
B) mahalliy oqsoqollarga
C) marhumning qarindoshlariga
D) qullarga
40. Qadimgi misrliklarning fikricha, marhumlarni kim sud qilgan?
A) Anubis B) Osiris C) Set D) Isida
41. Qadimgi misrliklarning e’tiqodiga ko’ra, Quyoshning yordamchilari .... hisoblangan.
A) qo’ng’iz B) kohinlar C) fir’avnlar D) mushuklar
42. Quyidagi Misr xudolarining bajargan vazifalariga qarab to’g’ri joylashtiring.
1) Osiris; 2) Anubis; 3) Set; 4) Isida; 5) Bastet; 6) Tot; 7) Amon-Ra; 8) Xatxor; 9) Maat; 10) Xapi
a) musiqa, go’zallik va muhabbat xudosi; b) baxtsizlik, cho’l va bo’ron xudosi; c) Nil xudosi, Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni; d) haqiqat, adolat va odillik xudosi; e) oy, donishmandlik va tabobat xudosi; f) quyosh xudosi; g) yerosti saltanati xudosi; h) marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va ko’milganlar rahnamosi; i) Osirisning xotini; j) mushuk ko’rinishidagi go’zallik xudosi
A) 1-a, 2-f, 3-d, 4-i, 5-e, 6-b, 7-g, 8-c, 9-h, 10-j
B) 1-g, 2-h, 3-b, 4-i, 5-j, 6-e, 7-f, 8-a, 9-d, 10-c
C) 1-f, 2-i, 3-a, 4-g, 5-b, 6-j, 7-c, 8-d, 9-e, 10-h
D) 1-d, 2-h, 3-b, 4-i, 5-j, 6-c, 7-f, 8-a, 9-g, 10-e
43. Geliopol hozirgi qaysi shahar?
A) Abidos B) Asvon C) Baolbek D) Sans
44. Yuqori Misr Misrning qaysi tarafida joylashgan edi?
A) shimoliy B) g’arbiy C) sharqiy D) janubiy
45. Qadimgi podshohlik davrida Misr poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Memfis B) Menes C) Fiva D) Avarna
46. Misrning birinchi fir’avni kim bo’lgan?
A) Menes B) Memfis C) Imxotep
D) Tutanxamon
47. Qadimgi Misrda vaqt o’rishi bilan oqsoqollar qanday vazifani bajarishgan?
A) podsholarga aylanishgan
B) kohinlik ishlari bilan shug’ullanishgan
C) boshqaruv ishlarida hukmdorlarga yordam berishgan
D) armiyaga qo’mondonlik qilishgan
48. Qaysi podshohlik davrida Fiva shahri poytaxt maqomini oldi?
A) Qadimgi B) O’rta C) Yangi D) Ilk
49. Xammurapi qonunlari nima sababdan o‘zigacha yaratilgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi?
A) qonunlar o‘ta shavqatsiz bo‘lganligi uchun
B) qonunlar hajmi jihatidan hayotning har xil tomonlarini qamrab olganligi uchun
C) qonunlarni hukmdorning bir o‘zi tuzmasdan, aholining barcha qatlamlari ishtirokida to‘plaganligi uchun
D) qonunlarda moddalarning nihoyatda ko‘p bo‘lganligi uchun
50. Misrga giksoslar nechanchi asrda bostirib kirishgan?
A) XVIII asrda B) mil.av. XVII asrda
C) XVI asrda D) mil.av. XVIII asrda
51. Fir’avn Yaxmos davridan qaysi podshohlik davri boshlandi?
A) O’rta B) So’nggi C) Ilk D) Yangi
52. Qadimgi Bobilda maktablar qayerlarda tashkil etilardi?
A) saroylar, zodagonlar va badavlat kishilar uylarida
B) ibodatxonalarda
C) saroylar va ibodatxonalarda
D) zodagonlar va badavlat kishilar uylarida
53. Quyidagi qaysi javobda izohi bir xil bo‘lgan qadimgi Mesopotamiya va Misr xudolari ko‘rsatilgan?
A) Ishtar va Osiris B) Ea va Tot
C) Shamash va Amon-Ra D) Sina va Xatxor
54. Misr qachon yagona davlatga birlashdi?
A) mil.av. VI asrda B) mil.av. V asrda
C) mil.av. VIII asrda D) mil.av. VII asrda
55. Kir II ning o’g’li Kambiz qachon Mirni bosib oldi?
A) mil.av. 535-yilda B) mil.av. 525-yilda
C) mil.av. 575-yilda D) mil.av. 545-yilda
56. O’z xalqini dehqonchilikka o’rgatgan misr xudosini toping.
A) Ptax B) Apis C) Amon-Ra D) Osiris
57. Qachondan boshlab Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
A) 3 mingginchi yildan
B) 2 mingginchi yildan
C) 1 mingginchi yildan
D) 4 mingginchi yildan
58. Qadimgi misrliklar xudolar to’g’risida qanday fikrda bo’lishgan?
A) mushuk, qo’y sigir, ho’kiz timsolida Nil vodiysidan uzoqdagi tog’larda yashaydi deb hisoblashgan
B) xudolar hayvonlar siymosiga o’tib odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan
C) deyarli barcha haynovlar timsolida ibodatxonalarda yuradi deb hisoblashgan
D) xudolarning bitta joni mavjud: ular o’z haykallarida yashaydi deb hisoblashgan
59. Odam qiyofasida tasvirlangan xudoni aniqlang.
A) Tot B) Anubis C) Amon-Ra D) Osiris
60. Memfis shahrining xudosi qaysi qatorda berilgan?
A) Apis B) Ptax C) Osiris D) Anubis
61. VII asrda ...
A) Forslar Bobilni zabt ettilar
B) Urartu davlati tarix sahnasidan chiqib ketdi
C) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi
D) Isroil podsholig vujudga keldi
62. Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudga kelgan davr berilgan qatorni ko’rsating.
A) mil.av. XI-IX asrlarda B) mil.av. XI-X asrlarda
C) mil.av. X-IX asrlarda D) mil.av. IX-VIII asrlada
63. Quyidagi voqelardan qaysilari Yaxmos hukmronligi davrida sodir bo’lgan?
1) bosqinchilar Misrdan haydab chiqarildi; 2) itoatsiz hukmdorlarni o’ziga bo’ysundirdi; 3) yangi fir’avnlar sulolasiga asos solindi; 4) yangi podsholik davri boshlandi; 5) Misr yuksak kuch-qudrat cho’qqisiga erishdi
A) 1,2,4,5 B) barchasi C) 1,2,3,6 D) 1,3,4,5
64. Mesopotomiyada xurmo daraxtining danaklari nima maqsadda ishlatilgan?
A) asalga o’xshash moy siqib olingan
B) qurilish materiali va o’tin sifatida ishlatilgan
C) temirchilik ustaxonalarida o’tin o’rnida ishlatilgan
D) kelasi yilga ekish uchun urug’ sifatida saqlangan
65. Deyarli bir vaqtda sodir bo’lgan voqelarni aniqlang.
1) Misrga giksos qabilalari bostirib kirdilar; Xamurappi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirdi; 2) Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturilamal tuzildi; Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi; 3) Shumer-Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketdi; Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari ko’chib joylashdilar; 4) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo’lgan alifbo yaratildi; xettlar davlatiga asos solindi
A) 1,4 B) 1,3 C) 2,4 D) 2,3
66. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti ... bo’lgan.
A) hunarmandchilik B) dehqonchilik
C) baliqchilik D) savdo-sotiq
67. Qaysi davlatda kaptarlar kun kechiradigan bog’, hamda turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog’ joylashgan edi?
A) Uruk B) Bobil C) Lagash D) Ossuriya
68. Birinchi muntazam qo’shinda necha nafar jangchidan iborat bo’lgan?
A) 4500 B) 5400 C) 3200 D) 6100
69. “dengiz xalqlari” tomonidan bosib olinib, vayronaga aylangan davlat nomi berilgan qatorni toping.
A) Ossuriya B) Xettlar davlati
C) Urartu D) Lagash
70. Qaysi yilga kelib Urartu davlati armiyasi ossuriyaliklar tomonidan tor-mor etildi?
A) mil.av. 627-yilda B) mil.av. 590-yilda
C) mil.av. 612-yilda D) mil.av. 704-yilda
71. Nima uchun xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzdilar?
A) ossuriya tahdidi tufayli
B) Misr hukmdori sulh tuzishni taklif qilganligi tufayli
C) Mitanni davlati bilan urush ketayotganligi sababli
D) Misr tomonidan mag’lubiyatga uchraganligi sababli
72. Savdo-sotiq qaysi xalqlarning asosiy mashg’ulotlaridan biri bo’lgan?
A) Falastin aholisining B) Bobil aholisining
C) Ossuriya aholisining D) Finikiya aholisining
73. Urartu davlatini dastlab qaysi qabilalar o’ziga tobe qildilar?
A) dengiz xalqlari B) skif qabilalari
C) kassiy qabilalari D) midiyaliklar
74. Buddaviylik dinida dastlab xudo bo‘lmagan, bunga sabab ... .
A) Siddhartha Gautama o‘zini xudo darajasiga ko‘targan
B) buddistlar haykal-xudolarga ishonmay qo‘yishgan edi
C) xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi deb hisoblashgan
D) xudolar insonni azob-uqubatlarga giriftor qiladi deb hisoblashgan
75. Qadimgi Xitoyda qaysi podsholik hukmdorlari o‘zlarini “Osmon o‘g’illari” deb atashgan?
A) Shan B) Sin C) Chjou D) Xon
76. 220-yilga qadar hukmronlik qilgan sulolani aniqlang.
A) Xan B) Gupta C) Kushon D) Salavkiylar
77. Piramidalar qaysi podsholik davridan qurilmay qo’yildi?
A) Qadimgi B) O’rta C) Yangi D) So’ngi
78. "Bir kuni erta tongda .. .suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u ... elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi." Bu yerda kimlar haqida so‘z yuritilayapti?
A) Iso payg'ambar va Bibi Maryam
B) Zardusht va Axuramazda
C) Axriman va Mitra D) Xumo va Axriman
79. Zardushtiylik dinidagi xudolardan qaysi birining homiyligiga farovonlik va mol-davlat bag‘ishlovchilik ham kiradi?
A) Axuramazda B) Farna C) Anaxita D) Mitra
80. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda diniy marosimlar qayerlarda o‘tkazilgan?
A) asosan maxsus ibodatxonalar va g'orlarda
B) g'orlarda va daryo bo‘ylarida
C) dashtda, sahroda va katta daraxtlarning kovagida
D) ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o‘choq olovi yonida
81. Mil.avv. IX-VIII asrlarda ... .
A) sak va massagetlar o‘zaro harbiy ittifoqga kirishdilar
B) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi
C) “Avesto” kitobining ilk qismlari paydo bo‘ldi
D) Midiya qudratli davlatga aylandi
82. Qadimgi Sharqda qaysi xudo o‘spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan?
A) Indra B) Mitra C) Shiva D) Amon-Ra
83. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Xitoyda … .
A) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi
B) “Ko‘p podsholiklar” davri bo‘ldi
C) “Kurashayotgan podsholiklar” davri bo‘ldi
D) Chjou podsholigi o‘zining qudratli cho‘qqisiga yetdi
84. Mil.avv. II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?
A) hukmon sulola nomidan
B) davlatning bosh shahri nomidan
C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan
D) daryo nomidan
85. Qadimgi dunyoning hosildorlik xudolarini to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Artimeda, Osiris, Ea B) Apis, Ishtar, Demetra
C) Ishtar, Ganisha, Demetra D) Indra, Xatxor, Xapi
86. Mitra qanday ma'bud sanalgan?
A) hosildorlik va suv ilohasi
B) dehqonlar va chorvadorlarning hosil, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi homiysi
C) narigi dunyo bilan odamlar o'rtasidagi vositachilikni amalga oshiruvchi iloh
D) yovuzlik va o'lim xudosi
87. Zardushtiylik dinida yer yuzidagi eng qo'rqinchli yovuzlik nima bo'lgan?
A) muqaddas narsalarni toptash
B) o'g'rilik
C) Axriman bilan til biriktirish
D) o'lim
88. Mil. avv. VI asrda shimoli-g'arbiy Hindistonning bir qismi Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan vaqtda O'rta Osiyoda ...
