1. Qaysi jarayonni olimlar sivilizatsiya deb atashadi? A insoniyatning paydo bo’lishini



Download 285 Kb.
bet1/7
Sana03.01.2020
Hajmi285 Kb.
#31939
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-sinf

I bo’lim

1. Qaysi jarayonni olimlar sivilizatsiya deb atashadi?

A) insoniyatning paydo bo’lishini

B) dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishini

C) eng qadimgi shahar va davlat larning tashkil topishini

D) uy-joylarning kash qilinishini

2. Dastlabki sivilizatsiya tarixi qayerdan boshlangan edi?

A) Qadimgi Xitoy

B) Yevropa janubi

C) Kipr oroli

D) Qadimgi Sharq

3. Yevropada dastlabki sivilizatsiya qayerda vujudga kelgan?

A) Rimda B) Yunonistonda

C) Krit orolida D) Kipr orolida

4. Qadimgi dunyo tarixining boshlanish bosqichi – bu ...

A) dunyoning paydo bo’lishi

B) insoniyatning paydo bo’lishi

C) ilk sivilizatsiyalarning paydo bo’lishi

D) Rim imperiyasining vujudga kelishi

5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqeagacha davom etgan?

A) G’arbiy Rim imperiyasining qulashi

B) Buyuk ko’chishlarning boshlanishi

C) Antik tarixning yakunlanishi

D) Franklar imperiyasining tashkil topishi

6. O’zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g’oridan qanday buyumlar topilgan?

1) tosh qurollari; 2) sopol buyumlar; 3) hayvon suyaklari; 4) dehqonchilik qurollari; 5) qoyatosh rasmlari; 6) inson suyaklari

A) 1,5 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,6

7. Donishmandlar nimani “buyuk o’qituvchi” deb atashadi?

A) yodgorliklarni B) tarixni C) hayotni D) kitobni

8. Lingivistlar nima maqsadda qadimgi tillarni tadqiq etadilar?

A) hozirgi zamon tillari qay tariqa shakllanganini tushunib yetish

B) qadimgi yozuvlardan o’sha davr voqealarini bilib olish

C) qadimgi xalqlarning xo’jaligi va madaniyatini o’rganish

D) qadimgi odamlarning muomala jarayonini bilib olish

9. Quyidagi qaysi javobda o’lkamizning eng qadimgi tarixini o’rganishga oid manbalar to’g’ri ko’rsatilgan?

1) “Avesto”; 2) mehnat qurollari; 3) ilk yozma matnlar; 4) qurol-aslahalar; 5) Behistun bitiklari; 6) zeb-ziynat buyumlari; 7) sopol idishlar; 8) yunon-rim tarixchilarining asarlari

A) 2,4,6,7 B) 1,5,7,8 C) 2,3,4,5

D) barcha javoblar to’g’ri

10. Qaysi omil tufayli olimlar uchun qadim mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi?

A) ularga keng texnik sharoitlar yaratilishi bilan

B) yozma manbalarning topilishi bilan

C) arxeologiya fanining topilishi bilan

D) qadimgi lotin tilini o’zlashtirish tufayli

11. Makedoniyalik Aleksandr haqida asar yozgan tarixchilarni aniqlang.

A) Sim Syan, Strabon

B) Arrian, Polien

C) Kvint Kursiy Ruf, Arrian

D) Gerodot, Kvint Kursiy Ruf

12. Qachondan boshlab yunonlar yurtimizning qadimgi aholisi haqida ma’lumotga ega bo’lgan?

A) mil.av. III-II asrdan

B) Aleksandr Makedonskiy bosqini davridan

C) mil.av. V asrdan

D) Salavkiylar hukmronligi davridan

13. Mil.av. I mingyillikda O’zbekiston qadimgi aholisining ...

A) ko’p xonali turar joylari paydo bo’ldi

B) qadimgi Sharq xalqlari bilan madaniy aloqalari kuchaydi

C) urug’chilikning patriarxat bosqichiga o’tish boshlandi

D) ilk shahar ko’rinishidagi qarorgohlari paydo bo’ldi

14. Urug’chilik jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o’ta boshladi?

A) iqlimning o’zgarishi va tez yurar hayvonlarning paydo bo’lishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi

B) mehnat qurollari va xo’jalik yuritish shakllarining takomillashuvi

C) qarindoshchilikning ota tomoniga o’tishi

D) tosh qurollarning iste’moldan chiqa boshlashi

15. Odamning eng qadimgi ajdodlari topilgan Olduvay darasi hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?

A) Efiopiya B) Keniya C) Chad D) Tanzaniya

16. Yer yuzida iqlim iliq bo’lgan davrda eng qadimgi odamlarning manzilgohlari qayerlarda bo’lgan?

A) g’orlar va daralarda

B) daryo va soylar yaqinidagi tepaliklarda

C) daralar va o’rmonlarda

D) daralar va yeto’lalarda

17. Qadimgi tosh asri madaniyatning dunyoga mashhur yodgorligi Teshiktosh kim tomonidan topilgan?

A) Gerasimov B) Okladnikov C) Albaum D) Vyatkin

18. Qadimgi odamlar fikrlash qobiliyati va tafakkuri qaysi omillar oqibatida o’zgarib bordi?

A) mehnat faoliyati, atrof olam haqida to’plangan bilimlar

B) tabiiy tanlanish natijasida inson organizmidagi o’zgarishlar

C) olovning kash etilishi, pishgan go’shtning iste’mol qilinishi

D) ilk diniy tasavvurlaning paydo bo’lishi

19. Eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan omil nima?

A) ov manzalarini aks ettirish

B) kelajak rejalarni tuzish usuli

C) insonning o’zini o’rab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi

D) sovuq iqlim sharoitida g’or ichidagi zerikarli hayot

20. Qaysi davrga kelib insoniyat uchun qushlarni ovlash imkoniyati yuzaga keldi?

A) so’nggi poleolit B) mezolit

C) neolit D) o’rta poleolit

21. Qaysi davrdan boshlab odamlar Yevropa shimolida ham keng joylasha boshladilar?

A) mezolit B) neolit C) eneolit D) ilk temir davri

22. Insonlar qaysi davrda toshni sirlash va teshikchalar parmalashni bilib oldilar?

A) so’nggi paleolitda B) mezolit va eneolitda

C) mezolit va neolitda D) bronza davrida

23. O’troq turmush tarzi va mehnat qurollarininhg yanada takomilllashishi natijasida...

A) ota urug’i jamoasi vujudga keldi

B) aholining dehqonchilkka o’tish imkoniyati yuzaga keldi

C) dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi

D) dastlab shahar va keyinchalik davlatlar vujudga keldi

24. Mezolit davriga kelib ov qilishda unumdorlikning ortishi nima bilan bog’liq?

A) to’rning ixtiro qilinganligi

B) faqat kichkina sekinyurar hayvonlarning saqlanib qolishi

C) urug’ning birdamlikda ov qilishi

D) itlar bilan birga ov qilish

25. Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlar vujudga kela boshlagan paytda O’rto Osiyo janubida...

1) xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi; 2) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan fordalanish boshlandi; 3) sopol idishlar qushlar va o’simliklar tasviri bilan bezatila boshlandi; 4) chorvachilik asta-sekin dehqonchilkdan ajralib chiqa boshladi; 5) paxsa imoratlar qurila boshlandi; 6) urug’ jamoasi o’troq turmushga o’ta boshladi

A) 1,4,5,6 B) 1,3,5 C) 1,2,5,6 D) 1,2,3

26. O’rto Osiyoning qaysi qadimgi manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan?

A) Zamonbobo B) Sarazm

C) Sopollitepa D) Jarqo’ton

27. Mehnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanish natijasida eng avvalo...

A) dehqonchilik texnikasi rivojlandi

B) tosh qurollar iste’moldan chiqib ketdi

C) yuk tashish vositalari yuzaga keldi

D) lalmikor yerlar o’zlashtirildi

28. Katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib bergan omilni aniqlang.

A) ota urug’ining yuzaga kelishi va asosiy xo’jalik ishlariga erkaklarning jalb qilinishi

B) charxpalakning ixtiro qilinishi

C) temir uchli omochlar, temir boltalar va omochlarning paydo bo’lishi

D) qabila sardorlari va harbiylarning o’zaro yerlarni bo’lib olishi va xususiy mulkchilik

29. Okladnikov tomonidan topib o’rganilgan manzilgohni aniqlang.

A) Sherobod tumanidagi Sopollitepa

B) Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori

C) Panjikent yaqinidagi Sarazm

D) Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq manzilgohi

30. Quyidagi topilmalarning qaysi biri bronza davriga tegishli?

A) ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor

B) mamont suyaklaridan qurilgan uy-joy qoldiqlari

C) arxar shoxi bilan o’ralgan bola qabri

D) Zarautsoy darasiga qoya rasmlari

31. Qadimgi qaysi omil dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir o’tkazdi?

A) sug’orishning rivojlanashi

B) misning ixtiroqilinishi va toshning iste’moldan surib chiqarilishi

C) g’ildirakning ixtiro qilinishi

D) mehnat qurollarining temirdan yasalishi

32. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini qaysi voqea bilan belgilashadi?

A) mikrolitlarning yasalishi bilan

B) dehqonchilikning boshlanishi bilan

C) sopol idishlarning kash qilinishi bilan

D) to’quvchilikning kash etilishi bilan

33. O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi yozma manba...

A) “Avesto”

B) Behistun qoyalari bitiklari

C) Gerodotning “Tarix” asari

D) Strabonning “Geografiya” asari

34. Erondagi Kirmonshoh shahri yaqindagi joylashgan Behistun qoyalari bitiklari quyidagi qaysi tilda yozilgamagan?

A) elam B) qadimgi fors C) hind D) bobil

35. Mil.av. V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?

A) 3 B) 5 C) 7 D) 9

36. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari muallifi nechanchi asrda yashagan?

A) mil.av. I asr oxirlarida

B) mil.av. II asr oxiri – mil.av. I asr boshlari

C) milodiy I asr

D) milodiy II

37. O’zbekiston hududida mil.av. III va milodiy I asrlarga oid ko’plab tangalar topilgan, ulardagi yozuv va tasvirlarni tarixning qaysi bo’limi o’rganadi?

A) numizmatika B) epigrafika C) lingvistika

D) etnografiya

38. Pitekantrop odami Indoneziyaning qaysi orolidan topilgan?

A) Sumatra B) Borneo C) Yava D) Timor

39. Quyidagi odamlarning qaysi biri ilk paleolit davrida yashamagan?

A) pitekantrop B) neandertal

C) avstrolopitek D) sinantrop

40. Quyidagi manbalardan qaysi biri hindlarning qadimgi tarixi haqida hikoya qiladi?

A) “Bibliya” B) “Rigveda”

C) “Marhumlar kitobi” D) “Mug’ hujjatlari”

41. Keltirilgan voqealarning qaysi biri ilk paleolitning so’ngi davrida yuz berdi?

A) tabiiy olov kashf qilindi

B) ilk dafn tartiblari paydo bo’ldi

C) ilk diniy e’tiqod kurtaklari paydo bo’ldi

D) buyuk muzlik davri boshlandi

42. ... yil Teshiktosh g’oridan 3000 dan ziyod tosh qurollar topildi?

A) 1938 B) 1932 C) 1942 D) 1929

43. Ilk qoyatosh rasmlari topilgan Lasko g’ori qayerda joylashgan?

A) Ispaniya B) Boshqariston C) Kavkaz

D) Fransiya

44. Ilk dafn tartiblari O’zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Selung’ur g’oridan

B) Zarautsoy darasidan

C) Teshiktosh g’oridan

D) Zamonbobo manzilgohidan

45. O’zbekiston hududida bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan?

A) 1000 ga yaqin B) 100 dan ortiq

C) 100 ga yaqin D) 50 dan ziyod

46. Eneolit davriga kelib insonlar nima maqsadda kulolchilik xumdonlaridan foydalana boshladilar?

A) idishlarni pishirish

B) loyni bir necha kun asrash

C) uy ro’zg’or buyumlarini hashorotlardan himoya qilish

D) loy qorish

47. Mil.av. I ming yillik boshlarida O’rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo’lingan, bular...

A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar

B) zodagonlar, ruhoniylarm dehqonlar, qullar

C) savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar

D) kohinlar, jangchilar, savdogarlar, hunarmandlar

48. So’ngi paleolit odamlarning muhim ixtirosi...

A) sun’iy tarzda olovni hosil qilishdi

B) kesuvchi, arralovchi mehnat qurollarini kashf qildi

C) turar joylarni qurish kashf qilindi

D) urug’ jamoasiga o’tildi

49. O’rta Osiyoda topilgan eng qadimgi temir buyumlar...

A) mil.av. IX-VIII asrlarga tegishli

B) mil.av. VII-VI asrlarga tegishli

C) mil.av. VIII-VII asrlarga tegishli

D) mil.av. VI-IV asrlarga tegishli

50. Mezolit davriga tegishli bo’lgan manzilgohlarni toping.

A) Obishir, Machay, Zamonbobo, Seleng’ur

B) Zarautsoy, Sopollitepa, Sarazm, Qo’shilish

C) Qo’shilish, Obishir, Machay, Zarautsoy

D) Selung’ur, Machay, Namozgoh, Teshiktosh

51. Quyidagilardan O’zbekiston hududida neolit davriga tegishlisini aniqlang.

A) diniy e’tiqodlar kurtaklari vujudga kelgan

B) paxsa uylar qurish boshlandi

C) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi

D) xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi

52. Kulolchilik charxi va charxpalak qaysi davrda kashf qilingan?

A) neolit B) bronza C) ilk temir D) eneolit

53. Patriarxat davri ... dan boshlanadi.

A) mil.av. IV ming yillik

B) mil.av. I ming yillik

C) mil.av. II ming yillik

D) mil.av. III ming yillik

54. Mil.av. VI-V mingyillikda O’rta Osiyoning markaziy o’lkalardagi aholisi nima bilan shug’ullangan?

A) lalmi dehqonchilik

B) hunarmanfchilik va ziroatchilik

C) ovchilik va baliqchilik

D) sug’orma dehqonchilik

55. O’rta Osiyoda ilk ibodatxona qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Sopollitepa B) Jarqo’ton

C) Zamonbobo D) Nomozgoh

56. ... inson hayvoblarni qo’lga o’rgata boshladi.

A) neolit davri boshlarida

B) mezolit davri o’rtalarida

C) mezolit davri oxirlarida

D) mezolit davri boshlarida

57. So’ngi paleolit davri odami manzilgohlari O’zbekistonning qaysi viloyatlaridan topilgan?

A) Samarqand, Toshkent, Farg’ona

B) Surxandaryo, Xorazm, Qashqadaryo

C) Xorazm, Farg’ona, Surxandaryo

D) Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo

58. Eng qadimgi odam hisoblangan avstralopitek qayerdan topilgan?

A) Janubiy Afrikadan

B) Avstraliyadan

C) Sharqiy Afrikadan

D) Indoneziyadan

59. “Avesto” da keltirilgan O’rta Osiyo jamiyatining bosqichlarini ularning izohi bilan to’g’ri joylashtiring.

1) vis; 2) nmana; 3) varzana; 4) zantu; 5) dah’yu

a) qabila; b) urug’ jamoasi; c) patriarxal oila; d) hududiy qo’shnichilik jamoasi; e) qabilalar ittifoqi

A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e

B) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e

C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b

D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d

60. Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan?

A) Kavkazda B) Tog’li Oltoyda

C) Misrda D) Uralda

61. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisini aniqlang.

A) Ktesiy B) Arrian C) Strabon

D) Kvint Kursiy Ruf

62. Quyidagilardan qaysi biri so’ngi paleolitda sodir bo’lgan?

A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi

B) mikrolitlar yasay boshlandi

C) odamlarning urug’ jamoalarga ajralib chiqishi

D) to’quvchilikning kashf etilishi

63. Quyidagi qaysi davrda O’rta Osiyoda o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilgan?

A) paleolit davrida B) mezolit davrida

C) neolit davrida D) eneolit davrida

64. Qaysi davrdan boshlab kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishganlar?

A) mezolit davridan B) neolit davridan

C) eneolit davridan D) bronza davridan

65. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni toping.

A) Altamir, Lasko, Kapovaya

B) Kapovaya, Zarautsoy, Teshiktosh

C) Lasko, Yava, Olduvay

D) Olduvay, Kapovaya, Lasko

66. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda ...

A) fetishizm deb taladi

B) animizm nomini olgan

C) totemizm deb ataladi

D) sehrgarlik deb ataladi

67. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan?

A) Sarazm B) Namozgoh

C) Zamonbobo D) Oltintepa

68. Bronza davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan?

A) Sarazmdan B) Zamonbobodan

C) Namozgohdan D) Sopollitepadan

69. Jarqo’ton manzilgohi rejasida...

A) shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanadi

B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi

C) yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi

D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko’zga tashlanadi

70. Kavkazdagi Maykop qo’rg’oni yodgorligi qanday topilmalari bilan mashhur bo’lgan?

A) misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

B) temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

C) g’ordagi devoriy suratlari bilan

D) tilladan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

71. O’rta Osiyo hududidan topilgan Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor nechanchi mingyillikka oid?

A) mil.av. 2ming yillik

B) mil.av. 1 ming yillik

C) mil.av. 3 ming yillik

D) mil.av. 4 ming yillik

72. Quyidagi allomalarning yashagan yillariga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.

1) Gerodot; 2) Sim Syan; 3) Strabon; 4) Arrian; 5) Kvint Kursiy ruf; 6) Polien

A) 1,6,2,3,5,4 B) 1,2,4,3,6,5

C) 2,1,6,3,5,4 D) 1,2,3,6,5,4

73. Temirdan birinchi marta kimlar foydalangan?

A) xunlar B) xettlar C) ossuriyaliklar

D) misrliklar

74. Zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari O’zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Sarazm B) Zamonbobo

C) Namozgoh D) Sopillitepa

75. Odam evolutsiyasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A) zinjantrop – avstralopitek – pitekantrop – sinantrop – neandrtal – kramanyon

B) avstralopitek – zinjantrop – pitekantrop – sinantrop – neandrtal – kramanyon

C) avsrtalopitek – zinjantrop – pitekantrop – neandertal – sinantrop – kramanyon

D) zinjantrop – pitekantrop – avstralopitek – sinantrop – neandertal – kramanyon

76. Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi vodiysidan topilgan qadimgi aholi manzilgohini aniqlang.

A) Obishir

B) Qo'shilish

C) Ko'lbuloq

D) Shoshtepa

77. Qaysi asarda o’lkamizning qadimgi aholisi to’g’risida batafsil ma’limot berilgan?

A) “Geografiya” B) “Buyuk Aleksandr tarixi”

C) “Tarix” D) “Aleksandrning harbiy yurishlari”

78. Ilk paleolitning so'ngi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undagan edi?

A) Buyuk muzlashning boshlanishi

B) misning kashf etilishi

C) Buyuk muzlikning chekinishi

D) ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi

79. Mil.avv. III-II ming yilliklarda ...

A) O'zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o'rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan

B) Hisor va Sarazm kabi qadimgi madaniyatlarning gullab-yashnagan davri bo'ldi

C) Andronov madaniyati qabilalarining Kichik Osiyoning keng hududlariga migratsiyasi boshlangan

D) Orol bo'yi qabilalari Sirdaryoning yuqori oqimi boylab harakatlanib, bu hududlarda yirik qal’alarga asos solganlar

80. Qaysi davrga kelib O'rta Osiyoning janubida sug'orma dehqonchilik vujudga keldi.

A) mil. av. I ming yillikda

B) mil. av. II ming yillikda

C) mil. av. Ill ming yillikda

D) mil. av. IV ming yillikda

81. O'rta paleolit davri sanasi to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini aniqlang.

A) 1 million —100 ming yilliklar

B) 100-40 ming yilliklar

C) 40-12 ming yilliklar

D) 17-7 ming yilliklar

82. Quyidagi manzilgohlardan qaysi birining uch qator mudofaa devori bo'lib, devorning qalinligi ikki metrga boradi?

A) Ko’zaliqir B) Jarqo’ton C) Qiziltepa D) Sopollitepa

83. O'zbekiston tarixi bo'yicha eng qadimgi yozma manbalar ketma-ketligi to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang.

A) "Avesto", shumer yozuvlari, Gerodotning "Tarix" asari, Behustun yozuvlari

B) Ramayana, "Avesto", Yunon-rim manbalari, Persopol yozuvlari

C) "Avesto", Behustun yozuvlari, Gerodotning "Tarix" asari, Yunon-rim manbalari

D) "Avesto", Yunon-rim manbalari, Xitoy solnomalari

84. Buyuk muzlik davri qachon o'z poyoniga yetdi?

A) mezolit davri boshlanishi bilan B) so’nggi paleolitda

C) mezolitning oxiri, neolitning boshlarida D) neolit davrida

85. Diniy e'tiqodlar kurtaklari va marhumlar ko'milgan eng qadimgi qabrlar insoniyat tarixining qaysi davrida vujudga kelgan?

A) ilk paleolitda B) o'rta paleolitda C) yuqori paleolitda D) so'nggi paleolitda

86. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan?

A) ilk paleolit B) o'rta paleolit C) so'nggi paleolit D) mezolit

87. Sopollitepa manzilgohiga ... darvozadan kirilgan.

A) to'rtta B) ikkita C) bitta D) uchta

88. Quyidagi manzilgoh va ular joylashgan hudud to'g'ri ko'rsatilgan variantni aniqlang.

1) Iyerixon; 2) Sarazm; 3) Namozgoh; 4) Zamonbobo; 5) Jarqo'ton

a) Surxondaryo; b) Buxoro; c) Turkmaniston; d) Tojikiston; e) Falastin

A) 1-е; 2-d; 3-c; 4-b; 5-a

B) 1-d; 2-е; 3-b; 4-a; 5-e

C) 1-е; 2-d 3-е; 4-a; 5-b

D) 1-е; 2-d; 3-b; 4-c; 5-a

89. Mezolit davrining oxirida Old Osiyoda ...

A) metall qurollar kashf etilib, dehqonchilikka oltish boshlandi

B) ibtidoiy omochli-ziroatchilik va ibtidoiy chorvachilik vujudga keldi

C) xo'jalikning mubim tarmog'i hisoblangan kulolchilik pay do bo'ldi

D) o'troqlashuv jarayonlari yanada kucbaya boshladi

90. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang.

A) metall qurollarning kashf etilishi

B) kulolchihk charxining paydo bo'hshi

C) yog'och va toshga isblov berishning paydo bo’lishi

D) o'troq turmush tarziga o'tilishi

91. Qadimgi odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollarini qachon yasaydigan bo'lishgan?

A) taxminan 40-50 ming yil muqaddam

B) bundan 10-15 ming yil ilgari

C) taxminan 25-30 ming yil muqaddam

D) o'rta paleolit davrida

92. Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyoti bosqichlari to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini aniqlang.

1) urug' jamoasi; 2) urug'; 3) qabilalar ittifoqi; 4) hududiy qo'shnichilik jamoasi; 5) qabila; 6) davlat.

A) 2, 1, 5, 4, 3, 6 B) 2, 1, 4, 5, 3, 6

C) 2, 1, 3, 5, 4, 6 D) 2, 1, 3, 4, 5, 6

93. So'nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosini aniqlang.

1) turarjoy qurilishi, sun'iy olov;

2) ancha takomillashgan kesuvchi, mehnat qurollari;

3) o'q-yoy, hayvonlarni qo'lga o'rgatish;

4) kulolchilik, parmalovchi mehnat qurollari;

5) munchoq, tumorlar va uzuklar yasash.

A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1,4,5

94. Eneolit davridan boshlab O'rta Osiyoda ...

1) sug'orma dehqonchilik vujudga keldi;

2) xom g'ishtdan keng foydalana boshlandi;

3) kulolchilik charxi va g'ildirak kashf etildi;

4) Jarqo'ton manzilgohi yuksak taraqqiyotga erishdi;

5) kulolchilik xumdonlaridan keng foydalana boshlandi;

6) sopol idishlar sirti naqshlar bilan bezatiladigan bo'ldi.

A) 1,2,4,5 B) 3,4,5,6 C) 1,2,5,6 D) 2,3,4,5

95. Boshqarisdistonning Kapova g’oridan qanday mazmundagi topilmalar topilgan?

A) qoyatosh rasmlari

B) inson suyaklari

C) mehnat qurollari

D) toshdan yasalgan zeb-ziynatlar

96. Bundan 4-5 ming yil ilgari O‘rta Osiyo aholisi ...

A) Hindiston, Eron va Old Osiyo o‘lkalari bilan madaniy munosabatda bo‘lgan.

B) Hindiston, Eron va Old Osiyo o‘lkalariga harbiy harakatlar qilgan.

C) Zardushtiylik diniga e'tiqod qilishni boshlagan.

D) to‘rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar.

97. Qadimgi bitiklarni … fani o’rganadi.

A) antropologiya B) epigrafika

C) arxeologiya D) lingvistika

98. O’zbekiston janubidagi bronza davriga tegishli dehqonchilik manzilgohi berilgan qatorni aniqlng.

A) Sopollitepa B) Zamonbobo

C) Obisher D) Zarautsoy

99. Ibtidoiy jamoa tuzumini ketma-ket davrlashtiring.

A)Paleolit, mezolit, neolit, eneolit

B) Paleolit, neolit, bronza, eneolit

C) mezolit, bronza, eneolit, paleolit

D) Neolit, mezolit, bronza, eneolit

100. Quyidagilardan bronza davriga tegishlisini toping?

A) kо’p xonali uylar qurila boshlandi

B) О’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik paydo bо’ldi

C) harakatlanish vositalari vujudga keldi


Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish