1. munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A ismlarning egalik shakli



Download 407,5 Kb.
bet10/15
Sana23.04.2022
Hajmi407,5 Kb.
#577953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5251241489576495507

Kiritmalar

1.Kritmalar gapdagi boshqa bo`laklardan qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?


A) nuqta, tire, qavs, ikki nuqta
B) vergul, tire, ba`zan qavs
C) Ikki nuqta, tire, ba`zan qavs
D) tire, vergul, qavs, ikki nuqta
2. Sodda kiritma qaysi gap tarkibida bor?
A) Qani, kiring, ichkarida bemalol gaplashamiz.
B) Nahotki, daryolar oqar teskari, nahotki, odamlar kezar darbadar.
C) Aytishlaricha, bugun kelishlari kerak.
D) Barcha javoblarda soda kiritmalar bor.
3. Yolg`on gapirish, albatta, gunohdir. Lekin o`rinsiz haq so`zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg`on yaxshiroq. Masalan, Hakim kasali tuzalish bosqichidan o`tgan bemorning umidli savoliga, sizningcha, qanday javob berishi kerak? Shak-shubhasiz, o`lasiz debmi yoki, inshoolloh, tuzalib ketasiz debmi? Ushbu gapda nechta kritma bor?
A) 6 B) 7 C) 5 D) 8
4. Kritma gaplar keng qo`llanadigan soha qaysi nutq hisoblanadi?
A) Dialogik nutq B) Dramatik nutq
C) So`zlashuvda D) To`g`ri javob yo`q.
5. Qaysi gapda kiritma gap qo`llanmagan?
A) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma`lum bo`la boshladi.
B) “Otkan kunlar” (siz bu romanni o`qigansiz, albatta) o`zbek romanchiligi tarixida alohida o`rin egallaydi.
C) Musobaqalarda Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda.
D) Yuqoridagi barcha javoblarda kritma gaplar qo`llangan.
6.Undalmali gaplarning kesimi ko`pincha qaysi shaxs-son shaklida bo`ladi?
A) birinchi va ikkinchi shaxs-son shaklida
B) ikkinchi va uchinchi shaxs-son shaklida
C) birinchi va uchinchi shaxs-son shaklida
D) Har uchala shaxs-sonda ham bo`lishi mumkin.
7. Qaysi gap tarkibida undalma bor?
A) Yurak, sensan mening sozim.
B) Inim, kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering.
C) O`-o`,m boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo`lsang-u, iymon ketadigan bo`lsa, men senga o`t qo`yaman, o`t!
D) Barcha gaplar tarkibida undalma bor.
8. O`ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar qanday undalmalar deyiladi?
A)_ Yoyiq undalmalar
B) Sodda undalmalar
C) Bunday undalmalar bo`lmaydi
D) Undalma doim bitta so`zdan iborat bo`ladi
9. Undalma alohida ohang bilan ajratib aytilsa undan so`ng qanday tinish belgisi qo`yiladi?
A) Undov belgisi B) So`roq belgisi
C) Nuqta D) Vergul
10. Undalmalar gapning qaysi qismida kelishi mumkin?
A) Boshida B) O`rtasida C) Oxirida
D) Undalmaning gapdagi o`rni erkindir
11. Quyidagi maqol qnday gap bo`laklaridan tuzilgan? Sabr tagi sariq oltin.
A) ega, aniqlovchi, kesim
B) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, kesim
C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, kesim
D) to`g`ri javob yo`q.
12. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg`on yomon. Ushbu gapdagi kesim bo`lib kelgan sifatlarni toping.
A) yaxshidir
B) yaxshidir, yomon.
C) Ushbu gapda sifatlar kesim vazifasida kelgan emas.
D) yomon
13. Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilgan?
A) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
B) Qolaversa, doktorlarga ham qiyin.
C) O`sha yulduz seniki.
14. Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo`ya qolgan edi gapidagi kesimni aniqlang.
A) qo`ya qolgan edi
B) qabul qilib qo`ya qolgan edi.
C) qilib qo`ya qolgan edi.
D) edi.
15. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim?
A) Jamoa xo`jaligi xalq mulki.
B) O`g`limdan umidim ko`p
C) Hammayoq top-toza, yovvoyi o`tlar yo`q.
D) Berilgan gaplarda tire ishlatilmaydi.
16. Hol vazifasida kelgan son qaysi qatorda qo`llangan?
A) Butun birr o`zg`orni ko`targan tuyaga bitta elak og`irlik qilgan ekan.
B) Domlalar ham bitta-bitta tarqala boshladi.
C) Ikkinchisi Ahmadjonning boshini yalab o`tdi.
D) Barcha javoblar to`g`ri
17. Vositasiz to`ldiruvchi qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Undan allaqanday tiniq bir go`zallik barq urib turardi.
B) To`satdan onamning jahli chiqib ketdi
C) Faridaning onasi billlur savatchada shokalad, kumush taqsimchada asal, mayiz keltirib qo`ydi.
D) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga taraqlab urilgani eshitildi.
18. Izohlovchilar to`g`ri berilgan qatorni toping.
A) Ona-Vatanim, “Yoshlik” jurnali, mexanik haydovchi;
B) Adabiyot muzeyi, marmar haykal, kechki ovqat.
C) Mo’min chaqqon, shifokor Muslimov, vrach-pediatr;
D) xipchin-soch, kosmanavt-uchuvchi, telefon-avtomat;
19. Uyishiq bo`lakli gapni aniqlang.
A) Sabr-toqatga qodir odam xohlagan narsaga erishishga ham qodir.
B) Burchiga sodiqlik shaxsiy manfaatlardan voz kechishni talab qiladi.
C) Vazmin va xushmuomala qariya hammaga yoqadi.
D) Xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning sog`lom bo`lishidir.
20. Qaysi qatordagi gapda uyishiq bo`laklar mavjud emas?
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.
B) Xalqqa qaradi –yu, lekin gapirmadi.
C) Bugun Anvar yoki O`tkir navbatchilik qiladi.
D) Barcha gaplarda uyishiq bo`laklar mavjud.
21. Ajratilgan izoh bo`lakli gapni toping.
A) Qobijon Umaraliyev, tasviriy san`at o`qituvchisi, to`garak ishini yo`lga qo`yib yubordi.
B) Ibodat sherni zavqlanib, hayajon bilan o`qidi.
C) Sa`va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar.
D) Afsuski, yer yuzida urishsiz yashab bo`lmayapti.
22. Gap bo`laklari odatdagicha joylashgan gapni belgilang.
A) Siz menga ko`p narsani o`rgatdingiz.
B) Menga siz ko`p narsani o`rgatdingiz.
C) Menga ko`p narsani siz o`rgatdingiz.
D) Odatdagi tartib berilmagan
23. Tire noto`g`ri qo`yilgan gapni toping.
A) Beodoblik – johillik urug`i.
B) Ota-onaga muhabbat – barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
C) Inson – nomi bo`la turib, o`zini bilmasa uyat.
D) 8-mart – xotin-qizlar bayrami.
24. Qaysi qatorda buyruq ma`nosi ifoda etilgan undov gap berilgan?
A) Qani endi, shu kunlar qaytib kelsa.
B) Ko`p andisha qilmang, yuring!
C) Ko`zlarni yumib, o`ylanib turishi biram chiroyli, biram chiroyli!
D) Qayerda bo`lsang, omon bo`l!
25. Sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Issiq birmuncha bo`shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi
B) Osmonda qittak ham bulut yo`q, shamol ham esmaydi.
C) Pardek yengil oppoq bulutlar cheti botayotgan oftob tig`ida xuddi kimxob parchadek lov-lov yonadi.
D) Oftob o`chdi, ufqda olovli bulutlar qoldi.
26. uyishiq bo`lakli gap qatorini belgilang.
A) Kimning ilmdan rizq-u ro`z bor, Ilm o`rganishdan also etmas or.
B) U charchaganidan, uyqusizligidan darmonsiz edi.
C) Osmonda qittak ham bulut ko`rinmaydi.
D) Bahor ser yomg`ir keldi.
27. Shaxsi ma`lum gapni toping.
A) Otaning amaliga suyanma.
B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi.
C) Mana, otamizning muhabbati, sadoqati.
D) Hayotni go`zalliksiz tasavvur etib bo`lmaydi.
28. Shaxsi umumlashgan gap qo`llangan qatorni toping
A) Qo`rqoq hamma narsadan mahrum bo`ldi.
B) Elni ixtilof buzadi.
C) O`tgan narsa hamisha totli
D) Toshdan gavharni farq qilish kerak
29. Gap bo`laklari bilan gramatik jihatdan bog`lanmagan so`z qaysi gapda qo`llangan?
A) To`g`ri, o`zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi.
B) Qirlar bag`rini hali ko`m-ko`k, saf-saf pistalar, do`lanalar bezab turibdi.
C) Ba`zi vaqtda, sug`orish paytlarida, kechalari ham tinim bo`lmas edi.
D) Talantlar, fazilatlar tug`madir.
30. Undalmali gapni aniqlang.
A)Inson ezgulikni va ulug`likni orzu qilishi kerak.
B) Oh, umr o`tib-ketdi oqar suvday!
C) Hoy, quyoncha, yakka o`zing qayoqqa ketayapsan?
D) Sharofat, aftidan bunaqa gaplar bilan Siddiqjonning g`ashiga tegmoqchi edi.
31. Kiritma gap qo`llangan qatorni aniqlang.
A) O`qish, o`rganish, zo`r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g`alabalarga yetkazadi.
B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini halollikdir.
C) Uning fikrich, kishini maqtash foydalidir.
D) Afsus, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos.
32. Qaysi gap tarkibida ajratilgan bo`lak bor?
A) Barcha gaplarda ajratilgan bo`laklar mavjud.
B) Ularni, qo`l to`pi sportchilarni, boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi.
C) Bugundan, ya`ni 6-maydan 13-maygacha, biz final musobaqalariga tayyorlanamiz
D) Onasi ham bolasining, baxtli qora jigargo`shasining, ko`zlaridan shu zor-u mushtoqlik olovini ko`rdi.
33. Ajratilgan to`ldiruvchili gapni toping.
A) Dadam shu atrofdan – qishloqning chiqaverishidan – do`kon qidirdi.
B) Orqada tikka turgan yigit, Mamadali, o`zini odamlarning orasiga oldi.
C) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam!
D) To`g`ri javob yo`q.
34. O`g`lim, qo`zichog`im, orom olib uxlayapti, - dedi ona. Birozdan so`ng Hasan aka, fizika o`qituvchisi, kirib keldi. Ushbu gaplarda qaysi bo`lak ajratilgan?
A) Izohlovchi B) Ega C) Kesim
D) To`ldiruvchi
35. Ajratilgan bo`laklar gapdagi qaysi bo`lakka oid ekanligiga ko`ra nechta turga bo`linadi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
36. So`zlar o`zaro necha xil usulda birikadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1

Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish