1 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


 - rasm. Hujayrani muzlatish jarayoni



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/76
Sana27.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#412703
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
yuksak osimliklarning hujayralaridan kopaytirish biotexnologiyasi

26 - rasm. Hujayrani muzlatish jarayoni: 
1) sekin bosqichli 2) tezkor usulda. 


88 
1. Sekin bosqichli usulda, +20 dan +28
0
C haroratgacha har minutiga
1 gradus tezlikda muzlatishda harorat o‗zgarishi 15 minut davomida ushlana-
di. Odatda o‗simlik hujayralari uchun o‗rtacha muzlatish ko‗rsatkichlari 
minutiga 0,5 gradus tezlikda -35
0
С haroratgacha olib borilshi mumkin. 
2. Tezkor usul bu suyuq azotga joylashtirish bo‗lib bunda – 196
0

haroratda bir zumda muzlash jarayoni amalga oshadi. 
Muzlatish jarayoni maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi. Agar bu tipda-
gi qurilmalar mavjud bo‗lmasa, oddiy spirtli hammomdan foydalanib jarayonni 
o‗tkazish mumkin. Bunda 0,5-1,0 litr spirt metall kolbali termosga solinadi va 
uning ichida o‗stirilgan hujayralar mavjud ampulalar yoki probirkalar joylash-
tiriladi. 15 minutdan so‗ng suyuq azot yoki quruq muz solinadi; bunda harorat -
32
o
C ga keltiriladi. Muzlatishda harorat -28 dan kam bo‗lmasligi va -32
0
С dan 
yuqori bo‗lmasligi talab qilinadi. 
Muzlatish jarayonida ampulalar pinset yordamida +37+40
о
С haroratli suv 
hammomiga joylashtiriladi. Bunda 1 ml hajmli ampulaning muzlashi uchun 30-
60 sekund vaqt talab etiladi. Muzlatishdan so‗ng o‗simlik hujayralari 3-10 % li 
saxaroza eritmasi bilan yuviladi. Hujayralarning hayotchanlik xususiyatini 
bilish uchun bo‗yalishiga sabab bo‗luvchi maxsus bo‗yoqlar yordamida ishlov 
berish orqali tekshiriladi. Yakuniy tahlil sifatida muzlatilgan hujayralarning 
standart holatdagi ozuqa muhitiga qaytarilganda yana o‗sish rivojlanishi bosh-
lanishini tekshirish hisoblanadi. 
Hayvon hujayralarini muzlatishdan so‗ng qayta ekish jarayonida 1-2 
ekishlarda viruslar bilan zararlanish darajasi ancha yuqori bo‗lishi kuzatiladi. 
Keyingi ekishlarda viruslarga nisbatan sezgirlik bo‗yicha esa oldingi ko‗rinish-
dagi holat qayta yuzaga keladi. Hayvon hujayralarining muzlatilish jarayoni 
o‗simlik hujayralarini muzlatish jarayonidan bir oz farq qiliib hayvon hujayra-
larini muzlatishda ma‘lum bir qo‗shimcha moddalar bilan ishlov berilishishi 
talab etiladi. 
Bulardan tashqari o‗simlik hujayralarini o‗sish jarayonini susaytirish 
uchun quyidagi usullardan amal qilinadi: 
1. Bakteriya va zamburug‗ hujayralarini o‗stirishda mineral moy 
qobig‗ini yuzaga keltirish. 
2. Hujayra o‗stirilayotgan muhitda atmosfera bosimi va gaz tarkibini 
o‗zgartirish. 
3. Yorug‗lik rejimini o‗zgartirish. 
4. Faol o‗sishni susaytirish darajasiga yetguncha sovitish. 
5. Gormonal va osmotik ingibitorlardan foydalanish. Gormonal ingibitor 
sifatida ko‗pincha o‗simlik hujayralari uchun xlorxolinxlorid, osmotik ingibitor 
sifatida mannit 3 – 6 % konsentratsiyada qo‗llaniladi. 


89 
6. Ozuqa muhitida СaCl
2
ni Ca(NO
3
)

ga almashtirish. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki,o‗sishni sekinlashtirish uchun 
umumiy o‗sish davrida optimal sharoitdagi sekin o‗sishning borishi, kam sonli 
ekishlar uchun xos xususiyatdir. Bunaqa ekishlar, zaruratdagi o‗tqazishlar 
o‗rtasidagi vaqtni kamaytirish va saqlashning ―faol kolleksiya‖ sharoitlarini 
mos ravishda ta‘minlanishining maxsus qayta ishlovlarini talab qilmaydi. Biroq 
ko‗pgina ekishlar uchun zaruriy omillar, o‗sishni cheklaydi. Xususan, o‗sishni 
sekinlashtiruvchi omil bu - haroratning pasayishidir. Boshqa bir yo‗li esa, 
ko‗pincha birinchisi bilan bog‗liq holda, gormonal yoki osmotik ingibitorlar-
dan foydalanishni o‗z ichiga oladi. O‗sish bosimi ostida yorqin namunalarni 
yo‗qotilgan yoki qisqartirilgan zaruriy oziq moddalar miqdori hisobiga topish 
haddan tashqari qiyin. Juda ham kamdan-kam hollarda o‗sishni sekinlashtirish 
uchun kislorod ta‘minoti sathini kamaytirishdan foydalanilgan. Bu yo‗llar 
qo‗shimcha izlanishlarni talab etadi.
Kriosaqlash ko‗pgina ekishlarning sekin o‗sish tezligiga ega bo‗lishi va 
o‗tkazishlar orasida vaqtning sezilarli oshirilish imkoniyatini ko‗rsatishini iloji 
bo‗lmasada, taajubsiz o‗sish tezligini nolgacha qisqartiradi. Shu boisdan, 
zamonaviy bilimlar tinim holatidagi oddiy urug‗larni kuzatishda ekishlarni 
ko‗chirishga yo‗l qo‗ymaydi. Shu vaqtga qadar yuksak o‗simlik to‗qimalarini 
o‗sishdan to‗liq to‗xtatish uchun birgina oddiy vosita – o‗rtapast haroratda, 
masalan, suyuq azot harorati – 196 °C da muzlatish mavjud. Haddan tashqari 
son-sanoqsiz ekishlar umumiy joyda yashasa, muzlatishga qarshi tabiiy chi-
damkorlikni namoyon qilishadi. Shu boisdan, muzlatish va eritish jarayonlari, 
shuningdek, o‗sishni qaytadan boshlash yo‗lida, materialni muzlatishga tayyor-
lashdan oldin o‗ziga xos sharoitlarga amal qilish zarur. 
 
Muzlashdan oldin birinchi manfiy harorat oralig‗ida, chamasi -100 
0
C da 
hujayra ichida va tashqarisida muz hosil bo‗lishidek muhim o‗zgarishlar sodir 
bo‗ladi. Bu o‗zgarishlar sifati ko‗pincha o‗rganiluvchi namunaga va krioqop-
lamaning (krioprotektor moddalarni) qayta ishlanishiga bog‗liq bo‗lsada, biroq 
asosan sovish tezligiga bog‗liq bo‗ladi. Sekin muzlatish vaqtida hujayra suvini 
qochirib, sitoplazma muzlashiga olib keladi va hujayra tashqarisida muz hosil 
bo‗ladi. Tez muzlatish esa hujayra ichini ancha ertaroq muzlashiga va ozroq 
suv yo‗qotishiga sabab bo‗ladi. Tez muzlatish vaqtida hosil bo‗lgan muz kris-
tallari hujayrani shikastlanishiga sabab bo‗ladi. Boshqa tomondan esa ortiqcha 
suv yo‗qotish natijasida hujayra shikastlanishining boshqa turi, o‗sha hujayrani 
nobud bo‗lishiga olib keladi. Shunday qilib, hujayraning tirik qolishi ikkita 
qarama-qarshi ta‘sir ko‗rsatuvchi shikastlantiruvchi kuchlar muvozanatiga 
bog‗liq bo‗ladi. Shikastlanishlar ta‘siridan saqlanish uchun, muz kristallarini 
takroriy hosil bo‗lishi uchun hech bo‗lmaganda -100 
0
C haroratda saqlash 


90 
zarur. Buning uchun amalda har doim suyuq azotdan (-196 
0
C) yoki uning 
bug‗i (-150 
0
C)dan foydalanish qulayroq. 
Hujayra eritilayotganda, unda yana shikastlanish ta‘sirini ko‗rsatuvchi 
muz kristallari hosil bo‗ladi. Shikastlanish darajasi hujayradagi muzi miqdoriga 
bog‗liqdir. Bunday holatda asosiy ehtiyotkorlik tezroq hujayrani eritishdir. Eng 
muhimrog‗i muz shaklidagi ekishlarni issiq suv yoki muhitga o‗tkazishdir. 
Shunga qaramasdan sekin eritish, kamdan-kam hollarda ancha yaxlit xilma-
xillikni namoyon qiladi. 
Hujayralarni qayta o‗stirish davrida asosiy biofizikaviy o‗zgarishlarning 
sodir bo‗lishi muzlash va eritish vaqtida sodir bo‗lsa ham, faqatgina erigan 
hujayralar keyingi shikastlanishga kuchli moyil bo‗ladi. Shu boisdan munosib 
―qaramoq‖ talab etiladi. Bu tez-tez hujayralarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri tozalashsiz, 
hujayralarda krioqoplamalarni saqlanishi uchun tiklovchi muhitga o‗tqazishdan 
boshlansa ham, tozalashning maxsus sharoitlarini tuzish mumkin. Tadqiqot 
namunalari uchun standart yoki modifitsirlangan agar ozuqali muhitlarni 
tanlash kerak. 



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish