Yordamchi sozlar yuzasidan testlar
1. Atash ma`noli so`zlar yoki ular o`rnida qo`llanib, ma`lum so`roqlarga javob bo`luvchi va gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida keluvchi so`zlar nima deb ataladi?
A) Mustaqil so`zlar B) Yordamchi so`zlar
C) So`z turkumlari D) Atash ma`noli so`zlar
2. Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so`zlarning vazifasi emas?
A) Mustaqil so`zlarni bir-biriga bog`lash
B) Gaplarni bir-biriga bog`lash
C) Gapning ma`nosiga qo`shimcha ma`no yuklaydi.
D) Biror gap bo`lagi vazifasida keladi.
3. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do`st bo`l. Hunarsiz kishida xosiyat bo`lmaydi. Mehnatdan, ilm-u hunar o`rganishdan uzoqlashma. Ushbu gapda nechta yordamchilar bor?
A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 1 ta
4. Qaysi gap tarkibida ko`makchilar qatnashmagan?
A) Tipratikanni turtsangiz, tikanini hurpaytirib olganidan unga qo`l tekizib bo`lmaydi.
B) Bu kitob qo`liga tushgandan keyin, bosh ko`tarmay mutolaaga tushdi.
C) Siz bilan hamsuhbat bo`lmasdan avval boshqacha hayolda edim.
D) Usmon Nosir ham mashur siymolar kabi juda yoshligidan ko`p ijobiy xislatlarga ega bo`lgan edi.
5. Qaysi gap tarkibida vazifadosh ko`makchi ishtirok etgan?
A) U yigitga maqola yanglish ketganini va bu haqida idoraga chora ko`rganini aytib chiqarib yubordi.
B) Polvonning qo`li kuch bilan o`ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.
C) Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g`am va qayg`u ostida bo`ladi.
D) Yomonlikdan chiqqan aks sado har qadam sayin zaiflasha boradi, bora-bora o`chib yo`q bo`ladi.
6. Qaysi ko`makchilar ba`zan chiziqcha bilan yoziladi?
A) Ko`makchilar har doim qo`shib yoziladi
B) Ko`makchilar har doim chiziqcha bilan yoziladi
C) Ko`makchilar har doim ajratib yoziladi
D) bilan, uchun ko`makchilari badiiy uslubda chiziqcha bilan yozilishi mumkin.
7. Ko`makchilar yetakchi so`zga qo`shilib qanday qo`shimcha ma`no yuklashi mumkin?
A) Ko`makchilar yordamchi so`z bo`lgani uchun hech qanday qo`shimcha ma`no yuklay olmaydi
B) maqsad, yo`nalish, fikr mavzusi, o`xshatish, qiyoslash, chegara
C) qarashlilik, maqsad, yo`nalish, o`xshatish, chegara, atalganlik
D) Ko`makchilar so`zlarga yoki gapga hech qanday ma`no yuklamaydi
8. Qaysi qatorda faqat vazifadosh ko`makchilar berilgan?
A) ost, yon, ust, old, orqa, bilan, ro`para, so`ng
B) avval, keyin, tomon, qosh, bo`ylab, uzra, qarab, ko`ra
C) deb, atab, deya, oldin, yon, old, ost, sari, tomon, orqa
D) ost, keyin, so`ng, oldin, avval, deya, deb, atab, ko`ra
9. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasiga ma`nodosh ko`makchi qaysi gap tarkibida bor?
A) Ark suv quygandek jimjit.
B) Shunday yashar – sokin, bezavol, Pastakkina tandiri bilan, Katta uyda kichkina bir chol, Kichkina bir kampiri bilan.
C) Hovlining yarimiga qadar ariq tortib ekilgan qulpnay pushtalarida suv yaltiraydi.
D) Yugurgancha chopib ketayotgan Komiljon birdan o`grilib maktab tomon qaradi.
10. Bosh kelishik shaklidagi so`zlar bilan birga keladigan ko`makchilar qaysi javobda berilgan?
A) Bilan, kabi, singari, uchun, sari,sayin
B) chog`li, bo`ylab, ko`ra, qaramay, yarasha
C) Bilan, kabi, sari, sayin, chog`li, ko`ra
D) Singari, sayin, qaramay, asosan, tomon
11. Qaysi gap tarkibida sof ko`makchilar qatnashmagan?
A)Yomonlikdan chiqqan aks sado har qadam sayin zaiflasha boradi, bora-bora o`chib yo`q bo`ladi.
B) Otasidan bir kun olib pul, Kitob do`koni sari soldi yo`l. Ketayotsa yo`lida o`g`lon, Uchrab qoldi muzqaymoq do`kon.
C) Qish o`tib bahor kelishi bilan Qora bog`da o`tkazilgan qurultoyda Boyazid sulton ustiga yurishga qaror qilindi?
D) Donalar oldida doim eshitguvchi bo`l.
12. Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra nechaga bo`linadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
13. Bilan so`zi qaysi gap tarkibida bog`lovchi vazifasida kelgan?
A) Bu so`z sof ko`makchi bo`lib hech qachon bog`lovchi vazifasida kelmaydi.
B) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir.
C) Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi.
D) Matniyoz xotini nima desa shuni qilardi-yu, lekin ich-ichidan unga achinib qo`yardi.
14. Teng bog`lovchilar qaysi javobda berilgan?
A) va, hamda, bilan ham
B) ammo, lekin, biroq, balki
C) na… na.
D) Barcha javoblarda teng bog`lovchilar berilgan.
15. Faqat bog`lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so`zlar qaysi qatorda berilgan?
A) va, lekin, ammo, biroq B) bilan, na… na, balki,
C) bilan, va, hamda, biroq
D) ammo, lekin, biroq, na… na
16. Ham bog`lovchi, ham modal so`z vazifasini bajaruvchi so`z qaysi javobda berilgan?
A) balki B) biroq C) bilan
D) bilan, balki.
17. Biriktiruv bog`lovchilardan qaysi biri takror qo`llanadi?
A) va B) goh C) ham D) hamda
18. Aniqlov bog`lovchisi qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) U ilonni aldagani uchun, ya`ni unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, qurbaqaning go`shti ekanligini aytgani uchuin ta`qibga uchragan emish.
B) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug`dirmaydi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.
C) Tarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, o`zbegim.
D) Hamon shamol o`kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong`oq shoxlari shubhali g`iyqillar, ammo endi bular uni qo`rqitolmas edi.
19. Ergashtiruvchi bog`lovchilar necha ma`noli guruhga bo`linadi?
A) 2 B) 3 C)4 D) 5
20. Quyidagilardan qaysi biri yakka qo`llanuvchi bog`lovchi?
A) inkor bog`lovchi
B) Ayiruv bog`lovchilar
C) Sabab bog`lovchilar
D) briktiruv bog`lovchilari
21. Biriktiruv bog`lovchi qaysi gapda bor?
A) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko`rishmaydi?
B) Ayniqsa, uning odob va axloq haqidagi “Turkiy Guliston” asari bugungi kungacha o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
C) Kun isishi bilan daraxtlar kurtak yoza boshlaydi.
D) Mushuk yarimi qizil, yarmi sariq koptokni u yoqdan-bu yoqqa dumalatish bilan ovora edi.
22. Ergashtiruvchi bog`lovchi qaysi gap tarkibida bor?
A) Bir kechasi bir hiyla o`ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo`nadim
B) Agar ularning oldida sukut saqlab o`tirsang, go`yo bu gullar uyqudan uyg`onib allanimalar haqida shivirlayotgandek tuyuladi
C) U kishi hamma bilan qo`l berib hayirlashdi-da, menga qolganda, burilib ketdi.
D) Bir mahal bola yig`ladimi yo tashqaridan shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod qulog`iga kirdimi, anglay olmay qoldi.
23. Chegara ma`nosini bildirgan ko`makchi qaysi gap tarkibida kelgan?
A) Nigora yaxshi xulqi, chiroyli muomalasi bilan ham obro`ga erishishi mumkin edi-ku!
B) Otasidan bir kun olib pul, Kitob do`kon tomon soldi yo`l.
C) Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo`lishimizni talab qildilar.
D) Bahor kelgunga qadar shu zayilda yashab arang qishning sovuq kunlaridan o`tib olibdi.
24. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumlar. Mazkur gapda ko`makchining qaysi qismiga urg`u tushadi?
A) Oxirgi unli tovushga
B) Urg`u ko`makchi bilan birga kelgan mustaqil so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi C) Birinchi bo`g`inga
D) Birinchi so`zga tushgan.
25.Sodda yasama olmosh qaysi javobda berilgan?
A) Olmoshlar yasama bo`lmaydi
B) allaqanday, allakim, qaysidir
C) kim, nima, allakim D) Hech kim, har kim, bacha
26. Daraja-miqdor ravishi qaysi gapda qo`llangan?
A) Ko`p yaxshi o`ylabsiz, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak.
B)Kecha tog`ang berib ketgan zog`oradan ikkitasini olib qo`yganman, birgalashib choy ichamiz.
C) Birinchi kuni gazlamaning to`rtdan bir qismi, ikkinchi kuni qolgan gazlamaning beshdan bir qismi sotildi.
D) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog`arachani keltirib “Eshak”ning oldiga va bir bog` beda ketirib, “Ho`kiz”ning oldiga qo`yibdi.
27. Ko`makchi fe`lli so`z shakli qaysi qatorda qo`ll`anmagan?
A) O`yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho`zilib ketdi. B) Mo`ysafid gullarni shiyponga qo`yib, mehmonlar bilan ko`risha ketdi.
C) Hozircha muvaqqat sim tortib turaylik, doimiy simni Farhoddan elektr olganimizda tortamiz.
D) Shoir o`z qalbida kechgan jarayonlarni aks ettirish orqali o`z qalbining tarixini yaratadi.
28. Asosga qo`shilib, uning ma`nosiga qo`shimcha ma`no yuklash yoki o`zi qo`shilayotgan so`zni boshqa so`zga bog`lash vazifasini bajaruvchi qo`shimchalar vazifasiga ko`ra qanday qo`shimchalar sanaladi?
A) So`z yasovchi qo`shimcha
B) Shakl yasovchi qo`shimcha
C) Sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha
D) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha
29. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o`tish jarayonini ifodalovchi fe`llar qanday fe`llar deyiladi?
A) Aqliy faoliyat fe`llari B) Holat fe`llari
C) Jismoniy faoliyat fe`llari
D) Harakat fe`llari
30. Qaysi qatorda aniq nisbat shaklidagi fe`l yo`q?
A) afsuslandi, suhbatlashdi, qurdi B) qurildi, yasandi, janjallashdi C) achindi, gaplashdi, yozdi
D) kiyindi, sevildi, borildi
31. . Ayiruv bog`lovchilari vazifasiga ko`ra qanday bog`lovchi?
A) Takror qo`llanuvchi bog`lovchilarga
B) Teng bog`lovchilaga
C) Ergashtiruvchi bog`lovchilarga
32. . Polvonning qo`li kuch bilan o`ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.Mazkur gapda nechata yordamchi so`z ishtirok etgan?
A) 5 ta
B)6 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
33. . Ahyon – ahyonda polizdan qovunlarning tars – turs yorilgan ovozi eshitilyapti. Ushbu gapda qaysi so`z turkumiga oid so`z qat nashmagan?
A) modal so`z
B) yuklama
C) ergashtiruvchi bog`lovchi
D) yuqoridagilarning hech biri ishtirok etmagan
35. . Takror qo`llanuvchi inkor bog`lovchisi ishtirok etgan gapning kesimi qanday shaklda bo`ladi?
A) Inkor shakilda
B) Tasdiq shaklida
C) bog`lovchining ishtiroki kesimni o`zgartirmaydi.
D) To`g`ri javob yo`q.
35. Ko’makchi qaysi gap tarkibida bor?
A) Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
B) Qulpnayning mevasi naviga qarab, uch-saksontagacha bo`lishi ham mumkin
C) Yetimlik nimadir, bizlardan so`ra, O`ninchi yillarning sargardonligini… Isitma aralash qo`rqinch tush kabi Xayol ko`zgusidan o`chmaydi sira.
D) Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ikki-uch og`iz so`zlab o`tsam
36. Inkor bog`lovchisi qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Na qo`shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. B) Mamlakatimizda bayramlar ko`p, lekin Navro`zning tarovati, shukuhi o`zgacha.
C) Manisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o`lish demakdir.
D) Hoshimjon maktabda na yozadi, na o`qiydi, faqat sehrli qalpoq haqida o`ylardi.
37. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko`p ijobiy xislatlarga ega bo`lgan edi. U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o`ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. Usmon Nosir o`z ustida ko`p ishlardi… Usmon she`rlarida jimjimadorlik ko`rinmas, fikr-tuyg`u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi. Ushbu matndagi sof va vazifadosh ko`makchilar miqdori qaysi qatorda to`g`ri berilgan?
A) 4ta sof va 3ta vazifadosh ko`makchi
B) 3 ta sof va 4ta vazifadosh ko`makchi
C) 4 ta sof va 1 ta vazifadosh ko`makchi
D) 4ta sof va 2 ta vazifadosh ko`makchi
38. Quyidagilardan vazifadosh ko`makchilar qatnashganlarini aniqlang.
1. Gap futbol o`yini ustida ketardi. 2. Qoziq ustida qor turmas.
3. Orqadan chuqur soy oqardi. 4. Muhbirimiz telefon orqali xabar berdi.
5. To`ydan keyin nog`ara chalmoq nodonlar ishi. 6. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqatli mehnat yotadi.
A) 1,2,3,4,5,6
B) 1,2,3,5
C) 1,5,6
D) 1,3,5,6
39. Qaysi gapda ergashtiruvchi bog`lovchi qo`llangan?
A) Qancha yo`llar bosdim, gohida toldim, Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
B) Nega kerak gapning nega, negasi, Yo shoir, yo marhum buning egasi.
C) Ba`zan uloqni to`dadan olib chiquvchi ham ko`rinib qoladi, biroq uning ketidan uloqchilar chug`urchiqday yopirilishib, o`n-o`n besh qadamda tutib oladilar.
D) Kishining talanti barcha sohada bir xil bo`lavermaydi, chunki yoshlar o`zi sevgan, qobiliyatiga mos bo`lgan ishni tanlay bilishi kerak.
40. Shart bog`lovchisi qo`llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo`lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog`ib, dashtda qolib ketishlarib ehtimoldan holi emas.
B) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo`ladi, chunki Yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi!
C) Tilning bilish borasidagi ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma`rifatni, ya`ni bilishning eng oddiy martabasini ham o`z ichiga oladi.
D) Agar ularning oldida sukut saqlab o`tirsang, go`yo bu gullar uyqudan uyg`onib allanimalar haqida shivirlayotgandek tuyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |