O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan Muxandislik Qurilish instituti
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti
Informatika va AT kafedrasi
16-IAT-19 guruh talabasi
ABTIV fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: Rahmonxo’jayev X
Qabul qildi: Imomnazarov E.
Namangan 2021-yil
Mavzu: Mikroprotsessorlarni vaqtincha to’xtashish (Prerqvaniya), tashqi, ichki va boshqa to’xtatishlar. MK past kuchlanishli elektrata’minot rejimlari.
Reja:
Mikroprotsessor.
Mikroprotsessor turlari va modellari.
Mikroprotsessorlarni vaqtincha to’xtashish (Prerqvaniya), tashqi, ichki va boshqa to’xtatishlar.
MK past kuchlanishli elektrata’minot rejimlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mikroprotsessor.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim oʻtkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, yaʻni oʻta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oʻz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu koʻrsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning oʻzida baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
arifmetik-mantiqiy qurilma;
ma’lumotlar va adreslar shinasi;
registrlar;
buyruq jamlagichi;
kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira;
qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni oʻqish va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir);
ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini;
tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lgan barcha elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo’yicha murojaat qilish);
mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to’plamini;
mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini;
tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar).
Mikroprotsessor tizimining xotira bo’shlig’ini shakllantirish usuliga ko’ra MP arxitekturalari ikkita asosiy turga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |