167
kelishuvi bo‘yicha, uzrli sabablarga ko‘ra xodimning tashabbusi bilan yoki ishlab
chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan bog‘liq ish
beruvchining tashabbusi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Boshqa ishga o‘tkazish muddatiga ko‘ra doimiy va vaqtinchalik bo‘ladi. O‘zR
MKning 92, 93, 94 – moddalariga asosan boshqa ishga o‘tkazish xodimning
roziligi bilan amalga oshiriladi, ishlab chiqish zarurati
yoki bekor turib qolinishi
munosabati bilan (O‘zR MKning 95-moddasi) bog‘liq bo‘lgan holatlar bundan
mustasno. Biroq bunday holda xodim sog‘lig‘iga tug‘ri kelmaydigan boshqa ishga
o‘tkazilishi mumkin emas.
O‘zR MKning 96-moddasiga asosan doimiy, vaqtinchalik boshqa ishga
o‘tkazish, mehnat shartlarini, shuningdek ish joyini o‘zgartirish
ish beruvchining
buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa doimiy ishga o‘tkazish haqidagi buyruqni chiqarish uchun xodim
bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan qo‘shimchalar asos bo‘lib xizmat
qiladi. Doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruq mehnat shartnomasiga
kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmuniga to‘la muvofiq holda chiqariladi va
xodimga ma‘lum qilinib, tilxat olinadi (O‘zR MKning 96-moddasi 2-qismi).
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha
vaqtincha boshqa
ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi (O‘zR MKning 93-moddasi). Boshqa ishga
o‘tkazish haqidagi buyruqda albatta uning muddati ko‘rsatilishi shart. Boshqa
ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga uning avvalgi ishini
berishi lozim.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bo‘yicha va xodimning tashabbusi
bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq
chiqarishga ishchining
arizasi, homilador va ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga esa ularni arizasi
va tibbiy ma‘lumotnoma asos bo‘ladi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida
buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari
mavjudligi asos bo‘ladi.
168
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida
buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari
mavjudligi asos bo‘ladi.
Mehnat shartlarining, shuningdek ish joyining o‘zgarishi
ish beruvchi buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o‘zgartirish
haqida buyruqni chiqarishga xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan
o‘zgartirishlar asos bo‘ladi. Mehnat shartnomasida muayyan ish joyi aniq ko‘rsatib
qo‘yilgan hollarda ish joyini o‘zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim
bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar asos bo‘ladi.
Boshqa bir xodimning o‘rnida ishlash ham vaqtinchalik boshqa ishga
o‘tkazish kabi rasmiylashtiriladi. Boshqa xodimning o‘rnida ishlash ikki xil
holatda yuz beradi:
vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning ishlarini o‘zi bajarayotgan doimiy
vazifalardan to‘liq ozod etilgan holda bajarish;
vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarayotgan boshqa
xodimga asosiy vazifalarga qo‘shimcha ma‘suliyat yuklatish.
Bunday mazmundagi buyruqni chiqarishga xodimning roziligi
va boshqa
xodimning o‘rniga ishlashga olib kelgan sabab asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: