almashinuv jarayonlari ro`y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to`plangan
holda o`tkazilib turiladi.
Neyron - o`ziga xos hujayra bo`lib, o`simtalari bo`ladi: uzun o`simtalari
aksonlar, kalta sertarmoq o`simtalar - dendritlar deb ataladi. Neyron tanasining
o`rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100
mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik
zahirasini joylaydi, va natijada, ko`p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo`ladi.
Ularning tahminan 70 % bolaning tug`ilish davrigacha nobud bo`ladi va bu jarayon
tug`ilgandan so`ng ham, umri bo`yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud
bo`lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo`ladi. Neyronlar o`ta
egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma`nosi shundan iboratki, nobud bo`lgan asab
hujayralarining
vazifalari
ularning
o`z
hayotchanligini
saqlab
qolgan
«hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o`lchamlari kattalashgani hisobiga
yo`qotilgan vazifalarning o`rni to`ldiriladi. Ma`lumotlarga ko`ra, bosh miyadagi
neyronlarning 90 % ga yaqini nobud bo`lmagunicha, kasallik belgilari namoyon
bo`lmay, inson sog`lom ko`rinishini saqlab qolar ekan. Ya`ni, bitta tirik asab
hujayrasi to`qqizta nobud bo`lgan hujayralarning o`rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda
saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo`li -
voyaga yetgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining
hosil bo`lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari
bo`linmaydigan bo`lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo`ladi? Ular voyaga
yetgan organizmning o`zak hujayralaridan hosil bo`ladi.
Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo`lib refleks hisoblanadi. Refleks -
organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan
ta`sirga javob reaktsiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora XVII asrda fiziologiyaga
frantsiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan. Ammo bu atama psixik
faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M. Sechenov tomonidan
qo`llanilgan edi. I.M. Sechenov ta`limotini rivojlantirgan holda, I.P. Pavlov
tajribada refleksning o`z vazifalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi:
Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. Shartsiz reflekslar
- organizmning muhim hayotiy ta`sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga
o`xshashlar)ga nisbatan tug`ma reaktsiyasi. Ularning paydo bo`lishi u yoki bu
sharoitlarni talab etmaydi, masalan, ko`zni pirpiratish, ozuqani ko`rganda so`lak
ajratish reflekslari va boshqalar. Shartsiz reflekslar organizmning tayyor tabiiy
zahiradagi javob reaktsiyalaridir. Ular ma`lum hayvon turining evolyutsiya
davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Shartsiz reflekslar bir turga
mansub bo`lgan organizmlarda bir xilda bo`ladi - bu tabiiy tuyg`ularning fiziologik
mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va insonlarda tug`ma reaktsiyalardan
tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy faoliyatida orttirgan reaktsiyalar, ya`ni
shartli reflekslar ham o`rin tutadi.
Shartli reflekslar - bu organizmning shunday rektsiyalaridirki, ular tug`ma
bo`lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko`p marotaba takrorlanishlar va
u yoki bunga bo`lgan qat`iy odatning shakllanishi sababidan paydo bo`ladi.
Psixikaninng moddiy asoslari to`g`risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u
miyaning xususiyati ekanligini ta`kid etish joiz. Bilish jarayonlari to`g`risida gap
ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan
materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning
psixik faoliyati tananing ko`p miqdordagi a`zolarining yordami bilan ishga tushadi.
A`zolarning ba`zi birlari ta`sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga
aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini
nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch- quvvat,
g`ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni
harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funksiyaning yig`indisi (majmuasi)
organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy
vazifalar ijro etilishini, bajarilishini ta`minlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o`n million
yil davom etgan evolyusiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning
fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning
oqibatida
organizm
muhitning
o`zgarishlariga
tez
reaksiya
qiluvchan,
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir hujayrali amyobaning hayot kechirishi uning ozuqa qidirish
imkoniyati, o`z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada
cheklangandir.
Undagi
yolg`iz
hujayraning
o`zi
ham
sezuvchi,
ham
harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab
tuzilishga ega bo`lgan hayvonlarda a`zolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko`rish, uni
farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo`ljal olish imkoniyatini beradi.
Ixtisoslashuvning
asosiy
funksiyasi
signallarni
idrok
qilishdan
iborat
hujayralarning vujudga kelishida o`z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor
deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari
mushak to`qimalari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday
hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv a`zolarni hamda funksiyalarni bir-
biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa sifatida
harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv hujayralari (neyronlar) hisoblanib,
ularning funksiyasi qo`zg`atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan,
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan
iborat.
Hozirgi zamon fanining ko`rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor
faoliyatining tug`ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi,
katta yarim sharlarning qobig`i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan
boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanalanadi.
Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov
tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi ma`lumotiga qaraganda,
miyada hosil bo`ladigan to`lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga
o`xshab ketadi. Miyada elektroensefalogramma ko`rinishdagi kuchaytirgich
yordamida yozib olish mumkin bo`lgan elektr toklari paydo bo`lishining kashf
etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi
uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o`zgarishlar ko`satkichi bo`lib
xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig`i sirtining peshona
qismlari alohida rol o`ynaydi. Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o`ng
yarim sharlar o`rtasida taqsimlanishi chuqur o`rganilgan. Ma`lumki, psixikaning
mazmuni tirik mavjudot o`zaro munosabatda bo`ladigan tashqi olam bilan
belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiytarixiy taraqqiyot
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o`zaro munosabati masalasi
murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o`ziga xos xususiyatlari nerv-
fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur o`ziga xoslik mavjud bo`lmaganida edi, u
holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas
edi. Psixik jarayonlar o`zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi
ob`ektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.
1.6. Instinkt tushunchasining mazmuni. Instinktlarning klassifikatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: