165
6.3-rasm. Turfirmaning press-relizi namunasi
Press-relizni tuzish va rasmiylashtirish.
Umumiy qabul qilingan qoidalarga
muvofiq, press-relizda PR bo‘yicha mutaxassisga press-relizdan qachon foydalanish
va qanday foydalanmaslikni o‘rgatish mumkin emas.
Press-relizni teskari ag‘darilgan piramida tamoyili bo‘yicha tuzing. Asosiy
maqsad birinchi jumlada bayon etilishi kerak. Birinchi xatboshi hodisa haqida qisqa
ma’lumot berishi kerak.
Lid yo‘g‘on shrift bilan ajratiladi. So‘nggi xatboshida turoperatorning to‘liq
nomi, manzili, telefon raqami, yozilgan sana, aloqa telefonlari va ma’lumot beruvchi
shaxsning F.I.Sh. ko‘rsatiladi.
Matn 1, 5 intervalda yoziladi.
Press-relizda maqsadli auditoriyaning diqqatini biror-bir jumlaga qaratmaslik
uchun alohida gapning tagiga chizish yoki ajratish mumkin emas.
Matn qisqa bo‘lishi va bir varaqdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Bosh harflardan imkon qadar kam foydalanish, 1 dan 9 gacha bo‘lgan sonlar
harf bilan yozilishi, sanalar ham sonlar bilan ifodalanishi lozim. Agar ko‘p sonli
raqamdan iborat misol keltirilayotgan bo‘lsa, nollar o‘rniga “ming” yoki “million”
deb yozish ma’qul[10,121].
Matnni ilmiy atamalarga to‘ldirmaslik kerak. Press-reliz yozayotganda 12-14
kegel o‘lchamli Arial yoki Times New Roman shriftidan foydalanilsa, elektron
PRESS-RELIZ
2016 yilda 2016 yil 15-16 yanvar kunlari Samarqandning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etish
va jamoatchilikni uning turizm sohasida erishgan yangi muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish
maqsadida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi
davra suhbati o‘tkazadi.
Hozirgi kunda bizning mamlakatimizning UNWTO bilan sheriklik aloqalari o‘zbek
xalqining boy madaniy-tarixiy merosini yanada ommalashtirish, shuningdek, respublikaning
turistik infratuzilmasini takomillashtirishga ko‘maklashish, Buyuk ipak yo‘lidagi diqqatga
sozovor joylar va tarixiy yodgorliklarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida “Ipak
yo‘lida turizm” loyihasini amalga oshirish, Buyuk ipak yo‘lida joylashgan 24 ta mamlakatning
yaqin hamkorligini ta’minlash masalalarini qamrab olgan. Shu sababdan, mazkur loyihaning
maqsadi quyidagilardan iborat:
– Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 martdagi 51-sonli “Yo‘l bo‘yi va turizm
infratuzilmalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Afrosiyob” va
“O‘lkashunoslik” muzeylarida hamda M37, M39 avtomagistrallari bo‘yida zamonaviy va barcha
talablarga javob beradigan, nogiron va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barcha qulayliklar
mavjud bo‘ladigan sanitariya-gigiyenik uzellar, ovqatlanish va dam olish maskanlari qurish rejasi
bilan tanishish;
– Bulung‘ur, Nurobod va Paxtachi tumanlarida 3 ta zamonaviy kemping qurilishi
to‘g‘risida;
– Samarqand shahri va tumanlarda 12 ta zamonaviy va milliy uslubdagi mehmonxonalar
qurilishi va ishga tushirilishi.
Davra suhbati doirasida turizm sohasi uchun oliy va o‘rta darajadagi mutaxassislar tayyorlash
bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar, ixtisoslashgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
hamda Sartepa turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan talabalar va
o‘qituvchilar bilan, ayniqsa talabalarning ishlab-chiqarish amaliyotlarini o‘tashlarida va ularni
ishga joylashtirishda viloyatdagi turistik firma va mehmonxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
ishlari atroflicha o‘rganib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |