60
4-bob. Viruslarni fizik va kimyoviy usullarda tozalash
4.1.Viruslarning tozalik mezonlari
Viruslarning toza va faolligini saqlagan holda ajratib olish, ularning
xususiyatlarini chuqurroq va atroflicha kengroq o‘rganishga,
kurash choralarini
ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Virus zarrasi o‘ta kichik o‘lchamli (angstrem yoki nanometrlar bilan
o‘lchanadi) biopolimer (m.m. 4-10
6
-50-10
6
va undan yuqori dalton) bo‘lgani
uchun ularni tozalash va o‘rganishda boshqa fanlar (biokimyo, molekulyar
biologiya, immunologiya,
biotexnologiya, fizik-kimyo, kristallografiya, kimyo
fizikasi) metodlaridan keng va unumli foydalaniladi.
Tozalangan virus
preparatlarini tozaligini va gomogenligini (bir jinsli) hamda haqiqatdan ham
ajratilgan bu preparat o‘z yuqumliligini saqlab qolganligini bildiruvchi omillar
bor (8).
Toza holda ajratilgan virus zarrasini morfologiyasi strukturasi,
kimyoviy
tarkibi, antigenligi, oqsil va nuklein kislotasi va boshqalarining xususiyatlari
o‘rganiladi.
Toza holda ajratib olingan virus preparati quyidagi mezonlarga javob
berishi kerak
:
1. Ajratib olingan
preparatning yuqumliligini, shu virusning o‘ziga xos
spetsifik sezgir indikator o‘simliklariga (o‘simlik viruslari uchun), hayvonlarga
(to‘qima va hujayra ekmalariga) va bakteriyalarga (bakteriofaglar uchun)
yuqtirib, ijobiy natija olish bilan tasdiqlanadi (Ilova, 3-rasm).
2. Preparatning gomogenligini isbotlash uchun biror moddani (saxaroza,
seziy xlor) gradient zichligida sentrifuga qilinib tadqiq qilinganda bir virus
zonasi (doira) hosil bo‘lishi ko‘rsatadi.
3. Tozalangan virus preparatini elektron mikroskopda tekshirilganda
preparat faqat virus zarralaridangina iborat bo‘lishi kerak.
Elektron mikroskop
natijalari olingan preparatni gomogenligidan va virus agregatlari haqida ma’lumot
beradi (Ilova, 4-rasm)
4. Tozalangan virus preparati spektrofotometrda analiz qilinganda UB-
nurni maksimum 260 nmda yutishi, hamda UB-nurni 230nm - 320nm to‘lqin
uzunligida da virus spektrini o‘lchanganda ham 260 nm da cho‘qqi hosil bo‘lishi,
260 nm ni 280 nm nisbati kam nuklein kislota tutuvchi (5-6%) viruslarda 1,2 –
1,3 ni (TMV, BMV-3), ko‘p nuklein kislota tutuvchi viruslarda 20% va undan
oshiqroq ko‘rsatkichni bo‘lishi (YAMV, TSPV)
toza virus preparatlariga
qo‘yilgan talabga mos kelishini ko‘rsatadi (Ilova, 8).
5. Immunologiya analizi. Tozalangan virus preparati virusga qarshi
tayyorlangan antizardob bilan ikkiyoqlama immunodiffuziya usulida
tekshirilganda pretsipitatsiya chizig‘ini hosil qilishi va o‘simlik hujayrasining
normal tarkibiy qismlariga qarshi olingan antizardob
bilan pretsipitatsiya
chizig‘ini hosil qilmasligi kerak (Ilova, 9 -rasm).
6.
Sedimentatsiya analizi. Toza preparatni 1 –2 gram miqdordagisini
analitik ultratsentrifugada ma’lum tezlikda va va ma’lum vaqt o‘tgandan keyin
sedimentatsiyasini shliren –optikasida rasmga olinganda simmetrik cho‘qqi hosil