62
Oxirgi guruh moddalar o‘z o‘lchami, stabilligi, tarkibi bilan viruslarga
ancha yaqin bo‘lganliklaridan, ulardan qutilish va tozalash jarayoni ancha
murakkab bo‘ladi. Hujayra shirasiga yana boshqa sedimentatsiya koeffitsenti 4 S
va 18 S ga teng oqsillar, protoplastlarning parchalanishidan fitoferritin kelib
qo‘shiladi. Unda temir atomi bo‘lib,
o‘lchami kichik bo‘lsa ham (10 nm) "suzish
zichligi" yuqori, sedimentatsiya koeffitsenti 60 S ga yaqin. Protoplazmada
xloroplastlarda 70 S ribosomalar bo‘lib ularga Mg
++
ionlarining etishmaslik
holatlarida ular 35 S va 50 S subbirliklarga parchalanadi. Sitoplazmadagi
ribosomalar esa 80 S bo‘lib, 35 S va 58 S subbirliklarga dissotsiatsiyalanadi.
Bulardan tashqari hujayrada hali qurilib bo‘lmagan har xil o‘lchamli virus
zarralari ham bo‘ladi. Virusni tozalaganda esa ana shu yuqorida aytilgan
organella va boshqa moddalardan ajratish kerak bo‘ladi. Bu esa o‘ta murakkab
jarayondir. Chunki ko‘pchilik viruslarni sedimentatsiya koeffitsenti va ba’zi bir
xususiyatlari (izoelektrik nuqtasi, "suzish zichligi" o‘lchamlari hujayra
qismlarinikiga juda yaqin bo‘ladi. Juda ko‘p viruslarni tozalash jarayonlarini o‘ta
ehtiyotkorlik bilan bajarilmasa, ularning yuqumlilik xususiyatlari yo‘qoladi.
4.2.Virus ajratishni optimallashtirish
a) O‘simlikning ahamiyati.
Virusni ajratish u qaysi o‘simlikdan
ekanligiga bog‘liq bo‘ladi, ba’zi o‘simliklar ulardan virus ajratishga o‘ta mos
bo‘ladilar, chunki ularda virus ko‘p miqdorda to‘planadi. Masalan, tamaki
shirasidan undagi virusni ajratish nisbatan oson. Virusni yana 20 - 25°S da
etarlicha namlikda, o‘g‘it juda ko‘p bo‘lmagan tuproqda o‘stirilgan yosh
o‘simliklardan ancha engil ajratish mumkin.
b) Virusning ahamiyati.
Birinchi guruh sistemali kasallangan o‘simlikda
mahalliy kasallangan o‘simlikga nisbatan ko‘p virus to‘planadi. Masalan, TMV
tamaki shirasini 1 litrida 2 - 3g bo‘lib, shirani 50 - 80% oqsilini tashkil kiladi.
Ikkinchi guruh viruslar - beda mozaikasi virusi - miqdori o‘rtacha, tozalash
jarayonida konsentratsiyasi tezgina pasayishi mumkin.
Uchinchi guruh viruslari katta miqdorda to‘planmaydi. Masalan, suli
o‘simligining 1 l shirasida 100 mkg arpaning sariq pakana virusi bo‘ladi xolos.
Ko‘p viruslarning konsentratsiyasi (quyuqligi) ularni xo‘jayin -
o‘simliklarini o‘stirishga bog‘liq bo‘ladi va virus to‘planishini tajriba yo‘li bilan
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |