1. Psixologik maslahat haqida tushuncha Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi. Psixologik maslahat fanining predmeti



Download 160,5 Kb.
bet2/9
Sana11.04.2022
Hajmi160,5 Kb.
#544482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ibrohimova Mamura

Psixologik maslahat haqida nizom.
Kollejlardagi va akadeaik listeylardagi psixologik maslahat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu maslahatning zaruriyligi kollej va akademik listey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’kuvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik maslahat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrekstiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik maslahat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik maslahat uch asosiy bo’g’indan tuzilgan:
1) Aniq o’kuv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi,
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik maslahat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik maslahat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa maslahat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik maslahatning maqsadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Psixologik maslahatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik maslahatning mazmuni: a)psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorrekstiya, d) psixologik maslahat.
Psixologik maslahat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi.
Psixologik maslahat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg’ ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish,
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar/, d) psixologik maslahat berish, e) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorrekstion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar.
Psixologik maslahat xaqida Nizom 6 bo’limdan iborat. Ular:

  1. Umumiy qoidalar.

2.Psixoprofilaktik ishlar.
3.Psixodiagnostik ishlar
4.Rivojlantiruvchi va korrekstion ishlar.
5.Psixologning maslahat berish ishlari.

  1. Psixologik maslahat xodimlarning mas’uliyati aks etgan.

Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan.


1. Psixologik maslahat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

  1. Psixologik maslahat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.

  2. Psixologik maslahat mutaxassislari o’z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik maslahat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga etmagan o’smirlar inspekstiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish, jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.

Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. O’quvchilar soni 500 gacha bo’lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bog’chalarda har 2 bog’chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq.
Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorrekstion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo’yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari Odamlar o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha muammolar psixologik maslahat o'tkazish amaliyotida juda ko'p uchraydi va mijoz ular borasida to'g'ridan to'g'ri gapirmasa ham, shaxsiy mazmundagi boshqa muammolardan shikoyat qilganida, bu aslida unda shaxslararo munosabatlar bo'yicha uning muammosi yo'qligini anglatmaydi. Hayotda esa ko'p hollarda buning aksi bo'lib chiqadi: agarda mijozni shaxslararo munosabatlar bo'yicha mavjud holati tashvishlantirsa, shunday holatda har doim unda o'z xarakteriga taalluqii shaxsiy mazmundagi muammosini ham aniqlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, bu ikkala muammoni amaliy hal etish usullari ko'p jihatdan bir-biriga o'xshashdir. Shunga qaramay, bu muammolarni alohida ко'rib chiqish kerak, chunki ular har doim shaxsiy mazmundagi muammoga qaraganda, birmuncha boshqacharoq hal qilinadi. Shu odamning boshqa odamlar bilan munosabatlarini boshqarish yo'li bilan hal etiladi. Bundan farqli ravishda o'z shaxsiy muammosini har doim odam individual va boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilmay ham hal etishi mumkin. Bundan tashqari shaxsiy va shaxslararo mazmundagi muammolarni hal etish usullarida katta farq mavjud. Agarda shaxsiy muammolar odatda odamning ichki dunyosini tubdan o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'lsa, shaxslararo muammolar — atrofdagi insonlar bilan bog'liq insonning asosan, xulqi tashqi shakllarini o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'ladi. Odamning atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlariga tegishli psixologik muammolar xususiyati bo'yicha turlicha bo'lishi mumkin. Ular atrofdagilar bilan odamning shaxsiy va amaliy o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, unga yaqin va ancha uzoq bo'lgan, masalan, qarindoshlari hamda begonalar bilan o'zaro munosabatlariga taalluqii bo'lishi mumkin. Bu muammo yaqqol ifodalangan yosh farqiga ham ega bo'lishi mumkin. Masalan, mijozning tengdoshlari yoki boshqa avlod, ancha yosh yoinki o'zidan ancha katta yoshli odamlar bilan o'zaro munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin. Shaxslararo munosabatlar muammolari turli jinsli odamlarga ham taalluqli bo'lishi mumkin. Aytib o'tilgan muammolarning ko'p jihatliligi odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning murakkabligini ko'rsatadi. Bu muammolarning ko'pchiligini bu yerda biz alohida muhokama qilsak ham, biroq bu muammolar hayotda bir-biriga bog'liqligini va ko'pchilik hollarda kompleks hal etilishi zarurligini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda odatiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi, ba'zi umumiy sabablari mavjud. Bu sabablarni muhokama qilib, biz keyinchalik ularga qayimaymiz va keyinchalik faqat matndagi kerakli joylariga ilovalar bilan cheklanamiz. Biroq odamlar o'zaro munosabatlari alohida turlariga xos bo'lgan xususiy, o'ziga xos qiyinchiliklar sabablari ham mavjud. Mana shular to'g'risida ma'lumotlar berib o'tamiz.



Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish