157
6.4. Turizm sohasida PR faoliyatining maqsadi, asosiy yo‘nalishlari va
turoperatorlik xizmatining marketing faoliyatida xizmatlarni sijitishning PR
usullari
Har qanday faoliyatning maqsadi undan olinadigan yoki kutilayotgan natijadir.
PRning turizm sohasidagi asosiy maqsadi turistik korxonaning jamiyatda
muvaffaqiyatini ta’minlash, uning jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya
tizimini shakllantirishdir.
Turizm industriyasida PR jamiyat a’zolari fikrlarni o‘rganish va maqsadli
auditoriya va keng jamoatchilik o‘rtasida turistik firmaga nisbatan ijobiy
munosabatini shakllantirishga qaratiladi. Turistik firma tomonidan o‘tkazilayotgan
reklama tadbirlari yoki sotish bo‘yicha menejerlarning iste’molchilar(turistlar)
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar har narsaga shubha (ishonchsizlik) bilan
qarashni keltirib chiqaradi. Ammo PR, mustaqil axborot manbalari orqali aloqaga
chiqqanligi bois, ularning ishonchini oshirishi mumkin. Masalan, potensial haridor
dam olish uchun yo‘llanma yoki mehmonxonalardan birini tanlashda turagentlikdan
ko‘ra turizm bo‘yicha sharhlovchi, ekskursovod-gid yoki oddiy sotiladigan turistik
katalogga murojaat qilishni ma’qul ko‘radi. Bunda turist qulaylikni emas, balki
ma’lumotlarning ishonchliligini asosiy o‘ringa qo‘yadi.
Bu holda turizm sohasida PR quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
– turmahsulot taklif qiluvchi tashkilotlar va maqsadli auditoriyalar, shuningdek
OAV bilan umumiy maqsad va manfaatlarni aniqlash uchun ikkitomonlama
munosabatlarni o‘rnatish;
– to‘liq xabardorlik, ishonch va hamjihatlikka erishish;
– turistik tashkilotlar va keng jamoatchilik o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro
ishonch munosabatlarini o‘rnatish;
– turistik tashkilotning tanilishini ta’minlash;
– turistik tashkilotning imidjini yaratish va qo‘llab-qo‘vvatlash;
– turizm va turistik mahsulotni ommalashtirish;
– noto‘g‘ri ko‘rsatilgan va yomon taassurot qoldiradigan axborotlar, mish-
mishlarga barham berish;
– turistik tashkilotning turli maqsadli auditoriyalar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishiga erishish.
Ayrim adabiyotlarda turizm sohasida va va turoperatorlik xizmatida PRning
boshqa soha tashkilotlaridagi PR o‘rtasida farq mavjud emasligini uqtirishadi. Ammo
bu noto‘g‘ri, turizm sohasida siyosiy jarayonlardagi kabi PR ahamiyatli bo‘lmasada,
marketing kommunikatsiyasi sifatida uning o‘z o‘rni va ma’lum vazifalari mavjud.
Turoperatorlik xizmatining PR faoliyati quyidagi yo‘nalishlarida olib borishi
mumkin:
1. Aholi va OAV bilan ishlash
, ya’ni vaziyatga moslashuvchan va tezda
o‘zgaruvchan bo‘lishni ta’minlash, barcha axborotlarning OAVda o‘z holicha, hech
qanday o‘zgartirilmasdan va mazmuni o‘zgarmasdan aks ettirilishiga erishish,
jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatishda ma’lum axloqiy me’yorlarga rioya qilish,
aholi va ommaviy axborot vositalarini turoperatorlik xizmati to‘g‘risidagi turli
axborotlar bilan ko‘mib tashlamaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |