O’simliklarning kasalliklarga chidamliligi. Reja



Download 23,22 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi23,22 Kb.
#758633
  1   2
Bog'liq
O\'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI




O’SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI.

Reja:




  1. O’simliklarning kasalliklarga chidamlilik darajasinining turlari.


  2. O’simliklarning kasalliklarga chidamlilik genetikasi.


  3. O’simliklarning kasalliklarga chidamliligi va uning keng tarqalishi.


  4. O’simliklarning kasalliklarga chidamli navlarini hosil qilish yo’llari.


A) Konvergent navlar.

B) Ko’p liniyali navlar.

V) Polegenli chidamlilik.

O’simliklarning kasallik va hashoratlarga chidamlilik seleksiyasi eng murakkab ilmiy masala hisoblanadi. Inson qishloq xo’jalik ekinlarining navlarini yaratish jarayonida o’simlik evolutsiyasini hashorat va kasallik qo’zg’atuvchisining seleksiyasi jarayoni bilan bog’lab, olib borishi zarur. Ya’ni seleksioner olimlar fitopatologlar, entomologlar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur. YAratiladigan yangi navlarni kasallikka va hashoratlarga chidamlilik darajasiga qarab 3 guruxga bo’lish mumkin.




  1. O’simlikning kasallikka chidamliligi-ya’ni parazitlarning rivojlanishini to’xtatish xususiyati. Bunda parazit rivojlanishi sekinlashishi, xayot jarayoni to’xtashi yoki ular sonining ma’lum miqdorga pasayishi nazarda tutiladi. Bunda o’simlikning immunitet xususiyati asosiy rol o’ynaydi.


  2. Parazitga bardoshlik deganda - kasallik qo’zg’atuvchisi o’simlikda normal rivojlansada, o’simlik qoniqarli miqdorda hosil bo’ladi.


  3. Parazitdan chetlab o’tish. Kasallik qo’zg’atuvchisi va o’simlikni rivojlanish fazalaridagi har xil muddatning vujudga kelishi. Ko’pchilik o’simliklar qisqa muddat ichida pishib yetishganligidan kasallik yoki hashoratlar o’z rivojlanishi tsiklini tugallab ulgurmaydi. Masalan, ko’pgina g’alla ekinlari zang zamburug’idan shunday qilib saqlanib qoladi. Kartoshkaning erta ekiladigan navlarini yetishtirish fitoftoraning tarqalishiga imkon bermaydi.


Yuksak o’simliklarning kasalliklarga chidamliligi gen vositasida nazorat qilinadi. 1905 yil Biffen tomonidan bug’doyning zang zamburug’iga chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb ko’rsatgan. Haqaqatdan ham har qanday o’simlik navi yaratishida fitopatologlar va genetiklar hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Har qanday o’simlikning kasalliklarga chidamliligi bir necha genlar asosida amalga oshadi. Ko’p genga ega bo’lgan o’simliklarda ko’p kasalliklarga chidamlilik hosil qiladi. Bunda kasallik qo’zg’atuvchilarininng fiziologik rassalari asosiy rol o’ynaydi. Har bir rassa mustaqil parazit hisoblanib, unga chidamlilikni o’simlikning ma’lum bir fiziologik yoki bioximik xususiyatlari paydo bo’ladi. Masalan, g’o’zaning vilt kasalligiga chidamli navlarni yaratish jarayonida tuproqdagi mikroorganizmlarni ham selektsiya qilib boriladi. Vaqt o’tishi bilan hosil bo’lgan rassalar yangi navni ham zararlash xususiyatiga ega bo’ladi.


Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va infektsiya manbaining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Ma’lum bir paytda bir hil navdagi o’simlikni surunkasiga yetishtirish kasallikning keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Masalan, kartoshkada fitoftoroz, g’alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi, g’o’zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida kasalliklarga chidamli o’simliklarni ajratib olish selektsiya ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. SHunday usulda tanlab olingan o’simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli navlar bilan o’zaro chatishtirish boshlanadi. Masalan, zang kasalliga chidamli bo’lgan kungaboqarning Zelenka navi, fitoftoriozga chidamli bo’lgan kartoshkaning CHempion, fuzariozga chidamli bo’lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar ichidan tanlab olingan o’simliklarni chatishtirish asosida hosil qilingan. Bu navlarni yetishtirish jarayonida ular ham ma’lum muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo’qotib, turli miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi oldini olish maqsadida selektsiya, urug’chilik, navlarni rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani muvofaqqiyatli rivojlanishida konvergent navlarni yaratish, ko’p liniyali navlar yaratish va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim ahamiyatga ega.

Download 23,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish