Ajoyib ish kunlarimning birida zavq bilan dars ishlanmasi tayyorlayotgandim. Ingliz tilidan dars beradigan hamkasbim o’qituvchilar xonasiga nolish bilan kirib keldi



Download 30 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi30 Kb.
#150236
Bog'liq
Amaliy tilshunoslik maqola 06.02


Orzu

Ajoyib ish kunlarimning birida zavq bilan dars ishlanmasi tayyorlayotgandim. Ingliz tilidan dars beradigan hamkasbim o’qituvchilar xonasiga nolish bilan kirib keldi. “ Kunlar qisqargani uchunmi, o’quvchilarimning hammasidan vazifani so’rashga ulgurmadim”,- deya yozg’irdi. Bu gapga boshqa hamkasblarim ham qo’shildi. Suhbat davom etayotgan bir paytda , mening hayollarim okeandagi baliq singari o’tgan kunlar tomon suzib ketdi…

Universitetni tamomlab ,orziqib, to’lqinlanib birinchi ish kunimni boshladim. Mana , 9 – “A” sinfning xonasiga shaxdam qadamlar bilan kirib bordim. Birdan o’quvchilar jo’r bo’lib salom berishdi, ishonasizmi, ko’zlarimdan yosh chiqib ketay dedi (hayojondan yoki xursandchilikdan), men ham “Assalomu alaykum” dedim. Darsga kirishimdan oldin menga “yo’qlama” qilishimni juda qattiq tayinlashgan. Shu vajdan sinf jurnalini ochdim va o’quvchilar soni 42 ta ekanligini ko’rib hayratlanib qoldim. Birdan bularni 2 ta sinf qilsa bo’lmasmikan, degan fikr hayolimdan o’tdi, ammo amallab birinchi darsimni o’tib chiqdim. Keyinchalik ilk xursandchiliklarim mashaqqatga aylandi. Vaqt muammosi shu qadar qiyin ediki, 42 ta o’quvchiga bir daqiqadan vaqt ajratsangiz ham yetmasdi. Darslar davomida mashqlarni bajargan yohud g’azallar yod olgan-u , tanaffus qo’ng’irog’ini eshitib, menga topshira olmaganidan hafaqon qiyofaga kiradigan o’quvchilarimni ko’rib dilim og’riydigan bo’ldi. Men ularning shashtlari so’nib qolmasin deb darslardan tashqari ham shug’ullanardim, ammo ba’zilarining ota- onalari bunga qarshi bo’lishardi va bu tabiiy edi.

Ona tilimizning qadr-qimmatini ko’klarga ko’tarishimizga shubha yo’q, lekin buning amaldagi ifodasi biroz sustroq emasmikan?! Yurtimizda chet tillarini o’rganish va o’rgatishga katta e’tibor qaratilayotganidan mamnunman va buning dolzarbligini inkor etmayman. Faqat tilga bo’lgan e’tibor asnosida ona tilimizga ham e’tiborni kuchaytirib, maktablarda ona tili va adabiyot darslarini guruhlarga bo’lib o’tishni joriy etsak, boshimizga do’ppimiz yarashganidek, bu ham ona tilimizning nufuziga yarashmaydimi?!

Ustozlarimiz ona tili va adabiyot darslarini alohida guruhlarda vaqt ularga hakam bo’lmay, bil’aks ular vaqtga hukmron bo’lib xotirjam o’tkazsalar qanday ajoyib bo’lar edi..!

Xalqimizda “Bir kattaning, bir kichikning gapini ol.” ,- degan naql bor. Men, albatta, 30 – 40 yillik pedagogik tajribam bilan maqtanolmayman, ammo kamtarona mehnat faoliyatim davomida darsimni kichik guruhlarda o’tishni doim orzu qilganman. O’ylaymanki, ona tili va adabiyot darslari guruhlarga bo’lib o’tilsa, biz ona tilimizdagi har bir so’zning mag’zini chaqishga va buni har bir o’quvchiga yetkazishga ulguramiz. Adabiyot darslarida Navoiy bobomizning g’azallari o’quvchilarimizning qalbiga kirib, tillarida takror-takror yangraydi.



2020-2021 o’quv yilidan boshlab ona tili darslarining qisqarishi esa ustozlarimizni Uvaysiydek alamlarga mubtalo qildi yohud donishmand xalqimiz tili bilan aytganda, dard ustiga chipqon bo’ldi.

Kirish qo’ng’irog’i jarangidan sergaklandim va hayol ummonidan qaytib, darsga shoshildim. Meni sinf xonada 31 ta qalb , 31 ta qora ko’z kutib turibdi. Nima bo’lsa ham birontasining yonib turgan ko’zlari so’nib qolmasin, hammasidan vazifalarni so’rab , hammasini xursand qilay,ilohim…
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish