A) lotin B) yunon C) etrusk D) fors
3. Apennin yarim orolida dastlabgi davlatga asos solgan etrusklar qayerdan ko’chib kelgan edi?
A) Yunonistondan B) Kichik Osiyodan
C) Shimoliy Afrikadan D) Periney yarim orolidan
4. Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashga ittfoqchi bo’lgan davlatni aniqlang.
A) Karfagen B) Misr C) Sparta D) Finikiya
5. Mil.av. VI asrda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang.
1) Rim respublika deb atala boshlandi; 2) Rim shahri aholisi ko’p shaharga aylandi; 3) Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashi boshlandi; 4) Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etildi; 5) Italiyaga etrusklar ko’chib kelib joylashdi.
A) 1,3 B) 1,5 C) 1,2,4 D) 3,4,5
6. Qadimda rimliklar o’z hukmdorlarini saylashar edi. Ayni paytda hukmdorlar …
A) davlatning bosh ruhoniysi, sudya bo’lgan
B) eng quyi boshqaruvni ham bevosita o’zi boshqargan
C) xalq xohishiga bo’ysungan
D) harbiy boshliq, sudya ba kohin bo’lgan
7. Etrusklar nima maqsadda yunon koloniyalariga qarshi kurash olib bordilar?
A) o’z yerlarini yunonlardan tortib olish uchun
B) yangi koloniyalarga ega bo’lish uchun
C) boylik orttirish uchun
D) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun
8. Apennin yarim oroliga ko’chib kelgan etrusklarning aosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) chorvachilik B) ovchilik C) dehqonchilik
D) hunarmandchilik
9. Qachon etrusklar yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar.
A) mil.av. IX asr B) mil.av. VIII asr
C) mil.av. IV asr D) mil.av. VII asr
10. Apennin yarim orolining eng yirik oqar suv manbai qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Tibr B) Sena C) Po D) Rubikon
11. Qadimgi Rimda “Xalq majlisi” qanday vakolatlarga ega bo’lgan?
1) turli soliqlar va bojlar joriy qilgan; 2) urush e’lon qilgan, sulh tuzgan; 3) davlat xazinasini xohlaganicha tasarruf etgan; 4) qonunlarni qabul qilgan va bekor qilgan; 5) zarur hollarda konsul nomidan farmon chiqargan; 6) urush paytida armiyani boshqargan; 7) barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlagan.
A) 2,4,7 B) 1,2,3,4 C) 1,3,5 D) 2,3,5,6
12. Qadimgi Rimda liktorlar – bu …
A) konsulni qo’riqlovchi 12 kishilik faxriy qorovul
B) otliq qo’shinning boshlig’i
C) 80 kishidan iborat bo’lgan jangchilar guruhi
D) 25 yil askar bo’lgan nafaqadagi faxriy kishilar
13. Qadimgi Rimda nima sababdan oddiy kishilar konsul bo’la olmasdi?
1) nomzodini saylovga qo’yish uchun katta miqdorda pul sarf qilinishi kerak edi; 2) davlatga xizmat qilish evaziga haq to’lanmasligi sababli; 3) hukumat ishlarida faqat boy zodagonlar ishtirok etganliklari sababli; 4) konsul faqatgina harbiylardan saylanganliklari sababli.
A) 1,3 B) 1,2 C) 2,4 D) 3,4
14. Quyidagilardan qaysilari Qadimgi Rimdagi konsullar faoliyatiga tegishli?
1) jinoyatchilarni sud qilgan; 2) “veto” huquqidan foydalangan; 3) ikkita konsul muhim masalalarda maslahatlashgan; 4) plebeylar manfaatini himoya qilgan; 5) yil davomida Rim respublikasini boshqargan; 6) urush paytlarida qo’shinga qo’mondonlik qilgan; 7) xalq qo’zg’alonlarini bostirishga rahbarlik qilgan; 8) har yili Xalq majlisiga hisobot berib tugan.
A) 1,3,5,6,8 B) 2,3,7 C) 1,2,3,4 D) 3,5,6,7,8
15. Qadimgi Rimda Xalq tribunining vakolatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) xalq qo’zg’alonlarini bostirishga rahbarlik qilgan; 2) qashshoq rimliklar manfaatini himoya qilgan; 3) harbiy davrlarda qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan; 4) “veto” huquqidan foydalana olgan; 5) jinoyatchilarni sud qilgan; 6) har yili Senatga hisobot berib turgan.
A) 2,3,5 B) 1,2,4 C) 3,5,6 D) 2,4
16. Qadimgi Rimda Senat tomonidan o’nta mis plastinada chekib yozilgan qonunlarni kimlarning talabiga binoan qilingan edi?
A) patrisiylar B) plebeylar C) ruhoniylar
D) harbiylar
17. Qadimgi Rimda o’nta mis plastinada chekib yozilgan qonunlar nima sababdan patrisiylarni qoniqtirmagan?
A) chunki qonun yangi ko’chib kelganlar manfaatiga xizmat qilar edi
B) chunki u kambag’al aholi manfaatlarini himoya qilar edi
C) chunki u patrisiylarni davlat ishlaridan chetlashtirar edi
D) chunki qonun zodagonlar mulki hisobiga kambag’allarni boyishini ta’minlar edi
18. Qaysi davrga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng bo’lib qoldi?
A) mil.av. IV asrning o’rtalari
B) mil.av. V asrning oxiri
C) mil.av. IV asrning boshlari
D) mil.av. VI asrning o’rtalari
19. Qadimgi Rimga tegishli bo’lgan atamalarni aniqlang.
1) mino; 2) triumf; 3) goplit; 4) titan; 5) liktor; 6) sirena; 7) satira; 8) akveduk; 9) veto; 10) nimfa.
A) 2,4,5,7,8,9 B) 1,5,8 C) 2,5,8,9
D) 2,3,4,5,7,8,9
20. Qadimgi Rimda 10 ta mis plastinaga chekib yozilgan qonunlar majmuasi qaysi qonunlarga asoslanib ishlab chiqilgan edi?
A) Xamurapi qonunlariga B) Solon qonunlariga
C) Drakont qonunlariga D) “Avesto” asosida
21. Qadimgi Rimda nima sababdan patrisiylar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonunlarni qabul qilishga majbur bo’ladilar?
A) butun Italiyada qo’zg’alonlar boshlanib ketishidan cho’chiganliklari sababli
B) plebeylardan iborat bo’lgan shahar aholisi barcha davlat xizmatlaridan voz kechib, patrisiylar qo’lida ishlashdan bosh tortganliklari tufayli
C) patrisiylarga qarshi plebeylarning qo’shni mamlakatlar bilan aloqa o’rnata boshlaganliklari uchun
D) plebeylardan iborat bo’lgan Rim qo’shinlari isyon ko’tarib, o’z qonunlari bo’lgan yangi shahar barpo etish da’vosi bilan chiqqanligi sababli
22. Selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan?
A) freska B) mozaika C) villa D) ikona
23. Selgimagan suvoqqa shisha yoki tosh parchalari yopishtirilib ishlangan rasm nima deb ataladi?
A) freska B) mozaika C) geraldika D) ikona
24. Qadimgi rimliklarning shohona koshonalari – uy-joylari qanday nomlangan?
A) pomeste B) akveduk C) freskalar D) villalar
25. Qadimgi Rim forumidan nimalar o’rin olgan edi?
A) senat binosi, altar va ibodatxona
B) konsullarning uylari, bozor maydoni, kolizey teatri
C) bozor maydoni, yig’ilish joyi va ibodatxona
D) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar
26. Qdimgi Rimda qanday qilib odamlarning jamiyatdagi mavqeini bilib olish mumkin edi?
A) kiyib yuradigan libosiga qarab
B) uyining qurilishiga qarab
C) uyining joyalshgan o’rniga qarab
D) yosh xususiyatlari orqali
27. Qadimgi Rimda altar – bu …
A) 14 yoshga qadar kiyib yuriladigan o’g’il bolalar kiyimi
B) xudolarga qurbonlik qilinadigan ko’tarma joy
C) rimliklar nazdida xudolarning asosiy yeguligi
D) fol ochuvchi ruhoniylar
28. Qadimgi Rimda ko’zlari bog’langan ayol ko’rinishida tasvirlangan ilohani aniqlang.
A) Venera B) Diana C) Vesta D) Yustitsiya
29. Qadimgi Rimda “pontifiklar” kimlar edi?
A) diniy marosimlarning o’tkazlishi ustidan nazorat qilib boradigan ruhoniylar
B) kichik ruhoniylar
C) fol ochuvchi kohinlar
D) qurbonlikni amalga oshiruvchi kohinlar
30. Qadimgi Rimda Yupiter qanday xudo hisoblangan?
A) adolat va odil sudlov xudosi
B) osmon, momaqaldiroq va yashin xudosi
C) taqdir xudosi
D) urush va tinchlik xudosi
31. Qadimgi rimliklar xudosi Yustitsiyaning o’ng qo’lidagi qilich nimaning timsoli hisoblangan?
A) jazo timsoli B) g’alaba timsoli
C) urush timsoli D ) adolat timsoli
32. Qadimgi rimliklarda qaysi ilohaning qo’lida aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab beradigan tarozi bo’lgan?
A) Venera B) Yustitsiya C) Diana D) Fortuna
33. Qadimgi rimliklarning barcha muhim ishlari qanday tadbirlar bilan boshlangan?
A) xudolarga in’omlar qilishdan
B) kohinlar bilan maslahatlashishdan
C) qurbonliklar baxshida qilishdan
D) fol ochtirishdan
34. Quyidagi xudolarning qaysilari qadimgi rimliklarga tegishli?
1) Eros; 2) Venera; 3) Geya; 4) Femida; 5) Yustitsiya; 6) Gratsiya; 7) Nika; 8) Fortuna; 9) Germes; 10) Vulkan; 11) Uran; 12) Baxsus.
A) 1,2,4,5,6,7 B) 1,2,5,7,8,10,11
C) 2,3,5,7,9,12 D) 2,5,8,10,12
35. Rim respublikasi Senati necha kishidan iborat bo’lgan?
A) 300 kishi B) 120 kishi C) 200 kishi D) 100 kishi
36. Qadimgi Rimda harbiy qo’shinlar imperiya hududi bo’ylab tezroq harakatlanishi uchun qanday tadbir amalga oshirilgan?
A) mamlakatda tekis yo’llar bunyod etilgan
B) barcha askarlar otlar bilan ta’minlangan
C) yo’llar daraxtlardan tozalangan
D) yo’l bo’ylarida bir-biriga yaqin bo’lgan hovuzlar qurilgan
37. Rim imperiyasida tosh qal’alar qayerlarda bunyod etilar edi?
A) yangi barpo qilingan shaharlarda
B) qishloq va shahar atroflarida
C) imperiya chegaralarida
D) Rim shahrining markazida
38. Qadimgi rimliklar qo’lga kiritilgan g’alaba uchun minnatdorlik tariqasida qayerda xudolarga qurbonlik bag’ishlaganlar?
A) Vezuviy tog’larida B) Rim senati oldida
C) Pompey shahrida D) Kapitoliy tepaligida
39. Rim respublikasida armiyadagi xizmat muddati necha yosh qilib belgilangan?
A) 17-46 yosh B) 16-45 yosh
C) 19-50 yosh D) 20-45 yosh
40. Rim respublikasida xizmat muddati … yil bo’lgan.
A) 20 B) 25 C) 30 D) 23
41. Qadimgi yunonlarning Gipnos xudosiga rimliklarning qaysi xudosi to’g’ri kelgan.
A) Neptun B) Mars C) Morfey D) Baxus
42. Buyuk pontifik rahbarlik qiladigan pontifiklar hay’atiga qancha ruhoniylar kirgan?
A) 15-25 B) 10-15 C) 5-15 D) 10-20
43. Qadimgi rimliklar olov va temirchilik xudosi deb …ni hisoblashgan.
A) Yupiter B) Vulkan C) Gefest D) Vesta
44. Rim foydasiga Sitsiliyadagi yo’qotishlar uchun o’zlarini taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen quldorlari …
A) O’rtayer dengizidagi Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar
B) Janubiy Italiya shaharlarini talon-taroj qildilar
C) Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar
D) O’rtayer dengiziga Rim savdo kemalarini talay boshladilar
45. Rim – Karfagen o’rtasidagi Kann jangi nechanchi yilda bo’lib o’tgan?
A) mil.av. 183-yil B) mil.av. 147-yil
C) mil.av. 237-yil D) mil.av. 216-yil
46. Quyidagi qaysi tarixiy voqea orasida 70 yil farq bor?
A) Kann yonidagi jang va Karfagenning butunlay vayron bo’lishi
B) Etrusklarning Rimga ko’chib kelishi va Rim davlatining paydo bo’lishi
C) Rim shahriga asos solinishi va Rimda respublika tizimining o’rnatilishi
D) Spartak qo’zg’alonining boshlanishi va Oktavian Avgustning vafot etishi
47. Puni urushlari arafasida harbiy jihatdan Karfagen Rimga qaraganda qanday ustunlikka ega edi?
A) armiyada yollanma askarlarning xizmat qilishi jihatidan
B) qo’shin tarkibida piyodalarning bo’lmaganligi jihatidan
C) katta va kuchli flotga ega bo’lganligi bois
D) qo’shindagi askarlarning o’lja hisobiga jang qilishlari jihatidan
48. Nima sababdan Rim va Karfagen o’rtasidagi urushlar tarixda “Puni urushlari” nomini oldi?
A) yunonlar Karfagenni Puna deb ataganligi bois
B) rimliklar Karfagenni Puna deb atashgani uchun
C) rimliklar O’rtayer dengizini Puni deb atashganligi sababli
D) urushlar boshlanishiga Sitsiliyadagi Puna shahriga davogarlik bo’lganligi bois
49. Karfagen qo’shinlarining Rim qo’shinlariga nisbatan zaif tomoni nimada edi?
A) yollanma askarlarning xizmat qilishi
B) otliqlarning bo’lmaganligi
C) sarkardalarning alohida-alohida harakat qilishi
D) qo’shinning aksariyati dehqonlardan tashkil topganligi
50. Karfagen va Rim o’rtasidagi birinchi Puni urushi qanday natija bilan tugagan edi?
A) Karfagen Rimning janubini bosib oldi va Rimga o’lpon yukladi
B) Karfagen Rimga qarashli bo’lgan Ispaniyani bosib oldi
C) rimliklar Karfagenning shimoliy shaharlarini bosib olib, ularni o’lpon to’lashga majbur bo’ldi
D) rimliklar Sitsiliyani bosib oldilar va karfagenliklarni o’lpon to’lashga majbur qildilar
51. Rim davlati qaysi hududlarni bosib olganidan keyin O’rtayer dengizi mintaqasida eng kuchli davlatga aylandi?
A) Sitsiliya va Krit B) Sardiniya va Korsika
C) Malta va Korsika D) Sitsiliya va Neapol
52. Rim o’z provinsiyalarida o’zaro nizolarni avj oldirish uchun qanday siyosatni qo’llar edi?
A) o’zaro ichki nizo chiqarish uchun quldorlar sonining oshishini ta’minlar edi
B) bir-biriga hasad uyg’otish maqsadida ayrim shaharlarga imtiyoz berishar edi
C) bir-biriga hasad uyg’otish maqsadida ayrim shaharlarning soliq majburiyatidan ozod qilar edi
D) qullarning qo’zg’alonlariga erishish maqsadida qullar savdosining rivojlanishini ta’minlar edi
53. Puni urushi davrida rimliklarning karfagenliklarga qarshi ikki tomondan zarba berish rejasini qaysi sarkarda barbod qilgan edi?
A) Gannibal B) Pirr C) Ssipion D) Gastrubal
54. Qadimgi Rimda mil.av. I asrda qullar qo’zg’alonlari quldorlarni qattiq qo’rquvga solib qo’yadi. Shu bois mamlakatda qanday hokimiyat zarur bo’lib qoldi?
A) respublika B) aristokratlar hokimiyati
C) harbiy diktatura D) demokratiya
55. Rimdagi gladiatorlar jangi o’tkaziladigan eng katta amfiteatr – Kolizeyga qancha tomoshabin joylashgan?
A) 17 ming B) 50 ming C) 35 ming D) 70 ming
56. Spartak qo’zg’alonning boshlanishidan 30 yil o’tgach …
A) Senatdagi majlis vaqtida fitnachilar Yuliy Sezarni o’ldirishdi
B) Krass Parfiya hukmdori Orod bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi
C) Rimda “Uchlar ittifoqi” – Sezar, Pompey va Krass o’rtasida ittifoq tuzildi
D) Yuliy Sezar Rim taxtini egalladi
57. Qadimgi Rim tarixiga oid voqelar qaysi javobda xronologik jihatdan ketma-ket berilgan?
A) Spartak qo’zg’alonining boshlanishi, Yuliy Sezar o’limi, Karfagenning rimliklar tomonidan yondirilishi
B) Oktavianning Avgust laqabini olishi, Antoniyning o’limi, Krass va Parfiya shohi Orod o’rtasida jang
C) Rim davlatining tashkil topishi, Rimda respublika tizimining o’rnatilishi, Rimda harbiy hokimiyatning kuchayishi
D) Puni urushlarining boshlanishi, Rimda 12 jadval qonunining qabul qilinishi, Spartak qo’zg’alonining bostirilishi
58. Qadimgi Rimda Sezarning hokimiyat tepasiga kelishi arafasida kambag’allarning ham uni qo’llab-quvvatlashiga sabab nima edi?
A) agar Sezar Senat majlisida qatnashsa, bizga yer ajratib beradi, qarzlarimizni bekor qiladi deb umid qilgan edi
B) o’zaro urushlardan charchagan aholi Sezar mamlakatda tinchlikni ta’minlaydi deb umid qilar edi
C) agar Sezar Senatda konsul bo’lib olsa, kambag’allarni ham davlat ishlariga tortadi deb umid qilishgan
D) Sezar kambag’al dehqonlarga yangidan yer bo’lib berishni va’da qilgan edi
59. Rim imperatori Sezarga qarshi fitna uyushtirgan senatorlarning maqsadi nima edi?
A) Pompey hokimiyatini qayta tiklash
B) Senatning avvalgi mavqeini qayta tiklash
C) Xalq majlisi va Xalq tribunining oldingi mavqeini qayta tiklash
D) Mark Antoniyga hokimiyatni olib berish
60. Rim imperatori Yuliy Sezar davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang.
1) konsul lavozimi qayta tiklandi; 2) Rim imperiyasiga asos solindi; 3) mamlakatda Respublika tuzumi o’rnatildi; 4) hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslar tayinlandi; 5) Imperator Senat va Xalq majlisiga hisbot bermay qo’ydi 6) Parfiyaga qarshi urushlarda muvaffaqiyatlarga erishildi; 7) Misr va Mesopatamiya hududlari bosib olindi; 8) imperatorning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga aylandi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 7 C) 4, 5, 8 D) 2, 4, 5, 6
61. Mil.avv. 216-yilgi Kann yaqinidagi jangda qancha rimlik legioner xalok bo’ldi?
A) 50 ming B) 35 ming C) 70 ming D) 60 ming
62. Qadimgi Rimni larzaga solgan qo’zg’olon boshlig’i Spartak asli qayerlik bo’lgan?
A) kapuyalik B) fessaliyalik
C) sitsiyalik D) frakiyalik
63. Prokonsul Rimda qanday lavozim edi?
A) konsullikka o’z nomzodini qo’ygan shaxslarni qayd etuvchi va uni o’rganuvchi lavozim
B) konsul yordamchisi
C) bosib olingan provinsiyalarga tayinlangan noiblar
D) Senat majlislarini yozib boruvchi
64. Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini olganidan 20 yil oldin bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Krass Parfiya ustiga harbiy yurish boshladi
B) Antoniy Parfiya ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qildi
C) Yuliy Sezar Senat majlisida o’ldirildi
D) Yuliy Sezar yakka hokimlik uchun oshkora kurash boshladi
65. Yuliy Sezar o’ldirilgach respublika tarafdorlari mag’lubiyatga uchradi. Respublikani qayta tiklashga uringan Brut va uning tarafdorlari qayerga qochishga majbur bo’lishgan?
A) Kichik Osiyoga B) Galliyaga
C) Misrga D) Yunonistonga
66. Mark Antoniy nima sababdan republikaning dushmani deb e’lon qilingan?
A) Sharqiy hududlarni Misr malikasiga nikoh sovg’asi sifatida tortiq qilganligi uchun
B) Oktavian hokimiyatiga qarshi chiqqanligi uchun
C) Misr malikasi Kleopatraga uylanganligi uchun
D) Sezarning o’limida ishtirok etganligi uchun
67. Qaysi voqeadan keyin Qadimgi Rim imperiyasida Oktavian davlatning G’arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o’z qo’liga oldi?
A) Oktavian va Mark Antoniy ittifoq tuzib, respublikachilarni tor-mor etganidan keyin
B) Yunoniston qirg’oqlarida Mark Antoniy va Oktavian o’rtasida jang bo’lganidan keyin
C) Mark Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanganidan keyin
D) Mark Antoniy Sharqiy hududlarni Misr malikasiga nikoh sovg’asi sifatida tortiq qilganidan keyin
68. Trayanning Dunay daryosi bo’yidagi daklar bilan olib borgan urushi qaysi yodgorlikda saqlangan?
A) Trayan kolonnasida
B) Pompey shahri ibodatxona devorida
C) Kolizey devorlarida
D) Alp tog’idagi qoyatoshga
69. Mark Antoniyning qaysi xatti-harakati Oktavianning noroziligiga va ular o’rtasida jang bo’lishiga sabab bo’ldi?
A) Antoniyning nikoh sovg’asi sifatida Kleopatraga Rimning g’arbiy provinsiyalarini berishi
B) Antoniyning nikoh sovg’asi tariqasida Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini berishi
C) Mark Antniyning Misr qo’shinlari bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi yurishi
D) Sezarning o’limida ishtirok etganligi uchun
70. Imperator Oktavian Avgust davrida aarmiyaning umumiy soni qanchaga yetdi?
A) 500 ming B) 200 ming
C) 150 ming D) 300 ming
71. Yunoniston qirg’oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o’rtasida jangda mag’lub bo’lgan Kleopatra va Antoniy qaysi shaharga qochib ketdilar?
A) Qohira B) Aleksandriya
C) Giza C) Iyrusalim
72. Yuliy Sezarning o’limidan 13 yil o’tgach, Rim tarixida sodir bo’gan voqeani aniqlang.
A) Oktavianning butun Rim imperiyaisning yakkahokim hukmdori bo’ldi.
B) Yunoniston qirg’oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o’rtasida jang bo’ldi
C) Misr Rim imperiyasi provinsiyasiga aylanishi
D) Rimliklar O’rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va Kichik Osiyoda o’z mavqeini qayta tilab oldi
73. Qadimgi Rimda kimning hukmronligi davrida yolg’onchi chaqimchilikka asoslanib qtl etish bekor qilindi?
A) Antoniy B) Trayan C) Oktavian Avgust
D) Yuliy Sezar
74. Qaysi voqeadan so’ng Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdoriga aylandi?
A) Brut boshchiligidagi respublikachilarning mamlakatdan qochishlari natijasida
B) Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini olish natijasida
C) Antoniyning Yunoniston qirg’oqlarida bo’lgan jangda yengilishi natijasida
D) O’rta Yer dengizi sohillaridagi o’z mavqeini tiklab olishi natijasida
75. Yuliy Sezarning Pompey ustidan g’alabaga erishishiga nimalar sabab bo’lgan edi?
A) Sezar armiyasida yollanma askarlarning xizmat qilishi, Pompey qo’shinlarining esa Rim dehqonlaridan tuzilganligi
B) Sezar qo’shini tarkibida piyodalarning bo’lmaganligi, barcha qism otliqlardan iborat bo’lganligi
C) Sezarning katta va kuchli flotga ega bno’ganligi, Pompeyning senatorlar bilan yagona ittifoqqa kela olmaganligi
D) Rim aholisining Sezarni qo’llab-quvvatlashi, Pompey qo’shinlarining asosiy qismi Ispaniyada bo’lganligi
76. Rim imperatori Oktavian davrida yuz bergan voqealarni aniqlang?
1) Misr Rim provinsiyasiga aylandi; 2) Rim imperiyasiga asos solindi; 3) armiyasining umumiy soni 500 ming yetdi; 4) mamlakatda respublika tizimi o’rnatildi; 5) senatorlar soni qisqartirildi; 6) konsul lavozimi qayta tiklandi; 7) Mesopotamiya Rimga bo’ysundirildi; 8) armiyadagi jangchilar xizmati 20 yil etib belgilandi; 9) Kichik Osiyoning g’arbiy qismi bo’ysundirildi; 10) keng ko’lamli qurilish ishlari olib borildi.
A) 1, 2, 5, 8, 10 B) 2, 3, 7, 8, 9
C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10
77. Qachondan boshlab Qadimgi Rimda imperatorni armiya saylaydigan bo’ldi?
A) mil. avv. I asr B) milodiy III asr
C) milodiy II asr D) milodiy I asr
78. Rim hukmdorlarining ramzi nima hisoblangan?
A) uchqur ot B) lochin C) burgut D) bo’ri
79. Rim imperatori Trayan davrida sodir bo’gan voqealarni aniqlang.
1) mamlakat miqyosida keng ko’lamli qurilish ishlari olib borild; 2) imperator Senatga hisobot bermaydigan bo’ldi; 3) Ossuriya va Mesopotamiya hududlari bosib olindi; 4) Parfiya bilan bo’lgan urushda muvaffaqqiyatga erishildi; 5) armiyadagi qo’shinlar soni qisqartirildi; 6) Kichik Osiyoning g’arbiy qismi bo’ysundirildi; 7) daklar bilan urushlar olib borildi; 8) yolg’onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etish bekor qilindi
A) 1,5,7 B) 2,3,6 C) 1,3,5,7 D) 3,4,7,8
80. Qaysi imperator davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlarini olib bormadilar?
A) Sezar B) Trayan C) Krass D) Oktavian
81. Yuliy Sezar dinorida qaysi hayvonning tasviri keltirilgan?
A) fil B) ot C) bo’ri D) arslon
82. Yuliy Sezar tomonidan zarb qilingan dinor nechanchi yillarga oid?
A) mil. avv. 45-44 yillar B) mil. avv. 55-52 yillar
C) mil. avv. 49-48 yillar C) mil.avv 47-46 yillar
83. Milodiy 476-yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang.
A) G’arbiy Rim imperiyasi quladi; 2) Rim imperatori Romul hukmronligi tugadi; 3) Qadimgi dunyo tarixi tugadi; 4) Rim imperiyasi ikkiga ajralib ketdi; 5) Rimga germanlarning vestgot qabilalari hujum qildi; 6) xunnlar Italiyaga bostirib kirdi; 7) Rim imperiyasiga xunn qabilalari bostirib kirdi; 8) poytaxt Konstantinopol shahriga ko’chirildi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 4, 6
84. Milodiy 330-yilda Rimda ……
A) Imperiya poytaxti Bosfor bo’g’ozidai shaharga ko’chirildi
B) Xristian dini davlatning boshqa dinlari bilan tenglashtirildi
C) Shahar markazida kambag’allar uchun “term” – hammomlar qurish boshlandi
D) Barcha shaharlarda o’rta maktablar tashkil qilindi
85. Milodiy V asrda Rim imperiyasiga hujum qilgan qabilalar nomini tog’ri ko’rsating.
1) frigiy; 2) axey; 3) vandal; 4) fin; 5) xunn; 6) aramey; 7) doriy; 8) kassiy.
A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 8 C) 3, 6 D) 3, 5
86. 410-yilda G’arbiy Rim imperiyasini bosib olgan gotlarning boshlig’i kim edi?
A) Alarix B) Attila C) Siagriy D) Egidey
87. Germanlarning Rim imperiyasiga hujumlari necha yil davom etgan?
A) 100 yildan ko’proq B) 50 yildan ko’proq
C) 150 yildan ko’proq D) 100 yilga yaqin
88. Qaysi imperator vafotidan so’ng Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi?
A) Konstantin B) Feodesiy
C) Oktavian D) Trayan
89. Quyidagilardan qadimgi Rim tarixchilari berilgan qatorni toping.
1) Plutarx; 2) Aristobul; 3) Kaligula; 4) Kvint Kursiy Ruf; 5) Pompey Trog; 6) Polien; 7) Tit Liviy; 8) Strabon; 9) Arrian; 10) Ksenofont; 11) Tatsit; 12) Ktisey.
Do'stlaringiz bilan baham: |