A) ko'chmanchi saklar harbiy qabila ittifoqi tashkil topdi
B) Afrosiyob, Uzunqir, Qiziltepa, Yerqo'rg'on kabi ko'hna shaharlar paydo bo'ldi
C) Amirobod madaniyati paydo bo'ldi
D) "Avesto"ning eng eski qismlari paydo bo'ldi
89. O'zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar joylashgan o'rni noto'g'ri berilgan javobni aniqlang.
A) Uzunqir Qashqadaryo viloyatida
B) Qiziltepa Surxondaryo viloyatida
C) Ko'zaliqir Xorazm viloyatida
D) Yerqo'rg'on Farg'ona viloyatida
90. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra borliq va bizni qurshab olgan hamma narsa qanday ikki ibtidodan yaralgan?
A) suv va havo B) olov va tuproq
C) ezgulik va yovuzlik D) o'lim va hayot
91. Yunonistonda Zardusht ismining "Zorastr" shaklida talaffuz qilinishiga asosiy sabab nima?
A) bu yerda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos sifatida bilishar edi
B) bu yerda uni birinchi galda faylasuf va ilohiyotshunos olim sifatida bilishar edi
C) jamiyatdagi voqea-hodisalarni oldindan ko'ra biluvchi folbin sifatida bilishar edi
D) uni Yunonistonda olim, shoir va ostadonlar yasovchi deb bilishar edi
92. Zardushtiylikda umrning tub ma'nosi nimadan iborat?
A) ertadan peshinga qadar toat-ibodat, kechasi bilan olovni ulug'lash
B) kunduzi quyoshni ulug'lash, kechasi olovni ulug'lash
C) urug'dosh kishilarga yaxshilik qilish, jamiyatni bid'atdan saqlash
D) ezgu amal, ezgu so'z va ezgu fikr
93. Zardushtiylikda yovuzlik bilan kurashda ezgulikka yordam berishda asosan qanday amallarni bajarish lozimligi ko'rsatilgan?
A) xayr-sadaqa berish, zakot berish va jon solig'i to'lash
B) diniy marosimlarni to'kis bajarish, qurbonliklar qilish, bolalarni tarbiyalash
C) yolg'on so'zlamaslik, aldamaslik, va'daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish
D) sayr qilish, qo'shnilar bilan do'st bo'lish, qarz berganda sudxo'rlikka yo'l qo'ymaslik
94. O'zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar nomi to'g'ri keltirilgan javob variantini aniqlang.
A) Qiziltepa, Yerqo'rg'on, Uzunqir
B) Oltintepa, Uzunqir, Ko'zaliqir
C) Sarazm, Ko'ktepa, Jarqo'ton
D) Bolaliktepa, Oltintepa, Qiziltepa
95. Misr g’arbda qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Nubiya B) Liviya C) Suriya D) Falastin
96. Qadimgi Bibl, Tir, Sidon shaharlari qaysi davlat tarkibida bo’lgan?
A) Finikiya B) Falastin C) Urartu D) Ossuriya
97. Giksoslarning bosqinchiligidagi muvaffaqiyat nima bilan bog’liq?
A) kuchli piyoda qо’shinning mavjudligi
B) qо’shinning yagona sardor tomonidan boshqarilishi
C) ot qоshilgan aravalarning mavjudligi
D) giksoslar qоs’hinining kо’pligi
98. Kohinlar xudolarni qanday narsalar bilan boqishgan?
A) dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan
B) qurbonlik qilingan narsalar bilan
C) urushdan to’plangan o’ljalar bilan
D) soliqlar orqali yig’ilgan narsalar bilan
99. Piramidalar qaysi podsholiklar davrida qurilgan?
A) Ilk va O’rta B) O’rta va Yangi
C) Qadimgi va O’rta D) Ilk va Qadimgi
100. Yirik piramidalar o’rtacha necha yil davomida qurilgan?
A) 30 B) 20 C) 40 D) 50
Do'stlaringiz bilan baham: |