1. Nazariy qism


Sorbsion tanlab eritishda ishlatiladigan dastgohlar



Download 3,69 Mb.
bet12/24
Sana28.06.2022
Hajmi3,69 Mb.
#716536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Diplom ishim

Sorbsion tanlab eritishda ishlatiladigan dastgohlar
Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda qo‘laniladi:
1.Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash;
2.Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash;
3.Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda olib borish(oltin va kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash).
Birinchi usul oddiy va sodda bo’lib, tindirilgan sinil eritmalariga qatron ionitlar ta'sir ettirib olinadi. Xomaki oltin metallini olish jarayoni soddalashadi.Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va regeneratsiya jarayonining qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha olmaydi.
Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki agitator yoki pachuklarda tanlab eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta'sir ettiriladi. Ikkinchi usulning afzaligi qimatbaho filtrlarning qo‘llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, dastgohlarning ko’p joy egallashi va ko’p kapital xarajatlarning sarflanishidir.
Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya tugatilishi bilan oltini olingan bo’tana tashlanma hovuz (otvallarga) yuboriladi. Qatronni bo’tanadan ajratib olishda yanchilgan ruda va qatron o’lchamlarining farqi asosiy rol o’ynaydi. Masalan: qatron yanchilgan ruda zarrasiga qaraganda bir necha barobar katta 0,5-2,0 mm, zarrachalar esa 0,074 mm ya'ni
0,5-2,0
e = = 7 : 27
0,074
barobar katta, demak ionit qatronni bo’tanadan bemalol g’alvirlash yo’li bilan ajratish oson. Shu sababdan qatron va bo’tana maxsus to’rdan o’tkaziladi, elak-to’r o’lchami zarrachadan katta va qatrondan kichikroq yasalgan bo’ladi. Qatronning zarralari to’r ustida (elak-to’r) tutilib qoladi. Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday qilib, qatronni oddiy g’alvirlash yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi.
Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash jarayoni birga olib boriladi. Tanlab eritish paytida ionitlar to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin va kumush zarralari bilan ta’sirlashishi kerak. Bu usul bilan tanlab eritilgan bo’tana filtrlash jarayonini chetlab o’tish mumkin. Jarayonning afzalliklari quyidagilar: a) oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab qiluvchi va qimatbaho filtrlarning qo‘llanilmasligi; b) sianlash jarayonida oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kamligi; v) sorbsiyalash jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) oltining ajralishi yuqori darajada (98-99 %) va yuqori sifatda olinishi.
Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib boriladi, unda eritishga keladigan yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, miqdori 80-90 % da bo’ladi. Agar ruda zarralarining o'lchami undan katta bo'lsa, qatron ruda bilan yanchilishi hisobiga yo’qolishi mumkin. Sorbsiya jarayonida ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu bo’tanadan qatronni oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiklari olchami 0,4-0,45 mm va undan yirik, qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi, bo’tana esa keyingi pachukka o’tadi.
Boshlang‘ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga o‘tadi. Oltining qolgan qismi sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga o‘tib, so‘ng sorbsiyalanadi. Dastlabki sianlash jarayonini olib borish anioning oltin va kumushga bo‘lgan ishchi hajmining oshishiga olib keladi.
Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12 ta) tashkil topgan bo‘lib, ular bo’tanani qatrondan ajratish uchun setkalar va havo yordamida ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama-qarshi oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgohlar birlashmasidan iborat.



Regeneratsiya

Chizma №39. Oltin tarkibli rudalarni sorbsiali sianlash jarayoni texnologik sxemasi: 1 — quyultirgich; 2 — dastlabki sianlash pachuklari; 3 — sorbsiyalash pachuklari; a)_________bo’tana oqimi; b) ----------------dastgohlarda qatron oqimi; havo yordamida aralashtirgichli agitator yoki pachuk sharoitlari quyidagicha: munosabat Q:S = 1...2 : 1, erish jarayoni davomiyligi 3—6 s, NaCN va СаО konsentratsiyasi (oksidlangan - kvarsli rudalar uchun 0,03-0,05% NaCN va 0,01-0,02% СаО).
Dastlabki sianlashdan o‘tgan bo’tana birinchi sorbsiyalash dastgohiga keladi va barcha dastgohlardan anionit bilan qarama-qarshi harakatda o‘tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va kumushning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi dastgohdan bo’tana chiqadi, kam miqdorda oltin va kumush pachuk setkalaridagi kamchiliklar sababli bo’tanada qatron bilan qolgan bo‘ladi. Shuning uchun bo’tana nazoratchi g‘alvirda qatron ajratib olinadi va qolgan bo‘tana sianidlardan tozalanib chiqindi saqlanadigan joyga yuboriladi. Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o‘tgan qayta tiklangan qatron va yo’qotilganlarining o’rnini to’ldirish uchun qo’shimcha yangi qatron sorbsiya zanjirining oxirgi pachugidan yuklanadi. To‘yingan qatron yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va regeneratsiya jarayoniga jo’natiladi.
Sorbsiya yo’li bilan tanlab eritiladigan bo’tana birinchi pachukka yuklanadi va eng so’nggi pachukdan tashqariga bo’shatib olinadi. Toza sof ionit eng oxirgi reaktorga yuklanadi. Oltin (nodir metallar) bilan to`yungan qatron birinchi pachukdan (reaktor) bo’shatiladi (chiqadi). Bir-birining oqimiga qarama-qarshi yuborilgan bo’tana va qatron o’zaro yaxshi aralashib (to’qnashib), qatronning nodir metallar bilan to’yintiradi.
Sian va ishqor sorbsiya jarayonida sarf bo’ladi, shu sababli erituvchilarning konsentratsiyasi mustahkamlanib erkin NaCN 0,03-0,05% va himoya ishqori 0,005-0,01 CaO ga yetkaziladi.Bu jarayon sorbsiyali tanlab eritishnining 3- yoki 4-bosqichi amalga oshirililadi.
Sorbsiyali sianlash jarayonida asosiy ko’rsatgichlardan biri bu qatronning dastgoh bo’ylab oqimidir.
Sorbsiya jarayoni davomiyligi bo’tananing sorbsiya dastgohlarida bo’lish vaqti bilan belgilanib, oltinning rudadan eritmaga to’liq erib o’tishi va anionitga shimilish vaqtini o’z ichiga oladi. Sorbsiyali tanlab eritish jarayonlari tajribalar natijasida aniqlanadi. Agar rudalar oksidli-kvarsli va sulfidli-kvarsli bo’lsa unda erish jarayoni 6-12soat davom etadi, ko’pincha bu ko’rsatkich ruda xossalariga va jarayonning o’tkazilish sharoitiga (oltinning rudada joylashishiga, zichligi va qovushqoqligi, erituvchilar konsentratsiyasiga)bog’liqdir. Sulfidli ruda va boyitmalarni sianlash vaqtida sorbsiyalash jarayoni davomiyligi 12-18 soatgacha o’sishi mumkin [9].
Bo’tananing «kaskadda» bo’lish vaqti va bo’tanadan oltinni qatronga shimilish vaqti quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
τsv = V/P,
τsv – sorbsiyali tanlab eritish jarayoni davomiyligi, s ; V – kaskaddagi barcha sorbsiya dastgohlari hajmi, m3; P – dastgohning ishlab chiqarish unumdorligi(bo’tana oqimi), m3/s .
Bo’tananing bir sorbsiya pachugida bo’lish vaqti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
s: tsv = τsv/N,
bunda N—kaskaddagi dastgohlar soni. Amaliyotda bir sorbsiya pachugida bo’tana o’rtacha 0,5-2 soat bo’ladi, oksid-kvarsli rudalar uchun 1soatni tashkil qiladi. Har bir dastgohda bo’tananing qisqa vaqtda erib o’tishi kinetik jihatdan samaralidir va sorbsiya jarayoni kinetikasini ifodalaydi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish