Mulohaza va takliflar
To`ti qushning ham zaboni bor. Biroq u eshitganini takrorlaydi. Eng yomoni to`ti aytayorgan so`zini mohiyatiga yetmaydi. Albatta, ongsiz to`tiqush, kalomidagi so`zning yukini qayerdan ham bilsin. Biroq, hayvonot olamidagina emas, ongli mavjudod-insonlar orasida ham “to`tiqush”lar topiladi. Buni katta ekran orqali o`ttiz milliondan ortiq aholiga kus-kus qilayotgan, o`zlarini so`z ustalari deya xalq orasida tanitayotganlardan eshitganda esa, gaprishda o`zimizni xushyor tortamiz, albatta.
Aslida, teleko`rsatuvlarning oltin qoidasi “dasturlarda adabiy til me`yorlariga rioya qilinishi”ni televideniyada hamma so`z ustalari ham bilmasa kerak. Ishonch bilan ayta olamizki, ular adabiy til xususida to`liq ma`lumotga ega emaslar. Chunki, so`z ustasi lavozimini erishganiga qadar oliy ta`lim ma`lumotida ham adabiy til qoidalarini o`zlashtirishmagan. Agar shunday bo`lganda edi, bugun teleko`rsatuvlarda, tok-shou, teledasturlar, axborot dasturlarida so`z yukini ko`taraolmay to`tidek sayrayotganlarga duch kelmas edik. Eng yomoni, ayrim so`z ustalari lutfidan chiqayotgan maza matrasiz, o`ylamay aytayotgan gaplarini, tashlagan luqmalarini eshitib, tomoshabin sifatida haqoratlanayotgandek his qilasiz o`zingizni. Televizor muruvvatini jaxl otiga minib boshqasiga har qancha o`zgartirmang, faqatgina til mutaxassisi sifatida emas, oddiy tomoshabin bo`lib badiiy tilni haqorat qiladigan, xalq ustidan kuladigan dasturlarga chirmashib qolasiz. “Zo`r” tvda “Uxlamaysizmi?”dan tortib, “Sevimli”ning aksariyat dasturlari kishi ko`nglini og`ritibgina qolmay, xalq tili, zaboniga xujum qilinayotgandek, ko`yga tushasiz.
Adabiy til taraqqiyot uchun suv va havodek zaruratga aylandi. Ma’lumki, adabiy til umumxalq tilining me’yorlashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, bu me’yorlar orfoepik (talaffuz), orfografik (imlo) va grammatik (gap qurilishi) hamda uslubiy (so‘z tanlash va qo‘llash) turlarni o‘z ichiga oladi. Adabiy til ilmiy asoslangan me’yorlardan iborat bo‘ladi.
Ya’ni, harf va tovushlar, undosh tovushning turlari va o‘zgarishi, imlosi, bo‘g‘in va urg‘u, so‘z ma’nolari, so‘z turkumlari, shakl yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi, gap bo‘laklari, sodda va qo‘shma gap, tinish belgilari, talaffuz va imlo qoidalari, til birliklarining uslubiy xususiyatlari kabilar. Adabiy nutqqa o‘rgatish uchun shuning o‘zi, uning ta’limi uchun boshlang‘ich sinf yetarli edi. Bu bilimlar to‘la ma’nodagi ZARUR VA IShLAYDIGAN BILIM edi.OILАDА MUQАDDАS TUSHUNCHАLАR QАTORIDА TIL HАM BO‘LISHI KERАK!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yana-da oshirish, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 34-sonli qarori qabul kilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori asosida davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari tuzilmalarida rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi va ushbu yangi lavozimni egallagan mutaxassislarga yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha juda katta masʼuliyat yuklatildi.
Hazrat Alisher Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, deya xitob qilganlarida bizdek loqayd, o‘z tilining ahamiyati, tub mohiyati, mavqeyini anglamaydigan, o‘z tilini hurmat qilmaydigan, sevmaydigan, tilni faqat odamlararo so‘zlashib aloqa qilishda ishlatiladigan qurol sifatidagina anglaydigan nodonlarni ko‘zda tutgan bo‘lsalar, ehtimol. Tok shou uchun davlat tili muhim emas O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasidagi chiqishi, yuksak minbarda turib ona tilimizda ma'ruza qilishi barchamizning qalbimizni g‘ururga to‘ldirdi. Yuvuqsiz yuz bilan quyoshni ko‘rish Shuningdek, “dahshat” so‘zi quyidagi maʼnolarga ham ega:
1. Nihoyat darajadagi qo‘rqinch, xavf, vahima;
2. Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa;
3. Ortiq darajadagi qo‘rqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga tushgan kishining ko‘rinishi, ruhiy holati.
Keling, endi boyagi misolimizga qaytamiz. “Dahshat” so‘zining qay bir maʼnosi ushbu gapga to‘g‘ri keladi?Til – millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir.
Nobel mukofoti sovrindori, mashhur yozuvchi Iosif Brodskiy: “Xalqda bor narsalarning eng yaxshisi – xalqning tilidir”,
Ravon so‘zlamoq va bexato yoza olmoq ziyolilikning ibtido belgisidir.
Avloniy ustoz to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek: “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.
Nutq madaniyatini qaror toptirish, parvarish qilishda hamma vosita va imkoniyatlardan bilib foydalanish kerak. Radio, teleko‘rsatuv, ommaviy sayllar,
Nutq madaniyatini qaror toptirish, parvarish qilishda hamma vosita va imkoniyatlardan bilib foydalanish kerak. Radio, teleko‘rsatuv, ommaviy sayllar, sport eshittirishlari, ma’ruza hamda suhbatlarda nutq toza, bo‘liq, donador, tagdor, ma’nodor va shavqli bo‘lgani yaxshi. Oynayi jahon orqali namoyish qilingan, did bilan tayyorlangan atigi yarim soatlik oddiy “tomosha” (maxsus nutq madaniyatiga bag‘ishlangan bo‘lishi ham shart emas!) minglab darsxonalarda ming soatlab olib borilgan pand, o‘git, nasihatomuz yarim chin, yarim yolg‘on “ilmiy” tahsildan ko‘ra ming marotaba ta’sirchan va samaraliroq. Negaki, “ommaviy axborot vositalari” atalmish radio, teleko‘rsatuv va matbuot har bir xonadonga kirib boradi. Tikuvchining ming urgani, temirchining bir urgani, deydilar. Ayni vaqtda o‘sha ko‘rsatuv, agar pala-partish, g‘aliz tayyorlangan bo‘lsa, nutq odobiga doir ming yillik toat-ibodatni yarim soat ichida bir pul qilishi ham hech gapmas!.. Darvoqe, har qanday kasb-korning ham o‘z ma’naviy-ruhiy iqlimi, dard-hasrati va ishkali bo‘ladi. Masalan, adiblar, olimlar, muallimlar va turli kasb egalarining o‘z “shevalari” bor. Binobarin, har bir kasb-kor egasi: bu xoh muhandis bo‘lsin, xoh shifokor, xoh ishchi yoki kolxozchi bo‘lsin — o‘z “tilida” gapirishi kerak. Oynayi jahon sahniga chiqqan har bir kishining o‘z mavzusi, o‘z “dardi” bor. Biroq ularning barchasini birlashtiradigan bitta mushtarak muammo: bu til masalasi. Barchani, shubhasiz, adabiy tilda so‘zlashga da’vat etish lozim. Shu bilan birga, har kim o‘z alfozini ham saqlasin. Tilda hamma birday “olim” bo‘lishi shart emas. (Bu masalada boshqa birovlar emas, ba’zan olimlarning o‘zlari namuna bo‘lolmaydilar!) Aslini olganda, bu yerda gap kimning kimligida emas. Lisoniy ifoda illati, bemustasno, hammamizga xos. Ruhiy holatimiz, tilning ahvoli o‘zi shunday bo‘lib qolgan. Nima qilish kerak? Avvalo, bunda jo‘yali, matlub hamda nojo‘ya, nomatlub iboralarni farqlash, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratish lozim. Buning shoshilinch ilojini qilmasa bo‘lmaydi. Me’yoridan oshirib solingan o‘g‘it yerning jonini olganiday, o‘ng-u so‘liga qaramay, boshqa tillardan so‘z, ibora, birikma va “tayyor” qoliplarni olaverish ham bora-bora, baayni shunday bir tarzda tilimizni ishdan chiqazib qo‘yishi tayin. Gap shundaki, ko‘pmillatlilik sharoitida tillarning o‘zaro hamkorligi, bir-biriga ta’siri jarayoni toabad oshgandan oshib boraveradi. Bu tabiiy jarayon. Masala shundaki, bu yerda lisoniy-ma’noviy taraqqiyot me’yorini yo‘qotmaslik, uning o‘zligini, o‘z tabiiy hayotiy ildizlarini omon saqlash juda muhim. Aks holda, har qanday “lisoniy vatanparvarlik” quruq da’vat, puch gap bo‘lib qoladi.
Men tilimizning sofligini saqlash uchun uni “xitoy devori” bilan chegaralashga chaqirmoqchi emasman. Bu mutlaqo noimkoniy ish. Dunyoda bunday “sof til”ning o‘zi yo‘q. Til jamiyatning o‘zi, inson tafakkuri singari, boyishga moyil. Boshqa tillardan (va o‘z-o‘zidan ham!) so‘z olish azaliy va abadiy taqdir. Ammo bu qanchalik tabiiy jarayon bo‘lmasin, qaysi tildan qachon, nimani olishni (yoki olmaslikni!) bilish, buni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik kerak.
Radio yoki televizorning qulog‘ini burasangiz, ro‘znoma va jurnal varaqlasangiz, darsxonaga kirsangiz, ommaviy yig‘inlarga borib qolsangiz, darslik va kitob betini ochsangiz, ba’zan hatto adabiy asar o‘qisangiz, turli-tuman ohangga solib aytilayotgan bir xil, sidirg‘a, g‘aliz iboralarni eshitaverib ko‘nglingiz sust tortadi. Bora-bora hamma narsaga befarq bo‘lib qolasiz, dilingiz hech narsani tusamaydigan bo‘ladi, hech narsaga qiziqmay qo‘yasiz. Tilning boyishi ham, buzilishi ham ikki xil yo‘sinda kechadi. Biri — xorijiy so‘zlarni o‘rinli va noo‘rin qo‘llash. Ikkinchisi — xorijiy tilning ta’siri ostida, ta’bir joiz bo‘lsa, yangicha fikr qoliplari, yangi nutqiy tarkiblarning hosil bo‘lishi. Ikkinchi yo‘sin, ijobiy ma’noda — qanchalik muqarrar va joiz bo‘lsa, shunchalik samarador; salbiy ma’noda esa — qanchalik pinhoniy bo‘lsa, shunchalik yemiruvchan va xavfli. Chunki bu narsa me’yorni buzadi, tilni kemiradi… Qarabsizki, lafzingizda bironta ham nomatlub xorijiy unsur yo‘q, barchasi o‘zimizning azaliy so‘zlarimiz. Biroq… jumla, fikrning shakl-u shamoyili, tarhi, tarkib, ifodaviy tarz — tilimizga yot. Qip-qizil taqlidning o‘zginasi. Lisoniy taqlid! Bir til boshqa tilga go‘yo taqlid qiladi! Holbuki, har qanday yaxshi narsaga taqlid ham yaxshi emas.
G‘aybulloh as-Salom 1989-yil https://daryo.uz/2021/10/15/bulbul-xonishi-va-toti-falsafasi/
БЕБАҲО НАРСАНИНГ БАҲОСИ
* Туғилган кунинг эсдан чиқса чиқсину, бироқ нима учун туғилганинг эсдан чиқмасин.
* Сассиқ дарахтга қўниб, чаҳ-чаҳлаб сайраётган булбулни ким кўрибди?
* Ҳайвонлар ҳам инсоний муносабатга муҳтож.
* Сиз вақтни тежамасангиз, вақт сизни тежайди.
* Одамларни барча кучли ва заиф томонлари билан, улар қандай бўлсалар шундайлигича қабул қилиш керак.
* Агар сен ҳалол меҳнат қилсанг, одамлар сени ўзлари излаб топади.
* Кўришни истасанг, ҳар қандай кимсада ҳам истаганча яхшиликларни кўришинг мумкин. Бунинг учун некбин кўз бўлиши керак.
* Олимнинг жоҳиллиги нима-ю, жоҳилнинг олимлиги нима?
* Билмаслик гарчи айб эмас, илло фазилат ҳам эмас.
* Юксалишни истасанг – бошқаларни кўтар!
* Бошқаларни пастга тортаётган одам ўзининг ер қаърига кириб кетаётганини сезмайди.
* Чўғ пуфлаб аланга олдирилмаса, устини кул босиб сўнади. Пичоқни қайраб турмасангиз, ўтмаслашади, кесмайди. Рақобат йўқ жойда инқироз пайдо бўлади…
* Ёмоннинг ёмонлигини гапиргандан кўра, яхшининг яхшилигини гапирган яхши.
* Бирон киши билан гаплашмоқчи бўлсанг, шундай бир тилда гаплашгинки, то гаплашгунингга қадар у сенга душман бўлса – дўстга айлансин!
* Сен ўзингга бошқалар кўзи билан қара. Бошқаларга ўз кўзинг билан.
* Ҳаёт – оқар дарё… дам ғанимат. Ҳазрати одамни зиёрат қил. Ожизларга кўмаклаш. Муҳтожларнинг корига яра. Эртадан бошлайман, дейсанми? Эртага кеч бўлиши мумкин. Агар бугун ҳали кеч бўлиб қолмаган бўлса…
* Бировни ошириб-тошириб мақташ – уни ортиқ даража ерга уришдек гап. Ҳар иккала ҳолатда ҳам меъёр бузилади.
* Дунёнинг ишлари қизиқ. Одамлар бир-бирига яқинлашишлари учун гоҳо бир-бирларидан узоқлашишлари ҳам керакка ўхшайди. Ана шунда улар бир-бирларининг исини, шевасини, аъмолини соғинадилар. Кимни ва нимани йўқотганини англайдилар, бир-бирларига қараб талпина бошлайди!
* Ўзгаларнинг қалбларига тилинг билан эмас, дилинг билан кир.
* Бир-бирининг тагига сув қуймаса – чўллаб қоладиганлар бор.
* Одам боласини, мурғак қалбни бадбинлик ва нафрат билан фақат ўлдириш ва ногирон қилиб қўйиш мумкин. Уни инсон қилиб тарбиялаш учун эса фақат муҳаббат ва некбинлик керак.
* Ҳамма нарса синса синсин, одамгарчилик, нафсоният, орият, иймон-эътиқод касод бўлмасин. Йўқотилган ҳар қанда й нарсанинг ўрни тўлади, бой берилган маънавий қадриятнинг ўрнини ҳеч қандай бойлик, зар-зевар, дуру гавҳар билан қоплаб бўлмайди.
* Миллий аҳлоқ деганда мен одамларимизга хос ҳаё, ибо, шарм, меҳмондўстлик, сабр-қаноат, мулоҳазакорлик, андиша, шафқат, оилага, ота-онага, аёлга ҳурматни тушунаман.
* Истеъдод ўзини койитганида, ўқиб-ўрганганида, қора терга ботиб меҳнат қилганидагина самара беради.
* Таржима – тил ва тафаккурнинг бузилмас иттифоқи… таржима бор экан, халқлар бир-бири билан доимий жонли мулоқотда, адабиётлар бир-бирига вобаста, бир-биридан баҳраманд. Таржима бор экан, фикр-фикрдан сув ичади, бойийди, ўткирлашади.
* Иқтидор билан қилинган меҳнат, меҳнат билан эришилган иқтидор бир-биринитўлдиради.
* Қиш қўйнида баҳор, ғунча бағрида гул, ёшлик сийнасида эса келажак яшайди.
* Ўз миллатини, унинг маънавий шавкатини, салоҳиятини ва қадриятларини оёқ ости қилган, унинг дардига малҳам бўла олмайдиган киши қандай мавжудот бўлса бордир, аммо инсон эмас.
* Киши ҳар қандай аламга чидайди, аммо яхшилик эвазига ўша одамдан ёмонлик кўрганида дод деб юборади. Бундай ноҳақ аламнинг заҳми жуда ёмон бўлади.
* Ёз-ку яхши, шуниси борки, ёздан кейин қиш келади-да. Қиш совуқ, қаҳратон, илло, ортидан чарақлаган баҳор билан ёз келади. Демак, қўйнида баҳор яширинган бўлади.
* Мустақиллик заҳматларини мен ҳам роҳат деб биламан.
* Ўз ожизликлариму барча қусурларим билан ўзимдан домангир бўлсам, яхши инсоний сифатларим билан (агар улар менда бўлса?..) ота-онам, оилам, мактабим, устозларим ва дўстларимга бурчдорман.
Гуландон Саломова тайёрлади
“Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетасининг 2010 йил 33-сонидан олинди.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi”, 2020-yil 29-yanvardagi 40-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni asos sifatida keltirish mumkin.
Dilshod Vou vremya kelganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Manovi qorbobo qaysi dovlatni qorbobosi. Ming bor uzr biz ko`rsatuvni voxtli boshlab qo`ydik. Iminna shu studiyamizga qayerdan kelgan. Bu qorbobo muxinnan(Myunxen) kegan. Shuni aytmaysilarmi biz o`sha yoqqa borib o`tqizardik efirri. Manu qizlarimizni ham ko`chadan ob keb o`tqizib qo`ymasdik. Avvalo sizzi konsertga kirgizzimi Jenisbek aka. Jingil bilan kutib olamiz. Men sizzarga efirni topshirdim, o`zlaring bosurasilar. Bolla katta bub qogandir.
Uxlamaysizmi? 119-son
Botir Imomxo`jayev: Kirib kelgan yangi yil bilan hammeylani tabriklaymiz. Pazitev kayfiyat. Ko`chaga chiqsam hammo paq-po`, paq-po` bo`byotibdi.
Turmushga chiqmagan singiljonla mana svejiy kuyov.
Qatga qarasayiz mamnaqa dekaratsiyala.
Hali ulgurmadim, lekin plan bor.
Umida Madrahimova: Studiyamizda xo`sh ko`rdik silani.
Dejurniy qorbobo yana keldi. Yangi yilni dejurniy ovqatlari xullas xonadonimiz mehmoni bo`ldi, oka. Ko`rdizmi anu, bitta kichkina rolik chiqdiyu, telegramda aylanvottiyu,yotibdiyu bitta qiz o`rnida yangi yil kirib kelishi bilan paq otvotti, yana uxlavotti, xuddi shunaqa Buganda oka. Oka mani chiqqanimni ko`rdizmi, prestayla. Shapka nima divotti oka, shapka.
Man o`zimni ko`rdim:Da jonim, da jonim.
Do'stlaringiz bilan baham: |