Manaviyat-insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir



Download 27,85 Mb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi27,85 Mb.
#759874
  1   2   3   4
Bog'liq
MMIBDO\' yillik hisobot 2019-2020


Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 47-umumtalim maktabning MMIBDO‘
Zufarova Dilnavoz Abdullayevnaning 2021-2022 o‘quv yili
davomida amalga oshirilgan ishlar
HISOBOTI.
MANAVIYAT-INSONNING, XALQNING, JAMIYATNING DAVLATNING KUCH-QUDRATIDIR”!
MANAVIYAT-OLIY QADRIYAT”!
ENG KATTA BOYLIK-BU MA'NAVIY BOYLIK”!
MANAVIYAT-ENG TASIRCHAN VA QUDRATLI QUROLIMIZ”!
MANAVIYAT-OILADAN BOSHLANADI”!
‘’MILLIY QADRIYATLAR- MANAVIYATGA ETAKLAYDI”!

2021-2022 O‘QUV YILINING I va II-CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARI TO‘G‘RISIDA
MA'LUMOT.
Maktabda MA'NAVIY- MA'RIFIY ishlar O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2019 yil 29-avgustdagi 282-sonli buyrug‘iga 1-ilova qilingan Umumiy o‘rta talim muassasasining MA'NAVIY-MA'RIFIY ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida MUVAQQAT NIZOM tavsiyasiga asosan yuritilib kelinmoqda.Nizomga muvofiq MA'NAVIY-MA'RIFIY ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish yuritish nomenklatura (yig‘ma jild papkalari) xujjatlari kuyidagicha belgilanib:
1.Yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar to‘plami.
2. Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar to‘plami.
3.”Oila-mahalla-talim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi faoliyatiga doir xujjatlar to‘plami.
4. “Milliy gog‘ va manaviyat asoslari turkumiga kiradigan fanlar,tarbiyaviy soatlar o‘qitilishiga hamda sinf rahbarlarning uslubiy birlashmasi faoliyatiga doir xujjatlar to‘plami.
5.”O‘quvchilar davomatiga oid xujjatlar” to‘plami.
6. Yil nomlanishi va yoshlar siyosatiga oid davlat dasturlari ijrosiga doir xujjatlar” to‘plami.
7. “O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,to‘garaklar faoliyati va tatil kunlariga doir xujjatlar” to‘plami.

MMIBDO‘ning 7-ta nomenklatura xujjatlari rasmiylashtirildi. MMIBDO‘larning 2021-2022 o‘quv yili uchun namunaviy ish rejasi tuzildi va tasdiqlandi. Reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Kattaqo‘rg‘on shahar XTB ning “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Talimi Vazirining 2019 yil 11 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustakilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik kurish va uni utkazish tugrisida gi 231-sonli xamda viloyat xalk talimi boshkarmasining 2019 yil 19 iyuldagi 122-sonli buyruklari hamda shahar XTB ning 20.07.2019 yil 103 sonli buyrug‘ining mazmun –mohiyati o‘rganib chiqildi va maktabning 22 .06.2019 yil “O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 28-yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 42-sonli buyrug‘i chiqarildi, tadbirni o‘tkazish chora-tadbirlar rejasi va Tarmoq Dasturi tuzildi. Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlab, shior maktab peshtoqiga ilindi. Barcha sinf xonalarda”Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l-Omon” shiori ostida burchaklar tashkil qilindi. Davlat ramzlariga hurmat etibor qaratilib, sinf xonalardagi o‘quv partalari bayroqchalar, sharlar bilan bezatildi. 4-sentyabr kuni “Jonajon O‘zbekistonim mango‘ bo‘l-Omon” shiorida tantanali saflanish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimiyatidan B.Axmadov.XTB vakili B.Tilyaev Kattaqo‘rg‘on shahar “CHinobod”MFY raisi S.Umarov, shahar IIB XPB IIO TP profilaktika inspektori katta leytenant O.Boboev, shahar IIB JTSB N.Abzaliev, shahar IIB Q.B.SH. Safarov,SHahar YOXB S.Xalilov, 4-nafar maktab o‘qituvchilari, 02855 harbiy qism zobitlari, homiylar, sobiq o‘quvchilar, 121 nafar Ota-onalar, 59-nafar 1-sinf o‘quvchilari, 18-nafar sinf rahbarlar, 38-nafar o‘qituvchilar, 471-nafar o‘quvchilar, Xalq qabulxona rahbari H.SHodievalar ishtirok etishdi. Maktabga ilk qadam qo‘ygan jajji birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etildi. 2018-2019 o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan. Talim sifat-samaradorligini oshirish uchun o‘z hissasini qo‘shgan pedagoglar, Kuzatuv kengash raisi D.Hasanova, homiy ota A.Qalqonov,”Do‘stlik”MFY raisi B.Sunnatov, IIB profilaktika inspektori O.Boboevga hamda texnik xodimlarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. O‘quv mashg‘ulotlari Mustaqillik darsi bilan boshlandi. Maktabninig MMIBDO‘ F.T.Tojieva tomonidan “RANGLAR JILOSIDA-ONA DIYOR” mavzusida slayd asosida mustaqillik darsi 9 “B”-sinfga o‘tkazildi. O‘qituvchilar tomonidan Mustaqillik darsi AKTdan foydalangan holda ko‘rgazmalar asosida o‘tkazildi. Maktab bo‘yicha 18-nafar sinf bo‘lib, 1”B”-sinfga Malika Alimkulova, 4”A”-sinfga M.Eshmurodova, 5”A”-sinfga F.Xujaqulova, 6”A”-sinfga V.Qahharova, 7”A”-sinfga G.Olimova, 11”B”-sinfga Z.Umarovalar sinf rahbar etib tayinlandi. KUZATUV KENGASHIning 2021-2022 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Ish rejasi “CHinobod”MFY bilan hamkorlikda (03.09.2019) tuzildi. Maktab bo‘yicha OTA-ONAlar Qo‘mita raislari(18-nafar) ro‘yxatga olindi. (03.09.2019). ”Maktabda “O‘quvchi REYDI”ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 07.09.2019 6-sonli buyrug‘i chiqarildi. 2021-2022 o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan MA'NAVIY-MA'RIFIY tadbirlar jadvali chiqarildi (07.09.2019). Ertalabki saflanish “Talim muassasaslarida “ERTALABKI SAFLANISH”ni tashkil etish bo‘yicha berilgan tavsiyaga asosan har dushanba kuni o‘tkazilib kelindi. (09.09-16.09-23.09-30.09) “Maktabda “O‘quvchilar davomatini nazorat qilish hamda masullar tayinlash to‘g‘risida” 7-sonli ( 09.09.2019) buyrug‘i chiqarildi. Maktab bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida ”Diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, millatlararo totuvlikni saqlash, Ijtimoiy-MA'NAVIY muhit barqarorligini taminlash” maqsadida shahar hokimiyati, Nuroniylar jamg‘armasi raisi SH.Turdiev, shahardagi masjidlar imom xotiblari S.Ruziev hamda “CHinobod”, ”Do‘stlik” MFYraislari, Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shaxar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari xamda O‘zbekiston YOshlar Ittifoqi shahar kengashi raisi bilan davra suhbatlarini o‘tkazish jadvali (09.09.2019) tuzildi.
Payshanba kunlari (12.09,14.09,19.09.26.09,02.10.03.10,10.10,17.10,24.09,31.10)Profilaktika kuni o‘tkazilib, ”Voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik,diniy ekstremizmva terrorizmga qarshi kurashish”, ”Giyohvandlikga qarshikurashish”, ”O‘tkir tig‘li jismlardan foydalanmaslik hamda ularning salbiyoqibatlari “Tungi paytlarda bemaqsad yurmaslik”, ”Diniy vaziyatnisog‘lomlashtirish, millatlararo totuvlik, ijtimoiy MA'NAVIYmuhitni barqarorligini taminlash “, ”Odam savdosiga qarshi kurashish”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizomning ijrosini taminlash maqsadida 5-11 sinf o‘quvchilari bilan suhbatlar maktab direktori M.Jabborov, profilaktika inspektori O.Boboev, CHQBT fani rahbari Z.Irnazarov, maktab psixologlari F.Ro‘ziev, S.Rahmonova, ”CHinobod” MFY prfilaktika inspektor yordamchisi B.Rahimovlar hamkorligida yig‘ilishlar o‘tkazildi. 19-sentyabr kuni Maktab direktori M.Jabborov rahbarligida maktabning 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan Voyaga etmaganlar o‘rtasida” “Jinoyatchilik diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish,” ”O‘quvchilar davomatini yuqori ko‘rsatgichlarga ko‘tarish”, ”Darsdan qochib ketishning oldini olish” mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 20.09.2019 kuni maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi ”Diniy MA'RIFIY soha faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4436 –sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish maktab rahbari M.Jabborov raisligida o‘tkazildi. Yig‘ilishga shahar IIB masul xodimi M.Hamraev, ”Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi masul xodimi Z.YUzboeva, YOshlar ittifoqi shahar kengashi masul xodimi D.Eshpo‘latov, mutaxassis M.Amanova shahar ishchi guruhidan 4-kishi, 26-nafar o‘qituvchilar, va 10-11 sinf o‘quvchilaridan 81-nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi. 25-sentyabrda“CHinobod”MFY raisi S.Umarov,“Jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni oldini olish” mavzusida 8-11-sinflar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 27.09.2019 kun holatiga ko‘ra 12-nafar o‘quvchi maktab ichki nazoratiga ro‘yxatga olindi. Jami bo‘lib 17 nafar o‘quvchilar maktab ichki ro‘yxatiga olingan. Notinch oila farzandlari 3-kishini tashkil etadi, ular; 3”B”-sinf o‘quvchilari A.Erkinov, D.Yo‘ldoshev. 11”A” sinf o‘quvchisi N.Qurbonova, Maktab bo‘yicha o‘quvchilarning oilaviy sharoiti o‘rganilganda YArim etimlar soni 13-kishini tashkil etdi. DEO va maxsus hisobdan chiqarilgan Ota-onalar farzandlari 8”A”-sinf o‘quvchisi M.Hasanov, 10”B”-sinf o‘quvchisi X.Hasanovlar misol bo‘la oladi. Maktabda TO‘GARAKLAR faoliyat ko‘rsatib kelinmoqda fan o‘qituvchilarining yillik ish rejasi, to‘garak jurnali, dars ishlanmasi mavjud va tasdiqlangan. Fan va Sport to‘garaklari jadvali (07.09) chiqarilgan. Jadval asosida 33 ta to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. SHundan sport to‘garaklari 4 ta unga 80-nafar o‘qvchilar jalb qilingan. Fan to‘garagiga 445-nafar, ”YOsh kitobxonlar” to‘garagiga 20-nafar, ”Zulfiyaxonim izdoshlari” to‘garagiga 15- nafar o‘quvchilar jalb qilingan. 10-Sentyabrdan 10-Oktyabrgacha “MAJBURIY TALIMNI TAMINLASH” oyligi deb elon qilindi. Oylikning maqsadi bilan Ota-onalar, amaliyotchi psixologlar, Profilaktika inspektori, MFY raisi bilan hamkorlikda talimga jalb etilmagan o‘quvchilarni aniqlash, farzandini talimga jalb etilishiga qarshilik ko‘rsatayotgan ota-onalar to‘g‘risidagi MA'LUMOTlarni profilaktika inspektoriga berish va ular bilan targ‘ibot ishlarini olib borish to‘g‘risida ekanligi bilan barcha sinf rahbarlarga MA'LUMOT berildi. Maktabda “O‘quvchilarning davomati”, ”O‘quvchilarni majburiy talimga jalb qilish “, ”Maktabda Odob-axloq qoidalariga rioya qilish”, ”Vazirlar mahkamasining 175-sonli qarorini ijrosi” to‘g‘risida sinf rahbarlar va fan o‘qituvchilari bilan yig‘ilish (26.09.2019) bo‘lib o‘tdi. Haftaning juma kunlari Manaviyat soatlari o‘tkazilib kelinmoqda. 18-nafar Sinf rahbarlar O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 2019 yil 29-avgustdagi 282- sonli buyrug‘iga ilova qilingan Umumiy o‘rta talim muassassasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida MUVAQQAT NIZOM asosida faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilar davomati har kuni 1 va 6 soatlarda nazorat qilinib ro‘yxatga olinmoqda. O‘quvchilar davomatini qayd etish daftari shnurlangan, sahifalangan muhrlangan, va maktab rahbari tomonidan tasdiqlangan. Davomat natijasi mazkur daftarga qayd etib borilmoqda. Maktab bo‘yicha muntazam dars qoldiradigan o‘quvchi 1-nafarni tashkil etadi. 10”A”-sinf o‘quvchisi S.Sultonov o‘quv yili boshidan maktabga kelmayapti. Uning darsga kelmaslik sababi o‘rganilganda Ota-onasi o‘g‘lini betobligini va uni maktabga kelishga ishtiyoqi yo‘qligini bildirdi.
Maktab psixologi S.Rahmonova,sinf rahbari Z.Alimova, CHQBT fani raxbari Z.Irnazarov, Informatika fani o‘qituvchisi O.Xamdamov, F.Ro‘zievlar bir necha marotoba uylariga borishdi. Natija bo‘lmagach S.Sultonov yashayotgan tumandagi “Navbahor”MFY raisasi F.Ergasheva nomiga Bildirgi bilan CHQBT fani rahbari Z.Irnazarov bilan birgalikda murojaat qildik.
Maktab direktori M.Jabborov o‘quvchining Ota-onasi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazdilar. Otasi farzandida qo‘rquv, gapirmaslik holatlari sezilayotganligi va o‘g‘lini imom xatiblarga o‘qitish kerakligi, uni doim nazoratiga olishligini takidladi. SHahar XTB psixologi J.SHerov, 17-maktab psixologi hamkorligida o‘quvchi bilan so‘hbat o‘tkazib unda ruhiy kasal alomatlari borligi haqida Ota-onasi ogohlantirildi. O‘quvchini maktabga jalb qilish bo‘yicha kerakli choralar kullanildi. O‘quvchi hozirgi kunda maktabga kelmoqda. Maktabni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ixtiyoriy tashabbus asosida olib borilmoqda.Maktabda.
Maktab rahbari M.Jabborov,MMIBDO‘ F.Tojieva hamkorligida o‘qituvchilar umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi unda kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3160 sonli “MA'NAVIYMA'RIFIY ishlar samaradorligini oshirish bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”giqarori haqida tushunchalar berish.
2. Prezidentimiz tomonidan MA'NAVIY-MA'RIFIY ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida MA'LUMOTlar berish masalalari ko‘rildi(12.09.2019).
BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT“ shiori asosida maktabda,sinf xonalarda burchaklar tashkil qilingan. Besh tashabbus bo‘yicha 12 ta to‘garak tashkil qilingan. Har bir yo‘nalishga o‘quvchilarning qiziqishiga qarab,to‘garaklarga jalb etilgan.Jumladan;
Madaniyat va sanat yo‘nalishdagi to‘garaklar soni 3 ta,ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni 63- nafar, Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi to‘garaklar soni 6 ta, ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni 95-nafar, Kitobxonlik klublari soni 1ta, ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni 64-nafar, Kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi to‘garaklar soni 1 ta, ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni 70-nafar. Qizlarni ijtimoiyfaol hayotga jalb etish yo‘nalishidagi to‘garaklar soni 1 ta, ularga jalb qilingan o‘quvchilar soni 123–nafarni tashkil etadi. Maktabda “ FUTBOL” to‘garak rahbari M.Mamatov, ”BADIIY GIMNASTIKA” to‘garak rahbari CH.Anvarova, ”SHAXMAT- SHASHKA””VOLEYBOL” sport turlari bo‘yicha to‘garak rahbari J.Azizovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. SHaharda maktablararo o‘tkazilgan SHaxmat sport musoboqasida faxrli 1-o‘rinni olib, viloyat bosqichida ishtirok etib, 5-sinf o‘quvchisi M. Baxriev viloyatda 3-o‘rinni egalladi. “Kompyuter sirlarini o‘rganamiz” to‘garagi informatika fani o‘qituvchisi O.Xamdamov tomonidan o‘tkazilmoqda. “O‘qituvchi va murabbiylar kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” to‘g‘risida maktabning 18.09.2019 yil sonli buyrug‘i chiqarildi. CHora –tadbirlar rejasi tuzilib tasdiqlandi.( 07.09.2019 yil )30-oktyabr kuni “O‘qituvchilar va murabbiylar “kuni munosabati “Ustozlarga ehtirom “mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Muxtaram PrezidentimizSH.M.Mirziyoevning “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini,soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Maktab tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri,butun millatimiz,xalqimizning davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq.”! Degan fikrlariga tayanib maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan muallim va muallimalarimizni qullab-quvvatlash, fidokorana mehnatlari uchun ularni taqdirlash hamda vatan kelajagi uchun o‘z qalb ko‘z nurini, mehr-muxabbatini bahshida etgan O‘zbekistonga har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashdek masuliyatli va sharafli vazifani zimmalariga olib, bu oliyjanob ishni sidqidildan bajarishga bel bog‘lagan Ustozlarimizni, muallim-u murabbiylarimizni tabriklash va ezozlash kerakligi haqidagi fikr mulohazalari tadbir ishtirokchilariga etkazildi. ”Ustozlarga ehtirom”, ”Ustoz otangdan ulug‘”, ”Jonkuyar Ustozim“!g‘Mavzularida 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida insho ko‘rik tanlovi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi R.Rahmatullaeva, O‘.Bo‘rievalar tomonidan o‘tkazildi. 5”A”-sinf o‘quvchisi SH.Xolmurodova, S.Dagarovalar 1-o‘rin, 10”B”-sinf o‘quvchisi Avazova Muxlisa 1-o‘rin, 9”B”-sinf o‘quvchisi YU.Usmonova 1-o‘rin, 11”B”-sinf o‘quvchisi N.Xujanova 1-o‘rinni egalladi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Maktabda “O‘qituvchilar xiyoboni“ tashkil etildi.

Xiyobonga 10-dona archa va 9 dona YUkka nomidagi gullar ekildi. SHu kuni xiyobonda o‘qituvchilar uchun bayram tashkil etildi. Bayramga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar taklif kilindi. Maktabda o‘quv,talim-tarbiya sohasida faol ishlagan fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlar maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-son qarorini amalga oshirish bo‘yicha Xalq talimi vazirligining chora –tadbirlar DASTURI ning mazmun mohiyati o‘rganib chiqildi va dastur ijrosi taminlandi. 3”A”-sinf rahbari A.Hakimova tomonidan “Ona tilim –jonu dilim“ Ona tili va adabiyot fan o‘qituvchisi R.Rahmatullaeva tomonidan “Til –millat ko‘zgusi” mavzularida tadbir o‘tkazildi. SHu kuni o‘quvchilar tomonidan “Davlat tili 30-yoshda” ko‘krak nishoni tayyorlanib barcha pedagoglar va o‘quvchilarga taqdim etildi.
10-11 sinf qizlari bilan “CHinobod” mahallaning faol Otinoyisi Xoji ona M.Jo‘raqulova hamda maktab psixologi S.Rahmonova, maktab hamshirasi G.Kamolova, maktab xotin-qizlar qumita raisi F.Jalolova, faxriy o‘qmtuvchi Z.Jalolova, katta o‘qituvchi M.SHomurodova, Ota-onalardan SH.Mirzaeva,Z.To‘raevalar ishtirok etishdi.Yig‘ilishni Xoji ona M.Jo‘raqulova “BUVIJONIM UGITLARI” haqida qizlarga MA'LUMOTlar berishdi, qizlar bilan savol-javob o‘tkazishdi. (19.09.2019).
Maktabda 21-22 oktyabr kunlari “BUVIJONIM KIYGANLIBOSLARI”tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 11”A”-sinf qizlari faol ishtirok etishdi.



O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlari uchun shahardagi A.Majidiy nomli teatrga 2-7 sinf o‘quvchilari jalb qilindi. “YOsh sinf rahbarlarga tajribali sinf rahbarlarni biriktirish to‘g‘risida” (8-sonli 10.09.2019) buyrug‘i chiqarildi. Sinf rahbarlar uslub birlashma yig‘ilishlari (avgust,sentyabr,oktyabr) oylarida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning yangi “Endi bola tarbiyasi uchun ota-ona masul va javobgar”! qarori Umumiy ota-onalar yig‘ilishida o‘qib eshittirildi. Oila, mahalla, talim muassasa hamkorlik faoliyati shakllantirilgan. Ijtimoiy tarmoqda 20-maktab Ota-onalar Universiteti guruhi tashkil qilingan. Maktabda bo‘ladigan yangiliklar, o‘zgarishlar, xabarlar, elonlar, yig‘ilishlar ota-onalarga etkazilmoqda.

A.Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”! so‘zlari maktabning ko‘rinarli joyiga va sinf xonalariga ilib qo‘yildi. Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilaridan Kuzgi tatil rejasi tasdiqlandi va reja asosida ishlar tashkil qilindi. Sinf rahbarlardan I-chorak hisobotlari qabul qilindi.
Sinf rahbarlarni “Kuzgi tatil”da bajariladigan ishlar rejasi maktab rahbari tomonidan tasdiqlandib ,rejaga asosan fan va sport to‘garaklar,sport musoboqalar faoliyat ko‘rsatib kelinmoqda.O‘qituvchi va o‘quvchilar kutubxonaga jalb qilingan. Kitob taqdimotini o‘tkazish jadval asosida o‘tkazilmoqda.2”A”-sinfida A.S.Pushkinning “ Baliqchi va baliq”mavzusida kutubxona mudirasi Z.Alimova va shu sinf rahbari R.Olimovalar tomonidan 15.11.2019 kuni o‘tkazildi.2”B”-sinfida O‘zbek xalq ertaklaridan “Oq qarg‘a” D.Jalilova va Z.Alimova lar hamkorligida 22.11.2019. o‘tkazildi.3”A”-sinfida X.To‘xtaboevning “Sariq devning o‘limi” A.HakimovaZ.Alimovalar,3”B”-sinfida A.Obidjonning “Meshpalvon jangga otlandi”mavzusida Z.To‘raeva tomonidan 23.12.2019 o‘tkazildi.

SHahar hokim o‘rinbosari A.S.Ibragimov 17.11.2019 kuni maktabga kelib, xotin –qiz o‘qituvchilar hamda o‘quvchi qizlar o‘rtasida Xijobga hamda ro‘molga o‘ralganlar bor yo‘qligi o‘rganildi.Xotin qizlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazildi.SHu bilan birga maktabni kuz va qishgi mavsumga tayyorgarligi,xonalarning issiqligi nazorat qilindi.SHahar xotin –qizlar qo‘mita raisi F.SH.Rahimova va Oila amaliy-ilmiy markaz rahbari M.Nurullaevalar 20.11.2019 kuni 9-11 sinf qizlar o‘rtasida “Erta turmushni oldini olish”,”O‘z joniga qasd qilmaslik” mavzularida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilish davomida qizlar bilan savol-javob o‘tkazildi.

18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat Bayrog‘ining qabul qilinganligining 28-yilligiga bag‘ishlab “Bayrog‘imni yuksaklargako‘taraman” mavzusida tadbir va “Hilpiraver Bayrog‘im “mavzusida 5-11 sinflar o‘rtasida rasm ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.


27-28 noyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash mintaqaviy boshqarmasi hamkorligidagi “Talim adolat uchun”(Educaton for Justice) tashabbusi doirasida o‘tkazilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Trening ishtirok etdim.O‘tkazilgan seminar-treningda bizga berilgan qo‘llanmalardan unumli foydalanib,ularni faoliyatim davomida qo‘llashni rejalashtirdim.Seminar –trening davomida mutaxassislar hamda MMIBDO‘,psixologlar o‘rtasida talim-tarbiya sifatiga salbiy tasir etuvchi har qanday muammolarni birgalikda hal etish,oila,ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash,ongi va tani,qarashlari sog‘lom,yuksak qobiliyatli yoshlarni tarbiyalashga doir qizg‘in savol javoblar bo‘lib o‘tdi.Xalq talimi vazirligining MA'NAVIY-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Akbar Tagaev tomonidan tinglovchilargasertifikatlar topshirildi.




29-noyabr kuni o‘quvchilar madaniy hordiq chiqarishlari uchunSIRK tomoshasi ko‘rsatildi.Sirkga ota-onalar ham ishtirok etishdi.

1-dekabr “OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan shahar Tibbiyot birlashma mutaxassis vrachi R.Murodova tomonidan 10-11 sinf o‘quvchilari bilan davrasuhbati o‘tkazildi.6-7-dekabr kuni 3-4-8-9 sinflar o‘rtasida “Konstitutsiya boshqomusimiz”,”Bizningqonunlarimiz”,”Adolat mezoni”mavzularida tadbir o‘tkazildi.



9-dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan maktabda” Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi”! shiori asosida o‘quvchilarga “Korrupsiyaning tarqalishini to‘xtatish uchun profilaktika choralari muhim “ligi to‘g‘risida MA'LUMOTlarberildi.Pora berish va pora olish holatlaridan ko‘rinish namoyish etildi.O‘quvchilar har bir inson korrupiyaning tarqalishini oldini olish uchun halollik bilan ishlashga masulligi to‘g‘risidagi MA'LUMOTlarga ega bo‘lishdi.


9-dekabr kuni 9”B”-sinf o‘quvchisi Asrorobek Xamdamov Mamlakatimizda yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunlitashkil etish bo‘yicha Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Beshta muhim tashabbus doirasida yoshlarning qiziqishini oshirish maqsadida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan IT Competition tanlovining viloyat bosqichida 10-14 yoshli toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-yilligi munosabati bilan 15 dekabrdan 15 yanvar kuniga qadar “Konstitutsiya taraqqiyotning mustahkamhuquqiy poydevori” shiori ostida targ‘ibot oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan shahar prokuror o‘rinbosari Obidjon Obilov va o‘rinbosar yordamchisi Nuriddin Elboevlar 8-11 sinf o‘quvchilariga huquqiy bilimlar berishdi.Dars davomida savol –javob o‘tkazildi.
10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini qabul qilingan kun munosabati bilan “Madhiyamni ko‘ylamayman” mavzusida "XOR”ko‘rik tanlovi MMIBDO‘ F.Tojieva tomonidan o‘tkazildi.Tanlovda 6”A”-sinf o‘qvchilari g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarini shahar IIB faxriylar kengashi raisi “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limining “YOshlar bilan ishlash guruhi”rahbari istefodagi mayor Jumaev Meli Jumaevich taqdirladi.
12.12.2019 kuni Samarqand viloyati IIB,YPXX komandiri,mayor S.Ortiqov, serjant J.Musurmonovlar “Yo‘l- ulov hodisalarini oldiniolish”,”Yo‘l harakat xavfsizligi qoidalari” mavzularida suhbat o‘tkazildi.”Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati!”shiori ostida ommaviy-Vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish maqsadida joriy yilning 20-dekabr kuni Harbiy xizmatchilarning xalqqa yaqinlashuvi,shubhasiz yoshlar ongida vatanparvarlik,shijoat va mardlik tuyg‘ularini uyg‘otmay qolmaydi.”YOshlar bizning kelajagimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar zamirida ham ana shunday ezgu maqsadlar mujassam.Bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurib,10-11 sinf o‘quvchilari bilan erkin muloqot tarzida kechgan uchrashuvda harbiy xizmatchilar ertamiz egalariga Vatan nima? mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Suhbat yakunida o‘quvchilarga Harbiy jurnallari va Vatanparvar gazetalarini sovg‘a qilishdi.
Maktabda “CHinobod”,”Do‘stlik”,”Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda Ota-onalar yig‘ilishi,Kuzatuv kengash yig‘ilishi,Sayyor yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda.Darsga kelmagan 11”A”-sinf o‘quvchisi D.YAkubova,Z.Karimov, 10”A”-sinf o‘quvchisi S.Sultonovlarning uylariga borib ularning uy sharoitlari bilan tanishib darsga kelmaslik sabablari o‘rganildi.YUqorida nomlari qayd etilgan o‘quvchilar o‘qishga jalb qilindi.

YAngi 2020 yilga tayyorgarlik ko‘rildi barcha sinf xonalarmaktab karidori,deraza romlari bayramona bezatildi.Maktab hovlisidagi archalar har bir sinfga taqsimlandi.Tungi yoritgichlar o‘rnatildi.Sinflar kesimida yangi yil aks etgan” Eng mazmunli devoriy gazetalar” va ”Kimning archasi chiroyli?“ko‘rik tanlovlari elon qilindi.


2019 – 2020 O‘QUV YILINING III – IV CHORAK DAVOMIDA MANAVIY - MARIFIY YO‘NALISH BO‘YICHA AMALGA
OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDAGI
HISOBOTI
Maktabda yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yuzasidan faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar ishlari tahlil qilindi. SHu masala yuzasidan 07.01.2020 yil kuni yig‘ilish o‘tkazildi va to‘garak rahbarlarining ish faoliyati muhokoma qilindi. III-chorak yani qishgi tatilni o‘tkazib o‘quvchilar 11-yanvardan maktabga kelishdi.Maktabga kelgan o‘quvchilar bilan haftaning har dushanba kuni “Ertalabki saflanish “ o‘tkazildi.Darsga kirishdan oldin o‘quvchilarni maktabga qabul qilishda ularning formasi,tozaligi,o‘quv qurollari nazorat qilindi. Kechikib keluvchi o‘quvchilar YOshlar etakchisi S.Boymurodova ,CHQTB rahbari Z.Irnazarov,maktab mamuriyati tomonidan nazorat qilindi. 14-yanvar “Vatan himoyachilar” kuni munosabati bilan Vatanimizni himoya qilishda jonini fido qilgan Ulug‘bek Barnoev xonadoniga maktabning YOshlarni vatanparvarlik ro‘hida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Z.Irnazarov,maktabning kasaba uyushma raisi SH.Umarova,boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi A.Hakimovalar bilan hamkorlikda borib jasur,mard yigitimiz haqqiga duo-i fotiha qilindi.U.Barnoevning otasi Abdullo bobo va onasi Sabohat buvilar holidan xabar olindi.

02855-sonli Kattaqo‘rg‘on shahar Harbiylar shaharchasidan bir guruh harbiylardan A.Atajonov,M.Abduxoliqov,M.SHabbonovlar kelib o‘quvchilar bilan “Men ham vatanimga sodiqman” mavzusida suhbat o‘tkazdilar.Haftani payshanba kunlari “CHinobod”MFY profilaktika inspektori D.Ismoilov,profilaktika inspektor yordamchisi B.Rahimovlar hamkorligida “Jinoyatchilikni oldini olish”,”Giyohvandlik asr vabosi”,”Odam savdosiga qarshi kurashamiz” mavzularida voyaga etmagan yoshlar bilan yig‘ilishlar o‘tkazildi.



16.01.2020 yil kuni “Maktabda yong‘in havfsizligi oyligini o‘tkazish” to‘g‘risida IIB Profilaktika inspektori D. Ismoilov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi .Yig‘ilishga 287nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.17.01.2020 yil kuni shahar IIB profilaktika inspektori katta leytinant O.Po‘latov 10-11 sinf o‘quvchilar bilan “Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari”mavzusida videorolik namiyish qildi. 24.01.2020 yil kuni Samarqand viloyati IIB XOOB YPX 4-otryad inspektori kapitan J.Musurmanov tomonidan “YOshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalarini sotishini oldini olish”,”Jinoyatchilikni oldini olish”,”Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari” mavzularida 9-11 sinf o‘quvchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.28.01.2020 yil kuni MMIBDO‘ va YOshlar etakchisi hamkorligida “Sumka REYDI” o‘tkazildi.



10 “A”,10 “B”-sinf o‘quvchilaridan mobil telefonlar yoniq holda topildi va ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.06.02.2020 yil kuni “CHinobod” MFY profilaktika inspektori O.Po‘latov voyaga etmagan yoshlar bilan “Jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida suhbat o‘tkazildi.Har dushanba kuni o‘tkazilgan “Ertalabki saflanish”larda sport musoboqalari, turli tanlovlarda faol ishtirok etib,g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar maktab mamuriyati tomonidan rag‘batlantirildi.

O‘quvchilarni darsliklari muntazam nazoratga olinib,kundaliklarni yuritilishi,o‘quvchilar formasi,darsliklarni saqlanishi nazorat qilindi.30 yanvar 2020 yil kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud kuniga bag‘ishlab, 5-8- sinflarda Xotira darslari o‘tkazildi.”Xotirangiz biz uchun abadiy ” mavzusida burchak tashkil qilindi.SH u mavzu asosida 5-8-11 sinflar bilan tadbir o‘tkazildi.



9-fevral Mir Alisher Navoiyini tavallud kuniga bag‘ishlab, 3”B”,9”B”-sinflarda “O‘chmas kuyoshim”,”So‘z mulkining sultoni qalbimizda abadiy” 14-fevral SHox va shoir Z.M.Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Boburxonlik” o‘tkazildi.Sinf rahbarlarni xujjatlarini yuritilishi,sinf rahbarlarni ish faoliyati nazorat qilindi.




Download 27,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish