tizimning inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati. Hozirgi zamon fanida
jadal rivojlanib, katta qiziqish uyg`otayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko`rsatishini nerv hosilalarining
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo`limlardan iborat. Markaziy
asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o`z ichiga oladi. Miya organizmda
boshqaruvchi vazifasini o`taydi va psixomotor faoliyatni ta`minlab beradi. Bundan
tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta
asosiy tuyg`ulari - ko`rish, eshitish, ta`m bilish, hid bilish va sezishni nazorat
qiladi.
Periferik asab tizimi - nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar
majmuasi yurak, o`pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar
va to`qimalarni ta`minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil
etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bog`liq bo`lmaydi. Asab tizimi
organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi.
Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini
keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari
organizmning o`zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.
Bosh va orqa miya - ikki hayotiy muhim organlar - miya qutisi va umurtqa
pog`onasi suyaklari bilan o`ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy
qismlari bo`lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi.
Miya yarim sharlari-bu organning axborotni qabul qilib, tananing boshqa
qismlariga o`tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga
ma`suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam
beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni
boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha
organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki
sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan
faoliyatining aksi bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ,
anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz
(muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo`limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet
mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta`minlagan holda
organizm bilan tashqi muhit o`rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi,
moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o`z ta`sirini o`tkazadi.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining
to`plamlaridan hosil bo`ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. Yaqin
vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo`lgan ko`nikma hosil
qilish bilan bog`lanar edi. Hozirgi kunda olimlar yana bir qonuniyatni aniqladilar -
yangi raqs harakatlarini o`rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning miyasi faolroq
bo`lar ekan.
Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr
yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko`proq
kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma`lum bo`ldi.
Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang
moddadan 6,5 marta ko`proq, go`zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta
ko`proq foydalanar ekan.
Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar
yig`indisidan iborat bo`lib, ular o`zaro bir-birilari bilan maxsus tuzilmalar -
Do'stlaringiz bilan baham: