3 ma’ruza mavzu: Seleksiya fanining asosiy yo‘nalishlari Reja Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlari Qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasi



Download 30,83 Kb.
bet1/3
Sana16.03.2022
Hajmi30,83 Kb.
#494507
  1   2   3
Bog'liq
3-Maruza(1)


3 - MA’RUZA
Mavzu: Seleksiya fanining asosiy yo‘nalishlari
Reja
1. Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlari
2. Qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasi
3. Sovuqqa chidamlilik seleksiyasi
4. Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik seleksiyasi
Tayanch so‘z va iboralar: Bahorgi, kuzgi ekinlar, amal davri, qurg‘oqchilik, sovuqqa chidamlilik, zang, qorakuya, un shudring kasalliklari, qandala, o‘rgimchakkana, shira.
1. Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlari. O‘simliklar o‘sish davrining uzunligi, ya’ni ekilganidan to hisili pishishigacha o‘tgan davr ularning tezpisharligi deb ataladi. Tezpisharlik o‘simliklarning muhim belgisi bo‘lib, sifatli hosil etishtirish va uni o‘z vaqtida yig‘it-terib olish imkonini beradi. Tezpishar navlar tez rivojlanib, sovuq tushguncha yoki qurg‘oqchilik boshlanguncha pishib ulguradi va kechpishar navlarga qaraganda ulardan ko‘p va sifatli hosil olinadi. Tezpisharlik o‘simliklarning murakkab irsiy belgisi bo‘lib, o‘suv davrining ayrim fazalari (ekish, unib chiqish, tuplanish va nay chiqarish, boshoqlash, gullash, pishish)ning uzun-qisqaligi bilan belgilanadi.
Tezpisharlik baxorgi bug‘doy, arpa, suli, tariq, makkajuhori, nuxat kabi ko‘pgina o‘simliklar seleksiyasida muhim yo‘nalishdir. U ayniqsa, g‘o‘za seleksiyasida katta ahamiyatga ega. Respublikamizning turli tuproq-iklim sharoitlariga mos keladigan tezpishar g‘o‘za navlarini chiqarilishi bu qimmatbaho ekin ekiladigan maydonlarni keskin kengaytirish, undan sifatli mo‘l hosil olish, etishtirilgan hosilni qulay muddatlarda terib olish imkonini beradi.
Tezpisharlik seleksiyasida bir-biridan ekologik jihatdan uzoq navlarni chatishtirish, turlararo duragaylash asosiy yo‘l hisoblanadi. Bu sohadaish olib borilganda navlarning tezpisharlik xususiyatini ularning hosildorligi, qishga , qurg‘oqchilikka, kasalliklarga chidamliligi va mahsulot sifati kabi qimmatli- ho‘jalik belgilari bilan birga mujassamlashtirib ro‘yobga chiqarish juda muhimdir. Biroq o‘simliklarning tezpisharligi eslatib o‘tilgan ho‘jalik belgilari bilan genetik teskari bog‘lanishda bo‘lganligi uchun bunga erishish juda qiyin, chunki, aksariyat hollarda tezpishar navlar kam hosil, o‘sish sharoitining noqulayliklariga, kasalliklarga chidamsiz yoki hosilining sifati talabga to‘liq javob bermaydigan bo‘lib chiqadi. SHunday bo‘lsada, vatanimiz seleksionerlari turli ekinlarning ko‘pgina qimmatli tezpishar navlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.
Tezpishar va serhosil navlar yaratishda chatishtiriladigan o‘simliklarning to‘g‘ri va ustalik bilan tanlash, olingan duragaylarni ekologik sharoitda tegishli agrotexnikani qo‘llab parvarish qilish lozim.

Download 30,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish