1. munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A ismlarning egalik shakli



Download 407,5 Kb.
bet7/15
Sana23.04.2022
Hajmi407,5 Kb.
#577953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 5251241489576495507

2-qism(davomi)

1.Zavq bilan o’qimoq,to’satdan kelmoq,birdan baqirmoq so’z birikmalari qanday usul bilan bog’langan? A)bitishuv B)moslashuv C)boshqaruv D)teng bog’lanish 2.SHaharda ko’p qavatli baland binolar qurish avj olgan.Gapda nechta to’ldiruvchili birikma mavjud? A)1 B)2 C)3 D)to’ldiruvchili birikma mavjud emas. 3.SHaroitga ko’ra yondashmoq.Boshqaruvli birikmada tobe so’z hokim so’zga qanday vositalar bilan bog’langan? A)ko’makchilar B)kelishik C)ko’makchilar,kelishik D)bu birikma bitishuvli birikma hisoblanadi. 4.1.Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo’l qo’ydi. 2.Rahimjon ma’yus holda so’ri suyanchig’ga qo’l qo’ydi.Ushbu gaplardagi ‘’qo’l qo’ydi’’ birikmasiga to’g’ri tavsif berilgan javobni aniqlang. A) 1-so’z birikmasi,2-qo’shma so’z B)1-qo’shma so’z,2-so’z birikmasi C)ikkalasi ham so’z birikmasi D)ikkalasi ham qo’shma so’z 5.Azim daryolar shovqinsiz oqadi,sayoz jilg’alar esa sershovqin oqadi, oqil va g’ayratli kishilar kam gapirib, ko’p ish qiladilar.Gapdagi so’z birikmalari soni? A)8 B)9 C)10 D)11


6.Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi.Ushbu gap haqidagi to’g’ri mulohazani aniqlang. A)so’z birikmasi B)qo’shma so’z C)ibora D)sintagma 7.Kechqurunlari buvimdan oy yorug’ida turli rivoyatlar tinglardim.Gapdagi so’z birikmalarining miqdori va ular qanday usullar bilan o’zaro bog’langan? A)5ta,2-ta bitishuv,2-ta boshqaruv,1-moslashuv B)6ta,2-ta bitishuv,3-ta boshqaruv,1-ta moslashuv C)5ta,3-bitishuv,2-ta boshqaruv C)6ta, 3-bitishuv,3-moslashuv D) 5ta,2-bitishuv,4- boshqaruv 8.So’z birikmasi zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan gapni toping. A)Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. B)Badanni junjituvchi sovuq shamol izg’ib qoldi. C)Gulnora mehmonlarga choy olib kirdi. D)Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to’ldiradi. 9.SHu paytda mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi.Gapdagi so’z birikmalarining miqdori,bog’lanish usulini aniqlang. A)4-ta,2-ta bitishuv,1-moslashuv,1-boshqaruv B)5-ta,3-ta bitishuv,2-moslashuv
C)4-ta,1-bitishuv,2-ta boshqaruv,1-ta moslashuv
D)5-ta,1-bitishuv,2-taboshqaruv,1-moslashuv
10.Istak gap berilgan qatorni toping. A)Yomg’ir yog’sa edi. B)Ravshan kelsa,fudbol o’ynardik. C)Mehnat qilsang,rohat ko’rasan. D)Barcha gaplar nomustaqil kesim shakli 11.1.Biz uyga qaytdik va birga dars tayyorladik. 2. Biz uyga qaytib,birga dars tayyorladik. Ushbu gaplar haqidagi noto’g’ri mulohazani aniqlang. A)1-gap qo’shma,2-gap sodda B)ikkala gap ham qo’shma C)1-gapda 2ta kesimlik shakli mavjud,2-gap 1ta kesimlik mavjud. D) 1-gapda 1ta kesimlik shakli,2-gapda 2ta kesimlik shakli mavjud. 12.Ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan gapni toping. A)Men maktabga boraman. B)Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha,Fotima ham barkashni olib keldi. C)It hurar-karvon o’tar. D)Ravshan xatni kecha yuborgan. 13.Tabiatda hech qanday sirli kuch ta’sirida ro’y beradigan narsa yo’q. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan? A)ot B)ravish C)modal D)son 14.Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam//o’qish.Qanday tinish belgisi qo’yiladi? A)tire B)VERGUL C)hech qanday tinish belgisi qo’llanmaydi D)chiziqcha 15.Kengaygan birikma bilan ifodalangan kesimni belgilang. A)Vazifamiz-bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish B)Respublikamizdagi eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy universitetidir C)Komil insondagi olijanob xislat-o’tmishni unutmaslik D)barcha javoblar to’g’ri 16.Tire noo’rin qo’llangan gapni toping. A)Bu gul-qizil B)Taniganim-do’stlarim C)Dilshoda-a’lochilarimizdan D)Eshitganim-haqiqat 17.Tire noo’rin qo’llangan gapni aniqlang. A)Yaxshi qiz-yoqadagi qunduz B)Butun umidimiz-sendan. C)Toshkent-go’zal shahar. D)Istiqlol-bu o’zbek xalqining azaliy orzusi. 18.Quyidagi so’z birikmalaridan qaysi biri bitishuv usulida hosil qilinmagan? A)bahorgi ishlar B)to’satdan kelib qolmoq C)sharoitga ko’ra yondashmoq D)qund bilan o’qimoq
19.Egasi yashiringan gapni aniqlang. A)Masalani yechdingizmi?-so’radi Aziz B)O’ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas. C)Yomg’ir. Sokin kuy chaluvchi mashshoq. D)Xonadan bolalarning ovozi eshitildi. 20.Ega qatnashmagan,bajaruvchi shaxsi kesimlik shakli bilan ham ifodalanmagan gapni belgilang. A)Eshik ochiq bo’lsa ham,so’rab kir. B)Bahor.Kunlar iliqlashgan. C)Topshiriqni o’z vaqtida bajaring. D)Bu yerda o’rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. 21.Qaysi qatorda ega otlashmagan so’z bilan ifodalangan? A)Ikkalasi ham chiqib ketdi. B)O’qigan o’qdan o’zar. C)Ko’p so’zning ozi yaxshi. D)Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.
22.Ot kesim sodda yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A)Bu manzara menga tanish. B)Sobir ma’naviy zarar ko’rdi. C)Ko’chalar qiyshiq. D)Sanaganimiz hammasi qirqta. 23.Qaysi qatorda so’z birikmasi berilgan? A)qochib qoldi B)olib kirdi C)sog’inib keldi D)sevintirib qo’ydi 24.Yoyiq atov gap berilgan qatorni toping. A)Subhidam.Quyosh yotog’idan bosh ko’tardi. B)Hamon yodimdadir: gul chog’I erdi. C)Maktab.Yoshligimning oltin davri. D)Yoyiq atov gap berilmagan. 25.Oq paxtalar ochildi.Gapdagi oq va paxtalar so’zlari qanday bog’langan? A)ohang B)so’z tartibi C)o’zaro bog’lanmagan D)kelishik 26.Fikr asosi faqat kesimdan iborat bo’lgan gap qanday gap sanaladi? A)egasiz gap B)yig’iq gap C)to’liqsiz gap D)atov gap 27.Shaxsi ma’lum gapni toping. A)Otaning amaliga suyanma. B)Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi. C)Hayotni go’zalliksiz tasavvur etib bo’lmaydi. D)Keksalikni ko’prikka tashbeh qiladilar 28.Ega ajralmas birikma bilan ifodalangan gapni aniqlang. A)Uning oyoq olishi bizga yoqmadi. B)San’atsiz turmush o’g’rilikdir. C)Musobaqada 1-o’rinni olganlar taqdirlandi. D)O’zbekistonn Milliy Universiteti respublikamizning eng nufuzli oily dargohidir. 29.Tenglik munosabati bo’lganligi uchun ega va kesim orasida tire qo’yilgan gapni aniqlang. A)Yashamoq-mehnat qilmoq B)Bir yil-o’n ikki oy C)Tinchlik-bu totuvlik D)Men-mana shu minglarning biriman. 30.Uzoqdan jangchilarning urasi eshitildi.Ega nima bilan ifodalangan? A)taqlid B)otlashgan so’z bilan C)undov D)b,c javoblar t 31.Ega qaysi kelishik shaklida bo’ladi? A)bosh k,ba’zi holatlarda chiqish B)barcha kelishik shaklida bo’ladi. C)bosh k D)tushum k 32.Ega va kesim orasida tire qo’yilishi kerak bo’lgan o’rinda undalma,kirish so’z qo’llansa tire qay holatda qo’yiladi? A)undalma yoki kirish so’zdan oldin B)undalma yoki kirish so’zdan keyin C)undalma yoki kirish so’zning har ikki tomonidan D) tire tushib qoladi 33.Tobe bog’lanish berilmagan qatorni aniqlang. A)mendan ziyrak B)tengsiz muhabbat C)tog’-u toshlaring D)barcha so’zlar tobe bog’langan. 34.SHaxsi noma’lum gaplarning kesimi qaysi so’z turkumi bilan ifodalanadi? A)ot B)barcha otlashgan so’z turkumlari C)fe’l D)barcha mustaqil so’z turkumlari 35.Xonaga kirgan avval salom beradi. Qanday gap hisoblanadi? A)egasi ma’lum gap B)shaxsi noma’lum gap C)shaxsli gap D)t j y 36.Boshqa so’zlar bilan deyarli kengaya olmagan gap berilgan qatorni aniqlang. A)-Assalomu aleykum, hormang ota! B)Go’zal bahor.Hamma yoq yashargan. C)Qip-qizil saraton quyoshi.Jilmayib nur sochardi. D)Urush…Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.




  1. Download 407,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish