Ism test ( davomi)
1.Qaysi qadimgi xalqlar tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan edi?
A) Qadimgi arablar
B) Qadimgi yunonlar
C) Qadimgi ruslar
D) Qadimgi hindlar
2. Ismlarning qanday shakllari lug`aviy shakllar deyiladi?
A) Ko`plik, kichraytirish-erkalash, ma`nolarini bildiruvchi qo`shimchalarga ega bo`lgan shakli
B) Qiyoslash, ko`plik ma`nolarini bildiruvchi qo`shimchalarga ega shakli
C) Kichraytirish-erkalash, ko`plik, qiyoslash ma`nolarini bildiruvchi qo`shimchalarga ega shakli
D) kelishik, egalik, ko`plik, shaxs-son shakllariga ega bo`lgan ismlar
3. Ismlarning egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo`shimchalariga ega bo`lgan shakli nima deyiladi?
A) Lug`aviy shakl
B) Munosabat shakli
C) Lug`aviy va munosabat shakllari
D) Bog`lamalar deyiladi.
4. Ismlarning munosabat shakllari qaysi gap tarkibida berilgan?
A) Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi.
B) Kimyogar ba`zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma`lumotining kengligiga taajjublanganligini yashirmadi.
C) Oradan ikki kun o`tgandan keyin kechqurun Tesha Saidiyning hujrasiga keldi.
D) Barcha javoblar to`g`ri
5. Ismlarga qo`shilib, asos qisimda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalar nima deb ataladi
A) Qaratqich kelishigi qo`shimchasi
B) Egalik qo`shimchasi
C) Munosabat shakllari
D) Lug`aviy shakllar
6. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo`shimchalari nimani bildiradi?
A) Harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi
B) Asosda ifodalangan belgiga ega ega ekanlikni
C) Kelishik qo`shimchalari bajargan vazifani bajaradi
D) Sifatdosh va harakat nomi tarkibida egalik qo`shimchalari bo`lmaydi
7. Egalik qo`shimchasining qo`shilishi bilan tovush o`zgarishi bo`ladigan so`zlarni aniqlang?
A) Terak, qishloq, ishtirok
B) Qorin, singil, idrok
C) Bolalik, qorin, o`g`il
D) Nok, Chok, Idrok
8. Ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar nima deyiladi?
A) Kelishik qo`shimchalari
B) Egalik qo`shimchalari
C) Lug`aviy shakl qo`shimchalari
D) Shakl yasovchi qo`shimchalar
9. Ismlarning qaysi kelishik shakli maxsus qo`shimchaga ega emas?
A) Bosh kelishik shakli
B) Tushum kelishigi
C) Chiqish kelishigi ba`zan o`rin-payt kelishigi o`rnida keladi.
D) Qaratqich shakli ba`zan ko`rsatkichsiz bo`lishi mumkin.
10. O`timli fe`llarga bog`lanuvchi so`z qaysi kelishik shaklida bo`ladi?
A) Bosh kelishik
B) Tushum kelishik
C) Bosh va tushum kelishik
D) Qaratqich kelishigi.
11. Egalik qo`shimchasini olgan sifatdosh qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Ahyon-ahyonda polizdan qovunlarning tars-turs yorilgani eshitilyapti
B) Latofatning savoli qo`qqisidan berilgan bo`lsa ham, Fazilat qizining gapini ilg`ab oldi.
C) Xolida maktab kiyimi kiygandan so`ng, chindan ham bo`yi cho`zilib qolganga o`xshab ko`rindi..
D) Hovlida shabada bilan o`ynashgan daraxtlarning yengil kuyidan boshqa sado yo`q.
12. Qaysi kelishik skaklidagi so`zlar gapda payt holi va to`ldiruvchi vazifasida kela oladi?
A) O`rin – payt kelishigi
B) Chiqish kelishigi
C) Barcha javoblar to`g`ri
D) Jo`nalish kelishigi
13.Qaysi gap tarkibida bog`lama qo`llangan?
A) Men o`qishga ketayapman.
B) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.
C) Matndagi kelishik qo`shimchalarining tagiga chizing.
D) Anov kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig`landing, ammo kelib-kelib bu kun seni o`shanga berdilar.
14. Ot, sifat, son, olmosh so`z turkumlarini bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so`zlar nomi bilan qaysi xalq tilshunoslari birlashtirgan?
A) Hindlar
B) Yunonlar
C) Ruslar
D) Arablar
15. Qaysi qo`shimchalar bilan o`zgarish xususiyatiga ega ega bo`lgan so`zlarni ismlar atamasi ostida birlashtirsa bo`ladi?
A) Egalik, kelishik
B) So`z yasovchi , kelishik
C) Ism yasovchi qo`shimchalar
D) kelishik, shaxs-son
16. Bir kishi Rasulullohdan: “Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi?” – deb so`rabid. – “Onangga”, - debdilar Rasululloh. U kishi savolini uch marotaba qaytaribdilar. Rasululloh “Onangga”, deyaveribdilar. To`rtinchi marotaba yana so`rabdi. Shunda “otangga va yaqin bo`lgan qarindoshlaringga”, - debdilar.. Mazkur hadisda necha o`rinda kelishik va egalik qo`shimchalari qollangan?
A) 7 ta kelishik va 4 egalik
B) 8 ta kelishik va 5 egalik
C) 9 ta kelishik va 6 ta egalik
D)7ta kelishik va 5 ta egalik.
17. O`zbek tilida nechata kelishikning qo`shimchasi bor?
A) 6 B) 5 C) 4 D) 2
18. Egalik qo`shimchasini olgan so`z qaysi kelishik shakldagi so`zga bog`lanadi?
A) Tushum kelishigi
B) Jo`nalish kelishigi
C) Qaratqich kelishigi
D) Bosh kelishigi
19. Tushum kelishigidagi so`z bilan o`timli fe`l o`rtasida boshqa bir so`z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so`z qaysi so`z turkumida bo`lsa, tushum kelishigi qo`shimchasi tushub qolmaydi?
A) Atoqli ot
B) Olmosh
C) Sifatdosh
D) Barcha javoblar to`g`ri
20. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi qaysi tovush bilan tugagan so`zga qo`shilsa talafuz qilinganiday yozilmaydi?
A) k B) q C) g` D) t
21. Qaratqich va tushum kelishik qo`shimchalari qaysi olmoshlarga qo`shilsa tovush tushishi kuzatiladi?
A) Ko`rsatish olmoshlariga
B) Ayrim kishilik olmoshlariga
C) Bunday hodisa bo`lmaydi
D) So`roq olmoshlariga
22. Ba`zan tushum kelishigi o`rnida qaysi kelishik qo`shimchasi kelishi mumkin?
A) Chiqish kelishigi
B) Jo`nalish kelishigi
C) O`rin – payt kelishigi
D) Bunday holat bo`lmaydi.
23. Kechasi Saidaning hujrasiga Kozimbek bilan muxbir A`zamjon keldi. Mazkur gapdagi qaralmishni aniqlang.
A) Saidaning B) hujrasiga C) Kechasi D) keldi
24. Ismlarning qanday holati turlanish deyiladi?
A) Shaxs va sonda hamda kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi
B) Egalik qo`shimchalari bilan o`zgarishi
C) Egalik qo`shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi
D) Otlarning kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi
25. Ismlarning bosh kelishik shakli gapda ko`pincha qanday vazifada keladi?
A) O`ri holi, ega, fe`l kesim
B) ega, ot kesim, undalma
C) Ega , to`ldiruvchi, kesim
D) murakkab kesim, hol, to`ldiruvchi
26. Qaysi gap tarkibida tushum kelishigidagi so`z bor?
A) Dunyoda o`zbek zaminiga teng keladigan zaminning o`zi yo`q.
B) Sharqda qaim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan
C) Bugun rostni qo`yib yolg`on gapirgan odam ertaga nima deganini unutganidan rostni aytib qo`ya qoladi va shu bilan o`zini-o`zi beburd qiladi
D) Jon do`sting jonidan kechsa ham, Mol do`sting molidan kechmas.
27. Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida bor?
A) Siz o`zingizni tuproq bilan tenglashtirmokchi bo`lgansiz, lekin men hozir Kumushga ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim.
B) Hech qanaqa shartim yo`q. Ishlab u-bu orttirish niyatim ham yo`q.
C) Hamma unga o`girilib qarar, ammo Sattor Roziydan boshqa hech kimni ko`rmas edi.
D) Men undan so`radim: Mehringni qo`yib, bunchalar saralab gul terding kimga?
28. Qaysi qatorda olmosh o`rnida qo`llangan so`z yo`q?
A) Faqir hozir taxmin qildimkim, Movraunnahrda ko`chki bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta ko`z ochgandir?
B) Kechirasiz, rayis, kamina bugun emas, o`g`lingizni shogirdlikka olgandayoq aytganman.
C) Janoblarini qoshimga chaqirishdan maqsad, - dedi Husayn Boyqaro sovuq va rasmiy tus bilan, - xotiramga kelgan bir mulohazani bildirmoq edi. Janoblarini yangi bir vazifaga tayinlamoq fikriga keldim.
D) U har yili ta`tilni o`z qishlog`ida, ota-onasi bag`rida o`tkazadi.
29. Olmosh ma`nosiga ko`ra necha guruhga bo`linadi?
A) 6 B) 7 C) 8 D) 5
30. O`zbek tilida so`z turkumlari ma`no va vazifasiga ko`ra nechata turga bo`linadi?
A) 5 B) 3 C) 6
D) So`z turkumlari ma`no va vazifasiga ko`ra bo`linmaydi.
31. Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo`rtib ketishibdi.
B) Bu qo`shiqda na nolish bor, na azob, unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi.
C) Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib bormoqdaman.
D) Ra`noning yerga qaragan ko`zi sekingina Anvarga ko`tarilib, yana yerga og`di.
32. Fe`lning harakat nomi vazifa shakli qaysi gap tarkibida bor?
A) Qo`ziboy ishga aralashuvini ham, chiqib ketishini ham bilmay qoldi.
B) Vohobjon boyagi qiz ko`rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi
C) Ona kelar yo`lda yugurib, Ko`ringandan qizini so`rab.
D) Orqa tomonda o`tirgan Dilbar o`zini tutolmay qiqirladi.
33. So`zning mustaqil qo`llana olmaydigan, asosga qo`shilib, unga yangi yoki qo`shimcha ma`no yuklaydigan, shuningdek, so`zlarni bog`lashga xizmat qiladigan qismiga nima deyiladi?
A) So`z yasovchi qo`shimcha
B) Sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha
C) So`zning bunday qismi bo`lmaydi.
D) Qo`shimcha
34. Nisbat shakllari ko`makchi fe`lli so`z shakliga qanday qo`shiladi?
A) Ko`makchi fe`l tarkibiga qo`shiladi
B)Yetakchi fe`l tarkibiga qo`shiladi
C) Doim ikkala qismga birga qo`shiladi.
D) Yetakchi fe`l tarkibida ham, ko`makchi fe`l tarkibiga ham qo`shilishi mumkin.
35. Qaysi qatorda faqat sodda otlar berilgan?
A) belkurak, oy, ota-ona, qo`ziqorin
B) oq, o`qigan, tez, go`zal
C) osh-posh, qarindosh-urug`, tustovuq
D) sovutgich, quyosh, tesha, supirgi
36. Qaysi javobda faqat nisbiy sifatlar berilgan?
A) go`zal, chiroyli, ro`molli, sermeva
B) mazali, erksevar, paxtali, tonggi
C) devsifat, devoriy, serg`alva, beor
D) do`ppili, so`nggi , chillaki, soyaki
37.Qaysi qatorda sodda yasama olmosh bor?
A) Har kim o`z quvonch ham orzularini bildirib turarkan, Majdiddin, Nizomulmulk, Amr Mo`g`ul va bir ko`p beklar, a`yonlar kirishdi.
B) Shorahim ko`z yoshidan hech narsani ko`rmay, allanimalar deb g`udrandi.
C) Mehnatsevarlik, rostgo`ylik, samimiyikning nima ekanligini bilasizmi?
D) To`ybekaning, shuningdek, hangamalari boshqavaqtlarda Kumushni yaxshigina kuldirsa ham hozir unga yotishibkelmadi.
38. Qaysi gapdagi egalik qo`shimchasi o`z vazivasini yo`qotgan?
A) Sotiboldi o`z xotinining sog`lig`ini o`ylab tuni bilan mijja qoqmadi.
B) Menga g`ayir ko`z ila qarashingiz tabiiy, hisoblayman.
C) Albatta, o`zing birga borasan qudalaring bilan tanishmog`ing ham zarur.
D) Ilon zahridan tilning zahri o`tkirroqdir.
39. Quyidagi hukmlardan qaysi biri xato hisoblanadi?
A) Kelishik shakllari doimo tobe so`zga qo`shiladi.
B) Egalik shakllari doim hokim so`zga qo`shiladi
C) O`zbek tilida oltita kelishikning qo`shimchasi mavjud
D) O`rin-payt kelishigi shaxs va narsa otlariga qo`shilib gapda to`ldiruvchi bo`libkeladi.
40. Qaysi gapda bir kelishik shaklidagi so`z boshqalariga nisbatan ko`proq?
A) Kunlardan bir kuni Hakimbek kitob o`qib o`tirib, baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo`ribiy shunda og`li Alpomishdan: Kishi nimada baxil bo`ladi, nimadan saxiy bo`ladi? – deb so`radi.
B) Bugun rostni qo`yib yolg`on gapirgan odam ertaga nima deganini unitganidan rostini aytib qo`ya qoladi va shu bilan o`zini-o`zi beburd qiladi.
C) Tipratikanni turtsangiz, tikanini hurpaytirib olganidan unga qo`l tekkizib bo`lmaydi.
D) Bolalikdan boshlangan do`stlik odamzodning keyingi ulg`aygan va kamolatga erishgan davrida orttigan barcha do`stlari orasida alohida o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |