1. munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A ismlarning egalik shakli



Download 407,5 Kb.
bet5/15
Sana23.04.2022
Hajmi407,5 Kb.
#577953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5251241489576495507

Undovlar

1.Undovlar ma`nosiga ko`ra nechaga bo`linadi?


A) 2 B) 4 C) 3 D) 7
2. Qaysi gap tarkibida undov qatnashmagan?
A) – Hay, shoshma, - dedi Zebi.
B) Hoy, nima balo bo`ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol.
C) Uni kimdir go`yo elektr toki bilan urgandek bo`ldi.
D) Oko, jiyaningiz vazir bo`pti-ya! – deya xursandchiligini izhor qildim.
3. His-hayojn undovlari qaysi gapda yo`q?
A) – E-e, yeb bo`pti, Ko`kyol deydilar uni! – dedi Isoy bbo kuyib-pishib.
B) – Ur-re-e-e! – u boychechakni qo`lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi.
C) Och qoldingmi, a? Voy, sen-ey, - deya Chuchuk uloqchaning shalpangquloqlaridan tortqilab qo`ydi.
D) Hoy, aylanay o`g`rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko`zimga uyqu keladimi?
4. Buyruq-xitob undovlari qaysi gapda qatnashmagan?
A) Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
B)Ey Luqmoni Hakim, sening Dong`ing tutdi olamni, Bag`ri keng-ku ilmning, Shodirdga ol bolamni.
C) – Voy-bo`, - deb yubordi u. – Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o`zginasi-ya!
D) Hay, usta, - dedi Ma`suma beak, - shu payt chiziqlaringiz kimning qulog`iga kiradi!
5. Quyidagilardan qaysi biri tovushga taqlid so`z emas?
A) g`a-g`a B) chip-chip C) pish-pish
D) lip-lip
6. Qaysi gap tarkibida holatga taqlid so`z qatnashmagan?
A) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
B) Birovning oldiga borib “vov-vov” qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan.
C) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko`tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo`chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi.
D) Albatta, yo`l yaxshi bo`lib, jadalroq yurishsa, sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni “jaz-jaz” chaqmas edi, lekin iz tushmagan yo`ldan yurish mushkul.
7. Sodda taqlid so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan?
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g`o`ng`ir-g`o`ng`ir ovozdan uyg`onib ketdim.
B) Jigarim tegardi jiz-jiz. Sochlarim oqargan shunda ehtimol.
C) Shunday bo`lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
D) Apil-tapil chaynadi u, Loy ekan, vuy, tfu, tfu.
8. Qaysi gapda modal so`z qatnashgan?
A) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo`lardi.
B) Qo`qisidan o`rmon kaptarlari g`uv-g`uvlab qolishibdi: g`uv, g`uv, g`uv.
C) Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlanib, muz tobora yuqalashib bordi-yu, nihoyat qoyatoshlar chekinib, yaylov ko`rindi.
D) Uning yolg`on gapirayotganligi aftidan bilinib turibdi.
9. Me`morning xayol surib giyohvandlardek qotib qolganini ko`rgan Xorunbek, bosh chayqab, ustod ba`zan shunday holatga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o`ylardi. Mazkur gapdagi modal so`z qanday ma`no anglatganini aniqlang.
A) Bu gapda modal so`z qo`llanmagan
B) Ishonch munosabati
C) Fikrni xulosalash
D) Gumon munosabatni
10. Gumon munosabatini bildirgan modal so`z qaysi gapda qo`llangan?
A) Abduqodirning ham tomog`iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi.
B) Shorahim ko`z yoshidan hech narsani ko`rmay, allanimalar deb g`udrandi.
C) Allaqayerdan oyim paydo bo`ldi.
D) Furqatning “Sayiding qo`yaber, sayyod” musaddasi asl mazmuni bilan erk va ozodlikka chorlovchi madhiyadir.
11. Sof modal so`zlarni aniqlang.
A) Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, ehtimol, shubhasiz
B) Attang, albatta, shekilli, avvalo, afsuski, aftidan, chamasi
C) umuman, taxminan, masalan, xullas, avvalambor, balki
D) Darhaqiqat, afsuski, attang, shekilli, xullas, umuman, avvalo
12. Qaysi gap tarkibida vazifadosh modal so`z qo`ll`angan?
A) Haqiqatan ham, ko`rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir.
B) Xullas, shunday edi olam va ishlar
Seni tanimagan paytlar.
C) Uning oldida bani qaynatishayapti, shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib qolardi.
D) Onajonim, balki bir kun
Men ham shoir bo`larman.
13. Tasdiq so`z qaysi javobda bor?
A) – Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? – Mutlaqo.
B) – Men haq gapni aytayapman. – Ha, mayli buni hozircha ochiq qoldiramiz….
C) Yo`q, men buni hozirgi kayfiyatingga qarab aytayotganim yo`q.
D) – Bo`ron bo`lishi ehtimol, qizim.
14. Atash ma`nosiga ega bo`lmagan, ma`lum so`roqqa javob bo`lmaydigan, gap bo`lagi vazifasida kelmaydigan so`zlar nima deyiladi?
A) Ko`makchi B) Bog`lovchi
C) Yuklama
D) Yordamchi so`zlar
15. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so`zga bog`lash uchun xizmat qiluvchi so`zlar nima deb ataladi?
A) Yordamchi so`zlar B) Bog`lovchi
C) Ko`makchi
D) Ergashtiruvchi bog`lovchi
16. Qaysi gapda sof ko`makchi qo`llangan?
A) Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo`lib qolmay, buyuklikning ayni o`zidir.
B) Gap futbol o`yini ustida ketardi.
C) Hovlining yarimigacha ariq tortib ekilgan qulpnay pushtalarida suv yaltiraydi.
D) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi.
17.Bosh va jo`nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo`shiladiga ko`makchini toping.
A) Ko`ra B) Tomon
C)_ uchun D) bo`ylab
18. Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra qanday guruhga bo`linadi?
A) Teng va ergashtiruvchi bog`lovchilarga
B) Biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog`lovchilarga
C) Sof va vazifadosh bog`lovchilarga
D) Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra guruhlarga bo`linmaydi.
19. Zidlov bog`lovchi qaysi gapda qo`llangan?
A) Nahot sen uning talanti uchun, shon-shuhrati uchun turmushga chiqqan bo`lsang?.
B) Balki, ertalab o`ziga isitib berish uchun shunaqa deyotgandir.
C) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo`lar edi.
D) Bu xabar unda hech qanday norozilik tug`dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.
20. Bayon qilinayotgan fikrga so`zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabatlarini bildirgan so`zlar nima deyiladi?
A) Yuklamalar B) Olmoshlar
C) Modal so`zlar D) Taqlid so`zlar
21. Bog`lovchi-yuklamalar qaysi javobda berilgan?
A) –u (-yu), -da, na…, na
B) –gina, ham, -ku.
C) –da, na…, na, -oq
D) –oq, -da, -u(yu).
22. Ismlarga mos javob qaysi qatorda berilgan?
A) ot, sifat, olmosh, son
B) ot, sifat, son, olmosh, ravishdosh
C) Barcha mustaqil so`z turkumlari
D) Egalik, kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarish xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar
23. Ismlarning munosabat shakllari qaysi javobda berilgan?
A) Kelishik, egalik, shaxs-son
B) Egalik, kelishik, -man, -san, -dir
C) Ko`plik, kichraytirish-erkalash, o`xshatish-qiyoslash qo`shimchalari.
D) Egalik, kelishik, ko`plik
24. So`rioq olmoshi qaysi gapda qo`llangan?
A) Qarshiligi ko`rinib turibdi-ku! Bu qarshilik emasmi?
B) Ona zaminda o`sadigan mevali, manzarali dov-daraxtlar, o`simliklar hayot uchun, inson salomatligi uchun naqadar zarur. Ularning shifobaxshligi-chi?
C) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam?
D) Nahotki sezmasangiz? Axir bir oydirki, yurak-bag`rim yonadi.
25. Faqat vazifadosh ko`makchilar berilgan qatorni aniqlang.
A) bilan, orqa, tepada, o`rtada;
B) sari, boshida, qadar, maqsadida;
C) ustida, ichida, qoshida, tomon;
D) sababli, oldida, uchun, qarab.
26. Qaysi gap tarkibidagi qo`shimcha o`rniga ko`makchi ishlatsak bo`ladi?
A) Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulpunay pushtalarida suv yaltiraydi.
B) – Ko`rmaysizmi, chaqaloq tinchimayapti. O`zim itday charchaganman.
C) Ark suv quygandek jimjit.
D) Barcha gaplardagi qo`shimchalar o`rniga ko`makchi ishlatish mumkin.
27. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta`kid yuklamasi bor?
A) Xullas, hammasi ko`ngildagidek borayotgan edi-yu, to`satdan ikkovlari ham shaharga, o`z uylariga qaytish fikriga tushib qolishdi.
B) Mustaqillik, hurriyat degan so`zlar butun jozibasi bilan birga beqiyos qudratini, mo`jizasini ko`rsatmoqda.
C) Qadim zamonda Chin mamlakatida bir ulug` podshoh o`tgan ekan.
D) Do`stlikni e`zozlshning zarur shartlaridan biri do`stlar bilan uchrashib turishdir.
28. Sof yuklama qaysi javobda berilgan?
A) Uchun B) Kabi C) Faqat
D) Barcha javoblar to`g`ri.
29. Egalik qo`shimchasini olgan so`z qaysi kelishik shaklidagi so`zga bog`lanadi?
A) Bosh kelishik B) qaratqich
C) tushum D) Jo`nalish kelishigidagi so`zga
30.Qaysi qatordagi so`zlarga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi qo`shilsa talafuz qilinganidek yozilmaydi?
A) Bog`, tog`
B) Qishloq, o`tloq
C) yurak, terak
D) Idrok, ishtirok
31. Nonushta yo tushlikka Yozarkanmiz dasturxon, Dasturxonga zeb berib Bo`y taratar kulcha non. Noz-ne`matning sarasi, Va tabiat ne`mati. Bu ne`matni yaratar Oltin qo`llar mehnati.Mazkur she`rda ismlarning munosabat shakillari miqdorini aniqlang.
A) 7 B) 8 C) 9
D) 11
32. Har o`g`loni bul Vatan… sulton…. Teng bo`lsin. Ushbu gapdagi nuqtalar o`rniga qanday qo`shimchalar qo`yiladi?
A) Egalik qo`shimchalari
B) Qaratqich va jo`nalish kelishigi qo`shimchasi
C)Qaratqich va tushum kelishik qo`shimchalari
D) Qaratqich va egalik qo`shimchalari.
33. Aniqlov bog`lovchisi qaysi gap tarkibida bor?
A) Goh u birdaniga o`yga tolib yuragimga g`ulg`ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko`rib kular edi.
B) Tilning bilish borasidagi ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma`rifatni, ya`ni bilishning eng oddiy martabasini ham o`z ichiga oladi.
C) Ko`pchilikning yo akasi, yo o`g`li urushda.
D) Ular qushchalarni, rang-barang baliqchalarni, oq va kulrang quyonchalarni tomosha qilishadi.
34. Undov so`z qaysi gapda yo`q?
A) Oh, qanday go`zal bu olam!
B) Oh zolim falak, yiqil boshimga!
C) Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
D) Yomg`ir yog`ayapti shekilli, deb o`ylab, boshini ichiga tiqib, yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog`idan tutib xaltaga solaman.
35. Darhaqiqat, haqiqatan modal so`zlari qanday ma`no beradi?
A) Tasdiq B) Eslash C) Ta`kid D) Xulosalash
36. Tasdiq va inkor so`zlar dialogik nutqda qanda so`roq gaplarga javob bo`lib keladi?
A) So`roq olmoshlari bilan hosilbo`lgan gaplarga
B) –chi yuklamasi bilan hosilbo`lgan so`roq gaplarga
C) –mi yuklamasi bilan hosi bo`lgan so`roq gaplarga.
D) Ritorik so`roq gaplarga
37. Qaysi qatordagi gapda to`rt o`rinda yordamchilar qo`llangan?
A) Kecha va kunduz aqliy mehnat bilan mashg`ul bo`lgan alloma vaqtning qanday tez o`tayotganini sezmas edi.
B) Razzoq so`fining so`zlari va Qurvonbibining ishontirishlari ila Zebining ko`ngli bir qadar tinchlandi.
C) Xatni ham ololdingizmi? – dedi va sabirsizlik bilan Sodiqning og`ziga tikildi.
D) U chaqqon harakat qilarkan, a`zoyi badani terlab ketgan, faqat buni o`zi payqamas, hatto bir so`zni takrorlardi: “Menga desa otib yubormaydimi?”
38. Qaysi qatordagi gapda taqlid so`z bor?
A) Obbo! Kech tushib qolibdi-ku! Axir, uydan chiqqanimizda peshindan o`tgan edi.
B) Chol ko`zlari yumuq, boshini quyi solib o`tirardi. – Bay-bay-bay! Fuzuliy ajoyib shoir-da! – deydi.
C) Qo`chqor chinakam cho`ponlarday hushtak chalib: - Qurr, hayt! – deya hayqirdi…
D) Bitta inson qorasini ko`rsam, der edim… Nihoyat, unday inson ham ko`rindi.
39. Qaysi qatordagi gapda vazifadosh modal so`z qo`llangan?
A) To`g`ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg`izlanib qolish, ming bir ta`nalarini eshitishdan ham qo`rqdim, shekilli.
B) Xullas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o`ylab topib, buvisiga so`zlab beradigan bo`libdi.
C) Kattasi ham uyg`onib ketdi, shekilli, qo`shilib yig`lashga tushdi.
D) Haqiqatan ham, ko`rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir.
40. Quyidagi so`zlar ichidan modal so`zlarni ajrating.
1.Ammo, 2.hamisha, 3.avvalo, 4.so`ng, 5. afsus, 6. shubhasiz, 7. albatta, 8. taxminan, 9. balki, 10. ehtimol, 11. biroq. 12. birdan, 13.aftidan, 14.masalan, 15. darhaqiqat.
A) 3,5 ,6,7,8,9,10,11, 14, 15
B) 3,4 ,5,6,7,9,11,13,14,15
C) 2,4,5,6,7,10,13,14,15
D) 3,5,6,7,8,9,10,13,14,15

Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish