1-modul tilshunoslik va ijtimoiy fanlar kursining nazariy masalalari


Til va tillarning paydo bo’lishi haqidagi qarashlari



Download 160,77 Kb.
bet14/16
Sana24.03.2022
Hajmi160,77 Kb.
#507844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-modul tilshunoslik va ijtimoiy fanlar kursining nazariy masala

Til va tillarning paydo bo’lishi haqidagi qarashlari
Alisher Navoiy tilning paydo bo’lishi, tillarni vujudga kelishi haqida ham fikr bildiradi. SHoirning «Insonni so’z ayladi judo hayvondin» misrasi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar yuritilishiga, turli bahslarning tug’ilishiga sababchi bo’ldi.
Ayrim olimlar Alisher Navoiyning yuqoridagi fikri asosida insonning maymundan paydo bo’lganiga ishora qiladi, demak, shoir dunyoning evolyutsion yo’l bilan yuzaga kelganini, bir turdan ikkinchi to’rning kelib chiqqanini CH.Darvindan ancha oldin e’tirof qiladi, degan xulosaga keladilar. SHuning uchun ular Alisher Navoiyni materialist deb hisoblaydilar.26 Bu bilan Alisher Navoiyni o’zlarining «izm»laridan biriga tushirmoqchi bo’ladilar.
Aslida Alisher Navoiyning yuqoridagi misrasi islom falsafasidagi dunyoning paydo bo’lishi, insonning dunyoga kelishi haqidagi qarashlaridan birining namoyon bo’lishidir.
Insonning paydo bo’lishi haqida musulmon olamida mutafakkirlar juda qadimdan buyon fikr yuritadilar. Ularning ba’zilari dunyoning yaratilganini e’tirof etsalar, boshqalari dunyo asta-sekin yaralgan deb hisoblaydilar. Har ikki qarash faqat musulmon olamidagina emas, balki xristianlik va boshqa dinlarda ham uchraydi. Xususan, Qur’oni Karimda Olloh qudratli, hamma narsani yaratuvchi sifatida ta’riflanadi. Xuddi shunday qarash Injilda ham uchraydi. Har ikki muqaddas kitobda yerda hayotning paydo bo’lishi, insonning yaratilishi, odam ajdodining jannatdan quvilishi haqida bir xil fikr yuritiladi. SHu bilan birgalikda, Qur’onning o’zida tirik organizm evolyutsiyasi haqida ham fikr bayon etiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, muqaddas kitoblarning o’zida olamning va insonning paydo bo’lishi haqida ziddiyatli fikrlar mavjud. Bu ziddiyat Alisher Navoiy ijodida ham aks etadi.
Dunyoning asta-sekin yaralishi (evolyutsion taraqqiyot) haqidagi fikr dastlab islom olamida arablarning qomusi sanaluvchi «Ixvan as-safo» («Tozalik og’alari») asarida uchraydi. Bu asar X asrning ikkinchi yarmida Basrada yaratilgan bo’lib, o’sha davrning turli masalalari bo’yicha fikr yurituvchi 51 maqolotni o’z ichiga oladi.
32-maqolot olamning paydo bo’lishiga bag’ishlangan. Unda bayon qilinishicha, dastlab olam yaratilishining sababchisi sanaluvchi mohiyat mavjud bo’lgan. Bu absolyut yaxlitlik hali son emas, balki barcha sonlarning kelib chiqishiga manba sanalgan. Uning borliqda moddiylashuvi ikkinchi taraqqiyot bosqichi – aqlni vujudga keltirdi. Aql sezgi a’zolarimiz ta’siriga beriluvchi shaklga ega bo’ldi. Undan uchinchi bosqich – nafs kelib chiqdi. Nafs to’rtinchi bosqich xayuli (modda)ni keltirib chiqaradi. Potentsial modda o’lchovga ega bo’ldi va real moddaga aylandi. Dunyo shar shaklini oldi. SHarning ichi zichlana boshlaydi. Torayib-torayib, yetti sayyora hosil bo’ldi: Saturn, Yupiter, Merkuriy, Quyosh, Mars, Venera, Oy. Oy sathi ostidan moddiy dunyo – efir, havo, suv va yer sathi boshlanadi. Bu neoplatoncha talqin Basra falsafa maktabi vakillari tomonidan Arastu ta’limoti bilan omuxta qilindi. Bunga muvofiq, Yaratuvchidan boshlangan harakat eng quyi sathda – Yerda o’chmaydi, balki teskari harakat – ko’tarilish harakati boshlanadi. Eng quyi elementning sof vaqili mineral sanaladi. Mineral evolyutsiya imkoniyatiga ega. O’z tarkibini murakkablashtira borib, oraliq bo’g’in – po’panak orqali yuqoriroq taraqqiyot bosqichiga ko’tariladi va o’zidan o’simlikni hosil qiladi. O’simlik ham uzoq muddatli taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, oraliq bosqich – ikki jinsli palьma orqali hayvonotga aylanadi. Hayvonot olami ham rivojlanishda davom etib, oraliq bosqich sanaluvchi maymun orqali insoniyat olamini vujudga keltiradi.
Boshlangan harakat to’xtamasligi kerak. Demak, insoniyat olami ham rivojlanishda davom etishi, rivojlanishga sabab bo’lgan ilohiy kuchga aylanishi kerak. SHunday qilib, «Ixvon as-safo»da olamning asta-sekinlik bilan, evolyutsion rivojlanishi orqali bir turdan ikkinchi to’rning kelib chiqishi bayon etiladi. Lekin insoniyat olamidan keyingi taraqqiyotga kelganda turli fikrlarning tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Basra faylasuflari insonning ilohiyatga aylanishi o’zini hayvoniy hirslardan tozalashi, poklanishi, ma’naviy va tafakkur qobiliyatining to’la kamolot bosqichiga ko’tarilishi orqali ro’y beradi, deb hisoblaydilar. Ular hayvoniy hirslar xukmronligi, nafs balosi ostida yashaydigan insonlar hayvondan ustun emas, balki undan ko’ra tubanroq ekanini bayon qiladilar.27
Xuddi shunga o’xshash fikr Abu Nasr al-Forobiyda ham uchraydi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida eng quyi moddaning asta-sekin rivojlana borishi, o’zidan yuqoriroq moddaga – yer, suv, havo, olovga; undan so’ng yanada yuqoriroq rivojlanib, mineralga, undan so’ng o’simlikka, so’ng hayvonotga va undan so’ng so’zlovchi hayvonotga aylanishi haqida fikr yuritadi. So’zlash qobiliyatiga ega mahluqot taraqqiyotning so’nggi bosqichi sifatida baholanadi.28
Alisher Navoiy ham insonni so’zlash qobiliyatiga ega mahluqot hisoblaydi. Inson komillikka erishmoq uchun o’zini hayvoniy hirslardan tozalashi lozimligini ta’kidlaydi.
Bundan ko’rinib turibdiki, Alisher Navoiyning insonning so’z orqali hayvondan ajralib chiqqanligi haqidagi fikri islom olamida mavjud insonning paydo bo’lishi haqidagi an’anaviy qarashning davomidir.
Dunyoda tillarning ko’pligi, mazkur tillarning paydo bo’lishi haqida mutafakkirlar ko’pdan buyon fikr yuritib keldilar. Natijada tillarning kelib chiqishi haqida xilma-xil fikrlar paydo bo’ldi. Bulardan eng keng tarqalgani barcha muqaddas kitoblarda bir xil takrorlanuvchi Nuh haqidagi afsonadir. Dunyodagi barcha xalqlar va ularning tillar tarqalishi Nuh va uning farzandlarining to’fonda turli tomonga tarqalishi bilan izohlanadi. Alisher Navoiy ham «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida tillarning kelib chiqishi haqida fikr yuritarkan, turk, fors, hind xalqlari bir ajdoddan – Nuhdan tarqalganini quyidagicha bayon qiladi: «...Nuh payg’ambar (salavotullohu alayh)ning uch o’g’lig’akim, Yofas va Som va Xom yetishur. Va bu mujmal tafsili budurki, Nuh (alayhissalom) to’fon tashviridin najot va aning mahlakasidin hayot topti, olam ma’murasida bashar jinsidin osor va inson nav’idin namudor qolmaydur erdi. Yofasniki, tavorix ahli Abut-turk bitirlar. Xito mulkiga yibordi va Somniki, Abul-furs bitirlar, Eron va Turon mamolikining vasatida voli qildi va Xomniki, Abul-Hind debdurlar, Hindiston vilodiga uzatdi. Va bu uch payg’ambarzoda avlod va atboi mazkur bo’lgon mamolikda yoyildilar va qalin bo’ldilar».29
Er yuzida insonning paydo bo’lishi va turli tillar hamda bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning kelib chiqishi haqida «Ibtido» kitobida shunday yoziladi: «...SHu zaylda osmon bilan Yer hamda ulardagi borliq mavjudot yaratilib bo’ldi. Xudo o’z faoliyatini yettinchi kunda tamomlab, u kunda barcha qilgan ishlaridan tindi... Xudovandi Karim yeru osmonni bunyod etgan edi-yu, lekin hali yerga yomg’ir yog’dirmagan va yerda ishlash uchun odam ham yaratmagan edi. Yer yuzida hech qanday dasht butasi va hech qanday dala giyohi ham o’smagan edi. Faqat yerdagi bug’ ko’tarilib, butun yer yuzini sug’orib turar edi. O’sha naytda Xudovandi Karim yerning tuprog’idan odamni yasab, uning dimog’iga hayot nafasini pufladi. SHu yo’sinda odam tirik jon bo’ldi».
Islomgacha bo’lgan qadimgi turk yodgorliklarida ham insonning paydo bo’lishi haqida xuddi shunday fikr bayon qilinadi. Masalan, «Kultegin» yodnomasida shunday deyiladi: «Uza ko’k tangri, asra yag’iz yir qilintuqta, akin ara kisi o’g’li qilinmis».
«Ibtido» kitobida Odam Ato bilan Momo Havo nikohidan SHit tug’ilgani va SHitdan Nuhgacha yana yetti avlod o’tgani (Enush, Kenan, Maholalil, Yered, Hanuh, Matushaloh, Lomak), Lomakdan Nuh tug’ilgani, o’z navbatida, Nuh besh yuz yoshga kirib, uch o’g’il (Som, Xom, Yofas) ko’rgani haqida fikr yuritiladi. SHuningdek, to’fon tufayli Nuh va uning avlodlari hamda Nuh kemaga chiqarib olgan, jonzotlargina saqlanib qolgani, yer yuzidagi barcha xalqlar Nuh avlodlaridan tarqalgani bayon qilinadi.30
Bundan ko’rinadiki, insonning paydo bo’lishi, to’g’rirog’i, yaratilishi haqidagi g’oyani Alisher Navoiy Qur’ondan o’z asariga olib kirgan.

Download 160,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish