A) 1, 4, 5, 7, 11 B) 1, 3, 4, 5, 6
C) 3, 4, 7, 10, 11 D) 1, 3, 5, 7, 8, 9, 11, 12
90. Kimlar Iso payg’ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o’lim jazosiga mahkum etgan?
A) yahudiy ruhoniylari
B) Rim imperiyasi amaldori
C) o’zining shogirdlari
D) Quddus cherkovi monaxlari
91. Qadimgi Rimda siyosiy arbob bo’lishni istagan har bir kishi qaysi sohani egallashi kerak edi?
A) grammatika B) falsafa C) ritorika D) tarix
92. Qadimgi Rimda qaysi tilni o’rganishga alohida e’tibor berilgan?
A) yunon B) lotin C) sanskrit D) qadimgi Misr
93. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan nimasi bilan farq qilgan?
A) imoratlar balandligi va ulkanligi bilan
B) rim imoratlarida ustunlar kam qo’llanilgan
C) rim imoratlari odatda haykallar bilan bezatilgan
D) rim imoratlari rang-barangligi va mushtahamligi bilan
94. Qadimgi rimliklar quyifagi qaysi qurilish materialini ixtiro qilishgan?
A) beton B) asfalt C) oyna D) marmar
95. 30 yoshida Iesus (Iso) sahroda yashovchi voiz Cho’qintiruvchi Ioann qo’lida qaysi daryoda cho’qintiriladi?
A) Nil B) Akaba C) Iordan D) Dajla
96. Rivoyatlarda aytilishicha, Yer yuzidagi ilk inson – Odam ato qayerda dafn etilgan?
A) Nazaret shahrida B) Iordan daryosi bo’yida
C) Golgof tog’ida D) Gissarlik tepasida
97. Iso payg’ambar shogirdlari nima deb nomlanadi?
A) episkoplar B) monaxlar C) iezutlar
D) apostollar
98. Zarautkamar daralarida …
A) O’zbekistonda ilk ibodatxona topilib o’rganilgan
B) ilk paleolit odamlari manzilgohlari saqlanib qolgan
C) qadimgi rassomlar yovvoyi ho’kizlarni ovlash tasvirini chizganlar
D) O’zbekistonda ilk ziroatchilar manzilgohi bo’lgan
99. Zarautkamar daralari yana qanday nom bilan ataladi?
A) Oltin Olov B) Sarmishsoy C) Zamonbobo
D) Tillakamar
100. Mil.av. II asrning o’rtalarida …
A) Rim va Karfagen o’rtasida Puni urushi boshlandi
B) uchinchi Puni urushi boshlandi
C) Trayan daklar ustiga yurish qildi
D) Rim imperiyasining qudrati zaiflasha boshladi
101. Rim-Karfagen o’rtasida Zama jangi bo’lganidan 300 yil otib …
A) Oktavian Avgust vafot etdi
B) Yuliy Sezar hukmronligi tugadi
C) Kaligula hukmronligi boshlandi
D) Trayan imperiya taxtiga o’tirdi
102. Qadimgi Rimda kimlar hech bir saylovlarsiz senator bo’la olar edi?
A) urush davrida alohida jasorat ko’rsatganlar
B) sobiq imperatorlar
C) sobiq konsullar
D) imperatorning qarindoshlari
103. Mil.av. VIII asrda Rimda 12 ta shahar-davlat tuzgan qabilani aniqlang.
A) samniy B) sabiniy C) etrusk D) lotin
104. Qadimgi Rimda mayda yer ijarachilari nima deb nomlangan?
A) kolon B) italik C) furiya D) zakupchi
105. Spartak qo’zg’aloni bostirilgach, 6 mingdan ziyod askar asir olingan qullar qaysi shaharlar oralig’idagi yo’l bo’ylab xochlarga tortilgan edi?
A) Rim – Karfagen B) Kapuya – Frakiya
C) Sirakuza – Aitsiliya D) Rim – Kapuya
106. Qadimgi rimliklar nima sababdan o’z provinsiyalarida “bo’lib tashlab, hukmronlik qil” tamoyili asosida siyosat olib borgan?
A) qo’zg’alonlarni shafqatsizlik bilan bostirish
B) provinsiyalarning boyliklarini o’zlashtirish va prokonsullar vakolatini oshirish
C) provinsiyalarning Rimga qarshi birlashmasligini ta’minlash
D) har bir provinsiyaga alohida-alohida bir-birini tushunmaydigan tilda so’zlashuvchi aholini joylashtirish
107. Mil.av. III asr o’rtalariga kelib Rim sarkardalari …
A) mamlakat shimolidan tashqari butun Italiyani zabt etdilar
B) Yunoniston kaloniyalariga qarshi urush boshladi
C) O’rtayer dengizida hukmronlikni o’rnatish ishini yakunladilar
D) mamlakat shimolini bosib olib, Apennin yarim orolini birlashtirdilar
108. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar …
A) ipak matolari edi B) qullar edi
C) qurol-aslahalar edi D) uchqur otlar edi
109. Rim respublikasida Xalq tribunalari qay holatda shu lavozimni egallar edi?
A) ikki konsul tomonidan tayinlangan
B) senatorlar tomonidan oshkora ovoz berish yo’li bilan saylangan
C) senatorlar tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylangan
D) barcha fuqarolar tomonidan teng va yashirin ovoz berish yo’li bilan saylangan
110. Lotinchadan tarjima qilinganda “senat” …
A) “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatagan
B) “oqsoqollar hokimiyati” ma’nosini anglatagan
C) “umumiy ish” ma’nosini anglatgan
D) “erkin kishi” ma’nosini anglatgan
111. Apennin yarim orolida yashagan italiklar kelib chiqishi borasida qaysi xalqlarga yaqin bo’lgan?
A) misrliklar B) xettlar C) yunonlar D) kassitlar
112. Apennin yarim oroliga ko’chib kelgan etrusklar mamlakatning qaysi qismiga joylasha oldilar?
A) markaziy B) g’arbiy C) sharqiy D) janubiy
113. Qadimgi Rimda qaysi lavozim egasi hokimyatda olti oydan ortiq tura olmagan?
A) senator B) Xalq tribuni C) konsul
D) diktator
114. Qadimgi Rimda senator qo’riqchilari yelkalariga o’rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog’lama taqib yurishlari nimaning alomati sifatida qaralgan?
A) senatorga sodiqlik alomati
B) jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati
C) davlatga sodiq bo’lishga qasamyod alomati
D) bu bog’lama senat ixtiyoridagi 12 ta shaharning ramzi bo’lgan
115. Qadimgi Rimda tuzilgan 12 jadval qonuniga ko’ra …
1) plebeylar patritsiylar qaramog’iga tushib qoldi; 2) xususiy mulk daxlsiz deb e’lon qilindi; 3) barcha yerlar Senat ixtiyorida ekanligi ta’kidlandi; 4) plebeylar patritsiylar zo’ravonligidan xalos bo’ldi
A) 1,2 B) 2,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3
116. Qadimgi Rimning qaysi xudosi qo’lida rul bilan, ba’zan esa shar bilan birga tasvirlangan?
A) Fortuna B) Diana C) Venera D) Vesta
117. “Nekropol” tarixiy atamasi qanday ma’noni anglatadi?
A) maqbara B) hukmdor saroyi C) ibodatxona
D) shahar maydoni
118. Qadimgi dunyoning hosildorlik xudolarini to’g’ri ko’rsatilgan javobini aniqlang.
A) Artimeda, Osiris, Ea
B) Apis, Ishtar, Demetra
C) Ishtar, Ganisha, Demetra
D) Indra, Xatxor, Xapi
119. Qadimgi dunyoning urush xudolari keltirilgan javobni aniqlang.
A) Mars, Shiva, Nika B) Yupiter, Zevs, Ares
C) Mars, Ishtar, Ares D) Amon, Nika, Femida
120. Qadimgi dunyoning adliya va adolat xudolari keltirilgan javobni aniqlang.
1) Nika; 2) Maat; 3) Femida; 4) Shiva; 5) Amon-Ra; 6) Yustitsiya; 7) Indra; 8) Ares
A) 1,2,3,4 B) 2,4,6 C) 3,5,6,8 D) 2,3,6
121. Quyidagi qaysi qadimgi xalqlar pishiq metal taxtachalardan tiklangan uzun qamal ko’tarma minoralar yordamida baland devorlardan oshib o’tishgan?
A) rimliklar B) ossuriyaliklar C) xettlar
D) gotlar
122. Quyidagi qaysi qadimgi xalqlar janglarda jangovor arava va qoq o’rtasida temir uchlik o’rnatilgan qalqaonlardan foydalanishgan?
A) rimliklar B) ossuriyaliklar C) xettlar
D) xunnlar
123. Quyidagi qaysi qadimgi davlat armiyasida “toshbaqa” deb nomlangan himoya taktikasi mavjud bo’lgan?
A) Qadimgi Misr B) Qadimgi Yunoniston
C) Qadimgi Rim D) Qadimgi Ossuriya
124. Rivoyatlarga qaraganda, qaysi hukmdor jang oldidan xristianlik ramzini o’z askarlari qalqonlariga chizishga buyruq bergan va jangda g’alaba qozongan?
A) Pontiy Pilat B) Feodosiy C) Konstantin
D) Trayan
125. Qaysi Rim imperatori buyrug’i bilan Vizantiy shahridagi barcha eski binolar buzib tashlangan?
A) Oktavian B) Feodosiy C) Trayan
D) Konstantin
126. Qadimgi Rimda Furiyalar – bu …
A) qasos va intiqom ilohalari
B) taqdir ilohalari
C) fol uchuvchi kohinlar
D) diniy marosim o’tkazishni nazorat qiluvchilar
127. Qadimgi Rimni larzaga solgan qo’zg’alon boshlig’i Spartak nima sababdan qul qilinib, gladiatorlik maktabiga sotib yuboriladi?
A) u rimliklarning dushmani – frakiyalik yunon bo’lganligi sababli
B) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi sababli
C) Rimning maxfiy sirlarini yunon koloniyalariga sotganligi uchun
D) gladiatorlar jangidan bosh tortganligi uchun
128. Kapuyadagi gladiatorlar maktabidan qochgan Spartak boshchiligidagi qo’zg’alonchilar nima sababdan Vezuviy tog’idagi cho’qqiga chiqib yashirindilar?
A) Vezuviy tog’ida ularga qo’shilishi mumkin bo’lgan 200 nafar qullar bor edi
B) mamlakatning barcha joylaridan keladigan qullar uchun qulay joy bo’lganligi uchun
C) shaharga yashirinishning imkoniyati bo’lmaganligi tufayli
D) Vezuviy tog’i Rimdan ancha olisda bo’lganligi sababli
129. Gomerning “Iliada” dostonida yunonlarni nima deb ataydi?
A) ilionlar B) diadohlar C) argonavtlar
D) danaylar
130. Quyidagi qaysi tadbir xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi?
A) Rim imperiyasining ikki qismga bo’linishi
B) Iso Cho’qintiruvchi Ioann qo’lida cho’qintirilganidan keyin
C) Iso Masih jasadi 3 kundan so’ng joyida yo’qligi va me’rojga kotarilishi
D) imperator Konstantinning xristianlikni boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |