Til va nutq
Alisher Navoiyning umumiylik va xususiylik, zot va tajallilar mu-nosabatini belgilashi unga tilshunoslikda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash imkoniyatini berdi.
Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. SHu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur nemis olimi Vilgelьm Gumbolьdtdan boshlangan va u shveytsariyalik olim F.de Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil topl qiladi deb hisoblab kelindi.
Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilьgelьm Gumbolьdt va F.de Sossyurdan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlaganining guvohi bo’lamiz. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so’z (til birligi) sohibi ixtisos (so’zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qiladi.
«Muhokamat ul-lug’atayn» asarida ta’kidlanishicha, so’z go’yo durdur. Do’rning joylashish o’rni dengiz tubi bo’lsa, so’zning joylashish o’rni ko’ngildir (xotiradir). Dur g’avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g’avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida to’rgan durlar g’avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko’ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so’zlar ham so’zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o’z jilvasini topadi.
Bundan ko’rinadiki, imkoniyat va voqelik, umumiylik va xususiylik dialektikasi Gegeldan ancha oldin Alisher Navoiy asarlarida o’z aksini topgan. Til va nutqning yuqoridagidek farqlanishi ham ana shu dialektikaning tilda namoyon bo’lishining ko’rinishidir.
SHakl va mazmun. Alisher Navoiy falsafasida shakl va mazmun dialektikasi ham markaziy o’rinni egallaydi. SHakl va mazmun o’zaro uzviy bog’liq. SHu bilan birgalikda, mazmun shaklga nisbatan birlamchi sanaladi. SHakl va mazmun dialektikasi tilda til va tafakkur dialektikasi orqali namoyon bo’ladi. Alisher Navoiy til va tafakko’rning o’zaro chambarchas bog’liqligini, til fikrni (ma’nini) ifodalovchi qudratli vosita ekanini, ana shu vosita insonni komil insonga aylantirgani, hayvondan judo qilganini e’tirof etadi. Alisher Navoiyning til va tafakkur dialektikasi haqidagi qarashini quyidagi fikri orqali payqash mumkin: «CHun alfoz va maskur mahluqotdin murod ma’nidir».25 Ya’ni olamdan olgan ma’lum bilimimizni ifodalash, boshqalarga yetkazish uchun gapiramiz.
Umumiy tilshunoslikning otasi sanaluvchi Vilьgelьm Gumbolьdt Alisher Navoiydan bir necha yuz yil keyin bu fikrni takrorlaydi. Uning bayon qilishicha, til fikrni ifodalaydi. Aqliy faoliyat mutlaqo ruhiydir. U nutq tovushlari yordamida moddiylashadi va sezgi ta’siriga berilish imkoniga ega bo’ladi.
Alisher Navoiy so’zlarda shakl va ma’no dialektikasi haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, ma’lum ma’no turli shakllarda jilva namoyish qilishi, biri orqali o’lik badanga tiriklik bag’ishlash, ikkinchisi orqali esa tirik tanga zahri haloqat yetkazish mumkin.
Ma’lum ma’noning turli shakllarda ifodalanishi mumkinligi, shuning uchun ham nutqda bu shakllardan so’zlovchining maqsadga muvofiqini qo’llash imkoniyati borligi, uni qay darajada amalga oshirish so’zlovchining mahoratiga bog’liqligini ko’rsatish orqali so’zlovchini notiqlik san’atini egallashga da’vat etadi. Alisher Navoiyning bu fikrlari keyinchalik leksik uslubiyat (leksik stilistika) deb yuritiluvchi tilshunoslik sohasi rivojiga asos bo’lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |