2. Qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. Bularga Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarining lalmikor erlari va cho‘l mintaqalarida dehqonchilik qilinadigan erlar kiradi. Tez-tez qurg‘oqchilik bo‘lib turadigan erlardagi seleksiya muassasalarda har xil ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamli navlar yaratish hali seleksiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘simliklarning kurg‘oqchilikka chidamliligi deganda ularning nam etishmasligiga bardosh berib hosildorligini va mahsulot stfatini keskin pasaytirmaslik xususiyati tushuniladi. Qurg‘oqchilikka chidamlilik irsiy belgi bo‘lib, o‘sish sharoitining ta’sirida bir oz o‘zgarib turadi. SHuning uchun qurg‘oqchilikka yaxshi chidamli navlar yaratishda boshlang‘ich material sifatida qurg‘oqchilik bo‘ladigan erlarda shakllangan mahalliy va seleksiya navlaridan foydalanish lozim. Bunday navlar qurg‘oqchilikka eng chidamli bo‘ladi. SHuningdek qurg‘oqchilikka chidamlilik bo‘yicha ish olib borilganda mazkur erda qurg‘oqchilik o‘simliklar o‘suv davrining qaysi fazalariga to‘g‘ri kelishini ham hisobga olish kerak. Bizning mamlakatimizda qurg‘oqchilik asosan yoz oylarida g‘alla ekinlarining boshoq chiqarish-don quyulish fazasiga to‘g‘ri keladi.
Qurg‘oqchilikka chidamlilik bo‘yicha seleksiya ishlarining asosiy yo‘nalishi tur ichida duragaylashdir. Bunda yoddan chiqarmaslik kerakki, chatishtirishda ishtirok etadigan navlarning bittasi, albatta, qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lishi kerak. Bulardan olingan duragaylarda qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatini yuqori mahsuldorlik xususiyati bilan mujassamlashtirish juda muhimdir. Bu jihatdan don ekinlarining pakana va yarim pakana navlari navlarini yaratish diqqatga sazovordir. Bunday navlar oddiy navlarga nisbatan somon uchun kamroq, don uchun ko‘proq suv va oziq moddalar sarflaydi.
3. Sovuqqa chidamlilik seleksiyasi. O‘simliklarning sovuqqa chidamlilik xususiyati bahorgi bug‘doy, tariq, makkajuxori, grechixa kabi erta bahorda ekiladigan ekinlardan muttasil mo‘l hosil olishda katta ahamiyatga ega. CHunki bir qancha tumanlarda bu ekinlarning yosh maysalari bahorgi sovuqlardan zararlanib ko‘p nobud bo‘ladi yoki sovuq paytlarda zsishi sekinlashadi. Natijada hosildorligi ancha kamayadi, shimolroq va tog‘li tumanlarda esa ular kuzgacha pishib ulgurmaydi yoki pishish davrida sovuqdan zarar ko‘radi. SHuning uchun mazkur ekinlarning maysalari sovuqqa ancha chidamli yangi navlarini yaratish bilan bunday hodisalarning oldini olish mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu ekinlarning xilma-xil mahalliy va seleksion navlari sovuqqa chidamliligiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qilar ekan. Ularning eng yaxshilarini chatishtirishga jalb etib sovuqqa ancha chidamli yangi serhosil navlar yaratish mumkin.
Maysalari sovuqqa ancha chidamli bo‘lgan makkajuhori nav va duragaylarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish bu ekinni mamlakatimizning shimoliy va baland tog‘li rayonlariga keng tarqalishini ta’minlaydi, uni erta ekib, erta yig‘ishtirib olishga, undan bo‘shagan erga kuzgi va boshqa ekinlar ekish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |