1. O‘zbekistonda dastlabki seleksiya ishlari. O‘zbekistonda seleksiya ishlari tarixi


Hozirgi kunda seleksiya ishlarining ahamiyati



Download 33,24 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi33,24 Kb.
#494491
1   2
Bog'liq
2-Maruza

3. Hozirgi kunda seleksiya ishlarining ahamiyati. O‘zbekiston O‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti juda boy kolleksiyani yig‘ish, saqlab borish va o‘rganish bilan bir qatorda sabzavot va poliz ekinlari nav- xillari, g‘o‘za, bug‘doy kabi ekinlar navlarini ya’ni, sortimentini kengaytirish va yaxshilash ishlariga katta hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda poliz ekinlarining 70 dan ortiq, sabzavot ekinlarining 20 dan ortiq navlari ekiladi.
G‘o‘za seleksiyasi rivojlanishida esa O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (O‘zPITI) va G‘o‘za seleksiyasi va eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish institutida, O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutida va ularning barcha viloyatlardagi filaillarida katta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda
Sabzavot - poliz ekinlari va kartoshka ilmiy amaliy seleksiyasi va urug‘chiligining rivojlanishida esa O‘zbekiston sabzavotchilik tajriba stansiyasi katta hissa qo‘shdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu stansiya qayta tashkil etilib O‘zbekiston sabzavot-kartoshka tajriba stansiyasiga aylantirildi. 1961 yilda esa u qaytadan tuzilib O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Hozir bu institutning mamlakatimizdagi asosiy mintaqalarida joylashgan 8 ta tayanch bo‘limlari bor. Stansiya faoliyati davrida seleksionerlardan P.N.Dudko, A.G. Nikulina, M.N.Kulakovalar sabzavot va poliz ekinlarini ko‘pgina jaydari navlarini ajratib olib, yangi bodring, bosh karam navlarini yaratdilar. Piyoz, sabzi va boshqa sabzavot ekinlarining navlarini yaxshiladilar.
Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida mamlakatimizda qishloq ho‘jalik oliy o‘quv yurtlari kattagina ishlarni olib bormoqdalar. Misol uchun Toshkent Davlat Agrar Universtitetida (ToshDAU) professor N.N.Balashev (1902-1977) kartoshka urug‘chiligiga doir masalalarni rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Bu erda «O‘rinboy» degan tezpishar tarvuz, «Rohat» degan qovun navlari, «Sersuv» degan issiqxona bodring navi va «Navbahor» deb nomlangan geterozis duragay navi (V.I.Zuev, R.Ganixujaeva), ochiq erga ekishga mo‘ljallangan «Omad» va «Talaba» nomli bodring navlari (S.M.Mejitov, V.I.Zuev) etishtirib chiqarildi.
Poliz ekinlari seleksiyasi sohasida mamlakatimizda ayniqsa katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Ilmiy muassasalar tomonidan 60 ta qovun, 17 ta tarvuz, 4 ta qovoq navlari seleksiya yo‘li bilan ajratib olinib, tekislandi. SHu vaqtga qadar bulardan tegishlicha 25; 10 va 4 ta navlar rayonlashtirilgan.
G‘o‘za seleksiyasi bo‘yicha ishlar asosan ikkinchi jahon urushidan keyin avj ola boshladi. Bu davrga kelib Soyuz NIXI (hozirgi O‘zPITI) va uning filiallarida seleksioner olimlar keng ko‘lamda ishlar olib borib, g‘o‘zaning tezpishar, tola sifati ilgariga navlarga nisbatan bir muncha yaxshi bo‘lgan navlarni etishtirdilar. XX asrning 50-60 yillariga kelib esa bu sohaga qiziqish yanada ortdi.
Andijon paxtachilik tajriba stansiyasida (hozirgi O‘zPITI ning Andijon filiali) amalga oshirilgan seleksiya sohasidagi ishlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. U erda seleksioner olim L.V.Rumshevich, N.A.Topushevalar, L.A.Turks, V.YA.Butkova, A.V.Kim kabi seleksioner olimlar tomonidan g‘o‘zaning 108-F, 138-F, 149-F, 153-F, 159-F kabi navlari yaratilib o‘sha davrlarda shu g‘o‘za navlari juda keng maydonlarga ekilib rayonlashtirilgan.
G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida seleksioner olimlar B.P.Straumal, A.I.Tishin va urug‘shunos olim A.YA.Ko‘znetsovlar tomonidan g‘o‘zaning S-4727 navi, seleksioner olim S.M.Mirahmedov tomonidan g‘o‘zaning «Toshkent» navlari yaratildi. Hozirgi kunda O‘zPITI va uning viloyatlardagi filiallarida va O‘zbekiston seleksiya intitutida ham bir qancha seleksioner olimlar tomonidan g‘o‘zaning yangi navlari yaratildi jumladan; «Oqdaryo», «Omad», «Gulsara», «Mehr», «Andijon», «Toshkent», «Buxoro», «Farg‘ona», «Armugon» g‘o‘za navlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda seleksiya va urug‘chilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish, yanada kattaroq ahamiyatga ega bo‘lib qoldi va davlat bu ishlarga ko‘p e’tibor berib kelmoqda. 1996 yil 29 avgustda «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi va 1996 yil 30 avgustida «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini Oliy majlis tomonidan qabul qilishini shuning dalilidir.
«Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida»gi qonun seleksiya ishiga aloqador asosiy tushunchalarni, seleksiyadagi yutuqlar muallifligi va ularga egalik qilishning muhofaza etishning asoslarini, navlarning muhofazaga qodirlik mezonlarini, ularga patentlar, guvohnomalar olish tartibini, patentlar egalarini haq-huquqlari va seleksiya yutuqlaridan foydalanishning boshqa masalalarini belgilab berdi.
«Urug‘chilik to‘g‘risida»gi qonunda urug‘likka doir asosiy tushunchalar va atamalarni, urug‘chilik ishini asosiy vazifalarini, urug‘lar sifatini aniqlash, ularni sertifikatsiyalash, realizatsiya qilish tartibini, urug‘chilikning ilmiy ta’minotini tashkil etish yo‘llarini, urug‘larni sertifikatlash va sifatini nazorat qilishda davlat organlarining ahamiyati belgilab qo‘yilgan.


Nazrorat savollari
1. O‘zbekistonda qishloq ho‘jalik ekinlari seleksiyasi rivojlanishida qanday bilan ishlar olib borildi ?
2. O‘rta Osiyoga g‘o‘za qachon kirib kelgan ?
3. Qovoqning qanday navlarini bilasiz ?
4. G‘o‘za seleksiyasi bo‘yicha ishlar asosan qachon avj ola boshladi ?
5. “Urug‘chilik to‘g‘risida” gi qonun qachon qabul qilingan ?
6. “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan ?
Download 33,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish