1. munosabat shakllari qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A ismlarning egalik shakli



Download 407,5 Kb.
bet11/15
Sana23.04.2022
Hajmi407,5 Kb.
#577953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5251241489576495507

Insho va uning turlari

1. Insho qaysi matn turiga kiradi?


A) Ijodiy-tavsifiy matn B) Ma’lumotnoma matni
C) Badiiy matn D) to`g`ri javob yo`q
2. “Insho” so`zining ma’nosi?
A) Qurish, yopishtirish B) yaratish, bino qilish C) ijod qilish D) to`g`ri javob yo`q
3. Insholar didaktik maqsadiga ko`ra necha xil?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
4. Chorak, o`quv yili tugaganda, olimpiadalarda inshoning didaktik maqsadiga ko`ra qaysi turi yoziladi?
A) Ta’limiy B) sinov C) erkin D) adabiy
5. Insho mazmun –mohiyatiga ko`ra necha xil?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
6. Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho – bu
A) adabiyinsho B) adabiy-ijodiyinsho C) erkininsho D) to`g`rijavobyo`q
7. Adabiy-ijodiy insho mavzusi berilgan qatorni toping.
A) “Alpomish” dostonida qahramonlik tasviri.
B) H. Olimjon – lirik shoir.
C) “Menrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi.
D) Zulfiya – men sevgan shoira.
8. Qaysi insho turida o`quvchining turli fanlardan olgan bilimlari ham ifodalanadi.
A) adabiy B) adabiy-ijodiy C) erkin D) rasmiy
9. Katta sement ko`prik ustidan mashinalar tininmsiz o`tib turibdi. Gapdagi so`z birikmalari soni?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
10. Tebranib yonayotgan sham zo`r mo`jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. Gapdagi so`z birikmalari soni?
A) 8 B) 7 C) 6 D) 5
11. Tinish belgilari qo`llanishi haqidagi qoidalar yig’indisi nima deyiladi?
A) etimologiya B) sintaksis C) punktuatsiya D) imlo
12. Bitishuvli so`z birikmalarini toping.
A) ishonchli do`st, qiyinchilikni yengmoq
B) oq kabutar, do`stona munosabat
C) hovlining o`rtasi, g`oyat qiziqarli
D) qishning qanoti, qizilolma
13. Otli so`z birikmasini toping.
A) hammasidan katta B) tez yugurish
C)ohista gapirmoq D)kulib qo`ymoq
14. Tobe so`zning hokim so`zga ko`makchlar yordamida bog`lanishi nima deyiladi?
A) so`z qo`shilmasi B) bitishuv C) boshqaruv D) moslashuv
15. Bog’lanishning qaysi turida egalik qo`shimchasi ishtirok etadi?
A) so`z qo`shilmasi B) bitishuv C) boshqaruv D) moslashuv
16. Ba’zan qor, ba’zan yomg`ir birikuvi qanday bog’lanish?
A) teng B) tobe C) bitishuv D) moslashuv
17. Qaysi qatorda boshqaruvli birikma berilgan?
A) raqsga tushish B) She`r yodlash
C) shahar ko`chalari D) A va B
18. Quyidagilardan qaysi biri leksik hodisa?
A) so`z B) so`z birikmasi C) gap D) qo`shma gap
19. Direktor hujjatlarga qo’l qo`ydi. Gapda qo`l qo`ydi birligi qanday birlik?
A) so`z B) so`z birikmasi C) gap D) qo`shma so`z
20. Qizilurug`dan olingan ko`chatlar sog`lom rivojlandi. Gapda ajratilgan so`z qanday birlik?
A) so`z B) so`z birikmasi C) gap D) qo`shma so`z
21. Qaysi birlikdagi qismlar orasida Grammatik aloqa yo`qolgan bo`ladi?
A) to`g`ri javob yo`q B) so`z birikmasi C) gap D) qo`shma so`z
22. Qo`rsligi, bema’ni gaplari, axir uning boshiga yetdi. Gapda ajratilgan so`z qanday birlik?
A) ibora B) so`z birikmasi C) gap D) qo`shma so`z
23. Ko`zini yog` bosgan iborasining ma`nosi?
A) ko`zi ojiz B) mag`rurlangan C) toza D) qaysar
24. Ibora qatnashgan gapni toping.
A) Shifokor dorini bolaning qulog`iga quydi.
B) Hozirgina qizcha tutib olgan tog` kapalagi uchib ketdi.
C) Yigit xurjunni bo`yniga ildi.
D) Mehmon joyiga o`tirdi-yu, ammo ko`ngli joyiga tushmadi.
25. Bu masalalarni tezda yechish kerak. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
26. Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to`ldiradi. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta
27. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg`ib qoldi. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
28. Chorlab bizni hasharga
Ketgan edi xolamiz,
Maslahat qildik shunda:
-Boramizmi?
-Boramiz! Gapdagi ajratilgan so`z qaysi so`zga bog`langan?
A) bizni B) chorlab C) ketgan D) xolamiz
29. Qiziqarli mashg`ulot birligida kesimni toping.
A) mashg`ulot B) qiziqarli C) kesim mavjud emas D) qiziqarli mashg`ulot
30. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
31. Ahmadjon aka o`z hayotida esda qoladigan hech nima ko`rmadi. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
32.Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. Gapda bitishuv yo`li bilan birikkan nechta so`z bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
33. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi. Gapda boshqaruv yo`li bilan birikkan nechta so`z bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
34. miqyosini tasvirlab berdi birikmasi nima vositasida bog`langan?
A) ohang B) qaratqich kelishigi C) tushum kelishigi D) tartib
35. Chol asta cho`kkaladi-da, sharti ketib parti qolgan itning boshini siladi. Gapda bitishuv yo`li bilan birikkan nechta so`z bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
36. Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po`stagimni qoqishdi. Gapda nechta so`z birikmasi bor?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta

1. Jaloliddin Manguberdi mo`g`ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G`arbda dong taratdi. Mazkur gap tuzilishiga ko`ra qanday gap?


A) Qo`shma gap
B) Sodda yoyiq gap
C) Bog`langan qo`shma gap
D) Ergashgan qo`shma gap.
2. Qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Haqiqiy do`stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
B) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o`rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang.
C) Odamning turli fe`l-atvorli do`stlari bo`ladi, hammasi bilan fe`liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur.
D) G`ayratlining yuragi qaynar, G`ayratsizning yuragi o`ynar.
3. Qo`shma gap qisimlarini bog`lovchi vosita nechata?
A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
4. Qaysi qatorda qo`shma gap qismlari bog`lovchi vazifasidagi vositalar yordamida bog`langan?
A) Do`stlikdan o`tadigan hech narsa yo`q, shuning uchun do`st orttirish imkoniyatini sira qo`ldan boy berma.
B) O`zingga do`st tanla, chunki bir o`zing baxtli bo`lolmaysan
C) O`z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
D) Adab kichkinalar mehrini ulug`lark o`ngliga soladi va u mehr kattalar ko`nglida abadiy qoladi.
5. Fikr ravshan bo`lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo`ladi. Mazkur gap qaynday vosita yordamida bog`langan qo`shma gap?
A) Bu gap qo`shma gap emas
B) Bog`lovchi vazifasidagi vosita bilan
C) Teng bog`lovchi yordamida
D) Ohang yordamida
6. Qo`shma gaplar qismlarining qanday bog`lovchi vositalar yordamida bog`lanishiga ko`ra necha xil bo`ladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) Qo`shma gaplar bu usulda bog`lanmaydi.
7. Qanday vositalar yordamida bog`langan qo`shma gaplar bog`langan qo`shma gaplar sanaladi?
A) Teng bog`lovchilar yordamida
B) bo`lsa, esa so`zlari yordamida
C) –u(-yu), -da yuklamalari yordamida
D) Barcha javoblar to`g`ri
8. Bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Gapni cho`zma, chunki hayot qisqadir.
B) Vijdonli kishini ta`qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas.
C) Uning so`zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollari shoshirib qo`ydi.
D) Oyim gapirayapti-yu, mening ko`zlarim Kimsan akamda.
9. Biriktiruv bog`lovchisi yordamida bog`langan qo`shma gapni aniqlang?
A) Qor yog`di va atrof oppoq choyshabga burkandi
B) To`satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo`ldi
C) Ro`paradagi g`orning bag`ridan qora tutun ko`tarildi va yerdan yo`tal tovushi eshitildi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
10.Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. Mazkur qanday bog`lovchi yordamida bog`langan?
A) Zidlov bog`lovchisi B) Teng bog`lovchi
C) Yakka qo`llanuvchi bog`lovchi yordamida bog`langan.
D) Barcha javoblar to`g`ri
11. Ayiruv bog`lovchilari yordamida bog`langan qo`shma gap berilgan javobni aniqlang.
A) Bir oycha fizika, matematika fanlarini o`qidi, ammo xxayoli boshqa yoqda bo`lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi.
B) Jondan ortiq narsa yo`q, lekin do`stlar uchun jonimiz fido.
C) Uzoqlardan keng vodiy quchog`ida goh ko`m-ko`k o`t bosayotgan yaylovlar ko`rinadi, goh qop-qorang`u daralar ko`zga tashlanadi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
12. Tovus o`zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o`zining sharaf-u shonini saqlaydi. Mazkur gap bog`lovchi vositasiga ko`ra qo`shma gapning qaysi turi hisoblanadi?
A) Ergashgan qo`shma gap
B) Bog`lovchisiz qo`shma gap
C) Boglangan qo`shma gap
D) Biriktiruv bog`lovchisi vositasida bog`langan qo`shma gap.
13. Hozirgi kunda yer yuzida qancha til mavjud?
A) 3000 dan ortiqB) 3000 ga yaqin
C) 2976 ta
D) To`g`ri javob yo`q.
14. O`zbek, turk, turkman, qirg`iz, qozoq, tatar, uyg`ur, boshqird, ozarbayjon, qariam, qoraqolpoq, bolqor singari tillar mansub bo`lgan tillar oilasi nima deb nomlanadi?
A) Oltoy oilasi
B) Turkiy tillar guruhi
C) Turkiy tillar oilasi
D) Barcha javoblar to`g`ri
15. Haqiqiy olim o`zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o`zidan ham zo`r olim va fozil borligini biladi. Mazkur gapgramatik asosiga ko`ra qanday gap?
A) Qo`shma gap
B) Sodda gap
C) Sodda yoyiq gap
D) Darak gap.
16. Ayiruv bog`lovchisi yordamida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Har kuni oqshomlarda buy o`ldan goh paxta dalasidan qaytoyotgan terimchilar o`tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g`izillaydi.
B) Dasturxon ustida dam o`zbek kuylari yangraydi, dam hind qo`shiqlari ijro qilinardi.
C) Ba`zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba`zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
17. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo`l, Odamlar aybini ko`rma, o`z aybingni ko`r. Mazkur gapda ega qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan?
A) Olmosh
B) Ot
C) Harakat nomi
D) To`g`ri javob yo`q
18. Qaysi gapda nomustaqil kesim shakli qo`llangan?
A) Navoiy, Bobur, Mashrab singari jahonga mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolat sari chorlab turadi.
B) Ular o`zlarining eng nodir asarlarida do`stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug`laganlar.
C) Har kishi el uchun tortsa agar ranj, Oqibat muyassar bo`lar unga ganj.
D) O`z gunohingni so`rab eldin o`tin, Nafrat o`ti ichra bo`lmasdin o`tin.
19. Qaysi gap tarkibida ot kesim qo`llanmagan?
A) O`zbekiston – ona diyor, bag`ri to`la hikmatdir.
B) Turnalar arg`imchog`I g`ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag`riga singiydi.
C) Bilimsiz kishining ko`ngli hurofatga moyildir.
D) Ilm ibodatdan afzal.
20. Bu qasidam senga xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin o`g`lingman, qabul et, O`zbegim, jon o`zbegim. Ushbu berilgan she`rda nechata undalma qo`llangan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
21.Ergashtiruvchi bog`lovchi yordamida bog`langan bog`langan qo`shma gapni aniqlang.
A) Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin.
B) Misralarda so`zlarda gavhar kabi yonadi, go`yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
C) So`zning yumshog`I g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`I esa odamni o`ldiradi.
D) To`g`ri javob yo`q.
22. Yig`ilgan xaloyiq suron bilan yangi shahar tomon qo`zg`aldi. Ushbu gap tarkibida nechata so`z birikmasi bor?
A) 4 B) 5 C) 7 D) to`g`ri javob yo`q
23. Otlashgan so`z bilan ifodalangan sozbirikmasi qaysi javobda berilgan?
A) O`quvchilarning beshtasi.
B) Shaharning ko`chalari.
C) Beqiyos o`lka
D) Katta qishloq
24. Gap tarkibidagi so`zlar o`zaro qaysi tomondan birikkan bo`ladi?
A) Gramatik tomondan
B) Ma`no tomondan
C) Gramatik yoki ma`no tomondan
D) Ma`no va gramatik tomondan
25.Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-obro`sini va qadr-qimmatini chuqur tushuntirdi. Ushbu gap tuzilishiga ko`ra qanday gap?
A) bog`langan qo`shma gap
B) ergashgan qo`shma gap
C) Sodda gap
D) Qo`shma gap.
26. Ot kesim qaysi qatorda berilgan?
A) Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta.
B) …Tez hal qilish kerak, talabgaorlar ko`p.
C) Bu qarorni amalgam oshirishdagi birinchi qadam – o`qish, o`qiganda ham a`lo o`qish edi.
D) A,B,C
27. Egasi ma`lum gap qaysi qatorda qayd etilgan?
A) Bugungi ishni ertaga qo`yma.
B) Nima eksang, shuni o`rasan.
C) Shaftolizor bog`larni ko`rdim
D) Jo`jani kuzda sanaydilar.
28. Qaysi qatorda payt holi berilgan?
A) Uy ichida odam ko`p edi.
B) Polatjon juda erta hammadan oldin uyg`ondi.
C) Bunda qurtlar ipak to`qiydi.
D) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to`xtovsiz chirqillashadi.
29. Qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi taqlid so`z bilan ifodalangan?
A) Ko`cha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi eshitildi.
B) O`tirganlar otning dupir-dupirini barilla eshitishdi.
C) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
30. Qaysi gap tarkibida to`ldiruvchining har ikki turi bor?
A) Beshga uchni qo`shsak, sakkiz bo`ladi?
B) Chizmani kitobdan daftarga ko`chirdim.
C) Mufassal hisobatni pochtadan yuboraman.
D) Barcha javoblar to`g`ri
31. Zidlov bog`lovchisi yordamida birikkan bog`langan qo`shmqa gapni toping.
A) Bog`langan qo`shma gap qismlari o`zaro faqat teng bog`lovhilar bilan bog`lanadi, zidlov bog`lovchisi ishtirok etmaydi.
B) Paxta terish bilan bandman, ammo butun diqqatim Muattarda.
C) Pakana yigit uyining ustun va devorlarini chertib, deraza va eshiklarining bo`yog`ini hidlab ko`rar edi.
D) U har uch qadamda bir to`xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo`rg`a yetdi, qopni ag`dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o`tirib oldi.
32. Ayiruv bog`lovchi yordamida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog`lab turardi.
B) Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi.
C) Mashhur qora qashqa ayg`irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
33. Qo`shma gap qismlari o`zaro yuklamalar bilan bog`langan javobni toping.
A) Qo`shma gap qismlari yuklamalar vositasida bog`lanmaydi.
B) Mol-u puling ketsa-ketsin-u, vaqtingni zoye ketkizma.
C) Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho`zilib tugunni oldi.
D) To`satdan eshik sharaqlab ochildi-da, ostanada Ertoyev paydo bo`ldi.
34. Uyishgan bo`laklar qaysi gap tarkibida uyishgan ega bor?
A) Ular o`zlarining eng nodir asarlarida do`stlikni, insonparvarlikni, mehr-muhabbatni ulug`laganlar.
B) O`zidan yaxshi xotirot qoldirgan inson o`lgandan keyin ham izzat-iukromga, xotirlab turishga loyiq.
C) Yigitlarimiz O`zbekistonning, insoniyatning bolasi bo`lsa, hamma faxrlanadi.
D) To`g`ri javob berilmagan.
35. Uyishiq kesim qaysi gap tarkibida bor?
A) Xalq eratangi kuni yaxshiroq bo`lishini istasa, birlashmaog`I, uyishmog`I va haqiqat uchun kurashmog`I kerak.
B) Shogirdlar qancha ko`p bo`lsa, ko`ngil qafasi shuncha ravshanroq bo`ladi.
C) Hammasini tinglardim, ammo O`xshashini topmasdim also.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
36. Gap tarkibida qaysi bo`lak umuman uyishiq holda kelmaydi?
A) Ega va kesim B) Aniqlovchi, to`ldiruvchi
C) Hol
D) To`g`ri javob yo`q.

1. Ergashgan qo’shma gaplarning qaysi turida shart mayli qo’shimchasi gaplarni bog’lovchi vosuta sifatida ishtirok etishi mumkin? 1)kesim ergash gapli q g 2)ega ergash gapli q g 3)to’ldiruvchi ergash gapli q g 4)aniqlovchi ergash gapli q g 5)hol ergash gapli q g A)2,3,4,5 B)1,2,3,4,5


C)1,3,4,5 D)3,4,5

2. Zidlik munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A)bog’langan , ergashgan,bog’lovchisiz B)bog’lovchisiz,bog’langan C)faqat bog’langan qo’shma gaplar bilan D)faqat zidlov bog’lovchisi bilan bog’langan q g bilan


3. Nisbiy so’z yordamida birikkan ega ergash gapli qo’shma gapni belgilang. A)Kimki ilm urug’ini sepsa, u uluglik mevasini teradi. B)SHunusi qiziqki, uyquda ham miya o’z faoliyatini to’xtatmaydi. C)Eng yaxshi yo’l shuki, yaxshi do’st yor-diyoridan ayrilishni ixtiyor etmaydi. D)Bu savollardan ma’lum bo’ldiki, aybnoma uydirma emas.


4.Sabab munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? A) A)bog’langan , ergashgan,bog’lovchisiz B)bog’lovchisiz,bog’langan C)faqat bog’langan qo’shma gaplar bilan D)ergash gapli qo’shma g


5. SHunday bo’lmog’iga barcha asoslar bor edi,chunki ular bir qishloqda o’sib-ulg’aygan edilar,bunisining asrori unisiga besh qo’lday ayon edi. Berilgan gap qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A)natija ergash gapli q g


B)bir necha bosh gapli murakkab q g C)bir necha ergash gapli murakkab q g D)aralash murakkab q g

6.Qismlari o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati bo’lgan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A)Aql ko’pga yetkazadi,hunar bo’lsa insonni ko’kka ko’taradi. B)Agar qiz bo’lsang,otingni Kimsanoy qo’yaman,agar o’g’il bo’lsang,Kimsanboy qo’yaman. C)Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. D)To’g’ri so’z tosh yoradi, egri so’z bosh yoradi.


7. Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni toping. A)SHamol qay tarafga essa, maysalar ham o’sha tomonga egiladi. B)SHunday yaxshi odatlarimiz borki,ularga hurmat bilan qarash lozim. C)Kimds aql oz bo’lsa, undagi shuhratparastlik shunchalar kuchayar. D)Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, go’yo yangi ranglar,yangi jilvalar bilan porlaydi.


8. Qiziqi shundaki, shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi. Ushbu gap… A)to’ldiruvchi ergash g q g


B)kesim ergash g q g C)kiritma gapli soda gap
D)ega ergash q g

9. Qismlari o’rtasida zidlash munosabati bo’lmagan qo’shma gap qaysi javobda berilgan?


A)Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. B)Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi. C)Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to’g’rilik bo’lsa insonni saodatga boshlaydi. D)Jahl-dushman,aql esa do’stdir.

10. Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni toping. A)Manzuraning yuziga dam yassiq, dam oqshom shabadasi uriladi. B)Aql-eskirmas kiyim, bilim bo’lsa tuganmas buloqdir. C)Vali yana ertasiga saharlab uyg’onganda,G’ulomjon hujrasida yo’q edi. D)Dugonalar ish bilan band bo’lishdi, suhbat negadir qovushmadi.


11. Ergash gap bosh gapga deb so’zi yordamida birikkanda qanday qo’shma gap hosil bo’ladi? A)sabab ergash gapli qo’shma gap B)maqsad ergash gapli gap C)to’ldiruvchi ergash gapli q g D)barcha javoblar to’g’ri


12. Qaysi qatorda ergashgan qo’shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi noto’g’ri berilgan? A)Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi.-Mustaqil fikrlamagan odamning egilishi oson bo’ladi. B)SHuni bildingki, kengga keng dunyo,torga tor dunyo.-Dunyoning kengga-keng,torga torligini bilib oling. C)SHunday oilalar borki, tarbiyaga e’tibor berishmaydi.-Tarbiyaga e’tibor bermaydigan oilalar bor. D)Saxiylikni odat qilgan bo’lsa, qo’lidagi davlati ketmasin uning.-Saxiylikni odat qilgan odamning qo’lidagi davlati ketmasin.


13. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang. 1) Buning natijasi shu bo’ldiki,To’laganning qanshariga musht tushdi. 2) Donolarning o’g’iti shundayki,so’zning lazzati gapirishda emas, balki eshitishdadir. 3) Qizig’I shundaki,shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi. 4) Umidim uldurkim,so’zim martabasi avjdan quyi inmagay. A)1,2,3 B)3,4 C)1,2,3,4 D)1,2,3


14. Bilingki, jim turib salomat bo’lish gapirib malomatga qolishdan afzal.Berilgan gap qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A)ega ergash gapli qo’shma gap


B)kesim ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

15. Ergashgan qo’shma gapning qaysi turida ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar,shart mayli shakllari,sabab,maqsad,shart bog’lovchilari,deb so’zi yordamida bog’lanadi? A)ega ergash gapli qo’shma gap


B)kesim ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D)hol ergash gapli qo’shma gap

16. Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to’kilgan muqaddas zamindir.Berilgan ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)ega ergash gapli qo’shma gap


B)kesim ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D)hol ergash gapli qo’shma gap

17. Ko’ziga nima ko’rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.Berilgan qo’shma gapning turini aniqlang A)ega ergash gapli qo’shma gap


B)kesim ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
D)hol ergash gapli qo’shma gap

18. Dutor chalib o’tirsam, tori uzilib ketdi.Berilgan qo’shma gap turini va qanday mazmunni ifodalaganini aniqlang. A)hol ergash gapli qo’shma gap,sabab mazmuni


B)kesim ergash gapli qo’shma gap, payt munosabati
C)hol ergash gapli qo’shma gap, payt mazmuni
D)kesim ergash gapli qo’shma gap,sabab mazmuni

19. Daraja-miqdor mazmunini ifodalagan hol ergash gapli qo’shma gapni aniqlang. A)Oqsoqol qayerda bo’lsa,o’sha joyda ish bir tartibda borardi. B)Sizni qo’rqib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik. C)Boshingga tashvish tushmasa,qaytib kelmasding. D)Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko’p ediki, so’rab oxiriga yetolmasday ko’rindi.


20. Qumri qarasa,onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib,ajinlari ko’payib ketibdi.Ergashgan qo’shma gapning turini aniqlang. A)ega ergash gapli qo’shma gap B)kesim ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)hol ergash gapli qo’shma gap


21. Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim uush haqida bosh qotirmaydi,chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. Berilgan qo’shma gapning turini aniqlang. A)sabab mazmunidagi bog’langan qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)bog’lovchisiz qo’shma gap D) aralash murakkab qo’shma gap


22. Agar yurakda quvvat bo’lmasa, qo’lda ham quvvat bo’lmaydi. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani aniqlang. A)shart mayli vositasida


B)nisbiy so’zlar vositasida C)ergashtiruvchi bog’lovchi vositasida
D)ohang yordamida

23.Kesim ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping?


A) mo’l hosil olganimizning sababi shuki, yozi bilan tinimsiz mehnat qildik.
B)Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. C)Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. D)SHuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko’ramiz
24. Zidlash va ketma-ketlik munosabati mavjud bo’lgan qo’shma gapni aniqlang. A)Dilimizda orzu balandroq edi,lekin ko’klam biroz noqulay keldi. B)Ashula nihoyasiga yetdi-yu,bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. C)Gulchehra ‘’piq’’etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. D)a,b javoblar to’g’ri

25. Voqea-hodisaning faqat bittasi yuzaga chiqishini ifodalagan qo’shma gapni aniqlang.


A)Yo siz keeling, yo men boray.
B)Dam jahlim chiqadi,dam kulgim qistaydi. C)Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. D)Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib,kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovullashi bu ovozlarni bosib ketadi.

26)Qaysi bog’lovchilar ergash gap boshida qo’llaniladi? A)sabab,ko’makchili qurilmalar,maqsad B)sabab,qiyoslash-chog’ishtiruv,maqsad C)shart,sabab,deb so’zi yordamida


D)barcha javoblar t

27. Berilgan qo’shma gaplardagi qaysi vosita uchun ko’makchisi bilan sinonim tarzda qo’llana oladi? A)Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo’l hosil oldik. B)Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. C)Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. D)SHuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko’ramiz.


28. Qaysi qatorda biri ikkinchisini taqozo etgan qo’shma gap berilgan? A)Kim harakat qilsa, u Baraka topadi. B)Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. C)Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. D)barcha javoblar t


29. Qaysi qatorda bog’lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan?


A)Qo’ng’iroq chalindi-yu,dars boshlandi. B)Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. C)Qo’ng’iroq chalindi,shuning uchun dars boshlandi. D)Qo’ng’iroq chalindi,zero dars boshlandi.

30. Bog’langan qo’shma gapni toping. A)Qarasam,qaramaysan. B)Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo’lsang faqat dam olaylik deysan. C)Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo’naymiz. D)Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko’ksingdan otilar olovli nafas.


31. Polvonlar epchillikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu gapdagi ayiruv bog’lovchisi nimaga xizmat qilgan? A)qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun B)qo’shma gap qismlari va uyushiq bo’laklarni bog’lash uchun C)uyushgan bo’laklarni bog’lash uchun D)o’zaro tobe bo’laklarni bog’lash uchun


32. Biz istaymizki, kadrlarimiz rivojlangan davlatlarning mutaxassislaridan kam bo’lmasin.Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)kesim ergash gapli qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap


33. Kim sening kamchiliklaringni to’g’ri aytsa, u sening haqiqiy do’stingdir. Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)kesim ergash gapli qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)ega ergash gapli qo’shma gap


34.Kechqurun osh suzsak,bir nasiba kam. Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)kesim ergash gapli qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)ega ergash gapli qo’shma gap


35.Kimning quroli bilim bo’lsa, uning kelajagi porloq. Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)kesim ergash gapli qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap


36. Do’stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do’stlik emas. Ergashgan qo’shma gap turini aniqlang. A)kesim ergash gapli qo’shma gap B)hol ergash gapli qo’shma gap C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D)ega ergash gapli qo’shma


1.Ergashgan qo`shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Olim bo`lsang, olam seniki.
B) Kamtar bo`l, chunki kamtarlik insonni kamolatga boshlaydi.
C) Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman, agar o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman.
D) Barcha javoblarda ergashgan qo`shma gaplar berilgan.
2. Men bilgan kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman.Mazkur qo`shma gap bog`lovchi vositasiga ko`ra qanday qo`shma gap?
A) Sodda gap B) Ergashgan qo`shma gap
C) Bog`langan qo`shma gap
D) Bog`lovchisiz qo`shma gap.
3. Ko`makchi qurilma vositasida bog`langan qo`shma gapni toping.
A) Hunar ado bo`lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog`ingdan boshlab biron-bir hunarni o`rganish payida bo`l.
B) Chin do`st yurakdan so`zlar, chunki u sening yomon bo`lishingni also xohlamaydi.
C) Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim.
D) Bul bul gulzorni izlaydi, boyo`g`li esa doim xarobani ko`zlaydi.
4. Ergashgan qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) To`g`ri so`z qilichdan o`tkir, shuning uchun hamisha rost so`zlashga odatlan.
B) Ahmoqning yuragi og`zida, aqllining tili esa yuragida bo`ladi.
C) Olloyorning eng zo`r sifati shuki, uning qo`lida yig`layotgan chaqoloqlar birdan yupanadi-qoladi.
D) Barcha qatorda ergashgan qo`shma gaplar berilgan.
5. Ergashgan qo`shma gap doim nechata qismdan iborat bo`ladi?
A) 2 B) 3 C) Gap tarkibida qancha so`z bo`lsa, shuncha qismga ajratiladi.
D) To`g`ri javob yo`q.
6. Nisbiy so`zlar vositasida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim.
B) Tilagim shuki, tog`a, ayam bilan ukalarim kishilariga muhtoj bo`lmasin.
C) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro`yi bir pul bo`ladi.
D) To`g`ri javob yo`q.
7. Ergashtiruvchi bog`lovchi yordamida bog`langan qo`shma gapni aniqlang.
A) Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog` to`nlar berar!
B) Ozgina hovliqib turishsa ham, cho`chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo`ladi.
C) Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
8. Beruniy ilm yo`lidagi hamkorlikni juda qadrlar, shuning uchun ham o`z davrining taniqli olimlari bilan ilmiy aloqalar o`rnatgan edi. Mazkur ergashgan qo`shma gap qismlari qanday vosita yordamida birikkan?
A) Ergashtiruvchi bog`lovchi yordamida
B) Ko`makchi qurilma
C) Yuklama D) To`g`ri javob yo`q.
9. Shart mayli vositasida ergashgan qo`shma gap berilgan javobni toping.
A) Yomon bo`lar, agar ko`z yoshing tugab qolsa, kelguncha baxt.
B) Aql ko`pga yetkazadi, hunar bo`lsa insonni ko`kka ko`taradi.
C) Rostgo`ylik odamni kamolatga yetaklaydi, yolg`onchilik esa uni halokatga olib boradi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
10. Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim, Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etgay desang, xalq bo`l, elim!. Berilgan qo`shma gap tarkibida nechta soda gap borligini aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 5 D)To`g`ri javob yo`q.
11. Ko`rsatish olmoshli ergashgan qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Shunga ishonchin komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo`ladi.
B) Qaysiki narsaga o`z mehnating bilan erishsang, o`sha narsa sen uchun qadirlidir.
C) Baxtim shuki, seni uchratdim.
D) Shunday o`zgarishlar bo`lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi.
12. Qaysi qatorda kesim ergash gap berilgan?
A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.
B) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi.
C) Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo`lmaydi.
D) Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas also.
13. Muhammad Yusuf ijodining o`ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o`qiladi, soda, xalqchil. Mazkur gap ergash gapning qaysi ma`no turi hisoblanadi?
A) Kesim ergash gspli qo`shma gap
B) Ega ergash gapli qo`shma gap
C) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap.
D) To`g`ri javob yo`q.
14. Hol ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Oqsoqol qayerda bo`lsa, o`sha joyda ish bir tartibda boradi.
B) Dutor chalib o`ltirsam, tori uzilib ketdi.
C) Oyna opa xatni oxirigacha o`qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
D) Barcha javoblarda hol ergash gapli qo`shma gap berilgan.
15. Boshingga tashvish tushmasa,qaytib kelmasding. Mazkur gap haqidagi qaysi hukm to`g`ri?
A) Sodda yoyiq gap
B) Bog`langan qo`shma gap.
C) Hol ergash gapli qo`shma gap.
D) Shart ma`noli kesim ergash gapli qo`shma gap.
16. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o`qqa tutdi.
B) Bu o`rinda shuni aytish kerakki, qalandarovlarni o`sha davr hayoti yarata boshlagan edi.
C) Bilginki, jim turib salomat bo`lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
D) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko`p ediki, so`rab oxiriga yetolmasday ko`rindi.
17.Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
B) Bu suvni ichgandan so`ng kim yolg`on so`zlasa, uning qulog`i o`sib ketarmish.
C) Kimning quroli bilim bo`lsa uning kelajagi porloq.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
18. Hol ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Sizni qo`rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik.
B) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi.
C) Qizig`I shundaki, shu ko`rinishiga ovozi muloyim edi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
19. Teng bog`lovchilar vositasida birikkan ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Goh kechalari shamol bo`riday uvillab chiqar, goh sharros yomg`ir quyib qolardi.
B) Guli yo`q bo`stondan yaproq, foydasi yo`q yo`ldoshdan tayoq yaxshi.
C) Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir.
D) To`g`ri javob yo`q.
20. Bog`lovchi vositasida birikkan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) O`z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
B) Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir.
C) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat.
D) O`zingga do`st tanla, chunki bir o`zing baxtli bo`lolmaysan.
21. Qaysi qatorda qo`shma gap qisimlari bog`lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan?
A) Og`ziga kelganini demoq nodonning ishi va oldiga kelganini yemoq hayvon ishi.
B) Oqil agar so`z bil so`zni yopar, Orif o`shal so`zda o`zini topar.
C) Jahonda hammadan to`g`rilik a`lo, Egrilikdan ortiq yo`qdir hech balo.
D) To`g`ri javob yo`q.
22. Bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilmagan?
A) Kim harakat qilsa, u baraka topadi.
B) Umrlar o`tar-u, kitoblar yashar.
C) Sarbon shunday dedi-da quchog`ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi.
D) To`lagan ro`molchasini cho`ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho`ntagiga solib qo`ydi.
23. Uzun bir yog`och topdi-da, asta olmani o`ziga tomon “hayday” boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitga aldar, yog`och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho`ng`ib yana “qochib” qolardi.Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to`g`ri?
A) Ergash gapli qo`shma gap.
B) Sodda yoyiq gap
C) Bog`langan qo`shma gap
D) Hol ergash gapli qo`shma gap.
24. Biriktiruv bog`lovchi yordamida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ro`zimatning rangi o`zgardi va ko`zlarida hamisha o`ynab turadigan tabassum ifodasi to`satdan yo`qoldi.
B) Xalqqa xayir-u ehson qilish naqadar ulug` fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg`araz bo`lsa, yana ham yaxshi.
C) O`ylamoq yaxshi narsa, biroq ko`p o`ylab xayol parast bo`lish zararlidir.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
25. To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Shundan ehtiyot bo`lginki, birovning ota-onasini haqorat qilgan odam o`zining ota-onasini ham haqoratlagan bo`ladi.
B) Qayerda ahillik bo`lsa, o`sha yerda qut-baraka bo`ladi.
C) Kimki birovga yomonlik qilsa, u shu dunyoning o`zidayoq jazosini ko`radi.
D) Barcha javoblar to`g`ri.
26. Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) O`simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo`l hosil olasan.
B) Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz.
C) Kim yalqov bo`lsa, uning qo`lida obo dyer ham xarob bo`ladi.
D) Shuni bilib qo`yginki, sen suyangan tog`ning tagi nurab qolgan.
27.Shu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog` tog` bilan uchrashmaydi. Ushbu gap qo`shma gapning qaysio turi?
A) Bog`langan qo`shma gap B) Ergashgan qo`shma gap C) Bog`lovchisiz qo`shma gap
D) Ega ergash gapli qo`shma gap.
28. Ega ergash gapli qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
B) Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
C) Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzandan ko`ra yaqinroq kimsa yo`q.
D) To`g`ri javob yo`q.
29. Ajratilgan aniqlovchi bo`lak qaysi javobda berilgan?
A) O`zbekiston – ona diyor, bag`ri to`la hikmatdir.
B) Turnalar arg`imchog`I g`ira-shira osmon ortiga – bulutlar bag`riga singiydi.
C) Nabiram – Sayyora shu yerda tarbiyalanayapti.
D) To`g`ri javob yo`q
30. Xalqaro savdo yo`li – Buyuk Ipak yo`li Temur va temuriylar davrida juda serqatnov bo`lgan. Ushbu gapda qaysi bo`lak ajratilgan?
A) Ajratilgan bo`lak bu gapda yo`q
B) Izohlovchi C) Hol D) Kesim
31. Undalma qaysi gap bo`lagiga tobe bo`ladi?
A) Kesimga B) Holga C) Aniqlovchiga
D) To`g`ri javob yo`q
32. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin o`g`lingman, qabul et, O`zbegim, jon O`zbegim. Mazkur she`rdagi undalmalar qaysi javobda berilgan?
A) Bu, hurmati, qabul et
B) xalqim, O`zbegim, jon o`zbegim
C) Erkin o`g`lingman, xalqim
D) To`g`ri javob yo`q
33. Nomustaqil kesim qanday shaklda bo`ladi?
A) Shart mayli shaklida B) Xabar mayli shaklida C) Sifatdosh shaklida
D) Harakat nomi shaklida
34. To`ldiruvchi kesimga qanday yo`l bilan bog`lanadi?
A) Boshqaruv B) Bitishuv
C) Moslashuv D) Teng bog`lanadi
35. Ega ergash gapli qo`shma gapning nechta gramatik asosi bo`ladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
36. Undalmali gaplarning kesimi odatda nechanchi shaxsda bo`ladi?
A) I va III shaxsda B) I va II shaxsda
C) II va III shaxsda D) I, II va III shaxslarda

Download 407,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish