1. Psixologik maslahat haqida tushuncha Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi. Psixologik maslahat fanining predmeti


Mijozning boshqa odamlarga bo'ysunishni bilmasligi



Download 160,5 Kb.
bet7/9
Sana11.04.2022
Hajmi160,5 Kb.
#544482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ibrohimova Mamura

Mijozning boshqa odamlarga bo'ysunishni bilmasligi
Odamning boshqalarga bo'ysunishni bilmasligi hayotda ko'pincha odamlarga rahbarlik qilishni bilmasligi bilan birga bo'ladi. Bu kamchilik o'zlari yaxshi yetakchi hisoblangan odamlarda kamdan kam uchraydi. Bu yaxshi yetakchi bo'lganida odam bo'ysunuvchi va ijrochi o'zini qanday tutishini yaxshi tushunib olishi, odamlarda bo'ysunishni bilishlarini qadrlay boshlashi bilan bog'liq bo'ladi. Mana shu qadriyatni yo'nalishlarini albatta, u o'zida his etadi. Mana shu sababli boshqa odamlarga mijozni bo'ysunishni bilmasligi holatiga duch kelganida psixolog-maslahatchi birinchi navbatda, mijozning yetakchi bo'la olish qobiliyatiga e'tiborini qaratishi kerak. Agarda mijozda mana shu masalada ham kamchiliklar aniqlansa, uni yaxshi yetakchi va bo'ysunuvchi bo'lishga bir vaqtda o'rgatish kerak bo'ladi. Boshqa odamlarga bo'ysunishni bilmasligi nimalarda namoyon bo'lishi mumkin? Birinchidan, u o'zi bilgan va bilmagan holatda unga kimdir rahbarlik qilishiga qarshilik ko'rsatadi- Ikkinchidan, boshqa odamlarning maslahatiga quloq solganida yaxshi amalga oshishi mumkin. Uchinchidan, boshqa odam har doim hech narsaga ishonmay shubhalanishida namoyon bo'ladi. To'rtinchidan, tanlash mumkin bo'lgan hollarda har qanday ishda u yetakchilik rolini o'ziga olishga, odamlarga rahbarlik qilish, ularni yo'naltirish, o'rgatish, buyruq berishga harakat qilishida ko'rinadi.
Mijoz bilan ishlaganda agarda psixolog-maslahatchi unda yuqorida aytilgan bir yoki bir necha belgilarni aniqlasa, bu shu odamda boshqalarga bo'ysunishni bilmasligi bilan bog'liq muammo borligini anglatadi. Mana shu muammolarni hal etishda muvaffaqiyatli ishlar olib borish uchun psixolog-maslahatchi mijoz nima uchun o'zini bunday tutishini, boshqa odamlar unga rahbarlik qilishga uringanida u nimalarni his qilishini, o'zining bo'ysunmaslik va itoatsizlik xulqini qanday tushuntirishini aniqlab olish kerak.
Buning uchun ba'zan mijozga quyidagi savollarni berish yetarli bo'ladi:

  • Boshqa odamlar sizga rahbarlik qilishga ko'p harakat qilishadimi?

  • Ular sizdan foydalanishga harakat qiladilarmi?

  • Bunday holat ko'proq qanday vaziyatlarda sodir bo'ladi?

  • Sizga ta'sir o'tkazish uchun bu odamlar nima ishlar qilishadi?

  • Bunday hollarda siz o'zingizni qanday his qilasiz?

  • Sizga psixologik ta'sir ko'rsatishlariga qanday qarshilik qilasiz?

  • Mana shu hollarda siz nimalar qila olasiz yoki qila olmaysiz?

  • Sizga boshqa odamlar rahbarlik qilishga harakat qilganlarida bu sizga nima uchun yoqmasligini tushuntirib bera olasizmi?

Mijozning boshqa odamlarga bo'ysunishni bilmasligi unga psixologik ta'sir ko'rsatishga shunchaki qarshilik ko'rsatishida namoyon bo'ladigan bo'lsa, unda mijozga bunday xulq aslida qanchalik to'g'ri ekanligi, u yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to'g'risida o'ylab ko'rishni tavsiya etish zaruf. Bunday salbiy ko'rsatmalari to'g'ri emasligiga dalil sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: birinchidan, bu odamlar hamjamiyatda yashashga majbur ekanlar, faqat rahbarlik qilishga emas, balki bo'ysunishni ham bilishlari kerak. Busiz insonning hayoti bir tekis ketishi mumkin emas. Ikkinchidan, faqat odamlarga rahbarlik qilishga emas, balki bo'ysunuvchi rolini bajarishda harn ma'lum foydabor. Bo'ysunuvchi rolini bajarishda sodir bo'layotganlar uchun mas'uliyat, javobgarlik va mehnatida keskinlik ancha kam bo'ladi. Uchinchidan, boshqalarga bo'ysunishdan bosh tortish, shu odamni qarama-qarshi qilib qo'yadi, yakkalanib qoladi, uni yordamdan mahrum qiladi, o'sishi va psixologik mazmunda rivojlanishini cheklaydi. Agarda odamning bo'ysunishni bilmasligi ko'pincha va asossiz boshqa odamlarning fikrlariga shubha qilishi va tortishishida namoyon bo'ladigan bo'lsa, uni bu kamchilikdan xoli qilishning eng samarali yo'li quyidagicha bo'ladi. Mijozga bir vaqt davomida yetakchi bo'lishni taklif etiladi va uning o'ziga, yetakchiga, u odamda boshqa yetakchilarga nisbatan munosabatda bo'lgani kabi o'zingizni tutasiz. Maslahatda aytilganlarni bajarishni xohlamaydigan bo'ysunuvchi rolini psixolog-maslahatchi ijro etadigan mijoz bilan o'tkazilgan bunday psixologik tajriba odatda mijozni uning xulqi noto'g'riligini tushunishiga yordam beradi. Boshqa holatlarda ushbu kamchilikni psixologik tuzatish boshqa metodlariga ham murojaat etish mumkin. Shunday metodlarga misol sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • boshqa odamlarni tanqid qilish va qarshilik ko'rsatishda namoyon bo'ladigan xulqi o'rniga yangi taklif etilayotgan xulqi shakli awalgisidan yaxshiligini tushuntirib kelishish, murosaga kelish yo'lini izlashga qaratilgan xulqi boshqa shaklini taklif etish va ko'rsatib berish;

  • mana shu masala bo'yicha mijoz o'zi ishonadigan boshqa odamlarning fikrini tinglashni taklif etish;

  • mijozga o'zi ularning fikriga shubha qiladigan va ta'sir ko'rsatishlariga qarshilik qiladigan odamlarning fikrlarini tinglashni taklif etish;

  • mijozga uning o'zi taklif etayotgan yo'lni va boshqa odamlar unga nima qilishni maslahat berishlari ijobiy hamda salbiy tomonlarini aniqlab va obyektiv baholashni taklif etish;

Agarda mijoz boshqa odamlar fikriga quloq solmay deyarli, har doim o'z bilganini qilishga harakat qilsa, mijoz bilan psixologik maslahatda psixolog boshqacha ish olib borishi kerak. Birinchidan, mijozdan nima uchun u juda ko'p hollarda boshqa odamlar takliflariga quloq solmasligini tushuntirib berishni so'rash kerak. Ikkinchidan, iloji bo'lsa, oczi taklif etgan yo'li boshqa odamlar aytganidan nima uchun yaxshiligini mijoz isbotlab berishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga mijoz boshqa odamlar taklif etayotgan ishda mazmun ma'nosini ko'ra bilishini namoyish etishi kerak. Agarda u odamlar takliflarini faqat tanqid qiladigan bo'lsa, bu boshqa odamlar fikrini ataylab noto'g'ri baholashini anglatadi. Agarda barcha holatlarda mijoz yetakchi rolini o'ziga olishga intilsa, boshqalarga bo'ysunishni xohlamasa, unda birinchi navbatda diqqat bilan nima uchun shunday qilishini tushunib olish kerak. Bunga u o'zini ortiqcha baholashi yoki manmanligi sabab bo'lishi mumkin. Bunday holatda mijoz shaxsini tuzatish bilan shug'ullanish zarur bo'Iadi. Mijozda boshqa odamlarga bo'ysunish uchun zarur bo'lgan maxsus» malaka va ko'nikmalar shunchaki, bo'lmasligi ham mumkin.



Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish