Viloyati tumani



Download 0,74 Mb.
Sana06.02.2020
Hajmi0,74 Mb.
#38937
Bog'liq
8 sinf ona tili fanidan undalmamavzus



________ viloyati

______________tumani

_____ son o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi ______________________ning bir soatlik





Texnologik xarita

Mavzu:


Undalma

Maqsad:


1)ta’limiy-O’quvchilarga undalma haqida ma’lumot berish.

2)tarbiyaviy-Milliy moddiy va ma’naviy boyliklarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3)rivojlantiruvchi-og’zaki nutqi va yozma savodхonligini oshirish


O’quv jarayonining mazmuni:


Undalma nima ekanligi,undalma bilan eganing o’xshash va farqli jihatlari,undalmaning gapdagi o’rni,uyushiq,yoyiq va takror undalmalar,undalma qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo’lishi,undalma kim yoki nimalarga qaratilishi haqida ma’lumot beriladi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:


Metod: Slaydlar yordamida og’zaki bayon qilish,”Tushunchalar tahlili mashqi”,og’zaki va yozma muloqot.

Shakl: Savol-javob,individual ishlash,juftliklarda ishlash,guruhlarda ishlash.

Vosita: Turli tarqatmalar, slaydlar, kompyuter, savollar,proyektor,A-4 qog’ozi,marker

Nazorat: Og’zaki nazorat,o’z-o’zini nazorat qilish,savol-javob

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism(2 d)

  2. O’tgan mavzu yuzasidan takrorlash (12d)

  3. Yangi mavzu(7d)

  4. Mystahkamlash(18 d)

  5. Uyga vazifa berish(2 d)

  6. Baholash va yakunlash(4)

Baholash: 5 imkoniyat asosida rag’batlantirish:

Kutiladigan natijalar:


Bilim: Undalmaga ta'rif bera olish, gapdagi o'rnini bilish.

Ko’nikma: Gapdan undalmani aniqiay olish, gap mazmuniga mos undalma tanlay bilish.

Malaka: Undalmaning fikr ifodasidagi vazifasini izohlay olish, nutq vaziyatiga ko'ra qo'llay bilish.

Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)


O’quvchilar bilan olib boriladigan har bir darsni “Ochiq dars” darajasiga ko’tarish.O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash,to’ldirish va ularni vatanparvarlik g’oyalarini yanada chuqurlashtirish.

Fan: Ona tili

Sinf: 8-“A”

Mavzu:Undalma

Maqsad: 1)ta’limiy-O’quvchilarga undalma haqida ma’lumot berish.

2)tarbiyaviy-Milliy moddiy va ma’naviy boyliklarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3)rivojlantiruvchi-og’zaki nutqi va yozma savodhonligini oshirish



Metod:Slaydlar yordamida og’zaki bayon qilish,”Tushunchalar tahlili mashqi”,og’zaki va yozma muloqot.

Shakl:Savol-javob,juftliklarda ishlash,individual ishlash,guruhlarda ishlash.

Vositа: Turli tarqatmalar,slaydlar,kompyuter,savollar,proyektor,A-4 qog’ozi,marker

Nazorat:Og’zaki nazorat,o’z-o’zini nazorat qilish,savol-javob.

Baholash: 5 imkoniyat asosida rag’batlantirish:

  • Sinfdagi o’quvchida o’quv qurollarining mavjudligi - 1 ball

  • Uyga vazifani bajarganligi- 1 ball

  • Yangi mavzuni ochishdagi ishtiroki- 1 ball

  • Mustahkamlash qismidagi ishtiroki- 1 ball

  • Husnixati uchun -1 ball

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism(2 d)

  2. O’tgan mavzu yuzasidan takrorlash (12d)

  3. Yangi mavzu(7d)

  4. Mystahkamlash(18 d)

  5. Uyga vazifa berish(2 d)

  6. Baholash va yakunlash(4)

Dars boshlanishi bilan o’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi va navbatchini aniqlaydi.Navbatchi orqali sinfdagi davomatni,sinf ozodaligini,bor va va ho’l latta borligini tekshiradi.Keyin o’tgan soatdagi mavzu va uyga vazifani so’raydi.O’tgan soatdagi mavzu Kiritmalar bo’lib,undan uyga vazifa 261-mashq edi.

O’quvchilar daftarlarini ochadilar va uyga vazifa berilgan mashq ichidan 2 ta to’g’ri misol va 1 ta noto’g’ri misol olib yozadilar.Keyin o’quvchilar daftarlarini almashib ,noto’g’ri yozilgan misolni aniqlab,ajratadilar.

Shu payt ular aniqlaguncha ularga har xil rangdagi tarqatma qog’ozlar tarqatiladi.U tarqatmalarda “O’zbekiston” , “Paxtakor”, “O’quvchi”, “Kitob” yozuvlari bor .

O’qituvchi o’quvchilarni kuzatib boradi. Yozuvlar va rangli tarqatmalar yordamida o’quvchilar guruhlarga ajraladi va har bir guruh o’z nomini sharhlashga harakat qiladi.Keyin o’tgan mavzularni eslab bugungi mavzu bilan bo’g’lay boshlaydi.Buning uchun “tushunchalar tahlili” yordamga keladi.Sinf o’quvchilari 4 guruhga ajralgan bo’lib,ularga guruhlarda ishlash uchun quyidagi shakllarda topshiriqlar beriladi.

“O’zbekiston” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Kiritma




2.

So’roq gap




“Paxtakor” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Ega




2.

Darak gap




“O’quvchi” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Buyruq gap




2.

Kesim




“Kitob” guruhi



Tushunchalar

Masalan

1.

Istak gap




2.

Kiritmalarning gapdagi o’rni




O’quvchilar har bir tushunchaga bitta misol yozishlari kerak.Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib yozgan ma’lumotini o’qib beradi.

O’tgan mavzular shu tarzda eslangach,yangi mavzuga o’tiladi.yangi mavzu slaydlar yordamida og’zaki tushuntiriladi.O’quvchilar diqqatini bir joyga jamlash uchun ularga quyidagi savol beriladi:

Dunyoda eng yaqin ko’rgan do’stingiz kim? Hamma eslaydi va o’sha do’stingizni biror joyga taklif qiling.Masalan:

Madina,yur kutubxonaga boramiz.

Aynan mana shu gapda siz kimgadir murojaat qildingiz,ana shu nutqingiz qaratilgan shaxs yoki narsa undalma deyiladi.Shu tarzda yangi mavzu slaydlar yordamida tushuntiriladi.





Bilib oling. Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni, narsani (obyektni) bildiradi. Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo'llaniladi, ammo ega grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog'lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo'lakka bog'lanmaydi. Undalmali gaplarning kesimi ko'pincha birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida bo'ladi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Undalmaning gapdagi o'rni erkindir: gap boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin.



Undalmalar ba'zan jonivorlar yoki jonsiz narsalarga ham qaratiladi: Qarg'avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo. (GG'.)



Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram onalar, otalar, kelinlar, o'g'illar, opa-singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz kabi.

Mavzuni mustahkamlovchi mashqlar bajariladi:



(Har bir guruhga bittadan gap bo’lib beriladi)

262- mashq.1 -topshiriq. Gaplarni qiyoslang. Ular orasidagi o'xshashlik va farqlarni toping.



    1. Paxtakorlar g'o'zaga ishlov berishni kuchaytirdilar. — Paxtakorlar, g'o'zaga ishlov berishni kuchaytiringiz!

    2. O'quvchilar dam olish kunini ko'ngilli o'tkazdilar. — O'quvchilar, dam olish kunini ko'ngilli o'tkazing.

    3. O'zbekistonning har bir qarich yeri biz uchun muqaddas. — O'zbekiston, har bir qarich yering biz uchun muqaddas!

    4. Kitob — mening doimiy do'stim. — Kitob, mening doimiy do'stimsan.


2- topshiriq. Yuqoridagi gaplarning ega va kesimini aniqlang.
3- topshiriq. Undalmaning egadan farqi xususida umumlashma xulosa

ayting.
263- mashq.Undalmali gaplarni o'qing, undalmaning o'qilish ohangi haqida xulosa chiqaring.

1. Odamlar kasal bo'laveribdi, ulardan qanchasi olaveribdi-yu, sen bu dorilarni bosib yotaveribsan-da, noinsof ! (I. Sulton) 2. Kitob, sen bo'lmasang, balki kun yorishmasdi. (I.G'ani) 3. O'-o', boylik, boylik! Mening uyimga sen kiradigan bo'lsang-u, iymon ketadigan bo'lsa, men senga o't qo'yaman, o't! (I.Sulton) 4. Yurak, sensan mening sozim. (U.Nosir) 5. Inim, kitoblarni sandiqlarga joylashtiravering. (Mirmuhsin)

264- mashq. 1- topshiriq. O'qing. Undalmalarni aniqlang. Tinish belgilarining qo'llanilish sabablarini tushuntiring.



1.Muhtaram Umidaxon, sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman. 2. Jahonga yuz tutgan O'zbekistonim, sening har bir yutug'ing mening yutug'imdir. 3. Vatanimiz muvaffaqiyatlarini ko'rolmaydigan quzg'unlar, ayting, O'zbekistonning taraqqiyotiga kim g'ov bo'la oladi?!(Gazetadan) 4.Mehribon ustozim,omad sizga hamisha yor bo’lsin.


  1. topshiriq. Yoyiq undalmalar haqida xulosa chiqaring.

(Ushbu o’rinda xulosani o’qituvchi berishi lozim)



Bilib oling. O'ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar yoyiq undalmalardir.

Mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar


O’zbekiston” guruhi

Paxtakor” guruhi

1.Undalma deb nimaga aytiladi?

2.Undalma bilan eganing о 'xshash va farqli tomonlari haqida so 'zlang.




1.Qanday undalma yoyiq undalma hisoblanadi?

2. Undalma qatnashgan gapning kesimi qanday shaklda bo'ladi?



O’quvchi” guruhi

Kitob” guruhi

1.Undalma gapning qaysi o'rnida kelishi mumkin?

2.Uyushiq undalmalarga misollar ayting.



1Takror undalma nima?

2.Undalma kim yoki nimaga qaratiladi?




Ushbu tarqatma slayd yordamida namoyish qilinadi.



265mashq. Uyga vazifa. She'riy asarlardan undalmaning qo'llanishiga 3—4 ta misol topib yozing.





Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish