paydo bo`ldi (D- Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari - tajribalar
qo`yish va bevosita ko`rish mumkin bo`lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori,
harakatlari, ta`sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi
va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o`rganuvchi fan sifatida.
Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga
ega bo`lgan psixologik oqim paydo bo`ldi. Mazkur yo`nalishning yirik vakillari
sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937),
Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o`tish lozim. Ular tomonidan olib
borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma`lum
darajada hissa qo`sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni
hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya`ni sezgi va tasavvurlarga ajratib
o`rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga
keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga
harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o`zlarining ustilarida o`tkazib,
natijalarni ob`ektiv bo`lishiga kamroq e`tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat,
aktidir deb qaray boshlaydilar. O`z-o`zini kuzatish metodidan foydalanib, ish
tutishda ular mana bunday ifodaning ma`nosini tushuntirib berishlari lozim,
tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko`pchilik shunchaki
hukm chiqarishni ma`qul ko`radilar. N.Ax tomonidan sun`iy tushunchalarning
shakllanishi bo`yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari
tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog`lab, tafakkurni munosabatlarning
birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma`lumot berish manbai sifatida talqin
qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko`tarib chiqib, o`sishning fikrlarni
faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar.
Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o`z-o`zini kuzatish ekanligini tan
oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai nazardan olib qaralganda ushbu
pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas.
Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati
sifatida aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy
obrazlardan qat`iy ajratib tashladilar.
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni
intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o`z oldiga fikr yuritish
faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo`sinda shakllanishini kuzatish, intellektual
faoliyat bosqichlarini ko`rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv
ko`rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo`ydi. O.Zels masala yechish
jarayonini o`rganishda umumiylikka ega bo`lgan masalani vujudga keltirish
bosqichlariga alohida e`tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini
ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo`ladi.
Kompleks o`z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a)
ma`lumning tavsifnomasini bo`laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma`lumning
o`rnini
aniqlash; v) noma`lum
qidiriluvchi bilan
ma`lum
o`rtasidagi
munosabatlarni ajratib ko`rsatish.
Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi.
Uning, ko`zga ko`ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932),
Do'stlaringiz bilan baham: