Onglilik va ongsizlik. Hayvonlar intellektual xatti-harakat shakllari. Muhit
psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida. Instiktiv harakatlar muayyan shart-
sharoitlarga qat`iy bog`liq bo`ladi. Instiktning amal qilish mеxanizmi shundan
iboratki, tashqi shart-sharoitlar rеflеktor munosabat bildirishga undaydi, eng
oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun undaydi
va hokazo. Shu tarzda
rеflеkslarning butun bir zanjirini harakatga kеltiradi va bu bilan nasliy yo`l bilan
mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-
sharoitlar o`zgarishi bilanoq uzining maqsadga muvofiqligini yo`qotadi. Shunday
qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina
maqsadga muvofiqdir.
Shuni qayd qilish kеrakki, ba`zi bir instinktlar mazkur turning barcha
shakllariga xos bo`lsa ham, lеkin ularning namoyon bo`lishi ayrimlarida biroz
boshqacharoq tarzda kеchadi.
Instinktning bu tarzdagi nisbiy har xilligi turli hayot kеchirsh sharoitlari
kеskin o`zgarib taqdirda ham saqlanib qolishini ta`minlaydi. Yosh hayvonlarda
instinktiv harakatlarni kuzatayotib, bu xarakterlar yosh hayvonlarda qarilarga
nisbatan ancha besunaqay yuz bеradi. Jonzotning individual hayot kеchirishi
jarayonida orttirilgan va tug`ma xatti-harakat dasturining puxta bajarilishini
ta`minlaydigan tajriba instinktlarning rivojlanishiga yordam bеradi.
Shunday
qilib,
instinktiv
harakatlar
turli
xildagi
ko`p
sonli
qo’zg’atuvchilarning aks etishini ta`min eta olmaydi va shunga ko`ra
umurtqalilarning aks ettirish imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Umurtqalilardan
naychali nеrv sistеmasi (orqa va bosh miya bilan qo’shilib) rivojlangan bo`lib, shu
tufayli ularda tashqi muhitni asliga ancha o’xshaydigan tarzda aks ettirishning
potеntsial imkoniyatlari oshadi. Ganglioz nеrv sistеmasiga ega bo`lgan
hayvonlarga nisbatan umurtqali hayvonlarda rеtsеptorlar yanada takomillashib,
tobora ko`proq maxsuslashib boradi. Evolyutsiya natijasida erishiladigan ana shu
ichki imkoniyatlar atigi birgina instinktiv harakatlarni kеltirib chiqarish uchun
foydalanilmaydi, albatta.
Hayvon evolyutsiya taraqqiyotining yuqori bosgichiga ko`tarilgan sari, hosil
bo`ladigan shartli bog`lanishlari ham shuncha murakkabroq va yana ham nafisroq
bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, shartli bog`lanishlar ham holatlar o`zgarganda hayvon xatti-
harakatning yangi bеlgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan nafis individual
xatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini chiniqtirishdir. Nafis individual
harakat uchun muhitning ayrim xususiyatlarigina (harorat, rang, hid) emas, balki
butun bir aniq vaziyatlar tahlil va sintеz qilishi shart.
Birinchi holatda xatti-harakat instinktiv progammaga asosan bo`lgan bo`lsa,
ikkinchi holda xatti-harakat bеvosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro’y bеradi.
Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq
namoyon bo`ladi. Bunday hayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil
qila boshlaydi, o’z xatti-harakatlarini to’g’rilab, o’zgarayotgan shart-sharoitlarga
moslasha boshlaydi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda xatti-harakatning
instinktiv shakllari bilan bir qatorda o’zgaruvchan individual shakllari - malakalar
va intеllеktual xatti-harakatlar ham mavjud bo`ladi. Malakalar dеganda
hayvonlarning shartli bog`lanishiga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda
takrorlanadigan xatti-harakat tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o`xshab
rivojlanishning nisbatan quyi bosqichlarida ham bo`ladi, lеkin aniq ifoda etilgan
malakalar faqat bosh miya qobigi bo`lgan hayvonlardagina namoyon bo`ladi.
Hayvonlarning malakalari tarkibiga kiradigan harakatlanuvchi elеmеntlar
turning o`ziga xos tajribasini takrorlaydigan tug’ma harakatlardan iborat bo`lishi
ham, shuningdеk tasodifiy harakat namunalardan iborat bo`lishi ham, shuningdеk
tasodifiy harakat namunalarining takrorlanishi jarayonida ko`nikma hosil bo`lgan
harakatlardan iborat bo`lishi ham mumkin.
3.2. Psixologiya fanining asosiy kateg oriyalari ichida (shaxs,
motivatsiya, faoliyat, muomala va hokazo) ong alohida o`rin e gallaydi va u
borliqda insonning yuksaklik darajasini egallashga muhim zamin, kafolat
negizini yaratadi. Insonni h a yv o n o t o l ar n i d a n a jr a l i b c hi q i sh in i ng b osh
o mi l i h a m o n g hisoblanadi, xuddi shu boisdan u taraqqiyot va
kamolotning eng zarur mezoni, o`lchami sifatida muhim rol o`ynaydi.
Psixologik nuqtai nazardan ong olib qaralganda, u ijtimoiy-tarixiy (filogenetik)
va
individual
(ontogenetik)
taraqqiyotning
mahsuli
h isoblanmish
insongagina xos bo`lib, psixik aks ettirishning va o`zini o`zi boshqarishning
yuksak darajasi sanaladi. Ong kategoriyasi amaliy jihatdan tavsif qilinganda: a) u
ham hissiy, ham aqliy obrazlarning uzluksiz ravishda o`zgarib turuvchi majmuasi
sifatida, b) bevosita sub`ektning oldida uning «ichki tajribasi» tariqasida, v)
amaliy faoliyatdan kutiluvchi mahsulni oldindan sezuvchi (payqovchi)
psixologik hodisa tarzida hukm suradi.
Ong muammosi bir qancha fanlarning, jumladan , falsafa (uning
asosiy masalasi — bu ongning turmushga nisbatan munosabatidan iboratdir),
mantiq, lingvistika, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, neyrofiziologiya,
pedagogika kabilarning tadqiqot predmetiga aylangandir.
Psixologiya fani individda ongning vujudga kelishi, uning tuzilishi,
rivojlanishi va hukm surishini tadqiq qiladi. Ong predmetga faollik,
yo’nalganlik, intensiallik xususiyatlariga ega:
a) ong doimo nimanidir tushunish sifatida; b) refleksiyaga, nisbatan
qobiliyatlilik; v) o`zini o`zi kuzatish, ya`ni o`zligini anglash; g) motivatsion —
qadriy xususiyat yaqqollikning yoki ravshanlikning turlicha darajasi yoki
bosqichi ekanligi.
Psixologik ma`lumotlarga qaraganda, har qaysi individning ongi
noyob, betakror, ammo u ixtiyoriy emas, chunki birinchi navbatda
maxsus tizimda hukm suruvchi tuzilish bilan unga bog`liq
bo`lgan tashqi omillar
hamda hech qanday aloqasi bo`lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu
tufayli ongni tadqiq qilishning ikkita muhim qiyinchiligi mavjud: a) barcha
psixologik holatlar
individning
ko`z
o`ngida
shunday
namoyon
bo`ladikim,
bunda
birinchidan,
ular
qay
tariqa
anglashilmoqda
(ongsizlikning
roli
qanchalik),
ikkinchidan,
anglash
darajasiga
yetkazishning maxsus t a s h q i v a i c h k i m a s h q i n a t i j a s i d a i n s o n
t o m o n i d a n anglashiniladi, uchinchidan, bevositalik da ong funksiyasida
yanglishlik vujudga keladi.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasini
vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi: a)
ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo`lgan belgilar
bilvositalanganligini qamrab olinganligi; b) refleksiyaga, ya`ni o`zini o`zi
tushunishga nisbatan qobiliyatlilik; v) ichki dialogizm, ya`ni ichki nutqqa,
fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi; g) predmetlilik, ya`ni har qanday
psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo`lishligi va
hokazo.
Endi ongning psixologik tavsifidan kelib chiqqan holda uning shakllari
yuzasidan qisqacha mulohaza yuritamiz. Ongning genetik jihatdan talqini
ongsizlik birlamchiligini bildirib, u o`ziga xos xususiyatga ega ekanligini,
inson faoliyati va xatti —harakatida muayyan darajada rol o`ynashini tan
olishni taqozo etadi. Chunki inson ongining yuksakroq shakllari uzoq ijtimoiy —
tarixiy taraqqiyotning keyingi davrida vujudga kelgandir. Xuddi shu boisdan
ongning paydo bo`lishi to`g`risida mulohaza yuritilganda ijtimoiy borliq,
ijtimoiy taraqqiyot, ularga nisbatan munosabat uslubi asosiy mezonlar
vazifasini bajarib kelgan va hozir ham xuddi shunday bo`lib qolaveradi.
Psixologik talqinga ko`ra, ongsizlik, birinchidan, voqelikning
hodisalari bilan shartlangan ruhiy jarayonlar, aktlar va holatlarning
majmuasi; ikkinchidan, tashqi va ichki ta`sirlarga nisbatan sub`ektning
o`ziga hech qanday hisobot bermasligi; uchinchidan, psixik aks
ettirishning shakli, ya`ni voqelikning obrazi: tasviri, timsoli va unga
nisbatan sub`ektning munosabati refleksiyaning maxsus predmeti sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |