1. O‘zbekistonda dastlabki seleksiya ishlari. O‘zbekistonda seleksiya ishlari tarixi



Download 33,24 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi33,24 Kb.
#494491
  1   2
Bog'liq
2-Maruza


2 - MA’RUZA
Mavzu: O‘zbekistonda dastlabki seleksiya ishlari, ularning tarixi va hozirgi kunda seleksiya ishlarining ahamiyati.
Reja
1. O‘zbekistonda dastlabki seleksiya ishlari.
2. O‘zbekistonda seleksiya ishlari tarixi.
3. Hozirgi kunda seleksiya ishlarining ahamiyati.

Tayanch so‘z va iboralar: Seleksiya, navlar, jaydari navlar, xalq seleksiyasi, sabzavot, poliz, g‘o‘za.
1. O‘zbekistonda dastlabki seleksiya ishlari.O‘zbekistonda qishloq ho‘jalik ekinlari seleksiyasi o‘z taraqqiyotida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi, chunonchi oddiy xalq seleksiyasi, sanoat va ilmiy seleksiya yo‘li bilan ish olib borildi.
Nomlari saqlanib qolmagan O‘zbekistonlik xalq seleksionerlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan piyoz, bodring, ildiz-mevali sabzavotlar, tarvuz, qovoqning ajoyib navlari, misli ko‘rilmagan bir qancha qovun navlarini yaratdilar. Bularning ko‘pchiligi navni yaxshilovchi tanlovdan o‘tib, ilmiy muassasalar tomonidan ajratib olingan va mamlakatimizda rayonlashgan navlar bo‘lib keldi yoki shunday bo‘lib qolmoqda.
Jaydari qovun navlarini yaratishda mamlakatimiz xalq seleksiyasining qo‘lga kiritgan yutuqlari ayniqsa e’tiborga loyiq. Hozir Respublikada ekiladigan qovunlarning 160 dan ortiq navlari uchraydi. Qovunlarning rayonlashgan 33 navi orasida 8 ta jaydari nav va xalq seleksiyasi tomonidan etishtirilgan 18 ta nav bor. Necha necha asrlar davom etib kelingan tanlash natijasida alohida olingan har bir qovunchilik uchog‘idagi ma’lum tuproq-iqlim va tarixiy sharoitlarda o‘sha joylarning o‘z qovunlari yaratilgan, bular keyinchalik asrlar bo‘yi ekib kelingan. SHu narsa ma’lum belgilarning avlodlarga mustahkamlanib qolishiga olib kelgan.
2. O‘zbekistonda seleksiya ishlari tarixi. G‘o‘za o‘simligi- g‘o‘za evolyusiyasida o‘simlikka tashqi sharoitlarning ta’siri bilan birgalikda tabiiy tanlanish va inson ta’siridagi sun’iy tanlash natijasidir. Qadimiy davrlarda avvalo ongsiz ravishda , so‘ngra insonlar ehtiyoji uchun maqsadga muvofiq muntazam tanlash tufayli g‘o‘za o‘simligi moslashtirib borilgan.
O‘rta Osiyoga g‘o‘za bizning eragacha bo‘lgan birinchi ming yilda Eron orqali o‘tgan degan tahmin bor. Namangan viloyati CHust atrofidagi qo‘rg‘on harobalaridan ma’lum bo‘lishicha eramizning birinchi asrlarida Farg‘ona vodiysida odamlar paxtachilik bilan shug‘ullanishgan. O‘rta Osiyoda paxtachilik eramizning X-XI asrlarida nihoyatda rivojlangan.
Mamlakatimizda juda ko‘pgina olimlar har xil ekinlar ustida seleksiya ishlarini olib borganlar. I.M. Asherov ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatimizning ho‘jaliklari va tarmoqlarida ekiladigan qovoqlarning 140 tadan ortiq xildagi navlari masalan; Muskat qovoq-57, Yirik navli-45, Qattiq po‘stli-38 qovoq navlari uchraydi. Qovoq navlari Zarafshon (50), Amudaryo quyi oqimi vodiylarida (39), Farg‘ona vodiysida (29) hammadan ko‘p.
Dala ekinlari seleksiyasiga doir ishlarni avj olishida Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining O‘rta Osiyo tajriba stansiyasini (hozirgi O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti (O‘z O‘ITI), uning Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 2 ta tajriba bo‘limlari bor) katta hissalari bor.
SHuningdek, Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti tomonidan o‘tkazilgan ekspeditsiya tekshiruvlarida, sabzavot va poliz ekinlari jahon kolleksiyalarini yig‘ish va o‘rganish ishlari katta rolni o‘ynadi. 1927 yilgacha bu stansiyaning o‘z erlari bo‘lmagan va u o‘z kolleksiyalarini boshqa qishloq ho‘jalik muassasalariga joylashtirar edi. 1928 yili stansiyada sabzavot ekinlari navlarini sinash bo‘yicha mamlakatimizdagi birinchi uchastka va urug‘larni nazorat qilish laboratoriyasi tashkil etildi. 1933 yili bu erda seleksiya markazi ochildi. Stansiyada yirik seleksioner olimlar, poliz ekinlari sohasida N.E.Jiteneva, K.I.Pangalo, bodring sohasida S.G.Gabaev, itizimdoshlar oilasiga mansub ekinlar sohasida S.I.Dobrokotovalar ishlar edilar.

Download 33,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish